Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA BILIM BERISH BO‘YICHA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR KO‘RSATKICHLARI, TAJRIBALARI'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA BILIM BERISH BO‘YICHA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR KO‘RSATKICHLARI, TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
102
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA’LIM / TARBIYA / ATTESTATSIYA / AKRREDITATSIYA / INSPEKSIYA / BOSHQARUV VA MA’MURIYAT / TA’LIM DASTURLARI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Isanov A.P.

Ushbu maqolada zamon talabidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim tizimida sifatni boshqarish bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanishda qanday natijalarga erishi mumkin bo‘lgan holatlar xususida fikr va takliflar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDICATORS AND EXPERIENCES OF DEVELOPED COUNTRIES ON EDUCATION IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM

In this article, based on the needs of the times, opinions and suggestions are given about the possible results of using the experiences of developed foreign countries in quality management in the higher education system.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA BILIM BERISH BO‘YICHA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR KO‘RSATKICHLARI, TAJRIBALARI»

Isanov A.P.

Jizzax Politexnika instituti "Muhandislik va kompyuter grafikasi"

kafedrasi assistenti

OLIY TA'LIM TIZIMIDA BILIM BERISh BO'YICHA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR KO'RSATKIChLARI, TAJRIBALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamon talabidan kelib chiqqan holda oliy ta'lim tizimida sifatni boshqarish bo'yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanishda qanday natijalarga erishi mumkin bo 'lgan holatlar xususida fikr va takliflar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, attestatsiya, akrreditatsiya, inspeksiya, boshqaruv va ma 'muriyat, ta 'lim dasturlari.

Isanov A.P. assistant

department "Engineering and Computer Graphics"

Jizzakh Polytechnic Institute

INDICATORS AND EXPERIENCES OF DEVELOPED COUNTRIES ON EDUCATION IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM

Abstract. In this article, based on the needs of the times, opinions and suggestions are given about the possible results of using the experiences of developed foreign countries in quality management in the higher education system.

Keywords: education, training, certification, accreditation, inspection, management and administration, educational programs.

Jahondagi mavjud sifatni baholash tizimini shartli ravishda ikki modelga ajratish mumkin. Birinchi-jamiyat va davlat oldidagi mas'ulligi nuqtai nazaridan attestatsiya, akrreditatsiya, inspeksiya orqali OTMni tashqi baholashga asoslangan "fransuz" modeli. Bunday model Skandivaniya mamlakatlarida, Chexiya, Latviya, Estoniya va boshqa mamlakatlarda qo'llaniladi.

Oliy ta'lim sifatini baholash tizimining ikkinchi- oliy ta'lim muassasalari akademik hamjamiyatini ichki o'zini-o'zi baholashga asoslangan "ingliz" modeli Buyuk Britaniya, Germaniya va AQShda amal qiladi.

Sifatni nazorat qilish va ta'minlashda "ingliz modeli"ni qo'llaydigan Buyuk Britaniya hududida ta'lim sifatini baholash bilan 1997 yilda tashkil etilgan "Oliy ta'lim sifatini baholash Agentligi" (Quality Assurance Agency for Higher Education (QAA) shug'ullanadi. Agentlik notijorat tashkilot maqomiga ega bo'lib, butun Qirollik hududi bo'ylab ta'lim muassasalari sifatini monitoring qilish va tavsiyalar berish ishini amalga oshiradi.

'^KOHOMHKa h ^HyMM №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

89

Amerika Qo'shma Shtatlarida oliy ta'lim sifatini boshqarish va baholash tizimi birmuncha rivojlanganligi bilan ajralib turadi. AQShda ta'lim sifatini baholash modeli "ingliz" va "kontinental" modellarning simbiozi hisoblanadi. Ya'ni, baholash jarayonida ham ichki, ham tashqi monitoringdan foydalaniladi.Bir qator Yevropa mamlakatlarida bo'lgani kabi, AQShda ham ko'plab sifatni baholash agentliklari mavjud bo'lib, ular sohalar bo'yicha bo'lingan. Jumladan, texnika sohasidagi eng yirik agentlik "Muhandislik va texnologiya bo'yicha akkreditatsiya idorasi" (Accreditation Board for Engineering and Technology (ABET) hisoblanadi [1].

Umuman olganda, AQShda quyidagi kriteriyalarga asosan OTMning sifati baholanadi:

1. Universitetning jipsligi.

2. Maqsadlar, rejalashtirish va samaradorlik.

3. Boshqaruv va ma'muriyat.

4. Ta'lim dasturlari.

5. Professor-o'qituvchilar tarkibi.

6. Axborot olish manbalari (kutubxona, PK).

7. Ta'lim olish uchun sharoitlarning ta'minlanganligi.

8. Binolarning moddiy ta'minoti.

9. Moliyaviy holat.

Ko'rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda ta'lim sifatini nazorat qilish va baholashda nafaqat davlat balki, har bir OTM manfaatdordir. Chunki, ta'lim sifati yaxshi deb baholanishi muayyan institut yoki universitet uchun ko'proq talabalarning jalb etilishi va ta'lim narxlarining balandroq bo'lishi bilan belgilanadi. Ko'rib chiqilgan tahlillar oliy ta'lim sifatini nazorat qilishda O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlari o'rtasida bir qancha o'xshashlik va farqli jihatlar borligini ko'rsatadi.

Oliy ta'lim muassasasi faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun ta'lim sifatini boshqarish muhimligi yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Shuning uchun ham ko'pgina rivojlangan davlatlarda halqaro standartlar ISO 9000:2000, umumiy menejment tamoyillari (TQM), ta'lim sohasida milliy va xalqaro sifat mukofotlari tanlovi hamda xalqaro standartlar asosida ta'lim muassasasining o'z-o'zini doimiy baholab borish tizimi keng qo'llanilmoqda.Ta'lim sohasini murakkab, ko'pqirrali va ko'p omilli ochiq tizim sifatida deb qarash mumkin. Bu tizim faoliyatiga kiruvchi masalalar ko'lami keng bo'lib, ular asosan bilim, malaka, ko'nikma va tajribalarni to'plash va ularni jamiyatga, insonlarga, avloddan-avlodga o'zatish jarayonlarini o'z ichiga oladi.

Ta'limning asl sifati qabul qilingan namuna (etalon)ga mos kelishini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin [2]:

TA'LIM SIFATI= Haqiqiy rnty«-

Talab qilingan natija

мЭкономнка h соцнумм №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

90

Buning ustiga, ta'lim natijalari sifatini ta'lim jarayoni sifatidan va ta'lim tizimi sifatidan farqlash lozim bo'ladi.

Hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlarida ta'lim sifati va inson rivoji bitta umumiy tizim sifatida insonni o'zining, ta'lim tizimining, umuman, butun bir jamiyatning asosiy maqsadi va qadriyatlari sifatida qaralmoqda va baholanmoqda.

Ushbu loyixa ishida ta'lim sifatini an'anaviy va noan'anaviy tarzda amalga oshirish orqali ta'lim sifatini tizimli boshqarishni takomillashtirish kabi tushunchalar va ularning evolyusion rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Saginova O.M. Marketing obrazovatelntix uslug [elektronntiy resurs] // Rejim dostupa: URL: http://www.cfin.ru/press/marketing/1999-1/05.shtml (data obra^eniya 20.04.2011)

2. Sekerin V.D. Innovatsionntiy marketing: Uchebnik. - M.: INFRA-M, 2012. -S. 66.

'^KOHOMHKa h соцнумм №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

91

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.