Научная статья на тему 'OILA IQTISODIYOTI BO’YICHA SAVODXONLIKNI OSHIRISH JAMIYAT RIVOJINING MUHIM ELEMENTI'

OILA IQTISODIYOTI BO’YICHA SAVODXONLIKNI OSHIRISH JAMIYAT RIVOJINING MUHIM ELEMENTI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila iqtisodiyoti / oila byudjeti / daromad / xarajat / jamg’arma / investitsiyalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Fayziyeva Mashhura

Maqolada oila iqtisodiyotining asosiy jihatlari sanab o'tilgan, oilaga g'amxo'rlik qilish bilan birgalikda daromadlar va xarajatlarni qanday boshqarish va oilada resurslarni tejash bo'yicha ilg'or tajribalarni aniqlash tasvirlangan. Shuningdek, oilaning iqtisodiy farovonligini ta’minlashda oila daromadlarini va xarajatlarini to'g'ri rejalashtirish va boshqarish muhimligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA IQTISODIYOTI BO’YICHA SAVODXONLIKNI OSHIRISH JAMIYAT RIVOJINING MUHIM ELEMENTI»

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

OILA IQTISODIYOTI BO'YICHA SAVODXONLIKNI OSHIRISH JAMIYAT RIVOJINING MUHIM ELEMENTI

Fayziyeva Mashhura Qosimovna

Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Iqtisodiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi mashhurafayziyeva2023@gmail .com

Annotatsiya. Maqolada oila iqtisodiyotining asosiy jihatlari sanab o'tilgan, oilaga g'amxo'rlik qilish bilan birgalikda daromadlar va xarajatlarni qanday boshqarish va oilada resurslarni tejash bo'yicha ilg'or tajribalarni aniqlash tasvirlangan. Shuningdek, oilaning iqtisodiy farovonligini ta'minlashda oila daromadlarini va xarajatlarini to'g'ri rejalashtirish va boshqarish muhimligi ochib berilgan.

Аннотация. В данной статье перечислены основные аспекты семейной экономики, описан, как управлять доходами и расходами в сочетании с уходом за семьей и найти лучшие практики экономии ресурсов в семье. Статья также раскроет важность правильного планирования и управления доходами для экономического благополучия семьи.

Annotation: This article lists the main aspects of family economics, describes how to manage income and expenses in combination with family care and find the best practices for saving resources in the family. The article will also reveal the importance of proper planning and income management for the economic well-being of the family.

Kalit so'zlar. Oila iqtisodiyoti, oila byudjeti, daromad, xarajat, jamg'arma, investitsiyalar.

Ш

Ключевые слова. Семейная экономика, семейный бюджет, доходы, расходы, сбережения, инвестиции.

Key words. Family economy, family budget, income, expenses, savings, investments.

Har bir oila jamiyatning negizidir, oilalar mustahkamligi esa mustaqilligimizning barqarorligini ta'minlovchi asoslardan biri hisoblanadi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, har qaysi mamlakat, har qaysi xalq hayotida Shaxs - Oila - Jamiyat - Davlat degan tushuncha va qadriyatlar hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu bois oila doimiy ravishda davlat muhofazasida bo'lishi asosiy qomusimizda mustahkamlab qo'yilgan.

Bosh qomusimizning 76-moddasida: "Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir", deyilgan.[1, B.12] Shu bois hukumatimiz oilalarning moddiy va ma'naviy butunligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratmoqda.

Hozirda mamlakatimizda, ma'lumotlarga ko'ra, 8,3 milliondan ortiq oila mavjud bo'lib, ularning 2 milliondan ortig'i yosh oilalardir. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish maqsadida yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirilmoqda.[2, B.15]

Demak, yosh oilalar ajrashishlarining oldini olish, mustahkam va ma'nan sog'lom oilalarni barpo etish uchun balog'at yoshidagi yigit-qizlarni turmushga tayyorlash bugungi kunda har birimizning jamiyat oldidagi muhim vazifamizga kiradi. Shu maqsadda respublika hududida balog'at yoshidagi qizlarni turmushga tayyorlash, "Barkamol avlod — sog'lom jamiyat negizi" dasturlarini ishlab chiqish amaliyotga tatbiq etilgan.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xo'sh, oila ajrashishlari nega yuz beradi? Buning sabablari juda ko'p. Masalan, keyingi yillarda qizlarni balog'atga yetmasdan uzatish hollari uchrayapti. Ular ro'zg'or tutishni, qaynona-qaynotaga xizmat qilish va mehmon kutish taomillarini, shuningdek, kiyinish va muomala madaniyatini to'la anglab etmagan bo'lishadi. Shu singari, yosh kuyovlar oilaviy burchlarini yaxshi bilishmaydi.

Kelin-kuyovlarning ro'zg'or yuritish borasidagi bilimsizligi ham bora-bora oilaviy munosabatlarni izdan chiqaradi. Natijada ularning noshudligi tufayli yangi oila devori tiklanmasdanoq nuray boshlaydi. Ba'zan yoshlarning sabrsizligi, qanoatsizligi oqibatida tinimsiz janjal kelib chiqaveradi. Aksariyat hollarda bunday janjallar oila ajrashishi bilan barham topadi. Ayanchlisi shundaki, bunday oilada tug'ilgan go'daklar yosh ota-ona o'rtasidagi kelishmovchiliklarning qurboniga aylanadi.

Bunday ko'ngilsizliklarning oldini olish uchun, avvalo, farzandlarimizga maktab davridanoq to'g'ri ta'lim-tarbiya berib borishimiz kerak. O'smirlarning tibbiy savodxonligini oshirish, kelajakda sog'lom oilani shakllantirish maqsadida bitiruvchi sinflar, lisey va kasb-hunar kollejlarida oila psixologiyasi fani bilan bir qatorda Oila iqtisodiyoti fanini o'qitishni yo'lga qo'yish lozim.

Evropada oila iqtisodiyoti ko'plab o'quv muassasalarida o'qitiladi. Bu fan odatda iqtisodiyot, sotsiologiya yoki uy xo'jaligi fanlari doirasida o'rganiladi. Oila iqtisodiyoti oilaning moliyaviy boshqaruvi, resurslarni taqsimlash, iste'mol qarorlari va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Turli mamlakatlarda bu fan turli darajalarda va turli formatlarda taqdim etilishi mumkin. Misol uchun, ba'zi universitetlar yoki kollejlarda alohida kurs sifatida mavjud bo'lishi mumkin, boshqalar esa bu mavzuni kengroq iqtisodiyot yoki ijtimoiy fanlar dasturiga kiritishi mumkin.

Oila iqtisodiyoti, odatda, iqtisodiyot, sotsial fanlar yoki uy xo'jaligi kurslari doirasida o'qitiladi. Ba'zi Evropa davlatlarida oila iqtisodiyotini o'qitish bilan bog'liq

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

dasturlar mavjud. Quyidagi davlatlarda bu soha bo'yicha ta'lim olish imkoniyatlari mavjud:

1. Norvegiya - Norvegiya universitetlarida uy xo'jaligi va iqtisodiy fanlar bo'yicha kurslar mavjud.

2. Shvetsiya - Shvetsiyada bir qator universitetlarda oila iqtisodiyoti bo'yicha dasturlar mavjud.

3. Finnlandiya - Finnlandiyada ham uy xo'jaligi va iqtisodiyotini o'qitadigan ta'lim muassasalari bor.

4. Germaniya - Germaniyada iqtisodiyot va sotsial fanlarga oid ko'plab dasturlar mavjud.

5. Fransiya - Fransiyada ham oila iqtisodiyoti va uy xo'jaligi bo'yicha ta'lim olish imkoniyatlari bor.

Shuningdek, boshqa ko'plab Evropa davlatlarida ham ushbu soha bo'yicha ta'lim dasturlari mavjud, bunday kurslarni ko'plab universitet yoki ta'lim muassasalarining saytlaridan bemalol topish mumkin.

Yaponiyada ham oila iqtisodiyoti o'qitiladi. Oila iqtisodiyoti, yoki "home economics", odatda maktab ta'limi tizimida, ayniqsa o'rta maktab va kollej darajasida o'qitiladi. Bu fan oilaning moliyaviy boshqaruvi, ovqat tayyorlash, uy-ro'zg'or ishlarini tashkil etish, sog'liqni saqlash va boshqa hayotiy ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, Yaponiyada oila iqtisodiyoti bo'yicha tadqiqotlar ham olib boriladi va bu soha ijtimoiy ilm-fan va iqtisodiyot bilan bog'liq bo'lgan bir qator masalalarni o'rganadi. Bu fan yosh avlodni moliyaviy sabr-toqatli qilishga yordam beradi va ularni hayotda muvaffaqiyatli yashash uchun zarur ko'nikmalar bilan ta'minlaydi.

Rossiyada oila iqtisodiyoti fan sifatida o'qitiladi. Oila iqtisodiyoti, odatda, iqtisodiyot, sotsiologiya yoki psixologiya kabi yo'nalishlar doirasida o'rganiladi. Bu fan oilaning moliyaviy resurslarini boshqarish, xarajatlarni rejalashtirish,

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

daromadlarní taqsimlash va oilaviy budjetni shakllantirish kabi masalalarni qamrab oladi. Rossiyada turli oliy ta'lim muassasalari va universitetlarda oila iqtisodiyoti bo'yicha kurslar mavjud. Bu kurslar oilaviy munosabatlar, iste'mol xulq-atvori va iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga doir nazariyalar va amaliyotlarni o'rganishga qaratilgan. Shuningdek, bu sohada ilmiy tadqiqotlar ham olib borilmoqda.

Oila muayyan jamiyatda qaror topgan "ijtimoiy tartibning poydevori hisoblanadi". Darhaqiqat, asrlar davomida har bir oila o'z iqtisodiga ega bo'lib kelgan, uning in'ikosi esa jamiyatda ham iqtisodiyotning shakllanishini ta'minlagan. Qolaversa, har qanday shaxs oilaga mansub. Bu esa, o'z-o'zidan, tabiiy ravishda shaxsning oila iqtisodini oqilona tashkil etish kompetensiyasiga ega bo'lishi zarurligini anglatadi. Bugungi kunda "oila uy xo'jaligining yuritilishi, uning mahsulotlar hamda xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilishda asosiy kuch bo'lgan mehnat, tadbirkorlik va boshqa resurslar bilan ta'minlanishini belgilovchi bozor iqtisodiyotining markazidan o'rin egallashi" bejiz emas. [7, B.8]

Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodiyoti, budjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so'ng olinadigan narsalarga mablag' yig'ish, tejamli ro'zgor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo'lishiga bog'liq. Shuningdek, oilada o'sayotgan farzand xam mana shu malaka va ko'nikmalarga ega bo'lib borishi zarurligini unutmagan xolda o'g'il-qizgar iqtisodiy masalalarni xal etishni o'rgata borish lozim.

Oila o'zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta'minlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida yetishtirish uchun (uni boqish, kiyintirish, o'qitish, moddiy ta'minlash va

sh.k) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag' va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo'lsak, o'rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha martani tashkil qiladi. Har tomonlama kamol topgan ma'naviy-ahloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog'lom shaxsni shakllantirishning ma'naviy-ahloqiy qimmatini esa xech qanday iqtisodiy mezon bilan ulchab bo'lmaydi. Bu oilani iqtisodiy funktsiyasini atiga birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko'rsatish xolos. Oilada xo'jalik yumushlarini yuritish, ro'zgorning yo'lga qo'yilishi, oilada moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, fermer xo'jaligi, shaxsiy ishlab chiqarish kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funktsiyasi va ahamiyatini tobora ortiraveradi.[6, B.15]

Demak, oila har bir inson hayotining asosiy elementlaridan biridir. Oila nafaqat g'amxo'rlik va qo'llab-quvvatlash, balki har qanday yosh avlodning iqtisodiy hayotida ham muhim omil hisoblanadi. Oila iqtisodiyoti oilaning daromadlari, xarajatlari va moliyaviy resurslarini boshqarish bilan shug'ullanadigan muhim sohadir. Ushbu sohadagi bilimlar nafaqat yosh oilalar, balki o'z oila byudjetini boshqarish va to'g'ri moliyaviy qarorlar qabul qilishni o'rganishni istagan har bir kishi uchun foydali bo'ladi.

Oila iqtisodiyoti - oila moliyasini boshqarish, daromadlar va xarajatlarini nazorat qilish va oilaviy hayotda moliyaviy barqarorlikka erishish uchun zarur vositadir. Xarajatlarni hisobga olmagan holda, har qanday vaqtda moliyaviy muammolar yuzaga kelishi mumkin, bu esa oila uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Asosiy shartlar

Hisobga olish

Oiladagi har bir a'zoning individual imkoniyatiga tayanib, oila byudjetini yaratish, uy xo'jaligini yuritish, mehnat taqdimotidagi ishtirokini belgilash

Tashkil etish

Oila byujdetiga ko'ra majburiy va ixtiyoriy to'lovlarni amalga oshirish, kutilmagan xarajatlar bo'lganda, tezkor qarorlar qabul qilish, byudjet barqarorligini ta'minlash

Rejalashtirish

Oila byudjeti, iqtisodiy ahvoliga ko'ra daromadni oila a'zolarining ehtiyojlarini qondirish uchun sarflanishini tartibga solish, oila daromadi va xarajatini muvofiqlashtirish

Nazorat qilish

Majburiy va ixtiyoriy to'lovlar, kutilmagan xarajatlarga oqilona yondashish, daromadlar va xarajatlar balansini idora qilish, boshqarish

1-rasm. Oila byudjetini samarali boshqarishning asosiy shartlari Oila iqtisodiuy xo'jaligi va oila byudjetiga egalik, oila a'zolari o'rta-sida mehnat hamda mavjud ne'matlarning taqsimlanishiga asoslangan iqtisod sanaladi. U oila a'zolarining o'zaro birlik, hamjihatlik, hamkorlikda oila xo'jaligini yuritish, oila byudjetini yaratish, topilgan daromadni umumiy hamda oiladagi har bir kishining shaxsiy ehtiyotlari uchun sarflash to'g'risidagi qarorni qabul qilish orqali yuritiladi. Oila iqtisodining barqarorligi oila byujdetini samarali boshqarishga oid quyidagi shartga [8, B.128 ] qat'iy amal qilinishi bilan belgilanadi (1-rasm):

Avvalo, daromadlar va xarajatlarni hisobga olish oiladagi mavjud moliyaviy ahvolni aniqlash va kelajakni rejalashtirish imkonini berishini tushunish kerak. Boshlash uchun aniq daromadni belgilash, undan keyin real xarajatlarga asoslanishi kerak bo'lgan xarajatlarning batafsil ro'yxati keltirilishi kerak. Bu pulning aniq qayerga ketayotganini tushunishga yordam beradi va qaysi xarajatlarni kamaytirish mumkinligini aniqlashga imkon beradi.

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Oila byudjeti barcha zarur xarajatlar hisobga olinadigan tarzda tuzilishi kerak. Masalan, bular uy-joy, oziq-ovqat, transport, kommunal xizmatlar, tibbiy yordam, kasbiy malaka oshirish va dam olish uchun xarajatlarni o'z ichiga olishi mumkin. Xarajatlarni ustuvorlashtirish ham juda muhimdir. Misol uchun, agar oila uy-joy kreditini to'lashda muammoga duch kelinsa, bu birinchi navbatdagi xarajat bo'lishi kerak. Har bir oila kelgusi yillar uchun maqsad va rejalarini belgilashi kerak. Byudjet oilaning imkoniyatlarini aniqlashga va kelajak rejalarini amalga oshirishga yordam beradi. Bu nafaqat xarajatlarni optimallashtirish, balki yanada barqaror va xavfsiz oilaviy hayotni yaratishga yordam beradi.

Xarajatlarni optimallashtirish. Oila iqtisodiyoti katta miqdordagi pulni tejashga yordam beradigan muhim jihatdir. Zamonaviy dunyoda xarajatlarni optimallashtirish katta ahamiyatga ega va to'g'ri moliyaviy boshqaruv byudjetning sog'lig'ini ta'minlaydi. Keling, xarajatlarni optimallashtirish va byudjetni tejashning bir necha usullarini ko'rib chiqaylik. Xarajatlarni optimallashtirishning birinchi qadami keraksiz xarajatlardan qochishdir. Ba'zida biz umuman kerak bo'lmagan narsalarni sotib olishimiz mumkin. Misol uchun, ko'pchilik restoranlarda tez-tez ovqatlanishadi, bu ularga juda qimmatga tushishi mumkin. Buning o'rniga, siz uyda oddiy, ammo sog'lom taomlarni tayyorlashingiz va ularni ofisga olib borishingiz mumkin. Keraksiz xarajatlardan qochishning yana bir usuli - xaridlaringizni rejalashtirishga vaqt ajratish. O'zingizga haqiqatan ham kerak bo'lgan narsalar ro'yxatini tuzing va keraksiz narsalarni tasodifan sotib olmaslik uchun unga rioya qiling.

Xo'jalik xarajatlarini tejash. Uy xo'jaliklari xarajatlarining ko'p optimallashtirishni talab qiladigan sohalaridan biri bu elektr energiyasidir. Yorug'likka pul tejash uchun energiya tejaydigan lampalardan foydalaning va foydalanilmagan xonalarda chiroqlarni o'chiring. Derazalaringiz atrofida termostatlar va izolyatsiyani o'rnatish orqali siz isitish xarajatlarini kamaytirishingiz mumkin. Uy xarajatlarini tejashning yana bir usuli - odatlaringizni qayta ko'rib chiqishdir. Misol

uchun, barchamiz qulay va tez hayotni yaxshi ko'ramiz, lekin oziq-ovqat yetkazib berish va shunga o'xshashlar kabi maxsus xizmatlardan foydalanish sizning xarajatlaringizni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Supermarketlarda xarid qilish yoki jamoat transportidan foydalanish kabi hayotingizni tartibga solishning yanada tejamkor usullarini tanlashga harakat qiling.

Narxlarni taqqoslash: qachon qimmatroqni tanlash foydali va qachon arzonroq tanlash kerak. Narxlarni solishtirish xarajatlarni optimallashtirishning muhim jihati hisoblanadi, lekin siz qimmatroq mahsulot har doim ham yaxshi tanlov emasligini ham hisobga olishingiz kerak. Misol uchun, sotuvda kiyim-kechak sotib olish sizning sarflagan pulingizni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, ammo shuni ham yodda tutingki, ba'zi narsalar pulni tejashga arzimaydi, masalan, poyabzal va matraslar, bu sizning sog'lig'ingizga ta'sir qilishi mumkin. Boshqa tomondan, ba'zan ko'proq to'lash foydaliroq bo'ladi. Misol uchun, yuqori sifatli pichoq yoki idishlarni sotib olish bir martalik sarmoya bo'lib, sizga ko'p yillar davomida xizmat qilishi mumkin, arzon variant esa bir oy ichida sinishi mumkin.

Kelajak uchun sarmoya kiritish. Oila kelajagi haqida fikr yuritar ekanmiz, eng muhim masalalardan biri bu jamg'armadir. Bizning dunyomiz tobora oldindan aytib bo'lmaydigan bo'lib bormoqda va biz hayotimiz davomida barqarorligimiz va munosib turmush sharoitimizni saqlab qolishimizga ishonchimiz komil emas. Aynan shuning uchun biz jamg'armalar haqida o'ylashimiz va jamg'armalarimizni himoya qilish, foizlarni olish va maksimal foyda olish imkonini beradigan moliyaviy vositalarga investitsiya qilishimiz kerak.

Adabiyotlar:

1. O' zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. 2023.

2. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. 70-maqsad.

m

3. Greenwood, Jeremy; Guner, Nezih; Vandenbroucke, Guillaume: Family Economics Writ Large, IZA Discussion Papers, No. 10362, Institute for the Study of Labor (IZA), Bonn, 2016.

4. Becker G. Family economics and macrobehavior // USA: economics, politics, ideology. 1994. No. 2, 3

5. Baxromova L.Z. Oila iqtisodi muammolari. Talqin va tadqiqotlar. Ilmiy-uslubiy jurnal. №3, 2022

6. Оила иктисоди ва уни юритишга оид компетенциялар. Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue -11(2021)/ISSN 2181-1415 //https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss11/S-pp323-329

7. Экономика семьи // https://answr.pro/articles/173 -ekonomika-semi.

8. Семейная экономика. Социально-экономическая природа семьи //https://studfile. net/preview/5473642/page:58

9. How does family economic education foster students' economic behavior? The mediating role of economic and entrepreneurial literacy. April 2023. Heliyon 9(4):e15608 https://www.researchgate.net/publication/370238519

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.