Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA ZARGARLIK SOHASI UCHUN MUTAXASSIS KADRLAR TAYYORLASH'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA ZARGARLIK SOHASI UCHUN MUTAXASSIS KADRLAR TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
23
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
drayver / texnika / texnologiya / metodologiya / innovatsiya / brend / sertifikatlashtirish / standartlash / onlayn platforma.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dadamuxamedov Fasixitdin Gulyamovich, Dadamuxamedov Bobir Fasixitdinovich

Maqolada Zargarlik sohasini mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish va bu borada amalga oshirilayotgan rag‘batlar, yurtimizda tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, taqinchoqlarning dizaynida talab etilayotgan uslub, yo‘nalish, texnika va texnologiyalarni ko‘proq o‘zlashtirish, oliy ta’lim tizimida zargarlik sohasi bo‘yicha ixtisosliklarning tashkil etilgani tizimda uzviylik va uzliksizlikni ta’minlashga asos bo‘layotgani, bu esa, o‘z navbatida sohaning yanada rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qilayotgani bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA ZARGARLIK SOHASI UCHUN MUTAXASSIS KADRLAR TAYYORLASH»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

OLIY TA'LIM TIZIMIDA ZARGARLIK SOHASI UCHUN MUTAXASSIS KADRLAR

TAYYORLASH

1Dadamuxamedov Fasixitdin Gulyamovich, 2Dadamuxamedov Bobir Fasixitdinovich

1O'zbekiston xalq ustasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, 2Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o'qituvchisi (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10159626

Annotatsiya. Maqolada Zargarlik sohasini mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish va bu borada amalga oshirilayotgan rag'batlar, yurtimizda tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo 'yicha ishlarni samarali tashkil etish, taqinchoqlarning dizaynida talab etilayotgan uslub, yo'nalish, texnika va texnologiyalarni ko'proq o'zlashtirish, oliy ta'lim tizimida zargarlik sohasi bo'yicha ixtisosliklarning tashkil etilgani tizimda uzviylik va uzliksizlikni ta'minlashga asos bo'layotgani, bu esa, o 'z navbatida sohaning yanada rivojlanishiga turtki bo'lib xizmat qilayotgani bayon etilgan.

Kalit so'zlar: drayver, texnika, texnologiya, metodologiya, innovatsiya, brend, sertifikatlashtirish, standartlash, onlayn platforma.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы превращения ювелирной отрасли в один из основных драйверов отечественной промышленности и реализуемые в этом направлении стимулы, эффективная организация работы по увеличению объемов и улучшению качества готовой ювелирной продукции в нашей стране, большее освоение стилей, направлений, техник и технологий, требуемых в дизайне ювелирных изделий, организация специализаций в области ювелирного дела в системе высшего образования, что является основанием для предоставления, это, в свою очередь, послужило толчком к дальнейшему развитию отрасли.

Ключевые слова: драйвер, техника, технология, методология, инновация, бренд, сертифицировать, стандартизация, онлайн платформа.

Abstract. The article discusses the transformation of the jewelry industry into one of the main drivers of the domestic industry and the incentives implemented in this direction, effective organization of work to increase the volume and improve the quality offinishedjewelry products in our country, greater development of styles, trends, techniques and technologies required in jewelry design, organization of specializations in the field of jewelry in the system of higher education, which is the basis for providing, this, in turn, served as an impetus for the further development of the jewelry industry.

Keywords: driver, technique, technology, methodology, innovation, brand, certify, standardization, online platform.

Kirish. Jahonda milliy madaniy meros, xalq amaliy san'ati, xususan, zargarlik san'ati, uning asriy an'analari, tarixiy shakllanish bosqichlari, maktablari, ularning badiiy xususiyatlari va o'ziga xosliklarini saqlab qolish, badiiy jihatdan yanada boyitish, innovatsion zargarlik taqinchoqlarini yaratilishini yanada rivojlantirish va keng targ'ibot qilish ustuvor yo'nalishlardan biridir. Zargarlik buyumlari jahon bozoriga noyob, milliy va hududiy mahsulotlarni taqdim etuvchi lokal jarayon sifatida o'ziga xos mahalliy kolorit, milliy madaniyat va qadriyatlarni taqdim etishi bilan bir qatorda ko'plab bahsli nazariy va amaliy muammolarni paydo qilishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada O'zbekiston zargarlik san'ati, an'anaviy maktablari,

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

rivojlanish bosqichlari va o'ziga xos xususiyatlarining tadqiq etilishi soha rivojini ta'minlovchi muhim omillardan hisoblanadi.

Jahon san'atshunosligida zargarlik san'atining an'analarini saqlovchi va uzatuvchi vosita sifatida o'rganish, texnologik taraqqiyot davrida zargarlarning yangilikka intilishini innovatsiyalar kesimida tadqiq etish, sohadagi san'at va sanoatning o'zaro aloqadorligini kuchaytirish orqali sohadagi eksport salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tadqiqotlarda tarixiy-ijtimoiy voqealar ta'sirida zargarlik san'atidagi lokal jarayonlar, zeb-ziynat buyumlarini yaratishda mahalliy texnologiyalarga oid xususiyatlarni belgilash va qadriyatlarni saqlash, innovatsiyalarning zargarlik san'atiga ta'sirini tadqiq etish hamda zargarlik sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda zargarlik san'ati an'analarini tiklash, saqlash, rivojlantirish maqsadida xalqaro nufuzdagi "Toshkent xalqaro amaliy san'at Biennali"si (20172023 yy. Toshkent), "Xalqaro hunarmandchilik festivali" (2019 y., Qo'qon), "Xalqaro zardo'zlik va zargarlik festivali" (2022 y., Buxoro), "Craft fair Uzbekistan" xaqlaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi (2022 y., Toshkent), "Ipak yo'lida turizm" xalqaro turizm yarmarkasi (2022 y., Toshkent), "Uzbek Jewellery Fair" xalqaro ko'rgazmasi, "Uzbek Jewellery Awards-2023" mukofotini (2023 y., Toshkent) tashkil etilishi hamda zargarlarni moliyaviy rag'batlantirish va ijtimoiy qo'llab-quvatlash maqsadida "Hunarmand" hamda "O'zbekzargarsanoati" uyushmalari tomonidan zargarlik asarlarini tadqiq etish, saqlab qolish va zamonaviy, innovatsion buyumlarni yaratishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zargarlikning qadriyat sifatida qayta anglanishi jarayonlarida o'rganish, tarixiy, asl badiiy qadriyatlar tizimida zargarlik maktablarining o'ziga xosligini saqlab qolish hamda yangiliklarni ijodiy talqin etishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa, O'zbekiston zargarlik san'atining maktablari va markazlari hamda badiiy texnologik uslublarini, mahalliy xususiyatlarini tiklashda va rivojlantirishda hamda zargarlik sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashda metodologik asos bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3199-son "Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida", 2017 yil 15 noyabrdagi PQ-3388-son "2018-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2018 yil 1 martdagi PQ-3577-son "Zargarlik sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorlari, 2019 yil 18 maydagi PF-5721-son "O'zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog'ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 2021 yil 22 fevraldagi PQ-4998-son "Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida", 2021 yil 29 apreldagi PQ-5098-son "Xalqaro zardo'zlik va zargarlik festivalini o'tkazish to'g'risida", 2022 yil 23 dekabrdagi PQ-452-son "Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorlari, 2021 yilda 23 avgustdagi 0'RQ-710-son "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to'g'risida"gi Qonuni va boshqa tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan muhim vazifalarning ijrosini ta'minlashda bir qator tadqiqotlarga asoslangan mazkur ilmiy maqola muayyan darajada xizmat qiladi.

Tahlil va natijalari: Taqinchoqlarning dastlab oddiy turmush ehtiyojlari bilan bog'liq holda vujudga kelgan bo'lib, ayollarning uy yumushlari bilan band bo'lganida halal bermaslik uchun sochni tutib turuvchi bir qancha soch, bosh va peshona zeb-ziynatlarining paydo bo'lishiga

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

zamin yaratgan, buning natijasida esa, taqinchoqlarning asl vazifasi o'zgarib, asta-sekin sehr-jodu va nafosat ma'nosini kasb eta boshlagan. Keying davlarda O'zbekiston zargarlik san'ati vakillari tomonidan yaratilgan milliy taqinchoqlar estetikasi, ularning badiiy va uslubiy jihatlari, davr ruhiyatiga mos tarzda ijodiy yondoshuv amalga oshirilgan. Jumladan, xalqlar o'rtasida ro'y bergan etnik va madaniy jarayonlar ham taqinchoqlar turkumidagi o'zgarishlarga sabab bo'lganligi, har qanday turdagi va ko'rinishdagi taqinchoqlar ikki muhim jarayon, ya'ni birinchidan, mahalliy badiiy bezak an'analari, ikkinchidan, savdo-sotiq munosabatlarining keng rivojlanishi natijasida turli ko'rinishdagi taqinchoqlarning savdo-sotiq yo'li bilan kirib kelishi va doimiy bo'lmagan holda ma'lum bir hudud va xalq orasida keng tarqalishi bilan uzviy bog'liqligi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi natijasida qo'shni mintaqalarda taqinchoqlarning xilma-xil turlari kirib kelishi, ularning texnikasi, badiiy jihatlari, umumiy ko'rinishi, mahalliy turlari bilan yaqinlashib, o'zaro uyg'unlashib ketishiga olib kelganligi aniqlangan. Yillar o'tib taqinchoqlarning asl vazifasi o'zgarib, asta-sekin sehr-jodu va nafosat ma'nosini kasb eta boshlaganligini kuzatish mumkin.

Zargarlik san'atining qadimiy mavzularini dadil talqin qilish va an'anaviy shakllarni uslublashtirish XX asrning 80-yillarida zargarlar ijodida yaqqol ko'zga tashlandi. Ular orasida M.Troshin, Yu.Korolev, A. va N.Dzyuba, G.Tikayev, E.Gostev, N.Xolmatov (O'zbekiston xalq ustasi, 2000 y.)lar bor. Keyingi davrda esa, F.Dadamuxamedov (O'zbekiston xalq ustasi, 1998 y.), G.Yo'ldosheva, A.Xaydarov, X.Abdujabborov kabilarning ijodi yuqori pog'onalarga ko'tarildi. Biroq, shunga qaramasdan, o'sha davrning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy holat zargarlik san'ati rivojiga ham katta salbiy ta'sir ko'rsatdi. Bu esa, o'z navbatida zargarlarning erkin ijodiy izlanishlarni olib borish hamda an'analarni qayta tiklash va rivojlantirish borasida bir qancha to'siqlarga duch kelishlariga sabab bo'ldi.

XXI asrning birinchi 20-yilligi mobaynida toshkentlik G.Tosheva, aka-uka Muxsin, Tal'at va Bobur Dadamuxamedov (san'atshunoslik bo'yicha falsafa doktori)lar, M.Obidov, B.Muxamedov, marg'ilonlik Ya.Abdujabborov, g'uzorlik (Qashqadaryo) Sh.Raupov, buxorolik Q.Mirakov, Sh.Xamrayev, Sh.Xatamov, samarqandlik aka-uka Otabek va Oybek Tillayevlar, xivalik T.Sobirov, chimboylik (Qoraqalpog'iston) O.Tojimuratovlar kabi ko'plab yosh zargarlar milliylikka asoslangan an'anaviy, zamonaviy yo'nalishdagi zargarlik taqinchoqlarini yaratib kelmoqdalar. Bugungi kunda, mazkur yo'nalishlarni mumtoz, etno kabilarga ajratishimiz mumkin.

Zargarlar orasida aynan innovatsion yo'nalishda dastlab E.Gostev, N.Xolmatov, L.Avakyanlar ijod qilgan bo'lsalar, bugungi kunga kelib esa, A.Ulumbekova, U.Xolmurodov, M.Xoliqov, R.Azizovlar kabi yosh iste'dodli zargarlar faoliyat yuritib, modern va avangard kabi uslublar asosida yangiliklar yaratib kelmoqdalar. Shuningdek, "Fonon" ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi negizida ishga tushirilgan "Gold Moon Tashkent" MCHJ, "Nur star jewelry" MCHJ, "Global universal servis" MCHJ, "Silk way jewellery manufacture" MCHJ, "Caravan silver" MCHJ, "Berill gold" MCHJ, "Khivah gold" MCHJ, "Tashyuvelirtorg" MCHJ, "Sofizar jewellery", "Butterfly original", "Rayyon jewellery", "Alifa jewellery", "Ornament Ij", "Gavhar Jewel Group", "Shosh jewellery", "Colibri Gold Uz", "Almaz Gold 585", "Dolphin jewellery" kabi ko'plab zargarlik brendlar yurtimizda zargarlik san'ati va sanoatini rivojlantirish, innovatsion taqinchoqlarni yaratish va ishlab chiqarish uchun berilayotgan imkoniyatlar natijalaridan biri hisoblanadi.

Zargarlik sohasini mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish va qulay ishbilarmonlik muhitida faoliyat ko'rsatishi uchun huquqiy asoslar moliyaviy imkoniyat va

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

rag'batlar yetarli. Ko'hna naqllarga amal qilgan holda, dunyoning mashhur brendlari bilan raqobatlashish, milliylikka uyg'un zamonaviy zargarlik buyumlari bilan dunyo bozorlarini egallash asosiy vazifa. Shu bois zargarlar tomonidan o'ta yuksak mas'uliyat, katta qunt-sabr va izlanishlar evaziga noyob hamda betakror zargarlik buyumlari yaratilmoqda.

Yurtimizda tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish, uning dizaynida talab etilayotgan uslub, yo'nalish, texnika va texnologiyalarni ko'proq o'zlashtirish, xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni ta'minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, shuningdek, dunyo bozorlarida raqobatbardosh bo'lgan, yuqori sifatdagi zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho metallar hamda toshlardan yasalgan zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalarini zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsion izlanishlarni tatbiq etish tajribasiga ega xorijiy investorlarni jalb etish sohaning rivojiga kerakli omil bo'lib xizmat qiladi.

Yuqorida qayd etilgan zargarlik san'atining ko'p asrlik an'analarini tiklash va yanada rivojlantirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda zargarlik mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta'minlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo'lgan talabini qondirish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir nechta vazifalar belgilab berildi. Jumladan, zargarlik sanoati uchun tizimli professional kadrlar tayyorlashni tashkil etish va yangi ish o'rinlari yaratish bo'yicha qayd etilgan vazifalar borasida alohida to'xtalib o'tish joiz.

Xulosa: Yuqoridagi masalaga doir fikr-mulohazalarga tayanib aytish mumkinki, hukumat qaroriga asosan 2020 yilda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida "Zargarlik buyumlari dizayni", 2021 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida "Badiiy zargarlik" mutaxassisliklari tashkil etildi. Unga qadar esa bir qator ixtisoslashtirilgan maktablarda mazkur soha bo'yicha o'rta mahsus ma'lumotga ega mutaxassis kadrlar o'qitilayotgan edi. Oliy ta'lim tizimida ham bu soha bo'yicha mavjud ixtisosliklarning tashkil etilgani zargarlik sohasida uzviylik va uzliksizlikni ta'minlashga asos bo'layotgani quvonarli holat. Buning asosida milliy va zamonaviy zargarlik san'ati va sanoatini yoshlarga xalqaro andozalarga muvofiq bo'lgan innovatsion yondashuv asosida mukammal tarzda o'rgatish natijasida sohaning yanada rivojlanishiga turtki bo'lib xizmat qilmoqda. Buning uchun esa, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarni o'qitish va zargarlik sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash uchun shart-sharoitlarga ega ustaxona-laboratoriyalarini tashkil qilish, jihozlash va ularni kerakli asbob-uskunalar, xom ashyolar bilan ta'minlash, xalqaro standartlarga asoslangan o'quv rejalar, fan dasturlari, o'quv qo'llanmalar, darsliklar, monografiyalar, albom va kataloglar chop etish kabi qator masalalar bosqichma-bosqich izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Tahlil, ularning natijalari va xulosalar asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Zargarlik asarlarini ishlab chiqarishda unutilgan texnologiyalar, mahalliy uslublarni va bir qator naqsh turlarini qayta tiklash;

2. An'analarini saqlagan holda zamonaviy, innovatsion zargarlik mahsulotlarini yaratish;

4. Zargarlik sohasida zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsion izlanishlarni

amaliyotga tatbiq etish;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

5. Xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni ta'minlash;

6. Internet tarmog'ida O'zbekiston zargarlari ijodini targ'ibot qiluvchi hamda mahsulotarni yorituvchi onlayn platformaga ega veb-sayt tashkil qilish;

7. San'atshunoslarning tadqiqotlari va rivojlangan davlatlarning tajribalariga tayanib sohaga oid zarur o'quv adabiyotlar yaratish;

8. Zargarlik sanoati uchun tizimli professional kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

9. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidagi sohaga oid mavjud ustaxona-laboratoriyalarini zamonaviy texnika jihozlari va xom ashyolar bilan ta'minlash masalasini hal etish talaba-yoshlarning bilim olishiga asos vazifasini o'taydi.

References

1. Akilova K. Toshkentning an'anaviy badiiy hunarmandchiligi: o'tmish, bugun va kelajak // San'at, № 2, 2007.- 17-20 b.

2. Akilova K. Традиционное ювелирное искусство Узбекистана XIX-XXI веков: школы, мотивации, технологии, мастера // Milli Azarbaycan Tarixi Muzeyi - 2011. - Baki: "Yelm", 2011. - 356 sah.

3. Dadamuxamedov F. O'zbekiston zamonaviy zargarlik san'ati // K.Behzod nomidagi MRDI Axborotnomasi. - T.: K.Behzod nomidagi MRDI, 2023. - 3-8 b.

4. Dadamuxamedov B. XIX - XXI asr boshlari O'zbekiston zargarlik maktablarining mahalliy xususiyatlari // San'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. - T.: K.Behzod nomidagi MRDI, 2023. - 144 b.

5. Kalter J., Pavaloi M. Usbekistan: Erben der Seidenstraße // Buch zur Ausstellung 1995 in Stuttgart. - Stuttgart: Published by Edition Hansjörg Meyer, 1995. - 368 seite.

6. Khakimov A. Atlas of Central Asian Artistic Crafts and Trades. Volume I. - Tashkent. "Sharq", 1999. - 222 p.

7. Khakimov A. The Art of The Northern regions of Central Asia. //History of Civilizations of Central Asia, Volume VI. - Paris: UNESCO Publishing, 2005. - 614-624 p.

8. Xakimov A. O'zbekiston hunarmandchiligi durdonalari (Kitob-albom). - T.: O'zbekiston NMIU, 2019. - 384 b.

9. Xakimov A. O'zbekiston san'ati tarixi. Qadimgi davr, o'rta asrlar, hozirgi zamon. - T.: Zilol buloq, 2022. - 528 b.

10. Layla S. Diba. Turkmen jewelry. Silver ornaments from the Marshall and Marilyn R. Wolf collection. - New York: Published by The Metropolitan Museum of Art. Distributed by Yale University Press, New Haven and London, 2011. - 248 p.

11. Фахретдинова Д. Ювелирное искусство Узбекистана. - Т.: Изд-во литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1988. - 204 с.

12. ^онун хужжатлари маълумотлари миллий базаси.

13. Шоёкубов Ш. Узбек халк амалий-безак санъати: //Безакли альбом. - Т.: "Узбекистон", 2009. - 136 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.