Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIGA MARKETING XIZMATINI JORIY ETISH'

OLIY TA’LIM TIZIMIGA MARKETING XIZMATINI JORIY ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
marketing / raqobat muhiti / ta’lim xizmatlari / ta’lim marketinggi / raqamli texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Davronov Ma’Sudjon Ravshanboy O’G’Li, Nematova Ozodaxon Abdulakim Qizi, Orifov Abduqahhor Sobirjon O’G’Li, Saxobiddinova Nilufarxon Kamoliddin Qizi

O‘zbektonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassassalarida o‘z faoliyatlari jarayonlarida albatta marketing faoliyatini va o‘zlari taklif etayotgan ta’lim xizmati sifatini jahon darajasida standartlashtirish ustida ko’plab izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada ham bu borada fikrlar berib o’tilgan, Marketing xizmatini yanada rivojlantirish eng dolzarb mavzulardan bir sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIGA MARKETING XIZMATINI JORIY ETISH»

OLIY TA'LIM TIZIMIGA MARKETING XIZMATINI

JORIY ETISH

1Davronov Ma'sudjon Ravshanboy o'g'li, 2Nematova Ozodaxon Abdulakim qizi,

3Orifov Abduqahhor Sobirjon o'g'li, 4Saxobiddinova Nilufarxon Kamoliddin qizi

1,2,3,4QDPI, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11184687

Annotatsiya. O'zbektonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta'lim muassassalarida o'z faoliyatlari jarayonlarida albatta marketing faoliyatini va o'zlari taklif etayotgan ta'lim xizmati sifatini jahon darajasida standartlashtirish ustida ko'plab izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada ham bu borada fikrlar berib o'tilgan, Marketing xizmatini yanada rivojlantirish eng dolzarb mavzulardan bir sanaladi.

Kalit so'zlar: marketing, raqobat muhiti, ta'lim xizmatlari, ta'lim marketinggi, raqamli texnologiyalar.

Аннотация. Во всех высших учебных заведениях Узбекистана в процессе своей деятельности, безусловно, проводятся многочисленные исследования по стандартизации маркетинговой деятельности и качества предлагаемых образовательных услуг на мировом уровне. В этой статье также даны мнения по этому поводу, дальнейшее развитие службы маркетинга является одной из самых актуальных тем.

Ключевые слова: маркетинг, конкурентная среда, образовательные услуги, образовательный маркетинг, цифровые технологии.

Annotation. In all higher educational institutions of Uzbekistan, in the course of their activities, of course, numerous studies are conducted on the standardization of marketing activities and the quality of educational services offered at the global level. This article also provides opinions on this issue, the further development of the marketing service is one of the most relevant topics.

Keywords: marketing, competitive environment, educational services, educational marketing, digital technologies.

Kirish. Ko'pchilik insonlar "Marketing xizmatidan faqat mahsulot ishlab chiqarish va uning reklamasini amalga oshirishda foydalaniladi", - deb o'ylashadi. Aslida esa bugungi tezlik bilan bozor sharoitlarida, shuningdek kuchli raqobat muhiti yaratilgan barcha tizimlarda marketing xizmatiga bo'lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Chunki bunday muhitda sog'lom raqobat shartlari asosida ustunlikka erishishning yagona yo'li bu marketingni yaxshi yo'lga qo'yish hisoblanadi. Xususan bu ta'lim sohasida ham eng muhim mavzulardan biri hisoblanadi.[3]

Ta'lim muassalarida, o'z xizmatlari darajasini yaxshilash uni jahon standartlariga moslashtirish asosiy maqsad va vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda oliy ta'limga kirish, ta'lim olish istagida bo'lgan yoshlar soni yildan yilga ko'payib bormoqda. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, ushbu talabdan kelib chiqqan holda davlat oliy ta'lim muassasalari bilan tengma-teng ravishda faoliyat yuritib kelayotgan xususiy oliy ta'lim muassasalari va xorijiy davlatlar universitetlarining yurtimizdagi filiallari soni ham tobora ortib boryapti desak mubolag'a bo'lmaydi. Yanayam aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, yoshlarga oliy ta'lim berish sohasida ham kuchli raqobat muhiti vujudga kelib, kun sayin o'sib bormoqda.[4] Raqobat muhiti esa ta'lim sifatining oshishiga,yetishib kelayotgan kadrlarning har tomonlama yetuk va bilimli bo'lishiga imkoniyat yaratib beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni[1] esa sohadagi mavjud raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib kelyapti, bu esa yanda rivojlanish uchun turtki bo'lyapti desak adashmagan bo'lamiz. Chunki, ushbu konsepsiyada oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish kabi masalalar bilan birga oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta'minlash, moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlashga ham alohida e'tibor berilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasalarining ko'pgina qismi aynan so'nggi yillarda tashkil etilgan. Ular davlat oliy ta'lim muassasalari hamda nodavlat oliy ta'lim muassasalaribo'lib, ularning kun sayin ortib bormoqda. Bu kabi ishlar bundan keyin ham oshib borishini hamda "Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da belgilab berilganidek[1], har bir oliy o'quv yurtining moliyaviy mustaqilligi ta'minlanishini hisobga olsak, oliy ta'lim tizimida ancha jiddiy raqobat muhiti shakllanayotganini ko'rishimiz mumkin. Bunday sharoitda har bir oliy o'quv yurti, xususan, davlat oliy o'quv yurtlari o'z faoliyatini qaytadan ko'rib chiqishi, yurtimizdagi ish beruvchilarning kadrlarga bo'lgan talabidan kelib chiqib, mutaxassislik yo'nalishlarini optimallashtirishihamda zamon talabiga mos bo'lgan barcha sharoitlari yaratilishi lozim. Bunda esa har qanday bozor iqtisodiyoti sharoitida, barcha sohalarga birdek zarur bo'lgan marketing strategiyasi alohida o'rin tutadi. Zero u xoh davlat oliy o'quv yurti, xoh xususiy oliy o'quv yurti bo'lsin, bundan qat'iy nazar, aynan, raqobatbardosh marketing strategiyasi va to'g'ri tanlangan marketologlar bilan birgalikda tobora ko'payib borayotgan oliy ta'lim muassasalari orasida yaratilgan kuchli raqobat muhitida o'zining munosib mavqeini egallay oladi.

O'zbekistonning iqtisodiy hayotidagi o'zgarishlar inson hayotining barcha sohalariga ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Bu, ayniqsa, ta'lim uchun mos keladi. Hozirgi vaqtda talabalarning turli darajadagi talablari, asosiy ta'lim va daromadlari uchun mo'ljallangan pullik ta'limning ko'plab shakllari va usullari mavjud. Taklif etilayotgan xizmatlar iste'molchilar talablariga qay darajada javob beradi? Bu savolning javobi ta'lim xizmatlariga bo'lgan talabni va demakki, nodavlat ta'lim muassasalarining moliyaviy muvaffaqiyatini belgilaydi. Ta'lim xizmatlari bozorida raqobat kuchayib borayotganini hisobga olib, potentsial talabni baholash uchun bozorni o'rganishning marketing usullariga murojaat qilish kerak. Marketingtadqiqotining maqsadi istiqbolli ehtiyojlarni aniqlash, ularning qondirish darajasini baholash, aniq farazlarni sinab ko'rish va iste'molchilarning xatti-harakatlarini bashorat qilishdir.[3] Shu nuqtai nazardan qaraganda, zamonaviy ta'lim muammolarini tahlil qilishda marketing tadqiqotlari metodologiyasini qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, marketingni to'g'ri o'rganib, uni ta'lim sohasida ham samarali qo'llay olsak, nafaqat oliy talim muassasalarini balki butun ta'limni ham rivojlantirishga erishamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekistonRrespublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida https://lex.uz/ru/docs/-4545884

2. Molchanov N.N. "Innovatsion jarayon: tashkil etish va marketing". - SanktPeterburg davlat universiteti, 1995-y.

3. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "IMPROVING THE PERFORMANCE MANAGEMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." Open Access Repository 8.11 (2022): 81-86.

4. Shokirova, Rahmonova Manzura. "MANAGEMENT DIRECTIONS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT." Academia Repository 4.10 (2023): 259-263.

5. Устаджалилова, Х. А. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ И РАЗВИТИЕ ЛИЧНОСТИ В УСЛОВИЯХ НЕПРЕРЫВНОГО ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Образование как фактор развития интеллектуально-нравствен-ного потенциала личности и современного общества: материалы, 43.

6. Нурматова, М. И. "ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ОПИСАНИЕ ПОНЯТИЯ "ЭКОНОМИЧЕСКАЯ КОМПЕНСАЦИЯ"." СОВРЕМЕННАЯ НАУКА: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ. 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.