Soatov A.M.
Jizzax Politexnika instituti "Muhandislik va kompyuter grafikasi"
kafedrasi katta o'qituvchisi
TA'LIMDA SIFAT KO'RSATKIChLARI VA BU BORADA RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDAN BA'ZI ANDOZALAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikamizda mavjud oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha rivojlangan xorijiy davlatlardagi yo 'nalishlari bo 'yicha qilinayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo 'llari xususida fikrlar bildirilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, transmilliy ta'lim, tizim, sifat, natija, raqobatbardoshlik, kompetensiya, texnologiya.
Soatov A.M. senior teacher
department "Engineering and Computer Graphics"
Jizzakh Polytechnic Institute
QUALITY INDICATORS IN EDUCATION AND SOME EXAMPLES FROM DEVELOPED FOREIGN COUNTRIES
Annotation. In this article, there are opinions about the work being done in the directions of developed foreign countries to ensure the quality of education in the existing higher education institutions in our republic, the existing shortcomings and ways to eliminate them.
Keywords: education, upbringing, transnational education, system, quality, result, competitiveness, competence, technology.
O'zbekistonda ta'lim sifatini xalqaro raqobatbardoshligini ta'minlash, milliylikni saqlagan holda rivojlangan davlatlar ta'lim tizimini, jumladan Bolon deklaratsiyasini atroflicha o'rganish orqali xalqaro ta'lim tizimiga kirib borish, ta'limda hamkorlikni ta'minlash maqsadida Oliy o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'atining qarorlari qabul qilingan [1].
Hozirgi vaqtda jahon ta'lim tizimida "Transmilliy ta'lim" atamasi keng ishlatilmoqda. Transmilliy ta'lim deganda boshqa davlatda yashab, boshqa mamlakat universitetlarida ta'lim olish jarayoni tushuniladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, transmilliy ta'limda ta'lim sifatini xalqaro nazorat qilish maqsadida Global Allance for Transnational Education (GATE) tashkiloti tuzilgan. Ushbu tashkilot tomonidan transmilliy ta'lim tamoyillari va ushbu tamoyillar asosida faoliyat yurituvchi OTMni sertifikatsiyalash tartibi ishlab chiqilgan. Tashkilotning asosiy tamoyillariga asosan quyidagilar kiradi:
'^KOHOMHKa h ^HyMM №4(107)-2 2023
www.iupr.ru
271
Transmilliy ta'limning maqsad va vazifalaгi ta'lim oluvchiga tushunaгli va aniq bo'lishi, OTM-provayder kompetensiyasiga mos kelishi zarur. Transmilliy dastur asosida ta'lim oluvchi talabalar uchun univeгsitet-provayder tomonidan universitetning manzili va o'qitish texnologiyasi qanday bo'lishidan qat'iy nazaг, ta'lim dasturini standaгtga mos kelishi va sifat mezonlariga to'liq javob beгishi kafolatlangan bo'lishi lozim.Transmilliy ta'lim ushbu OTM joylashgan davlat qonuniy hujjatlariga mos kelishi va talaba yashayotgan davlat tomonidan quvvatlanishi (tan olinishi) kerak.
Chet el oliy o'quv yurtlarida ta'lim sifatini baholash tizimlari bo'yicha haг biг davlatda ta'lim dasturlari, mateгial гesuгslaг bazasi, xodimlaг salohiyati hamda boshqaгish tizimiga bog'liq holda jamiyat, shaxs va davlat talablari asosida o'ziga xos ta'lim sifatini kafolatlash tizimi yaгatilgan. Oliy ta'lim sifatini boshqarish tizimida ta'lim sifatini baholash uslublari muhim гol o'ynaydi.
OTM faoliyatini baholashning taгixan shakllangan va o'z-o'zini ichki baholashga asoslangan "Angliya modeli" va oliy o'quv yurtining jamiyat va davlat oldidagi majburiyatlaridan kelib chiqib tashqi baholashga asoslangan "Fransiya modeli" hamda ulaming tuгli kombinatsiyalaгidan iboгat bo'lgan turli baholash modellaгi amalda qo'llaniladi.
Jahon tajribasida oliy ta'limni baholash tizimini ikki tuгga bo'lish mumkin:
1. Oliy ta'lim muassasalari rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi davlat boshqamvining vakolatli oгgani mavjud bo'lgan mamlakatlardagi oliy ta'limni baholash tizimi. Bu hollarda baholash tizimi hukumat tomonidan moliyalashtiriluvchi davlat organlarining ustuvorliligiga asoslanadi. Bunda o'z-o'zini baholashga e'tibor pastroq bo'lib, asosiy urg'u davlat organlari yoki jamoat tashkilotlari tomonidan o'tkaziladigan samarali tashqi baholashga qaratilgan bo'ladi. Bunday baholash tizimlari ko'pincha hukumat nazorati, litsenziyalash, davlat akkreditatsiyasi, turli oliy ta'lim muassasalarini solishtirish, moliyaviy resurslarni taqsimlash va OTM larga ta'sir o'tkazish bilan bog'liq. Oliy ta'limning davlat boshqaruvi organlari mavjud bo'lgan mamlakatlar qatoriga Yevropaning Germaniya, Fransiya, shuningdek, yevropacha oliy ta'lim an'analarini qabul qilgan MDH mamlakatlari kiradi.
2. Oliy ta'limni davlat boshqaruvi organlari mavjud bo'lmagan mamlakatlardagi oliy ta'limni baholash tizimi. Bu hollarda OTM lar faoliyatini yaxshilashga, ichki tahlilga asoslangan oliy ta'lim muassasalarida o'z-o'zini baholash, yoki kasbiy, yoki jamoatchilik baholashi ustuvorlik qiladi. Oliy ta'lim bo'yicha o'z-o'zini muvofiqlashtirish mamlakatlari qatoriga, birinchi navbatda, Amerika Qo'shma Shtatlari, shuningdek, amerikacha oliy ta'lim an'analarini qabul qilgan mamlakatlar kiradi (Filippin, Tayvan) [2].
Ayrim mamlakatlarda oliy ta'limni baholashning yuqorida qayd qilingan usullari birgalikda qo'llaniladi (Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Sloveniya va boshqalar). Bunday baholash tizimi
Umumjahon sifatni boshqarish (Total Quality Menegement, TQM) tamoyillari va standartlashtirish bo'yicha Xalqaro tashkilotning (International Organization for Standardization, ISO) sifat menejmenti tizimi talablariga asoslanadi.
O'z-o'zini boshqarishga asoslangan OTMda ta'lim sifatini tashqi baholash tamoyillari quyidagilardan tashkil topgan:
- OTM faoliyati va ta'lim dasturlarini asosiy maqsad va vazifalarga mos kelish darajasini muntazam tekshirib borish;
- faoliyatni ekspert baholash va OTM ning rivojlanishini rejalashtirish uchun mas'ul shaxs yoki tarkibning mavjudligi;
- o'z-o'zini tekshirish jarayonini amalga oshirish uchun keng va samarali axborot tizimining mavjudligi;
- o'z-o'zini baholashni muntazam amalga oshirilishi (xizmatlar sohasini, boshqaruv tizimini, ta'lim dasturlarini va b.) hamda OTM ning o'z-o'zini baholash natijalarini tekshirish uchun tashqi ekspert baholash;
- tashqi ekspert baholash natijalari asosida o'z vaqtida boshqaruv;
- tuzilmasi va uslubini, ta'lim dasturlarini takomillashtirish, material va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash, rag'batlantirish va jazolash tizimini amaliyotga joriy etish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Oliy o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'atining 2003 yil 28 maydagi 5/6-son va 2003 yil 5 avgustdagi 7/3 -son qarori.
2. Зимняя И.А. Ключевые компетентности как резултативно-целевая основа компетентностного подхода в образовании / И.А.Зимняя.-М., 2014 г.