Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA AXLOQIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING FALSAFIY ASPEKTLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA AXLOQIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING FALSAFIY ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talaba / axloq / madaniyat / ma’naviyat / shaxs / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ahmedova Saodat

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida axloqiy madaniyatni rivojlantirishning falsafiy aspektlari yuzasidan ma’lumolar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA AXLOQIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING FALSAFIY ASPEKTLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARIDA AXLOQIY

MADANIYATNIRIVOJLANTIRISHNING FALSAFIY ASPEKTLARI

Ahmedova Saodat Qodirovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o'qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarida axloqiy madaniyatni rivojlantirishning falsafiy aspektlari yuzasidan ma'lumolar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: talaba, axloq, madaniyat, ma'naviyat, shaxs, tarbiya.

Yosh avlodning madaniyatini, ma'naviy-axloqiy salohiyatini ko'tarmoq, milliy mafkurasini uyg'otmoq zarur. Zero, o'zini anglagan, millat ma'naviyatini tushungan insongina xalqini, millatini, Vatanini, oilasini taniydi. Xalq va millat oldidagi burchni, mas'uliyatini, majburiyatini anglaydi. Insonning ma'naviy-axloqiy barkamol bo'lishi xalq, davlat, jamiyat ma'naviyatiga asos bo'ladi. Shunday ekan, yoshlarga chuqur nazariy va amaliy bilimlar, kasbiy malaka, ko'nikmalar hosil qilish, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalari va muammolariga to'g'гi munosabatda bo'lishga o'rgatish, Vatanni sevish, ajdodlari yaratgan bebaho ma'naviy javohirlarni imkon qadar egallash, ularni asrab-avaylash va boyitish, mamlakatimiz kelajagini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning bugungi holatini chuqur tahlil qilish, jahondagi va mamlakatimizdagi ma'naviy, aqliy bilimlardan foydalanib, voqelikda faol ishtirok etish ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir.

Axloqiy madaniyat jamiyat axloqiy ongi va dunyoqarashining rivojlanganlik darajasini, "axloqi yasama" va "axloqi haqiqiy"nmg birligini; xulq-atvor, muloqot va faoliyat tizimida yaxshilik, or-nomus, vijdon, burch, g'ufm-, sevgi, birgalikdagi ishlash va hokazolar me'yoriarinmg namoyon bo'lishini; hayot faoliyatini insonparvarlik, egoizm va alturizmni oqilona muvofiqlashtirish, tinchliksevarlik tamoyillari asosida yo'lga qo'yishni ifoda etadi. Axloqiy madaniyatning o'ziga xos shakli hisoblangan subyekt axloqiy madaniyati jamiyat axloqining hosilaviy va

subyektivlashgan in'ikosidir. Uning ayrim ko'rinishlarida odob va axloq aynanlashtiriladi, tushunchalar esa sinonimlar sifatida tushuniladi. Axloq esa qanday bo'lsa, shundayligicha mavjud bo'lgan chinakam, haqiqiy, amaliy narsa sifatida baholanadi. Ushbu ma'noda, odob va axloq o'rtasidagi farq axloqiy (amaliy) madaniyatning qat'iy belgisi - "axloqi yasama" va "axloqi haqiqiy", ya'ni so'z va amal birligini aks ettiradi [1]. Shaxs axloqiy madaniyati quyidagicha tuzilmaga ega:

a) axloqiy ongning rivojlanganligi (yaxshilik, burch va boshqalar haqidagi axloqiy his-tuyg'u va kechinmalar, axloqiy iroda, axloqiy qadriyatlar);

b) axloqiy dunyoqarashning yuqoriligi (axloqiy ideallar, tamoyillar va me'yorlar, qadriyatlarga yo'nalganlik, axloqiy ehtiyojlar, maslak va e'tiqodlar);

v) axloqiy sifatlarning mukammalligi (insonparvarlik, kishilarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo'lish, hamdardlik, xayrixohlik va h.k.) [2].

g) axloqiy sifatlarni yuzaga chiqarish, axloq tamoyillari va me'yorlariga rioya qilish. Shaxs axloqiy madaniyati mazmunan guruh yoki jamiyat axloqiy madaniyatiga to'g'ri keladi. Lekin ulardan o'zining subyektiv fikrlashi va ifodalanishi, muayyan axloqiy qadriyatlarni ustuvor qo'yishi va ularga yo'nalganligi bilan farqlanadi. Muloqot jarayonidagi axloqiy madaniyat qator zarur elementlarni o'z ichiga oladi, bular:

- muloqot maqsadini belgilash; - sherikni tanlash; - turtki beradigan motivlar va kayfiyat; - muloqot shakllari va usullari; - yakuniy natijalar va ularga baho berish.

Shaxs ichki madaniyati muloqotning tashqi madaniyatini shakllantirishda yetakchi, belgilovchi rolni o'ynaydi, unda namoyon bo'ladi. Namoyon bo'lish usullari turli-tuman bo'lishi mumkin, masalan, boshqa odamlar bilan salomlashish, muhim axborotlar bilan almashish, turli shakllardagi hamkorlikni yo'lga qo'yish, do'stlik, sevgi rishtalari bilan bog'lanish va h.k. Axloqiy madaniyatning shakllanishida aql-idrok, tafakkur va his-tuyg'u ham muhim o'rin tutishi tabiiy. Bu jarayon kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog'liq, chunki inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Axloqiy madaniyatda zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o'z ifodasini topishi shart. U

bugungi O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta'sir ko'rsatadi.Shuni ham ta'kidlash joizki, yosh avlodga milliy istiqlol g'oyasini singdirishda har bir ota-onaning roli ham juda muhim hisoblanadi. Ota-onalar o'z farzandlarining maktabgacha tarbiyasi, ularning ruhiy ma'naviy taraqqiyotida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta'lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishlari zarur. Bunda oilaning ta'lim muassasalari tizimiga izchil uyg'unlashuviga erishish maqsadga muvofiq bo'ladi. Demak, ota-ona yosh avlodga bevosita ta'lim beruvchi, mafkuraviy tarbiyaning asosiy o'chog'i sanalmish barcha ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda mazkur dolzarb vazifani amalga oshirishga mas'uldir.

Axloqiy madaniyatning shakllanishida aql-idrok, tafakkur va his-tuyg'u ham muhim o'rin tutishi tabiiy. Bu jarayon kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog'liq, chunki inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Axloqiy madaniyatda zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o'z ifodasini topishi shart. U bugungi O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta'sir ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Турматов Ж.Р., & Аскаров И.Б. (2020). Динамическая оценка исследовательской компетенции студентов. Общество, (1), 87-89.

2. Бегматов Б.Я. (2020). Техника олий таълим муассасаларида талаба амалиёти таджики. Academic research in educational sciences.

3. Аскаров И.Б. (2016). Подготовка к исследовательской деятельности будущего педагога профессионального обучения. In Педагогическое мастерство (PP. 39-42).

4. Daniyarovna H.S. (2021). The Contents of Students' Independent Education and Methods of Implementation. Psychology and Education Journal, 58(2), 14451456.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.