Научная статья на тему 'OLAMNI O’RGANISHDA VA TEXNIKANING RIVOJLANISHIDA MEXANIKANING AHAMIYATI'

OLAMNI O’RGANISHDA VA TEXNIKANING RIVOJLANISHIDA MEXANIKANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

216
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabiat / fizika / mexanika / texnika / Nyuton

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zohid Qulboyev

Tabiatda sodir bo’luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo’yicha yuz beradi.Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog’lanishni ochish va o’rganish har qanday fan tarmog’ining bosh maqsadi hisoblanadi.Buni bilish va tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishga, ya’ni kelajakni oldindan aytishga va o’tmishni izohlashga yordam beradigan usullarni o’rganish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalaridan insoniyat manfaati uchun foydalanish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

All actions and processes that take place in nature take place according to certain laws. The discovery and study of the legal connection between various processes and events is the main goal of any branch of science. it is necessary to learn ways to help predict what will happen, that is, to predict the future and interpret the past. Only then can natural phenomena be used for the benefit of mankind.

Текст научной работы на тему «OLAMNI O’RGANISHDA VA TEXNIKANING RIVOJLANISHIDA MEXANIKANING AHAMIYATI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-366-369

OLAMNI O'RGANISHDA VA TEXNIKANING RIVOJLANISHIDA MEXANIKANING AHAMIYATI

Zohid Qulboyev

Jizzax Politexnika Instituti fizika fani o'qituvchisi

ANOTATSIYA

Tabiatda sodir bo'luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo'yicha yuz beradi.Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog'lanishni ochish va o'rganish har qanday fan tarmog'ining bosh maqsadi hisoblanadi.Buni bilish va tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishga, ya'ni kelajakni oldindan aytishga va o'tmishni izohlashga yordam beradigan usullarni o'rganish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalaridan insoniyat manfaati uchun foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar: Tabiat, fizika, mexanika, texnika, Nyuton.

ABSTRACT

All actions and processes that take place in nature take place according to certain laws. The discovery and study of the legal connection between various processes and events is the main goal of any branch of science. it is necessary to learn ways to help predict what will happen, that is, to predict the future and interpret the past. Only then can natural phenomena be used for the benefit of mankind.

Keywords: Nature, physics, mechanics, engineering, Newton.

KIRISH

Mexanika fizikaning bo'limidir. Inson har doim uni o'rab turgan olam bilan murakkab o'zaro ta'sirda bo'ladi. Bu o'zaro ta'sirning namoyon bo'lishi olamni o'rganish hisoblanadi.

Atrofimizdagi tabiat bir qator fanlarda o'rganiladi, uning umumiy nomi tabiatshunoslikdir. Bu fanlar orasida fizika muhim o'rin egallaydi. O'z navbatida, fizikada mexanika muhim o'rin egallaydi. Mexanikaning bunday o'rin tutishiga asosiy sabablar quyidagilar: birinchidan inson o'zini o'rab turgan olamni bilishining dastlabki bosqichlarida mexanik hodisalarni o'rganish muhim o'rin egallaydi.

Ikkinchidan, fizikaning barcha keyingi bo'limlari mexanika bazasida yuzaga keladi, bu bo'limlarda mexanikada ishlab chiqilgan metod va tushunchalardan foydalaniladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-366-369

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Fizik hodisalarni o'rganish kuzatishdan, ya'ni hodisalarni tabiiy sharoitda o'rganishdan boshlanadi. Biroq, u yoki bu hodisani kuzatishning o'zi u haqda ilmiy bilimlar bera olmaydi. Ehtimol, Galiley zamonigacha yashab o'tgan millionlab odamlar jismlarning erkin tushishini kuzatganlar, lekin ularning har qaysisi bu hodisani o'rganmagan. Bu tasodifiy va chala kuzatishlarni tartibga solib, Galiley: Yer barcha jismlarga bir xil tezlanish beradi, degan farazini ilgari surdi. U o'z farazini ilgari surish bilan birga uning ma'nosini tushuntirib, tekshirish yo'llarini belgilab berdi.

Fizik hodisalarni o'rganishning ikkinchi bosqichi-uni miqdoriy tahlil qilishdir. Bu tahlil jarayonida hodisaning mazmuni haqidagi faraz keltiriladi va bu farazni tajribada tekshirish rejasi belgilanadi.

Fizik tajriba hodisani tekshirishning keyingi bosqichidir. Kuzatish hodisani faqat sirtdan baholaydi. Tajriba jarayonida hodisani takrorlashgina emas, balki u bilan birga yuzaga keladigan sharoitlarga va shu sharoitlarni xarakterlovchi parametrlarga bog'liqligi tekshiriladi, zarur bo'lgan o'lchashlar bajariladi.

Fizik hodisalarni o'rganishning keyingi bosqichi olingan natijalarni matematik hisoblashdir. Bu bosqichda fiziklar matematikadan foydalanib va yangi kattalik matematik operasiyalar yordamida oldin o'rganilgan kattaliklar orqali ifodalanadi.

Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, fiziklar ilmiy tekshirish jarayonida ikki asosiy usuldan: nazariya va tajriba usullaridan foydalanadilar, bu ikki usul o'zaro bog'langan.

Mexanika va texnika. Fizika fan sifatida ijtimoiy ishlab chiqarish talablari natijasida yuzaga keldi. Bunda tegishli talablar paydo bo'lishi bilan birin-ketin ijtimoiy ishlab chiqarish tarmoqlari yuzaga kela boshladi.

Mexanika bugungi kunda kosmonavtika, aviatsiya suv usti va osti transporti, mashinasozlik, qurilish, mudofaa va tibbiyot texnikasining ilmiy asosidir. Hozirgi kunda hech bir ishlab chiqarish korxonasi yo'qki, uning uchun mexanika bilimlari kerak bo'lmasin.

Mexanika va tabiatni bilish. Tabiatning hech bir hodisasini uning mexanik tomonlarini bilmay turib, har tomonlama bilish mumkin emas. Buning ajablanarli joyi yo'q: bizni o'rab turgan dunyoda ko'p hodisalar mexanik harakat bilan bo'g'langan. Quyosh, yer va boshqa sayyoralarning harakati, suv va havo harakati, jismlarning tushishi, odamlar, hayvonlarning ko'chishi-bularning hammasini mexanika bilimlarisiz tushuntirib bo'lmaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-366-369

Klassik mexanikaning qo'lanilish sohasi. Mexanikaning asosiy qonunlari Nyuton tomonidan uning 1687 yilda chop etilgan "Natural falsafaning matematik asoslari" nomli kitobida (o'sha vaqtda fizikani shunday atashgan) ifodalangan edi. Nyuton, o'zigacha mexanika sohasida erishilgan hamma yutuqlarni umumlashtirib, mexanika fanining mustahkam binosini qurdi. Nyuton mexanikasi ko'pincha klassik mexanika deb ataladi: "klassik" so'zi uning asoslari va bunyodkorga hurmat yuzasidan qo'shilgan.

Klassik mexanika qonunlari kundalik hayotimizda bizni urab turgan, ya'ni juda katta sondagi molekulalar va atomlardan tashkil topgan jismlar uchun aniqlangan edi. Quyidagi savol tug'iladi: klassik mexanika qonunlari mikrodunyo zarralari harakatiga-atomlar, molekulalar, elementar zarralar harakatiga qo'llaniladimi? Hozirgi vaqtda klassik mexanika qonunlari faqat chekli mikroolam zarralari harakati uchungina qo'llanilishi ishonchli aniqlangan.

Nyutonning mexanika qonunlari jism, Yer va Koinot sharoitlarida harakatlanadigan nisbatan uncha katta bo'lmagan tezliklar uchun aniqlangan edi. Bu tezliklar yorug'lik tezligidan ancha kichik.

XULOSA

Shunday qilib, yorug'lik tezliklaridan kichik tezliklar bilan harakatlanuvchi mikroskopik jismlar harakatini to'gri tavsiflaydi. Albert Eynshteyn Nyutonning klassik mexanika qonunlarini quyidagi tarzda baholaydi: "Hech kim Nyutonning buyuk kashfiyotini nisbiylik nazariyasi yoki qandaydir boshqa nazariya yo'q qilib yuboradi deb o'ylamasin. Nyutonning aniq va ravshan g'oyalari doimo bizning zamonaviy fizik tasavvurlarimiz tayangan abadiy zamin bo'lib qoladi".

REFERENCES

1. A.G. G'aniyev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonov. "Fizika". I-qism. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. "O'qituvchi", Toshkent. 2005 yil

2. Urinov S., Zohid Q. Power Losses in Electric Machines //International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS) ISSN. - 2020. - С. 87-89.

3. Nabijonovich J. A. Renewable energy sources in Uzbekistan //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 11. - С. 769774.

4. Кулбоев З. Х. СВЕРХПРОВОДЯЩИЕ ФУЛЛЕРЫ И ИХ ПРИМЕНЕНИЕ В БИОФИЗИКЕ //Энигма. - 2020. - №. 23. - С. 155-159.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-366-369

5. Мустафакулов А. А., Арзикулов Ф. Ф., Джуманов А. Использование Альтернативных Источников Энергии В Горных Районах Джизакской Области Узбекистана //Интернаука: электрон. научн. журн. - 2020. - Т. 41. - С. 170.

6. Жалилов У. А. У. и др. ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯ СИФАТ КУРСАТКИЧЛАРИ ВА УЛАРНИ ОШИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 4. - С. 113-118.

7. Хантураев И. М., Жуманов А. Н. ЭЛЕКТР ТАРМОКЛАРИДА КУВВАТ ИСРОФЛАРИНИ ХИСОБЛАШ //Academic research in educational sciences. -2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 330-337.

8. Джуманов А. Н. и др. ИЗМЕРИТЕЛЬНЫЕ ТРАНСФОРМАТОРЫ ТОКА //World science: problems and innovations. - 2021. - С. 76-78.

9. Джуманов А. Н. и др. МЕТОДИКА ИСПЫТАНИЙ ТРАНСФОРМАТОРОВ ТОКА //НАУКА, ОБЩЕСТВО, ИННОВАЦИИ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ И СОВРЕМЕННЫЕ АСПЕКТЫ. - 2021. - С. 264-270.

10. Курбанов А. А. У., Жуманов А. Н., Муродкосимов Ж. Т. У. 0, 38 КВ КУЧЛАНИШЛИ ТАРМОКДИ ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯ ИСРОФИНИ КИЙМАТИНИ АНИКЛАШ //Academic research in educational sciences. - 2021. -Т. 2. - №. 5. - С. 300-306.

11. Жуманов А. Н. и др. МУКОБИЛ ЭНЕРГИЯ МАНБАЛАРИДАН ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИНИНГ ТОЕЛИ Х,УДУДЛАРИДА ФОЙДАЛАНИШ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 247-254.

12. Жуманов А. Н. и др. ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯ ИСРОФИНИ АНИКЛАШ УСУЛЛАРИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 4. -С. 466-470.

13. Hasanov M. et al. Optimal Integration of Wind Turbine Based Dg Units in Distribution System Considering Uncertainties //Khasanov, Mansur, et al." Rider Optimization Algorithm for Optimal DG Allocation in Radial Distribution Network." 2020 2nd International Conference on Smart Power & Internet Energy Systems (SPIES). IEEE. - 2020. - С. 157-159.

14. Жуманов А., Абдиев Х., Файзуллаев А. классификация воздушных линий электропередачи //Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. - 2021. - С. 45-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.