SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
KURSANTLARNING AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR BO'YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI
BAHOLASH MEZONLARI
Jarilkasinova Gulnaz Xojabayevna
Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi gulnozaj arilkasinova@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kursantlarning ingliz tilida axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bo'yicha kasbiy kompetentligini baholash mezonlari masalasiga qaratilgan.
Kalit so'zlar: kommunikatsiya, texnologiya, kompetensiya, metodika, дидактик vosita, motivatsiya, protsessor, grafika, kompyuter.
АННОТАЦИЯ
В данной статье основное внимание уделяется критериям оценки профессиональной компетентности курсантов в области информационно-коммуникационных технологий на английском языке.
Ключевые слова: коммуникация, технология, компетенция, методика, дидактический инструмент, мотивация, процессор, графика, компьютер.
ABSTRACT
This article focuses on the criteria for evaluating the professional competence of cadets in information and also communication technologies in English language.
Key words: communication, technologies, competence, methods, didactic tool, motivation, processor, graphics, computer.
KIRISH
Respublikamizda so'nggi yillar ichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida chet tillarini o'qitishga e'tibor qaratilib, bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. «Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur o'zlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta'minlash» kabi muhim vazifalar belgilandi. Xorijiy tajribalar asosida chet til o'qitishni tashkil qilish, o'quvchilarda lingvistik va sotsiolingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishning me'yoriy asoslari va moddiy texnik bazasi yaratildi. Ta'lim muassasalarida ingliz tilini o'qitishda harbiy pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi, tizimi, lingvodidaktik ta'minoti asoslarini aniqlashtirish, reproduktiv va retseptiv malakalarni mustahkamlovchi yo'nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilandi.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi, 2019 yil 27 avgustdagi PF-5789-son «Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida»gi Farmonlari, 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son «Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-son «O'smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlarida shuningdek, mazkur sohaga tegishli bo'lgan boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda ta'lim sifatini ta'minlashga doir belgilangan me'yorlar xisobga olingan. Axborot-metodik ta'minot sohasida kursantlarning kompetentligini rivojlantirish bo'yicha baholash mezonlari ishlab chiqildi. Ular: kursantlarning axborot-metodik ta'minot bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar darajasi, kursantlarning motivatsiyasi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Bo'lajak kursantlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kompetentligi deganda, S.Konyushenkoning [52] fikricha, shaxsning o'quv faniga oid maxsus bilim, malaka va ko'nikmalari asosida shakllantirilgan, talabaning samarali qarorlarni qabul qilish, kasbiy faoliyatning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda samarali usullarni qo'llash qobiliyati va tayyorligining integrativ tavsifi tushuniladi. O'qituvchi o'quv jarayonida ularni qo'llashdan yetarlicha manfaatdorlik, keng dunyoqarash, ham umumiy, ham o'quv-dasturiy vositalarga egalik, fanni o'qitishning metodik tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o'rnini aniq belgilay olishiga ishonch hosil qilgandagina o'quv fanlarini o'qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi haqida gapirish mumkin. [103; 104]. M.Lebedeva va O.Shilova [56] axborot-kommunikatsiya kompetentligini shakllantirishning bazaviy, umumiy va kasbiy bosqichlarini ajratib ko'rsatishgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'quv faoliyatida foydalanish hamda kasbiy masalalarni hal qilishda ushbu texnologiyalardan foydalanishni aniq ajratib berishgan. Birinchi mezon bo'yicha kursantlarning axborot-metodik ta'minot bo'yicha kompetentligini rivojlantirishning 4 ta dajarasini tavsiflash mumkin. Kursantlarning axborot-metodik ta'minot bo'yicha kompetentligining rivojlanganlik darajalari haqida aytib utilgan.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
Darajalar tavsifi
Yuqori Axborot-metodik ta'minot bo'yicha amal qiluvchi qonuniyatlar va tamoyillarni aniq tushunishni namoyish qiladi. Qo'yilgan vazifalarni hal qilish uchun axborot-metodik ta'minot tamoyillari va vositalari asosida usullar tanlanadi; ularni bo'lajak kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan tushuntiradi.
O'rta Axborot-metodik ta'minot bo'yicha amal qiluvchi qonuniyatlar va tamoyillarni tushunishni har doim ham namoyish qilmaydi. Qo'yilgan vazifalarni hal qilish uchun axborot-metodik ta'minot tamoyillari va vositalari asosida usullar tanlanadi, biroq ularni asoslashda qiyinchiliklar kuzatiladi; ularni bo'lajak kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan batafsil tushuntira olmaydi.
Quyi Axborot-metodik ta'minot bo'yicha amal qiluvchi qonuniyatlar va moyillarni tushunishni namoyish qilishda xatoga yo'l qo'yganda tahlil qilmaydi; qo'yilgan vazifalarni hal qilish uchun axborot-metodik ta'minot tamoyillari va vositalari asosida usullar tanlashda mavjud bilimlarga tayanadi.
Quyidan past Axborot-metodik ta'minot bo'yicha amal qiluvchi qonuniyatlar va tamoyillarni tushunishni namoyish qila olmaydi; qo'yilgan vazifalarni hal qilish uchun axborot-metodik ta'minot tamoyillari va vositalari asosida usullar tanlashda muammolar mavjud.
Kursantlarning axborot-metodik ta'minotga motivatsiyasini baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
1. Kursantlarlar o'qish-bilish faoliyatida tashabbuskorlik va faollik darajasi.
2. Berilgan topshiriq va vazifalarni bajarishda natijalari uchun mas'ullik darajasi. Kursantlarning axborot-metodik ta'minot bo'yicha kompetentligini rivojlantirishning motivatsiyasini baholashda quyidagi darajalarni keltirish mumkin.
Kursantlarning axborot-metodik ta'minot bo'yicha kompetentligini rivojlantirishning motivatsiyasini baholash mezonlarini darajalari
Darajalar tavsifi
Yuqori Berilgan vazifalarni o'z xohishi, mas'uliyatli yondashuv bilan bajarish; imkon qadar samaraliroq harakat qilishga sifatli natijalarga erishishga intilish; hatto qo'yilayotgan bahoga ta'sir qilmaydigan hollarda ham berilgan vazifalarni bajarishga intilish.
O'rta Berilgan vazifalarni mas'ulyatsiz yondashuv bilan bajarish; imkon qadar samaraliroq harakat qilish; hatto qo'yilayotgan bahoga ta'sir qilmaydigan xollarda ham berilgan vazifalarni bajarishda vaziyatdan kelib chiqib tashabbuskorlikni namoyon qilish.
Quyi Berilgan vazifalarni majburiy faoliyat bilan bajarish; o'quv jarayonida faqatgina pedagoglar tomonidan baholanadigan vazifalarning bajarilishi; berilgan
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
vazifalarni bajarishda bahoning pasayishiga ta'sir ko'rsatadigan xatolarning tuzatilishi.
Quyidan past Faoliyatda ishtirok etishdan qochish, hatto majburiy vazifalarni bajarishda faol emaslik, tashabbuskorlikning mavjud emasligi; faoliyat natijalariga loqaydlik, xatolar hatto bahoning pasayishiga ta'sir ko'rsatsa ham tuzatilmaydi.
«Xorijiy til» fanini o'qitish jarayonida kursantlarning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish usullarini samarali qo'llash muammosi o'quv vazifalarning tizimini yaratishni talab qiladi. Kursantlarning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilishga bag'ishlangan o'quv vazifalar kursantlarda mustaqillik, tadbirkorlik, faollik, ularning fikrlash faoliyatini shakllantirishga qaratilgan yetakchi didaktik vosita ekanligi ma'lum. O'quv vazifalarining doimiy bajarilishi natijasida kursantlarning mustaqil fikrlash faoliyati rivojlanadi, o'quv materialini o'zlashtirishda shakllantirilgan aqliy faoliyat tafakkurning doimiy rivojlanishiga qaratiladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun dars jarayonida turli usullardan foydalanish bilan bir qatorda turli mazmundagi vazifalarni bajarib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Vazifalar tizimidagi turli xil o'zlashtirish darajasiga mo'ljallangan nazorat topshiriqlari kursantlarning o'quv materialini o'zlarining imkoniyatlariga mos darajada o'zlashtirishiga imkon beradi.
MUHOKAMA
Misol sifatida, KorelDrav dasturi bo'yicha kursantlarning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilishga qaratilgan test vazifalari va turli xil o'quv vazifalarini keltiramiz.
1. Nuqtalar majmuasi ko'rinishida tasvirlanadigan grafika qanday ataladi?
a) rastrli; b) fraktal; s) to'g'ri chiziqli; d) vektorli.
2. Ekran displeyining nuqtali elementi, deb nimaga aytiladi?
a) pikseF; b)nuqta; s) vektor; d) lyuminofor donasi.
3. Videoadapter - bu... ?
a) grafik displey ishini boshqaruvchi vosita;
b) grafik muharrirning maxsus instrumentlari yordamida chiziladigan oddiy figuralar;
s) grafik tasvirlar haqida axborotlarni saqlovchi elektron vosita;
d) protsessorning tarkibiy qismi.
4. Veb sahifada qaysi grafik fayl formatlari ishlatiladi?
a) GIF; b) DRP; s) PSD; d) PDF.
5. Vektorli grafikaning muharrirlari.
a) KorelDrav;
b) Adobe FhotoShop;
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
s) 3DStudioMax;
d) Adobe Illustrator.
Test vazifalaridan tashqari biz turli o'quv vazifalarini keltiramiz.
O'quv vazifalarining birinchi turi berilgan o'quv materiali bo'yicha barcha tushunchalarni kursantlar tomonidan eslab qolish va esga tushirishga qaratilgan [100].
Misol sifatida quyidagi vazifa berilgan.
O'quv vazifalarining ikkinchi turi o'rganilgan o'quv materialining ahamiyatini tushuna olish qobiliyatining ko'rsatkichi bo'lib, tushunchalarni bir shakldan boshqa shaklga o'tkazish uchun xizmat qiladi. O'qitishning bunday natijalari o'quv materialini oddiy eslab qolishdan ustun turadi.
1- vazifa. KorelDrav dasturi bo'yicha matn berilgan. Ushbu matnning bo'sh joylarini uning uskunalari atamalari bilan to'ldiring.
Ranglar palitrasi
Asosiy oynaning o'ng qismida vertikal yo'nalishda _joylashgan
bo'lib,
_shaklidagi figuralar to'plamidan tashkil topgan. Palitrada
illyustratsiya uchun mo'ljallangan _ saqlash mumkin. Bu esa o'z
navbatida ranglar kamalagi minimumini saqlash va ulardan o'z o'rnida foydalanish imkonini beradi. KorelDrav ranglar palitrasini o'zgartirish imkoniyatiga
_, ammo foydalanuvchi palitrani aniq bir qismlarini o'zgartirish
imkoniyatiga _. Palitradagi barcha ranglarni ko'rish uchun palitra
panelining_qismida joylashgan_belgisini tanlash lozim.
Ushbu vazifa esa tushunchalar, qoidalar, uslublar, tamoyillar, nazariyalardan foydalanishga qaratilgan. O'qitish natijalari tushunishga nisbatan chuqurroq bilishni talab qiladi.
2- vazifa. KorelDrav dasturidagi ob'ektga oid bajarilgan amal yoki olingan natijalarni toping.
3-vazifa. KorelDrav dasturida quyidagi simmetrik shaklni yaratish usulini qo'llash uchun amallar ketma-ketligini toping.
1. Sichqonchaning chap tugmasi bosilib, muqobil tomonga harakatlantiriladi.
2. O'ziga nisbatan simmetrik akslanishi lozim bo'lgan shakl belgilanadi.
3. Simmetrik shakl hosil bo'lishi bilan tugma qo'yib yuboriladi.
4. Kursorni biror tomonning yon manipulyatoriga keltiring.
5. <KTRL> tugmasi bosiladi.
Ushbu vazifa bo'laklarga ajratilgan narsalardan butun narsani tuzishga qaratilgan. Bunda o'qitish natijalari kursantlardan ijodiy faoliyatni talab qiladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
XULOSA
Shuningdek yuqoridagi keltirilgan misollardan kurishimiz mumkin barcha harbyi oliy ta'lim muassasalarida «Informatika va AT» o'quv fanini o'qitishda kursantlarning axborot-metodik ta'minot bo'yicha kompetentligini rivojlantirish bosqichlari aniqlandi. Ular:
1-bosqich: kursantlarda axborot-metodik ta'minot bo'yicha bilimlarni rivojlantirish va yagona tizimga olib kelish;
2-bosqich: axborot-metodik ta'minot dasturlarida ishlash ko'nikma va malakalarini rivojlantirish;
3-bosqich: axborot-metodik ta'minotdan o'z kasbiy faoliyatida foydalana olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.
4. Axborot-metodik ta'minotni o'qitish metodikasi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqildi.
5. «Xorijiy til» o'quv fanini o'qitish jarayonida axborot-metodik ta'minotda 4 soat nazariy mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha metodik ishlanmalar yaratildi.
4. Kursantlarning axborot-metodik ta'minotda ishlash ko'nikma va malakalarini
rivojlantirish bo'yicha 2 ta amaliy va 4 ta laboratoriya ishlari ishlab chiqildi.
5. Harbiy oliy ta'lim muassasalarida «Xorijiy til» o'quv fanini o'qitishda kursantlarning axborot-metodik ta'minot bo'yicha kompetentligini baholash
mezonlari ishlab chiqildi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston
2. Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947- sonli Farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi "2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5544-sonli Farmoni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to'g'risida"gi PF-5789-sonli Farmoni.
5. Андреев А.А. Дидактические возможности средств информации телекоммуникаций и технологий в системе дистанционного обучения // http://vvv.ito.su/ 1998-99 /h/andreev-t.html.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
6. Aripov.M. Aripov M., Muhammadiev Informatika, informatsion texnologiyalar. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent, TDYUI, 2004. 275 b.
7. Асекретов О.К. Борисов Б.А., Бугакова Н.Ю. Современные образовательные технологии: педагогика и психология: монография. -Новосибирск: Издательство СРНС, 2015. - 318 с.
8. Багаева И.Д. Профессионализм педагогической деятельности: сущность и структура // Профессионализм педагога: Тезисы докладов и сообщений. -Ижевск, - СПб, 2000.
9. Begimkulov U.SH. Malaka oshirish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish // Xalq ta'limi. - Toshkent, 2004. -№ 6. - B. 132-137.