Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM XIZMATLARI SIFATINING ASOSIY OMILLARINI BAHOLASH'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM XIZMATLARI SIFATINING ASOSIY OMILLARINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demografik jarayonlar / innovatsiya / ilm-fan / ta’lim / innovatsion fikrlash / ta’lim jarayoni / demografik tahlil / kasbiy kompetentlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saloxitdinov Sherzod Farxodovich

Maqolada ta’lim xizmatlarining qamrov ko‘lami hamda sifat jihatidan o‘zgarishi «inson omili»dan foydalanishda yangi bosqichga o‘tishni namoyon etib, bu ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM XIZMATLARI SIFATINING ASOSIY OMILLARINI BAHOLASH»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM XIZMATLARI SIFATINING ASOSIY

OMILLARINI BAHOLASH Saloxitdinov Sherzod Farxodovich

Jizzax politexnika instituti erkin tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10886012

Annotatsiya. Maqolada ta'lim xizmatlarining qamrov ko'lami hamda sifat jihatidan o'zgarishi «inson omili»dan foydalanishda yangi bosqichga o'tishni namoyon etib, bu ko'plab mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omil bo'lib xizmat qilishi aks etgan.

Kalit so'zlar: demografik jarayonlar, innovatsiya, ilm-fan, ta'lim, innovatsion fikrlash, ta'lim jarayoni, demografik tahlil, kasbiy kompetentlik.

Аннотатция. В статье показано, что изменение объёма и качества образовательных услуг представляет собой переход на новый этап использования «человеческого фактора», который служит основным фактором развития экономики многих стран.

Ключевые слова: государственные образовательные стандарты кадровые новости, кадровые инновации, развитие кадровой системы, демографический анализ, регресс кадровой системы.

Abstract. The article shows that the change in the scope and quality of educational services represents a transition to a new stage in the use of the "human factor", which serves as the main factor in the development of the economy of many countries.

Keywords: State educational standards personnel news, personnel innovations, development of the personnel system, demographic analysis, regression of the personnel system.

Jahonda ta'lim xizmatlarining qamrov ko'lami hamda sifat jihatidan o'zgarishi «inson omili»dan foydalanishda yangi bosqichga o'tishni namoyon etib, bu ko'plab mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Jamiyat hayotini yangilovchi ilmiy-texnologik taraqqiyotning jadal o'sishi ta'lim xizmatlarining individuallashuvi, tor sohalar bo'yicha ixtisoslashuvi hamda ko'rsatilayotgan ta'lim xizmatlari sifatining buyurtmachilar talabi asosida ortib borishi mazkur o'zgarishlar bilan bog'liq holda yuz bermoqda.

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, "2020 yilda jahon yalpi ichki mahsulotining 19 foiziga teng miqdordagi mablag' ta'limning barcha bosqichlarini moliyalashtirish uchun yo'naltirilgan". Bundan ko'rinadiki, ta'lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishda mehnat bozori va kadrlar tayyorlash tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

So'nggi davrda jahon mamlakatlarida hududlar iqtisodiyoti o'rtasidagi nomutanosibliklar kuchayib bormoqda. Ilg'or mamlakatlarda aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real yalpi hududiy mahsulot hajmi bo'yicha rivojlanish darajasi jihatidan eng yuqori va eng past 10 foizlikka kiruvchi hududlar o'rtasidagi o'rtacha tafovut ortib borib, oxirgi o'n yillikda 1,7 martani, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa ushbu tafovut aytilgan davrda 3,2 martani tashkil etgan. Ba'zan iqtisodiy salohiyat bo'yicha mamlakatlar ichidagi hududlar o'rtasidagi farq mamlakatlar o'rtasidagi farqdan katta bo'lmoqda.

Ta'lim siyosatida mehnat bozori alohida sub'ekt sifatida uning vujudga kelishi, xodimlar va mutaxassislarning katta qismida o'z muaxassisligini o'zgartirish yoki malaakasini oshirish ehtiyojlari yuzaga kelishi uzluksiz ta'lim tizimiga o'tish uchun real shart-sharoit yaratmoqda.

O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishi xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi bilan bog'liqdir. Buni umumiy tarzda ta'lim xizmatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulot (YAIM) ulushidagi o'zgarishlarda ham ko'rish mumkin (1-jadval). 1-jadval

O'zbekiston Respublikasida YAIM va ta'lim sohasidagi xizmatlarning 2010-2021 yillardagi dinamikasining qiyosiy tahlili

Yillar Mamlakat YAIMning Ta'lim Ta'lim

YAIM, o'sish sohasidagi sohasidagi

mlrd. so'm. sur'ati, % xizmatlar xizmatlarning

hajmi, o'sish sur'ati, %

mlrd. so'm.

2010 74 042,0 100,0 763,1 100,0

2011 96 949,6 130,9 1027,4 134,6

2012 120 242,0 162,4 1385,3 181,5

2015 210 183,1 283,9 2681,4 351,3

2016 242 495,5 327,5 3263,0 427,6

2017 302 536,8 408,6 4402,0 576,8

2018 406 648,5 549,2 5416,5 709,8

2019 510 117,2 688,9 7164,9 938,9

2020 580 203,2 783,6 9073,0 1189,0

2021 635 785,1 845,4 9845,7 1264,6

Tahlil natijalari bo'yicha mamlakatimizda YAIM hajmi 2010 yilda 74042,0 milliarc so'mni, 2020 yilda esa 635 785,1milliard so'mni tashkil etgan. Xususan, YAIM hajmi 2010-2021 yillar davomida 8,5 martaga o'sgan.

O'zbekiston Respublikasi dunyo davlatlari reytingida muhim va salmoqli o'rinlarda qayd etilgan. Jumladan,

ilmiy, texnikaviy rivojlanishni aks ettiruvchi:

ilmiy tadqiqot faoligi, ta'lim darajasi bo'yicha 82 (195), patentlar olish bo'yicha 59 (103), internet tizimining joriy etilishi va uning tezligi bo'yicha 114 (211) o'rinlarni band qilgan. O'zbekiston aholisining savodxonlik darajasi 96.9 % bilan 61 o'rinda qayd etilgan.

Oliy ta'lim xizmatlari bozorini rivojlanishi va mehnat bozori bilan o'zaro bog'liqligi nafaqat u oliy ta'limga ega bo'lgan mutaxassislarga to'lanadigan ish xaqiga balki ishlab chiqarish korxonalarida yaratilgan ishlab chiqarish infratuzilmalariga, ularni kelajakda mansab darajalarida rivojlanishi kafolatlanishiga hamda mehnat qilish uchun zarur muhit sharoitlarni borligiga bog'liq. SH.SH.Zoxidovaning fikricha "ta'lim xizmatlari va mehnat bozorlari aloqalari tizimining ajralmas qismlari hisoblanadi" deb ta'kidlaydi. Mehnat bozori bilan oliy ta'lim xizmatlari bozorlari o'rtasidagi munosabat oliy ta'lim bozori talablarini e'tiborga olgan oliy ta'lim xizmatlari tizimi tomonidan tayyorlangan oliy malakali mutaxassislarga bo'lgan jami taklifga bog'liq. Oliy ta'lim xizmatlari tizimida tayyorlangan oliy malakali mutaxassislar va iqtisodiy faollikda band bo'lgan oliy malakali mutaxassislar oliy ta'lim bozorida jami taklifni ifodalasa jami talab oliy malakali mutaxassislarga bo'lgan talab ifoda etadi. Bu quyidagi 1-chizmada ko'rinishi mumkin.

1-rasm. Umumlashgan mehnat va oliy ta'lim xizmatlari bozoridagi talab va taklif

Manba* ma'lumotlar asosida muallif ishlanmasi

Bozor mexanizmi harakati ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ishchi va oliy malakali mutaxassislarni ta'lim xizmatlari tizimi asosida tayyorlab berish, mavjud ortiqcha bo'lgan oliy ma'lumotli mutaxassislarni ish joylari bilan ta'minlash vazifalarini amalga oshiradi. Bozor mexanizmini yana bir yo'nalishi mehnat bozorida ishchi kuchiga oliy ma'lumotli mutaxassislarga bo'lgan talab va taklif kon'yunkturasini tashkil topishidir.

Mehnat bozorini rivojlantirish ta'lim tizimidagi mehnat bozori va uni boshqarish daraj asiga bog'liq bo'lib, quyida keltiriladigan omillar bu jarayonga ta'sir ko'rsatadi:

- bilimning asosiy kapital maqomini olganligi;

- ta'lim sohasmida davlat rolining o'zgarganligi;

- axborot texnologiyalarining rivojlanganligi.

Bozor sharoiti mehnat resurslarini boshqarish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish oqibatida ulardan samarali foydalanish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat va oliy ta'lim bozorini boshqarish tashkiliy iqtisodiy mexanizmga asoslangan bo'lib, ularning moddiy manfaatdorligidan kelib chiqqan holda mehnat munosabatlari shakllanadi.

Mehnat bozorida ish beruvchi tadbirkorning iqtisodiy manfaati ishga yollanuvchi yollanma ishchi kuchining iqtisodiy manfaatdorligi ishlab chiqaruvchi ya'ni ish beruvchi sub'ekt manfaatdorligida farq qiladi. Demak, mulk egalari bo'lib hisoblanadigan davlat va nodavlat mulkchiligi asosida tashkil topgan ishlab chiqarishni borqaror rivojlanishi ularda band bo'lgan mehnat qiluvchi sub'ektlarning shaxsiy manfaatdorligini ijtimoiy manfaatdorlik bilan bog'liq ravishda olib borish muammosi bozor iqtisodiyotining eng dolzarb muammosi hisoblanadi.

Bu muammoni hal etishning birdan-bir yo'li fikrimizcha, ularni moddiy rag'batlantirishni o'zaro muvofiqlashtirish asosida mehnat va oliy ta'lim bozorida ijtimoiy hamkor sub'ektlar tariqasida faoliyat olib borishi uchun zarur bo'lgan mexanizmni shakllantirish deb qarash lozim. Ijtimoiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mulkchilik shakllariga asoslangan ishlab chiqarish jarayonida mehnat va oliy ta'lim xizmatlari bozorida mehnat qilishga layoqatli ishchi kuchlarini taqsimlash, bandligini ta'minlash va ularni o'zaro bog'liqligi va umumiy taqsimotga va mehnat taqsimotiga ta'siri ishchi kuchi bandligining eng asosiy bog'lovchi qismidir.

Fikrimizcha, mehnat va oliy ta'lim bozori asosida mehnatga layoqatli ishchi kuchlarini ish joylari bilan ta'minlashni aniqlashda ijtimoiy hamkorlik mehnat sohalarini faqat mehnat bitimiga

asoslangan mehnat munosabatlari tashkil etish bilan kifoyalanmay umumiy ijtimoiy mehnat sohalarini qamrab olgan holdagina bu muammoni hal qilish mumkin.

Muammoni hal etishda davlat, yollanib ishlovchilar va ijtimoiy himoyaga muhtojlar fikr va mulohazalaridan kelib chiqqan holda umumiy xulosalarga kelish asosida xal etish zarur.To'g'ri bozor iqtisodiyotini davlat va nodavlat mulkchiligi sharoitida erkinlashtirilgan va erkin raqobatga asoslangan fuqarolar jamiyatini qurar ekanmiz bu muammoni birgalikda umum xulosada amalga oshirilishi zarur, aks holda bu muammoni hal etish javobsiz qolishi mumkin. Bu muammoni amalga oshirishda mehnat va oliy ta'lim bozori taalluqli barcha sub'ektlar davlatning bosh islohotchi ekanligini tan olgan holda birgalikda uni hal etish maqsadiga erishish mumkin.

Mehnat va oliy ta'lim bozorini tartibga solishni amalga oshirish uchun bu sub'ektlarni o'zaro bog'liqlikda bir-biriga bog'liq va bir biriga ta'sir etuvchi umumlashgan ya'ni yagona tashkiliy-iqtisodiy mexanizm tariqasida qarash to'g'ri bo'ladi. CHunki ishchi kuchi bo'yicha shakllanadigan iqtisodiy holat ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq. Demak ishlab chiqarish jarayoni tashkiliy jihatdan kengaytirish gorizontal yoki vertikal jihatdan ularga bo'lgan talab va taklifni shakllanishini optimal nisbatini tashkil topishiga olib keladi.

Oliy ta'lim bozorining ham samarali bo'lishi tarmoq ishlab chiqarish sub'ektlaridan oliy malakali mutaxassislarga bo'lgan talab va taklif asosida shakllanadi. Oliy ta'limning asosiy vazifalaridan biri har bir yosh mutaxassisning tez o'zgaruvchan mehnat bozorida xaridorgir bo'lib qolishi, rivojlanib borayotgan innovatsion iqtisodiyotda to'laqonli ishtirok etishi va biznes sohasi talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hisobalandi.

OTM bitiruvchilari raqobatbardoshligini integral baholash mezonlari va ko'rsatkichlar tizimi to'laqonli bilimlar to'plamini yaratishda yordam beradigan va ko'plab o'zaro aloqador jihatlarni ichiga olgan asosiy sifatlarni aniqlashtirishga xizmat qildi. Baholash uslubi kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi, shuningdek, oraliq bosqichda baholash orqali talabalarda zarur malaka va ko'nikmalarni hosil qilish mumkinligini isbotladi.

Bizning fikrimizcha xududlarni rivojlantirishning oliy malakali kadrlar bilan bog'liq jihatlariga, muhim tavsiyalarga alohida e'tibor qaratishni lozim va bu quyidagilardan iborat:

1. Hududlarning iqtisodiy va mehnat potensialiga mos kadrlarga bo'lgan extiyojlarini aniqlash tizimini joriy etish lozim.

2. Erkin iqtisodiy xududlarda xorijiy ta'limning barcha bo'g'inlarini ochishga ruxsat berish va shu asosda ta'limni raqobatdoshligini ta'minlashning mahalliy muhitini shakllantirish lozim (ya'ni, maktabgacha ta'lim, maktab ta'limi, o'rta ta'lim va oliy ta'lim bo'yicha xorijiy ta'lim muassasalari faoliyatini yo'lga qo'yish va ularga ruxsatnomalar berish).

3. Oliy ta'limning MDX davlatlari yoki SHanxay xamkorlik tashkilotlari uchun bosqichma bosqich yagona ta'lim kelishuvlariga o'tish orqali xududiy imkoniyatlarni oshirish lozim.

4. Oliy ta'limning xususiy bo'g'inlarini tashkil etish va ularda ta'lim sifatini nazorat qilishning muhim normalarini belgilash.

5. Oliy ta'lim bitiruvchilarining xududlar bo'yicha mehnat taqsimoti bilan shug'ullanuvchi maxsus vakolatli jamoat fondlarini tashkil etish;

6. Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini jadallashtirish yuzasidan xududlarda maxsus fondlarni tashkil etish va ularning mablag'larini shakllantirishni tartiblarini belgilash lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020.24.01. https://president.uz/ru/lists/view/3324

2. O'zbekiston O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son; 30.04.2020 y., 06/20/5987/0521 -son

3. Zaxidova SH.SH. Oliy ta'lim xizmatlari bozorining amal qilish mexanizmi samaradorligini oshirish (O'zbekiston materiallari asosida). i.f.n. ilm. dar. ol. uch. taqd. et. diss. avtoref. -Toshkent, 2012. - B. 27 b

4. Annakulov K.Mehnat bozorida oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirish. I.f.b.f.d (PhD) ilm. dar. ol. uch. taqd. et. diss. avtoref. Toshkent. 2023. 28 B.

5. Saloxitdinov, SHerzod. "OLIY TA'LIM XIZMATLARI SIFATINI BAHOLASH TIZIMINING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI, MAZMUNI VA NAZARIY YONDASHUVLAR." Research and implementation (2023).5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.