Научная статья на тему 'OILA MUSTAHKAMLIGIDA QAYNONA VA KELIN MUNOSABATLARI (Andijon viloyati misolida)'

OILA MUSTAHKAMLIGIDA QAYNONA VA KELIN MUNOSABATLARI (Andijon viloyati misolida) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1122
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / qaynona kelin / xonadon / tarbiya. / family / mother-in-law / apartment / upbringing.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Karimova, M.B.

Ushbu maqolada o‘zbek oilalarida qaynona va kelin munosabatlarining ahamiyati, islomda ularning mavqei, qaynona va kelin vazifalari, ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning sabablari kabi masalalar o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MOTHER-IN-LAW AND BRIDE RELATIONSHIP IN FAMILY STRENGTH (on the example of Andijan region)

This article deals with the importance of mother-in-law and daughter-in-law relations in Uzbek families, their status in Islam, the duties of mother-in-law and daughter-in-law, and the causes of disagreements between them.

Текст научной работы на тему «OILA MUSTAHKAMLIGIDA QAYNONA VA KELIN MUNOSABATLARI (Andijon viloyati misolida)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

OILA MUSTAHKAMLIGIDA QAYNONA VA KELIN MUNOSABATLARI

(Andijon viloyati misolida)

M.B. Karimova

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Gumanitar fanlar"kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu maqolada o 'zbek oilalarida qaynona va kelin munosabatlarining ahamiyati, islomda ularning mavqei, qaynona va kelin vazifalari, ular o'rtasidagi kelishmovchiliklarning sabablari kabi masalalar o'rin olgan. Kalit so'zlar: oila, qaynona kelin, xonadon, tarbiya.

В данной статье рассматривается значение отношений свекрови и невестки в узбекских семьях, их статус в исламе, обязанности свекрови и невестки, причины разногласий между ними.

Ключевые слова: семья, свекровь, квартира, воспитание.

MOTHER-IN-LAW AND BRIDE RELATIONSHIP IN FAMILY STRENGTH

This article deals with the importance of mother-in-law and daughter-in-law relations in Uzbek families, their status in Islam, the duties of mother-in-law and daughter-in-law, and the causes of disagreements between them. Keywords: family, mother-in-law, apartment, upbringing.

O'zbekistonda oilani rivojlantirishga global darajada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevral kuni qabul qilingan "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni mamlakatda oilaga e'tibor, oilalar mustahkamligini ta'minlash orqali har bir insonning baxtli hayot kechirishini ta'minlashga qaratilgan davlat siyosati darajasida ekanligini ko'rish mumkin.

ANNOTATSIYA

ОТНОШЕНИЯ СТЕЩИ И НЕВЕСТИ В КРЕПКОЙ СЕМЬЕ (на примере Андижанской области)

АННОТАЦИЯ

(on the example of Andijan region)

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI

O'zbek oilasi va oilaviy munosabatlarida qaynona va kelin munosabatlari alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Qaynonaning o'zbek oilasida o'ziga xos vazifalari mavjud bo'lib, uning asosiy xususiyatlari oiladagi ichki tartib-intizomni saqlash, o'zaro munosabatlarni shakllantirish, kelinni "tarbiyalash" ga qaratilgan, desak mubolag'a bo'lmaydi [1: 116-117].

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ta'kidlaganidek; "Qaynota va qaynona kuyovga ham, kelinga ham ota-ona o'rnida bo'ladi va ularning hurmatini joyiga qo'yish hamda roziligini olishi vojibdir. Islom dini ota-ona kim bo'lishidan qat'i nazar, ularni hurmat-ehtirom qilishga buyuradi. Dunyoda islomchalik ota-onaning hurmatini yuqori qo'ygan boshqa biror ta'limot, tuzum yo'qdir" [3:155].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqolada etnologik tadqiqotlarda umum qabul qilingan qiyosiy va yaxlit tahlil, kuzatish, individual intervyu kabi usullardan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Oiladagi ma'naviy muhit yaxshiligini ifodalovchi ko'rsatkichlardan biri-inoqlik, ahillik, totuvlikdir. Inoqlik oila a'zolari bir-birini hurmat qilishi, bir-biriga ishonishi va suyanishi natijasida yuzaga keladi. "Ma'naviy nosog'lom oiladagi g'ayritabiiy munosabatlar, nizolar, janjallar, turli kelishmovchiliklar oilada oila a'zolarining o'rtasidagi bir-biriga nisbatan qo'pollikning mavjudligi oiladagi jinoiy zo'ravonlikning sodir etilishidagi asosiy manba bo'lib hisoblanadi.

Darhaqiqat, oilada keksa avloddan mehnat tajribasini, ijtimoiy va oila - nikoh munosabatlarini, axloqiy tamoyillar tartibi o'rganiladi. Bu esa o'z navbatida qaynonaning ham oiladagi roli muhimligini ko'rsatib beradi [2:94]. Buning tasdig'ini "Qaynonali kelin - qarqara kelin, qaynonasiz kelin - masxara kelin" iborasida ham ifodalanganligini ko'rish mumkin.

Niso surasining 23-oyatida nikohi harom bo'lgan 13 toifa ayollarni sanab o'tgan. Shular ichida mavzumizga tegishli 2 toifa bor. Ular: ya'ni: "(Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayol)lar - bu),...qaynonalaringiz, ... o'z pushti kamaringizdan bo'lgan o'g'illaringizning xotinlari..." dir. Bundan ko'rinadiki, qaynota kelinga o'z otasidek abadiy mahram, qaynona kuyovga o'z onasidek abadiy mahram sanaladi.

Axborotchilarning e'tirof etishicha, oila tinchligi uchun qaynona va kelin o'rtasidagi munosabatlar juda katta ahamiyatga ega bo'lib, ular orasida o'zaro murosaviy munosabatlar shakllanishi va bunda sabr-bardoshlilik, bir-birini tushunish,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hurmat qilish, urush-janjallarning oilaga keltiradigan zararini anglab yetishga erishish muhimligi aytiladi [4].

Qaynona kelin munosabatlari xususida so'z yuritar ekanmiz Faxr-ul Banot Sibg'atullox qizining "Oila saboqlari" nomli asaridagi quyidagi so'zlar e'tiborimizni tortdi: "Qaynona deb aytilganda kelinlarning, kelinlardan so'z chiqqanda qaynonalarning yuzlarida bir sovuqlik ta'siri taassufki, har uyda ko'rinmoqdadir"[5:96], degan so'zlari bugungi kunda ham ba'zi qaynona va kelinlarning yuz ifodasini tasvirlaganday go'yo. Ushbu asarda olima "tarbiya ko'rgan qiz qaynonasini ulug'lab, unga hurmat ila ish qiluvni o'zini bilgan qaynona ham kelinni suyuvni va yaxshi tutivni bilur", deya o'z fikrini davom ettiradi. Darhaqiqat qaynonalik ham kelinlik ham ma'suliyat. Butunlay boshqa muhitda tarbiya topgan qizni o'z qizi kabi qabul qilish, unga mehr berish, g'amxo'rlik ko'rsatish, kelinlarda esa ichki go'zallikni, ahloqiy qiyofaning yetuk bo'lishi, qaynonasiga g'amxo'rlik ko'rsatishi ham katta fidoiylik talab qiladi.

Andijon viloyati o'zbek xonadonlarida yaxshi tarbiya ko'rgan oilalarda qizlarni "issiq-sovuqqa" ko'nikishga o'rgatadilar, o'sha yerda murosa qilishga, qaynonasi bilan murosa qilib, xizmatini qilishga o'rgatib borsalarda, ba'zi yoshlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga nisbatan salbiy tasavvurlar shakllangan bo'ladi. Oila qurganlaridan so'ng kamchiliksiz inson bo'lmaganiday tasavvurlaridagi qaynonaga xos bo'lgan illatlarni hayotdagi qaynonadan topa boshlaydilar.

O'zbekistonning Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida 1999 yilda "Ayol va huquq" mavzuida so'rov o'tkazilgan bo'lib [6:127], unga ko'ra, oilada ayollar ustidan ruhiy jismoniy tajovuzning ko'p uchraydigan sabablaridan biri qaynona-kelin mojarosidir.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida aholi bilan bo'lgan suhbatda "Qaynona va kelin munosabatlarining oila mustahkamligiga ta'siri qanday?" deb so'raganimizda aksariyat axborotchilar oldingi qaynonalarning o'z farzandlarining oilasi mustahkamligi uchun o'zini fido qilguvchi ayollar bo'lganligi, hozirda ham bu toifadagi qaynonalar bo'lsada, ba'zi qaynonalar tomonidan kelinning uyidan vaqti-vaqti bilan "narsalar" kelib turmasa, sarpo va mebellari yaxshi bo'lmasa keliniga kun bermasdan hammaga quda-andalarini nazari "past" ekanidan noliydigan, keliniga qo'pol muomala qiladigan qaynonalarning afsuski oramizda uchrayotganligini farqli jihatlar sifatida mahalla faollari tomonidan ta'kidlandi [7]. Jumladan, Yorboshi MFYda kuyov chet elda ishlash uchun ketib, u yerda yashirincha uylanib olgan. Kelin esa ikki farzandi bilan qaynonasi xonadonida, qaynona keliniga faqat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xizmatkor sifatida munosabatda bo'ladi. Kelinning sabrlari tugab qaynonaga gap qaytarganida kelinning tili uzunligi, gap qaytarishi kabi bahonalar bilan kelinni haydab yuboradi. Mahalla faollari bir necha marotaba yarashtirgani bilan davomli ketishlar oqibatida oilaga darz ketayotganligini, kuyov onasiga gap qaytargan kelin bilan yashashni xohlamayotganligi borasidagi ma'lumotlar yuqoridagi fikrimiz dalilidir.

Bunday holatlarni oldini olish maqsadida Buloqboshi tajribasi deya, viloyatda o'rnak sifatida targ'ib etilayotgan, FXDYo bo'limi mudirasi Usmonova Svetlana Mahkamovna tashabbusi bilan joriy etilgan usul, ya'ni, to'ydan oldin ikki tomon qudalari, kelin-kuyov, mahalla faollari ishtirokida keng doiradagi suhbatlarda oila mustahkamligi uchun har bir oila a'zolarining mas'ulligi uqtirib, o'zga xonadonda kelgan qizlarimizga ko'proq mehr berib, xalqimizga xos bo'lgan kechirimlilik fazilati borasida tushunchalar berib borilayotgani haqida Yorboshi mahalla faollaridan ma'lumotlar olindi. Shuning bilan birgalikda kelinlar bilan bo'lgan suhbat natijasiga ko'ra qaynonalari diniy kitoblar o'qisalarda, ularda ma'naviyatning yetishmayotganligi, qalbning "toza" emasligi yuqoridagi salbiy holatlarga sabab sifatida e'tirof etildi.

Ba'zan katta oilalarda ikki yoki undan ortiq kelinning bo'lishi ham turli kelishmovchiliklarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Qaynonaning kelinlariga bir xil munosabatda bo'lmasligi natijasida qaynonaning didiga unchalik mos tushmagan kelin bilan o'rtada sovuqchilik tushib munosabatlarning keskinlashuviga olib keladi[8] .

"Qaynona va kelin orasidagi mojaroni keltirib chiqarmaslik mumkinmi, buning uchun nima qilish kerak?" degan savolimizga, mahalla faollari buning uchun ularning birga yashamasliklari lozimligi birga yashasalar albatta muammolar kelib chiqishi muqarrar ekanligi, opa-singil birga yashasa ham kelishmovchiliklar bo'lishi lekin ular yaqin bo'lgani bois kechirilib ketishi, hozirda yoshlar o'z yaqinlaridek ko'rmayotganligi bois ham ularning gaplarini ko'tara olmay "og'ir" olayotganliklari natijada uzoqlashib yoki alohida boshqa ijaraga uy olib chiqib ketishlar orqali javob berayotganliklari borasida fikr bildirgan bo'lsalar, qolgan axborotchilar esa ayollar o'rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish zarurligini ta'kidladilar.

Xulosa sifatida shuni qayd etish lozimki, qaynonalar ham kelinlarga o'z farzandi kabi mehrini bersa, hadeb kelinlarining hatti-harakatlaridan ayb izlayvermasdan, maslahatchi Ona sifatida yordamlarini ayamasalar, kelinlar ham qaynonalariga

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nisbatan bag'rikeng va sabrli bo'lsalar oilalardagi ma'naviy muhit yaxshilanib, oila mustahkamligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zero, oilaning mustahkamligiga kurash eng avvalo, oilani buzilishiga olib kelayotgan qaynona va kelin o'rtasidagi janjal va nizolarning kelib chiqish sababini oldini olishni ko'zlaydi.

REFERENCES

1. Sodiqova T. Mehr qolur. - T.: Mehnat, 1998. - B . 116-117.

2. Inomov Q. Oila osoyishtaligi - yurt tinchligi // Oila. №1. 2005. - B. 94.

3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ijtimoiy odob. - Toshkent: Hilol Nashr, 2020. 155-bet.

4. Dala yozuvlari. Andijon viloyati Buloqboshi tumani Nayman qishlog'i. 2008 yil.

5. Faxr-ul Banot Sibg'atullox qizi. Oila saboqlari.Toshkent "Yozuvchi", 1992 yil. 96-bet.

6. Ubaydullayeva R., Baumgertner V. Ayol va huquq // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. - Toshkent, 1999. - № 3-4 (7-8). - B. 124-127.

7. Dala yozuvlari. 2021 yil. Andijon viloyati Buloqboshi tumani.

8. Shoumarov G'.,Rasulova Z. Oila ensiklopediyasi.- Toshkent: Ilm-Ziyo-Zakovat, 2016. 403-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.