Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI TA'LIM SIFATIGA TA'SIRI
Kudratova A.I.
Samarqand VXTXQTMOHM katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada "ta'lim sifati" tushunchasi tahlil etilib, unga berilgan ta'riflar keltirilgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD ) tomonidan o'tkazib kelinayotgan, 15 yoshli o'quvchilarning funksional savodxonligini baholashga qaratilgan PISA xalqaro dasturining ta 'lim sifatiga ta 'siri qaralgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, sifat, ta'lim sifati, funksional savodxonlik, PISA xalqaro baholash tadqiqoti.
В статье анализируется понятие «качество образования» и даются его определения. Также росматривается влияние на качество образования Исследований международной программы PISA которая оценивает функциональную грамотность школьников в разных странах мира и умение применять знания на практике.
Ключевые слова: образование, качество, качество образования, функциональная грамотность, международная программа по оценке образовательных достижений учащихся PISA.
The article analyzes the concept of "quality of education" and gives its definitions. It also examines the impact on the quality of education of the Research of the international PISA program, which assesses the functional literacy of schoolchildren in different countries of the world and the ability to apply knowledge in practice.
Keywords: education, quality, quality of education, functional literacy, international program for assessing the educational achievements of students PISA.
Bugun funksional savodxonlik, kasbiy kompesentlik tushunchasi ta'lim sifati tushunchasi bilan birgalikda qaraladi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab butun dunyo bo'ylab «Sifat inqilobi» yuzaga keldi. Dunyoning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari asosiy e'tiborni son va miqdorga emas, balki mahsulot sifatiga qarata boshlashdi. Sifat raqobatbardoshlikni ta'minlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo'la boshladi.
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Sifatga e'tibor va uning rivojlanish bosqichlarini mantiqan quyidagi davrlarga bo'lish mumkin:
1. XX asrning 60-yillari - bozor raqobatbardoshligi sharoitida asosiy omil -mahsulot sifati.
2. XX asrning 70-yillari - mahsulot sifatidan shlab chiqarish texnologiyasi sifatiga o'tish bosqichi.
3. XX asrning 80-yillari- sifatni boshqarish tizimi bosqichiga o'tish davri.
4. XX asrning 90-yillaridan boshlab ta'lim sifati, intellektual resurslar sifati, inson hayoti sifati - asosiy omil sifatida namoyon bo'la boshladi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODLAR
Sifat - umumiy tushuncha sifatida insonlarning ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan asoslanuvchi mahsulot, material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo'lib, ularni qo'yilgan talablar va o'z vazifalariga to'liq mos kelishi bilan baholanadi. Bunday moslik asosan standartlar, shartnomalar, kelishuvlar, iste'molchilarning talablari bilan aniqlanadi.
O.D.Raximov "Ta'lim sifati - hayot sifati" nomli monografiyasida ta'lim sifati va uni baholash mezonlari, ta'lim standartlari, chet el va O'zbekiston oliy ta'lim tizimida ta'lim sifati va uni baholash tizimi, oliy ta'lim muassasalarini akkreditatsiyalash tizimlari, ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda innovasion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish usullarini keltirgan. Olim sifat tushunchasini a) eng yuqori ko'rsatkich sifatida; b) maqsadga to'liq erishilgan faoliyat shaklida; s) yaxshilangan va takomillashtirilgan faoliyat shaklida qaragan hamda ta'lim sifatinianiqlashda sifat ko'rsatkichlarini quyidagi guruhlarga ajratgan;
- professor-o'qituvchilar tarkibi sifati;
- o'quv yurtining material-texnik bazasi;
- o'qituvchilar tarkibining asoslanganligi;
- o'quv dasturlarining sifati;
- talabalar sifati;
- infratuzilma sifati;
- bilim sifati;
- rahbariyatning innovatsiya faolligi;
- innovasion jarayonlarni tadbiq etilishi;
- bitiruvchilarga talab;
- bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligi;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- bitiruvchilarning yutuqlari.
MUXOKAMA VA NATIJALAR
Ta'lim sifati - bu butun ta'lim tizimiga nisbatan o'matilgan talablarning bajarilishini ta'minlash orqali samarali natijalarga erishishdir. Ta'lim sohasida sifatni nisbiy tushuncha tarzida uning ta'lim standartlariga yoki tasniflarga hamda iste'molchi talablariga moslik darajasi deb qarashimiz mumkin va yuqoridagi ikki jihatning uyg'unlashuvi samarali hisoblanadi.
Sh.E.Qurbonov, E.A.Seytxalilov "Ta'lim sifatini boshqarish" kitobida ta'lim sifatini boshqarishning kompleks tizimini ishlab chiqqanlar:
- uzluksiz ta'lim tizimini boshqarishning har bir darajasida va ta'limning har bir bosqichida hayotga tadbiq etilsa;
- ta'lim jarayoni va boshqaruv jarayonining barcha sub'ektlari zarur malakaga ega bo'lib, o'z faoliyatining va ta'lim sifatining samaradorligini oshirishdan manfaatdor bo'lsa;
- o'quvchi shaxsini rivojlantirish darajasini baholashga qaratilgan bo'lsa;
- o'quv-tarbiya jarayoni DTS talablari asosida tashkil qilingan, reja va topshiriqlar ushbu talablarga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lsa;
- ta'lim sifatini monitoring qilish va baholashning turli usul va vositalaridan foydalanilsa;
- o'qituvchilar jamoasining pedagogik mohorati va malakasi, ayniqsa, ta'lim sifatini turli metodlar bilan, shu jumladan o'quvchilarning rivojlanish darajasini, ularning bilim, malaka va ko'nikmalarini reyting tizimi asosida baholashni nazorat qilish bilan bog'liq holatda muntazam oshirib borilsa;
- ta'lim sifatini baholashning darajasini tavsiflab beruvchi ko'rsatkichlarni o'z ichiga olgan o'lchovlar majmui amal qilsa ta'lim sifatini boshqarish tizimi majmui samarali bo'lishi nazarda tutiladi.
Ta'lim jarayoni sifatini uch asosiy jihatlarini alohida qayd etadi. Birinchidan, bilimlar va ko'nikmalar sifatidagi asosiy xususiyatlar; ikkinchidan, o'quv yurtlari tomonidan taqdim etilayotgan kafolatlar; uchinchidan, OTMning obro'si, nufuzi, o'qituvchilar va ta'lim olayotganlarning kommunikativ layoqati va boshqa xususiyatlar tegishlidir.
V.A.Novikov, D.N.Maslov ishlarida ta'lim sifatini jamiyat iqtisodiy barqarorligi bilan bog'laydilar va bir-birini to'ldiruvchisi sifatida qaraydilar.
Ta'lim sifati - ijtimoiy kategoriya hisoblanib, jamiyatda ta'lim jarayonining holati va natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
shakllanishi va rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi. Ta'lim sifati ta'lim muassasasining o'quv-tarbiyaviy faoliyatini turli qirralarini tavsiflovchi ko'rsatkichlar majmui orqali baholanadi. Ushbu ko'rsatkichlarga ta'lim oluvchilar kompetentligining rivojlanishini ta'minlovchi ta'lim mazmuni, o'qitish shakli va uslublari, material-texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi.
Ta'lim sifati - inson hayot faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo'ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir.
Shuni aytishimiz mumkinki, ta'lim sifati ta'limning barcha komponentlariga bog'liq bo'lgan, doimiy rivojlanishni talab etadigan, milliy qadriyatlarimiz bilan uyg'unlashgan, bitiruvchilarida shaklangan hayotiy ko'nikmalar va ularning erishgan yutuqlari asosida belgilanadigan ko'rsatkich desak bo'ladi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o'zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo'lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa ta'lim tizimiga, jumladan, matematikani o'rgatish bo'yicha ham xalqaro tajriba va andozalarni joriy etish orqali ta'minlanadi. Bundan ta'lim bo'yicha qator xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari natijalari ham dalolat bermoqda. Shu o'rinda, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD )ning 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA -o'quvchilar yutuqlarini baholash xalqaro dasturi tadqiqotlarini qarashimiz mumkin.
PISA dasturida «baholash » o'quvchilarning hayotiy ko'nikmalarini, ya'ni maktab dasturi doirasida olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo'llay olish darajasini aniqlashga qaratilgan. Bu esa o'z navbatida o'quvchidan funksional savodxonlikni talab etadi.
Eojiajiap HiiMaHH ypraHiniiw KepaK?
KlLIIIM
Kviiiikmü
Myiiocaöar i
mm! I
KoMiit'it'iiiuiH
1.3.1-rasm. PISA dasturida baholash mezoni
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Baholash - bu nimanidir sifati yoki darajasini aniqlashtirish. Baholash deb, haqiqiy natijalarning rejalashtirilgan natijalar bilan o'zaro bog'liqlik jarayonni sifatida ham tahlil qilishimiz mumkin. Ushbu jarayon ma'lum bir maqsadni ko'zlab o'tkaziladi.
K.Jalilov o'zining "Baholash nazariyasi asoslari" monografiyasida baholash jarayonning maqsadidan kelib chiqqan holda xulosalovchi baholash va shakllantiruvchi baholash turlariga ajratgan va quyidagi jadvalda ifodalagan: Baholash jarayoni maqsadlari
Ba\o.iaiu xcapaemi \iaKca_iiapii
X\ .locaioBMii 6a\o.iaui -TaviHM »apaeHiiHiiHr \I\\II\I öiip öocMimua ♦piiuni ii an M.iTMAai.ipHii 6a\o.iaui
llhkiian mp\ hmii öavvtaui - rauiiivi AapaoHii janovuua xaviiiM o.i> B'iu lapMiiMt y i iaumipiiiii cii(|)aTiihii 6a\o.ia<3 öopitui
Ta'limda baho ta'lim oluvchi (o'quvchi, talaba), ta'lim beruvchi (pedagog xodim, ta'lim mussasasi), ta'lim tizimiga beriladi va ta'lim mussasasi yoki ta'lim sifatini nazorat qiluvchi davlat yoki nodavlat tashkilotlari tomonidan o'tkaziladi.
Baholash - bu baholanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, kompetensiyalar majmuyi va o'lchanishi lozim bo'lgan xususiyat haqida xulosa chiqarish bo'lib, bu xulosa bilvosita, cheklangan sondagi maxsus yaratilgan topshiriqlar yordamida chiqariladi. Baholash jarayonida qo'llaniladigan topshiriqlar yig'indisi test deyiladi. Test bir yoki bir nechta test topshiriqlaridan iborat bo'lishi mumkin.
Testologiya XIX asrning ikkinchi yarmida odamlarni jismoniy, fiziologik va psixologik rivojlanishi va farqlanishini o'rganish jarayonida shakllangan bo'lib, ilmiy eksperiment xarakteriga ega bo'lsa, XX asrning 10-20 yillar oralig'ida ommaviy amaliyot jarayoniga aylangan.
AQSh da 1926 yilda Kollejlar kengashi pedagoglar faoliyatini baholash uchun SAT testlarini qabul qildi, 1947 yilda Ta'limda test xizmati (Educational Testing Service) ilmiy-tadqiqot markazi ochildi va 1961 yilga kelib faqat AQShning o'zida 2126 ta standartlashtirilgan testlar ishlab chiqildi.
Tarqqiyotning jadallashuvi hamda yangi sohalarning kashf etilishi natijasida 90-yillarga kelib, jamiyatda "funksional savodxonlik" tushunchasi shakllandi va uni baholash markazlari tashkil etildi.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
Xalqaro miqyosda o'quvchilar funksional savodxonlikni baholashga qaratilgan PISA tadqiqot dasturida asosiy yo'nalishlar sifatida o'qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tibiiy fanlar savodxonligi kiritilgan.
Shuni ayta olamiz-ki, PISA tadqiqotlaridagi matematik savodxonlik topshiriqlari darajalariga qo'yilgan talablar Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin Blum tomonidan asos solingan (savol va topshiriqlar tizimi - bilish faoliyati darajalariga asoslangan) o'quv maqsadlari taksonomiyasiga mos kelishini kuzatish mumkin.
1.3.2-rasm. B.Blumning o'quv maqsadlari taksonomiyasi.
Blum taksonomiyasiga ko'ra, tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo'llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo'ladi. Bu yerda, bilish, tushunish, qo'llash tafakkurning quyi darajasi bo'lib, fundamental bilimlarni tashkil etadi, tahlil, umumlashtirish, baholash tafakkurning yuqori darajasi bo'lib, funksi onal savodxonlikni tashkil etadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Funksional savodxonlik fanlar integratsiyasini talab etadi va o'quvchilarga maktab dasturini ongli tarzda o'zlashtirish, hodisa va jarayonlar o'rtasida qo'llash, munosabatlarni anglash imkonini beradi. Bunda matematika, fizika, kimyo, biologiya, ekologiya fanlaridan faktlarni, nazariyalarni, qonuniyatlarni mazmunli anglash, aniqlashtirish va chuqurlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bu esa bevosita ta'lim sifatiga ta'sir etadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
REFERENCES
1. Raximov O.D. Ta'lim sifati va hayot sifati. //O'quv uslubiy qo'llanma, 2015y.
2. бурбонов Ш.Э., Сейтхалилов Э.А. Таълим сифатини бошкдриш. Тошкент, 2006. 14-156.
3. Маслова Ю.А. // От качества образования к качеству жизни. Высшее образование в России № 10, 2006.
4. Жалилов К. / Бахолаш назарияси асослари. Тошкент: Академнашр, 2020.
5. Джураев А.С. Малака ошириш жараёнида тингловчиларнинг касбий малакасини ривожлантиришнинг педагогик механизмларини такомиллаштириш // Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (phd) диссертацияси. 2019.
6. Новиков В.А., Маслов Д.Н. Роль образования в повышении качества жизни. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании». 2012.