Научная статья на тему 'OILADA MODDIY YETISHMOVCHILIK HISSINI NAMOYON BO’LISHINING IJTIMOIY – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

OILADA MODDIY YETISHMOVCHILIK HISSINI NAMOYON BO’LISHINING IJTIMOIY – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
9
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moddiy yetishmovchilik / oila psixologiyasi / ijtimoiy barqarorlik / stress / psixologik yordam / материальный недостаток / семейная психология / социальная стабильность / стресс / психологическая поддержка

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — X.Raximova

moddiy yetishmovchilik hissi oilada ijtimoiy va psixologik jarayonlarga ta’sir qiluvchi muhim omildir. Ushbu his oilaviy muhit, farzandlar tarbiyasi va ijtimoiy barqarorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur maqolada moddiy yetishmovchilikning oiladagi namoyon bo‘lish xususiyatlari va ularning ijtimoiy-psixologik ta’siri o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE MANIFESTATION OF A FEELING OF FINANCIAL INSUFFICIENCY IN THE FAMILY

ощущение материальной нехватки является важным фактором, влияющим на социально-психологические процессы в семье. Это чувство оказывает существенное влияние на семейную среду, образование детей и социальную стабильность. В данной статье рассматриваются проявления материальной депривации в семье и их социально-психологическое влияние.

Текст научной работы на тему «OILADA MODDIY YETISHMOVCHILIK HISSINI NAMOYON BO’LISHINING IJTIMOIY – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

OILADA MODDIY YETISHMOVCHILIK HISSINI NAMOYON BO'LISHINING IJTIMOIY - PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

© X.Raximova _

1 "Oila va xotin - qizlar"ilmiy tadqiqot instituti,Toshkent,O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: moddiy yetishmovchilik hissi oilada ijtimoiy va psixologik jarayonlarga ta'sir qiluvchi muhim omildir. Ushbu his oilaviy muhit, farzandlar tarbiyasi va ijtimoiy barqarorlikka sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Mazkur maqolada moddiy yetishmovchilikning oiladagi namoyon bo'lish xususiyatlari va ularning ijtimoiy-psixologik ta'siri o'rganiladi.

MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi - moddiy yetishmovchilik hissining oilaviy muhitga ta'sirini aniqlash, ushbu muammolarni bartaraf etish yo'llarini tavsiya qilish va oilaviy muhit barqarorligini ta'minlash uchun psixologik yordam mexanizmlarini taklif qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda oila psixologiyasi va ijtimoiy psixologiyaga oid nazariy manbalar tahlil qilindi. So'rovnomalar, intervyular va kuzatish usullari orqali moddiy yetishmovchilik hissining namoyon bo'lish holatlari o'rganildi. Olingan ma'lumotlar statistik va sifatli tahlil usullaridan foydalanib umumlashtirildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, moddiy yetishmovchilik oilaviy stress, ziddiyat va ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi. Ushbu holatlar bolalarning psixologik rivojlanishiga, ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarga salbiy ta'sir qiladi. Psixologik yordam ko'rsatish va oila a'zolarining hissiy barqarorligini ta'minlash orqali ushbu muammolarni kamaytirish mumkin.

XULOSA: moddiy yetishmovchilik oilaviy barqarorlik va psixologik holatga salbiy ta'sir ko'rsatishi sababli, oilalarga psixologik yordam mexanizmlarini ishlab chiqish va qo'llash zarur. ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimlarini kuchaytirish ushbu muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: moddiy yetishmovchilik, oila psixologiyasi, ijtimoiy barqarorlik, stress, psixologik yordam

Iqtibos uchun: Raximova X. Oilada moddiy yetishmovchilik hissini namoyon bo'lishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.// Inter education & global study. 2024. №9(1). B. 475-481.

СОЦИАЛЬНО - ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЧУВСТВА ФИНАНСОВОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ В СЕМЬЕ_

©Х.Рахимова1 и

1 Научно-исследовательский институт «Семья и женщины - девушки», Ташкент, Узбекистан

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: ощущение материальной нехватки является важным фактором, влияющим на социально-психологические процессы в семье. Это чувство оказывает существенное влияние на семейную среду, образование детей и социальную стабильность. В данной статье рассматриваются проявления материальной депривации в семье и их социально-психологическое влияние.

ЦЕЛЬ: основная цель статьи - определить влияние чувства материальной нехватки на семейную среду, рекомендовать пути устранения этих проблем, а также предложить механизмы психологической поддержки, обеспечивающие стабильность семейной среды.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании проанализированы теоретические источники семейной психологии и социальной психологии. С помощью анкетирования, интервью и методов наблюдения были изучены случаи проявления ощущения нехватки материала. Полученные данные были обобщены с использованием методов статистического и качественного анализа.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показывают, что материальные лишения приводят к семейному стрессу, конфликтам и социальной изоляции. Данные ситуации оказывают негативное влияние на психологическое развитие детей и отношения между родителями. Эти проблемы можно уменьшить, оказав психологическую поддержку и обеспечив эмоциональную стабильность членов семьи.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: поскольку материальный недостаток отрицательно влияет на стабильность семьи и психологическое состояние, необходимо разрабатывать и применять механизмы психологической поддержки семьи. Укрепление систем социальной поддержки имеет важное значение в решении этих проблем.

Ключевые слова: материальный недостаток, семейная психология, социальная стабильность, стресс, психологическая поддержка.

Для цитирования: Рахимова.Х. Социально - психологическая характеристика чувства финансовой недостаточности в семье.// Inter education & global study.2024. №9(1). С. 475-481.

SOCIAL-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE MANIFESTATION OF A FEELING OF FINANCIAL INSUFFICIENCY IN THE FAMILY_

© Xusnora Raximova1®

^'Family and Women - Girls" Scientific Research Institute,Tashkent,Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the feeling of material deprivation is an important factor affecting social and psychological processes in the family. This feeling has a significant impact on the family environment, child rearing, and social stability. This article examines the

©¡ntereduglobalstudy.com

2024, ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

features of the manifestation of material deprivation in the family and their socio-psychological impact.

AIM: the main purpose of the article is to determine the impact of the feeling of material deprivation on the family environment, recommend ways to eliminate these problems, and propose psychological support mechanisms to ensure the stability of the family environment.

MATERIALS AND METHODS: the study analyzed theoretical sources on family psychology and social psychology. The manifestations of the feeling of material deprivation were studied through questionnaires, interviews, and observation methods. The data obtained were summarized using statistical and qualitative analysis methods.

DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study show that material deprivation leads to family stress, conflict, and social isolation. These situations negatively affect the psychological development of children and relationships between parents. These problems can be reduced by providing psychological support and ensuring the emotional stability of family members.

CONCLUSION: Since financial deprivation negatively affects family stability and psychological well-being, it is necessary to develop and implement mechanisms for psychological support for families. Strengthening social support systems is important in solving these problems.

Keywords: financial deprivation, family psychology, social stability, stress, psychological support

O'zbekistondagi oilalarning notinchlik sabablari aniqlanishiga ko'ra, eng ko'p xavotirli va notinchlikni keltirib chiqarayotgan omil moddiy yyetishmovchilik ekani ma'lum qilindi. Ma'lum qilinishicha, oilalarning notinchlik sabablari orasida moddiy yyetishmovchilik (39,3 foiz) yetakchi bo'lmoqda. Bundan tashqari notinchlikni keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga spirtli ichimlik yoki giyohvandlikka ruju qo'yish (14,5 foiz), doimiy oilaviy janjallar (25,9 foiz), muqim turar joy yo'qligi (5,7 foiz) kirgan. Boshqa sabablar tufayli oilaning notinch ekanligi (14,5 foiz) ham aniqlangan.

Oxirgi yillarda yurtimizda oiladagi moddiy yyetishmovchilik muammosiga kuchli e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda insonlar moddiy еtishmovchilik hissidan qutulish uchun psixologiyaga chuqqurroq kirib borishmoqda, shu tufayli shaxsdagi moddiy е^!^^^ hissini ijtimoiy psixologik muammo sifatida o'rganishni maqsad qilib qo'ymoqdamiz. Psixologik nuqtai nazardan, qashshoqlik oila asoslari va avloddan-avlodga o'tadigan qadriyatlar shaklida namoyon bo'ladigan shaxsiy munosabat sifatida qaraladi. Moddiy yetishmovchilik hissi doirasidan chiqish uchun, avvalo, hamma narsani o'zgartirish vaqti keldi, degan qat'iy qaror qabul qilishi kerak. Agar inson turmush o'rtog'i

For citation: Xusnora Raximova.(2024)'Social-psychological characteristics of the manifestation of a feeling of financial insufficiency in the family, (9(1)), pp. 475-481. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

bilan nimadir qilish kerakligini sekin muhokama qila olsa hech narsa bo'lmaydi. Inson kuchli istak va moddiy etishmovchilik yuzaga kelayotganligini tan olishi kerak. Avvalo, fikrlash tarziga e'tibor berishi kerak. Hamkasblaridan biri yangi kvartira sotib olganini bilganida yoki hovlida ajoyib mashinani ko'rganida boshdan kechirgan his-tuyg'ularini his qilishni boshlashi kerak. Agar his-tuyg'ularini ijobiy deb atash mumkin bo'lsa, unda bu yaxshi. Boshqalar uchun baxtli bo'lish qobiliyati va agar xohlasa, u ham shunday moddiy ne'matga ega bo'lishi mumkinligini fikrlash ajoyibdir. Yana bir narsa, agar inson butun dunyo uchun g'azab va norozilik to'lqinlarini his qilsa unda bu inson o'zi bilan bir qatorda barcha atrofdagilarni ham pastga tortadi ya'ni ustanovkalar noto'g'riligiga olib keladi. Inson, u shunchaki omadli edi, uning boy ota-onasi bor degan o'y fikrlar bilan yashasa hechqachon moddiy etishmovchilik hissidan qutula olmaydi. Tafakkurni tubdan o'zgartirish bu eng katta o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Inson shuni tushunishi kerakki endi u bola emas, balki har qanday moddiy boylikni topish va qo'lga kiritishga qodir bo'lgan etuk inson, agarda inson ustanovkalarini, tafakkurini o'zgartira olsa hamma narsaga erisha oladi.

Olib borilgan keng qamrovli adabiyotlar tahliliga (masalan, L.B. Shneyder) tayanadigan bo'lsak, shaxsga ta'sir etuvchi dastlabki ijtimoiy omil sifatida oila alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi, shaxs psixologik xususiyatlarining qay tarzda shakllanishi uni o'rab turgan ijtimoiy muhitga bevosita bog'liqdir. Oiladagi sog'lom muhit, oila a'zolarining bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlari, ota-ona-farzand munosabatlaridagi iliqlik, samimiylik va yana do'stlar yaqin qarindoshlar bilan o'rnatiladigan muloqotning darajasi bolalar ijtimoiylashuvidagi muhim omillardan hisoblanadi.

Moddiy yetishmaslik hissi hayotni tanlashni jiddiy cheklaydi. Moddiy yetishmasligi bor va moddiy yetishmovchiligi yo'q insonlar o'rtasida madaniy farqlar yo'q, ammo noaniq va beqaror tashqi muhitning turli sharoitlariga oqilona moslashish mavjud. Ba'zi tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, moddiy yetishmovchilikdagi insonlar uzoq myddatli reja tuzishmaydi va shu sababli ularning muvaffaqiyat istiqbollari qisaqa muddatli bo'ladi.

Moddiy yetshmaslik - bu insonning ruhiyatiga ta'sir qiladigan va uning kognitiv funktsiyalarini kamaytiradigan holat. Moddiy yetshmaslikka uchragan insonlar dolzarb kundalik muammolarni hal qilishga qaratilgan va ular murakkabroq muammolarni hal qilish uchun kognitiv resurslarga ega emaslar. Shuning uchun ular yomonroq o'qiydilar, yomon ishlaydilar, testlarni yomon o'tkazadilar va hokazo. Bu holat qashshoqlik holatini saqlab qolish uchun sharoit yaratadi. Biroq, moddiy yetshmaslik - bu hayotdagi vaqtinchalik cheklovlar holati bo'lib, unga inson o'z shaxsiyatining ma'lum psixologik xususiyatlari yordamida moslashadi va bunda unga ma'lum mafkuraviy xususiyatlar yordam beradi. Oilada moddiy yyetishmovchilik hissi, ularning ijtimoiy va psixologik holatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu holat o'zini turli shakllarda namoyon qiladi va oila ichidagi muvozanatni, shuningdek, a'zolarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirishi mumkin. Oila a'zolari moddiy yyetishmovchilikni boshdan kechirganida, quyidagi asosiy ijtimoiy-psixologik xususiyatlar yuzaga keladi:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1. Stress. Oilaning moliyaviy holati yomon bo'lsa, ko'pincha stress va tashvishlarni keltirib chiqaradi. Bu oila a'zolarida doimiy xavotir, noaniqlik hissi va kelajak haqida qayg'ularni yuzaga keltiradi. Moddiy qiyinchiliklar oilaning psixologik barqarorligini buzishi va qarorlar qabul qilishda qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Stress omillari ijtimoiy omillar sifatida tushuniladi: insonning normal hayotini buzadigan (yo'q qiladigan) yoki xavf tug'diradigan ob'ektiv hodisalar sifatida harakat qiladigan iqtisodiy yoki oilaviy muvaffaqiyatsizliklar.

2. O'z-o'zini baholashning pasayishi. Moddiy qiyinchiliklar oila a'zolarini o'z - o'zini baholashiga ta'sir qilishi mumkin. Oila a'zolari, ayniqsa ota-ona, o'zlarini yaxshi ta'minlay olmasliklari, farzandlarini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlay olmasliklari sababli, o'zlariga nisbatan baholashlari pasayib ketish ehtimoli kuchli bo'lishi mumkin. Bu, o'z navbatida, depressiya va o'ziga ishonchsizlikni keltirib chiqarishi tabiiy.

3. Aloqalar va munosabatlardagi muammolar. Moddiy yyetishmovchiliklar oila ichidagi munosabatlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi orqali oila a'zolari o'rtasida tushunmovchiliklar, kelishmovchiliklar va ziddiyatli vaziyatlar ko'payadi. O'zaro janjallar, moliyaviy stressdan kelib chiqqan holda, oilada hursandchilikni kamaytirishi va yaqinlikni yo'qotishga olib kelishi mumkin.

4. Ijtimoiy izolyatsiya. Moddiy yetishmovchilikni boshdan kechirayotgan oilalar ko'pincha ijtimoiy izolyatsiya bilan yuzlashadi. Ular boshqa odamlar bilan muloqot qilishdan, ijtimoiy tadbirlardan chetlanishlari mumkin, chunki moliyaviy imkoniyatlar cheklangan va bu ularni boshqalar bilan teng sharoitda bo'lishdan qochishga majbur qiladi. Bu izolyatsiya, o'z navbatida, ruhiy salomatlikni yanada yomonlashishiga olib keladi.

5. Moddiy resurslar bilan bog'liq qarorlar. Oila a'zolari moliyaviy yyetishmovchilikni yengish uchun ba'zan hissiy qarorlar qabul qilishlari mumkin. Bu qarorlar oilaviy resurslarni tejash yoki yangi daromad manbalarini topishga qaratilgan bo'lishi mumkin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Shu bilan birga, ba'zi holatlarda, moliyaviy qiyinchiliklar oila a'zolarini yangi imkoniyatlarga ochiqroq qilishiga yoki ko'proq mehnat qilishga undaydi.

6. Oila a'zolarining hamjihatligi. Moddiy qiyinchiliklarga qarshi turish uchun oila a'zolari o'rtasidagi hamjihatlik, yordam va qo'llab-quvvatlash juda muhimdir. Oila a'zolari bir-birini tushunishlari, kuchli aloqa o'rnatishlari va birgalikda ishlashlari, stressni kamaytirishi va ijtimoiy-psixologik barqarorlikni saqlashga yordam beradi.

7. Farzandlarning ta'siri. Moddiy yyetishmovchilik farzandlarning psixologik holatiga ham salbiy ta'sir qilishi mumkin. Farzandlar, ayniqsa yosh bo'lsa, oilaviy qiyinchiliklarni sezishadi va bu ularda xavotir, o'z - o'ziga nisbatan ishonchsizlik yoki noqulaylik hissini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, moddiy yyetishmovchilik farzandlarning kelajakka bo'lgan umidini kamaytirishi va o'zlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishga qaratilgan harakatlarga olib keladi.

8. Psixologik moslashuv. Oila a'zolari moddiy qiyinchiliklarga qarshi turishda o'zlarining psixologik moslashuvchanliklarini oshirishga intilishadi. Bu, ularning hozirgi holatga moslashish, yangi imkoniyatlarni qidirish va ijtimoiy-psixologik resurslarni rivojlantirishni anglatadi.

Oilada moliyaviy yetishmovchilik hissi turli omillarga bog'liq bo'lishi mumkin, masalan, kam daromad, yuqori darajadagi qarzlar, kutilmagan xarajatlar yoki byudjetni rejalashtirishningyetishmasligi. Bu muammolar stress va xavotirni keltirib chiqarishi va oila a'zolarining hissiy farovonligi va munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday muammolar yuzaga kelmasligi uchun biz avvalo moddiy yetishmovchilik hissini ko'rib chiqishimiz zarur. Moliyaviy yetishmovchilik hissi paydo bo'lishiga olib keladigan asosiy sabablares quyidagilarni tashkil etadi: - Kam daromad yoki daromadning beqarorligi. Agar oila a'zolarining doimiy daromad manbalari bo'lmasa yoki ish haqi barcha ehtiyojlarni qondirish uchun etarli bo'lmasa, bu kelajak haqida tashvishlanishni keltirib chiqaradi; - Asossiz xarajatlar yoki pulni noto'g'ri boshqarish - agar xarajatlar nazorat qilinmasa, bu mablag'larning doimiy taqchilligiga olib kelishi mumkin. Haddan tashqari sarf-xarajatlar, jamg'armalar yoki byudjetning yetishmasligi oilaning asosiy ehtiyojlarini ta'minlay olmasligiga olib kelishi mumkin; - Qarzning yuqori darajasi - Agar oilada kredit yoki boshqa qarz majburiyatlari bo'lsa, bu doimiy bosim hissini keltirib chiqaradi, chunki pulni qaytarish kerak va yangi kreditlar vaziyatni yanada og'irlashtirishi mumkin; - Kutilmagan xarajatlar - avtomobilni ta'mirlash, tibbiy xarajatlar, ish joyini yo'qotish yoki boshqa fors-major holatlari kabi. Bunday holatlar ko'pincha oila mablag'larining tez kamayib ketishiga olib keladi; - Moliyaviy rejalashtirishning yo'qligi -Agar oilada aniq moliyaviy reja bo'lmasa, daromad ancha yuqori bo'lsa ham, bu resurslardan suboptimal foydalanishga olib kelishi mumkin; - Ijtimoiy bosim va boshqalar bilan taqqoslash - Tashqi omillar, masalan, tanishlar, do'stlar yoki hamkasblarning turmush tarzi, oiladagi holati yaxshi bo'lishiga qaramasdan o'zinin boshqalar bilan solishtirish orqali, o'zini moddiy tomondan kam ta'minlangandek his qilishi mumkin.

Moliyaviy yetishmovchilik hissi bilan qanday kurashish mumkin degan savolga quyidagicha yechim berish mumkin. Budjetni yaratish va xarajatlarni nazorat qilish.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Daromad va xarajatlaringizni rejalashtirish va kuzatish sizga keraksiz xarajatlarni aniqlashga va ustuvorliklarni belgilashga yordam beradi; - Qarzni kamaytirish -qarzlaringizni asta-sekin to'lash mablag'larni bo'shatishga yordam beradi va moliyaviy majburiyatlar bilan bog'liq stressni kamaytiradi; - Kutilmagan vaziyatlar uchun zaxira fondini yaratish - bu kutilmagan xarajatlarda o'zingizni yanada ishonchli his qilish imkonini beradi; - Qo'shimcha daromad manbalarini qidirish - bu frilanserlik, yarim kunlik ish yoki daromadingizni oshirish uchun investitsiya bo'lishi mumkin; - Psixologik yordam - shuni yodda tutish kerakki, ko'plab muammolarning echimi bor va moliyaviy maslahatchi yoki psixologdan yordam so'rash foydali bo'lishi mumkin. Moliyaviy jihatdan yetarli emasligini his qilish murakkab va ko'p qirrali masala, ammo to'g'ri yondashuv va qadamlar bilan siz vaziyatni o'zgartirishingiz va moliyaviy barqarorlikka erishishingiz mumkin.

Yuqoridagu keltirilgan ma'lumotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, oila ichidagi moddiy yetishmovchilik, uning a'zolarining ijtimoiy-psixologik holatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Bu holat stress, tashvish, o'z-o'zini baholashning pasayishi, janjallar va ijtimoiy izolyatsiya kabi salbiy ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, oilaviy hamjihatlik va qo'llab-quvvatlash, moddiy qiyinchiliklarga qarshi turishda muhim rol o'ynaydi va psixologik barqarorlikni saqlashda yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Величкин Е. психология богатства и бедности. // portalus.ru /modules/psychology/ms_readme.php... №1464695240

2. Шнейдер Л.Б. Семейная психология: Учебное пособие для вузов. - Изд. 4-е. -М.: Академический Проект; Трикста, 2008. - 736 с.

3. Дрынкина Т.И. Социально-психологические особенности «бедных» и «богатых» // Материалы науч.-практ. конф. «Ананьевские чтения - 2008: Психология кризисных и экстремальных ^yatsm: междисциплинарный подход» / Под ред. Л.А. Цветковой, Н.С. Хрусталёвой. - СПб.: Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2008. - С. 106-107.

4. Lewis Oscar. The culture of poverty. Scientific American Issue Number, 1966, vol. 215, pp. 19-25.

5. Mani A. Poverty impedes cognitive function. Sciense, vol. 341, no.6149, pp. 976-980

6. Селье Г. Стресс без дистресса. М., Прогресс, 1979. - 80 с.

7. https://kun.uz/news

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Raximova Xusnora, tayanch doktorant, [Рахимова Хуснора, докторант], [Khusnora Rakhimova doctoral student];manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, ko'ch. Chilonzor 25, [аддрес: г. Ташкент, Чиланзарский р-н, ул. Чиланзар 25], [address: Tashkent, Chilanzar district, st. Chilanzar 25].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.