Kokand State Pedagogical Institute Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023
Innovative Approaches in Teaching Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion
Pedagogical Sciences: Problems and Solutions yondashuvlar: muammo va yechimlar
OLIY TA'LIM TALABALARINI "INFORMATKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR" BILAN ISHLASH KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI
Xayrullo Maxmudovich Xasanov
Qo'qon davlat pedagogika instituti "Informatika" kafedrasi assistent-o'qituvchi
Mazkur maqolada oliy ta'lim tizimi talabalarida raqamli texnologiyalar va axborot bilan ishlash yo'nalishlari tavsiflangan. Jumladan, zamonaviy axborot vositalari, axborot texnologiyalari, Internet, taqdimotlar bilan ishlash ko'nikmalari kabi masalalar ko'rilgan.
Kalit so'zlar: axborot, axborot-kommunikasiya, kompetensiya, bilim, ko'nikma, malaka, qobiliyat, talaba, mahorat, kompyuter
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatda axborot bilan ta'minlanishga munosabatni tubdan o'zgartirish zaruratini keltirib chiqarganligi sababli, hozirgi kunda zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari hamda raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda qo'llash va yanada rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat "Informatika va raqamli texnologiyalar" va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha samarador uskunalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz rahbariyati bu sohaga oid bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5349 sonli [1], 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli [2] hamda 2020-yil 5-oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli [3] Farmonlarida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlarning tajribasini amaliyotga tadbiq etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
ANNOTATSIYA
Informatka va raqamli texnologiyalar" bilan ishlash tizimi
June 3
haqida to'xtalar ekanmiz bunda alohida e'tiborga molik tomon talaba yoshlarni to'g'ri yo'naltira bilish lozim. Bu muammo bugungi kun pedagoglari zimmasiga jiddiy va e'tiborli mas'uliyat yuklaydi. Shiddat bilan o'zgarayotgan bugungi kunda yosh avlodni yetuk kadrlar qilib tayyorlashga mas'ul bo'lgan pedagoglar oldiga qo'yilayotgan talablar nihoyatda yuqori bo'lib, ular sifat jihatidan yangi, intellektual, ma'nan barkamol va yuksak professional salohiyatli shaxslarni shakllantirishga yo'naltirilgandir.
Bunday maqsadlarga va yuqori natijaga erishish uchun, avvalo, ta'lim muassasalari faoliyatiga jiddiy e'tibor qaratish, informatka va raqamli texnologiyalar bilan ishlash tizimini samarali tashkil qilish muhim sanaladi. Raqamli texnologiyalar bilan ishlash tizimi shiddat bilan shakllanib ketayotgan bir paytda talaba yoshlarni ham bunga mutonosib jalb qilish zarur.
Bugungi kunda axborotlashgan jamiyatning asosiy talabi eng avvalo, axborot tayyorlash, unga "ishlov berish", saqlash va jamiyat a'zolariga yetkazish bilan bog'liq bo'ladigan ishlarga sharoit yaratish hisoblanadi.
Bu sohada jamiyatning faol tashkil etuvchilaridan biri shubhasiz o'quvchilardir. Shunday ekan, o'quvchining raqamli texnologiyalar bilan ishlash tizimini to'g'ri tashkil etish o'rinli sanaladi.
"Informatka va raqamli texnologiyalar"ni qo'llash natijasida nazariy bilimlar va amaliy mahoratlar shakllantiriladi.
"Informatka va raqamli texnologiyalar" bilan ishlash kompetensiyasi - fanning rivojlanishi, axborot, uning turlari, xususiyatlari va o'lchov birliklari, jamiyat va ta'limni axborotlashtirish, kompyuterda axborotlarni qayta ishlashning arifmetik asoslari, tasvirlanishi, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, bulutli texnologiyalar, elektron tijorat, blokcheyn texnologiyasi, virtual borliq, infografika tushunchalari hamda media manbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo'lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ya'ni talabalar axborotlarni qabul qilish barobarida ularni tegishli fan sohalari bo'yicha qo'llay olishi shart hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni tashkil etishni yuzaga keltiradi. Ushbu yondashuvga asoslanish uchun talabalarning kompetentligini takomillashtirish shart va zarur.
Dars samaradorligiga erishish ko'p jihatdan o'qituvchining kompetentligi va kasbiy mahorati bilan belgilanadi.
Kompetentli yondashuv dunyoda ta'limning konseptual
June 3
asosiga aylanmoqda. Ayni paytda kompetentlik bu nafaqat bilimlarga ega bo'lish, balki ularni amaliyotga moslashtira olish imkoniyati hamdir.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim - talabalarda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim hisoblanadi. Shuning uchun talabalarda "Informatika va raqamli texnologiyalar" bilan ishlash kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan fikr-mulohazalarga to'xtalishni joiz deb bildik. Chunki talabalar raqamli texnologiyalar bilan ishlay olganda ya'ni to'g'ri ish tizimini yarata olganda bilim, ko'nikma, malakalarni amaliyotga qo'llay olish imkoniyati ko'proq bo'ladi. Muhimi o'qituvchining dars samaradorligiga erishish miqdori yuqori bo'lishini tajribalarda kuzatish mumkin.
Talabalarga raqamli texnologiyalar bilan ishlash tizimi tashkil qilinmasa, u holda an'anaviy ta'lim shakli olib boriladi. Uning natijasida quyidagilarga erishiladi.
-didaktik materiallarni va ularni o'rganish metodlarini faqat o'qituvchi tanlaydi;
-ta'limiy va rivojlantiruvchi maqsadlar mavzu mazmunidan kelib chiqib belgilanadi;
-ta'lim berish jarayoni tizimli amalga oshiriladi;
-didaktik materiallarning o'zaro uzviylikda uzatilishi, avvaldan ma'lum bo'lgan;
-bilim, ko'nikma va malakalarni berish bilan chegaralanish; -o'rganiladigan bilimlar hajmining bir qolipga solinganligi; -"ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi" munosabatlari yetakchi hisoblanadi; -tayyor namuna asosidagi mashqlardan keng foydalaniladi. Talabalarga raqamli texnologiyalar bilan ishlash tizimini tashkil qilinishi natijasida noan'anaviy ta'lim shakli samaradorligiga erishish mumkin. Ya'ni:
-o'rganilayotgan mavzu yuzasidan asosiy g'oya va mazmunni o'qituvchi ko'rsatibberadi, material mazmunini to'ldirish ta'lim oluvchilar bilan birga amalga oshiriladi;
-ta'lim oluvchilardagi ijodiy "uyg'onishlar" tufayli tasodifiy burilish va chetga chiqishlar yuzaga keladi;
-didaktik materiallarga ta'lim oluvchilarda axborotlarni qabul qilishda ijodiy yondashuvni shakllantirishga qaratilgan materiallar kiritib boriladi;
-ta'lim oluvchilardagi ijodiy tasavvurlarning kengligiga qarab bilimlar hajmi chegaralanmaydi;
'ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi" munosabatlari qatorida
June 3
ta'lim oluvchi munosabatlariga keng o'rin beriladi; -muammoli ta'limga keng o'rin beriladi.
Talabalarning raqamli texnologiyalar bilan ishlash kompetentligini rivojlanish bosqichlarida:
-axborotlarni qabul qilishga doir ehtiyojlar va ularni yuzaga keltiradigan omillarning mavjudligi;
-zarur bo'lgan axborotlar haqida tasavvurga ega bo'lish va ularni izlash, zararli va foydasiz axborotlarga nisbatan tegishli immunitetning mavjudligi, axborotlashning texnik vositalaridan foydalana olish;
-axborotlarning mohiyatini tushunish, ularni bilim sifatida o'zlashtirish, kengaytirish va tizimga solish;
-mavjud muammo yoki vaziyatlarning yechimini topishga doir amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish, yuzaga keladigan vaziyatlar haqida faraz qilish;
-mustaqil ravishda turli media manbalar (global internet tarmog'i, elektron pochta)dan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish va o'z bilimlarini joriy qilish.
-O'z o'rnida bilimlarni tegishli fan sohalarida qo'llay olish, muammolarni hal qilish, vaziyatlarni baholay olish va kerakli farazlarni ilgari surish ta'lim oluvchilardan ijodkorlikni talab qiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, talabalarga raqamli texnologiyalar bilan ishlash kompetensiyalarini to'g'ri tashkil qilinishi ularning bilimlarini takomillashishi va kelajakda kasbiy faoliyatida samaradorlikka erishishiga sabab bo'ladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni https://lex.uz/ru/docs/-3564970
2. "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni.
3. "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli Farmonlari https://lex.uz/ru/docs/-5030957
4. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risi"da O'RQ-367-son Qonuni.
5. Quchqorova N.M. Pedagogik kasbiy kompetentligi va
kreativlik. Darslik. T. Bookmany print, 2022. - 260 b.
June 3