UO'K: 331.45 - 10.5281/zenodo. 13790037
OBODONLASHTIRISH BO'YICHA ISHCHILARNING XIZMAT VAZIFASINI BAJARISH CHOG'IDAGI XAVFLARNI BAHOLASH USULLARI
Mamashayev Bahrom Safarovich Narziyev Shovkiddin Murtozayevich
Termiz muhandislik texnologiyalari instituti, katta o 'qituvchisi, PhD, dotsent, Renessans ta 'lim universiteti, Toshkent, O 'zbekiston Termiz, Uzbekistan E-mail: omad. uz. 86@mail. ru
E-mail: [email protected]. com ORCID ID: 0000-0001-6025-3235
Annotatsiya. Jahonda har qanday faoliyat turli kutilmagan tabiiy ofatlar oqibatida yoki insonni tashqi va ishlab chiqarish omillari ta 'siridan himoya qilish bo 'yicha choralar ko'rilmaganligi yoxud kimningdir xato xatti-harakati oqibatida paydo bo'ladigan xavflardan soqit qilaolmaydi. Shu boisdan ham, mehnatini muhofaza qilish, baxtsiz hodisalar va shikastlanishlar dinamikasini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga istiqboldagi ustuvor vazifalardan biri sifatida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu maqolada obodonlashtirish bo'yicha ishchilarningxizmat vazifasini bajarish chog'idagi xavflarni aniqlashda o 'rganiladigan omillar, xavflarni Fine-Kinney usuli bo'yicha balli baholash va bu baholash natijasida mehnatni muhofaza qilish samaradorligi oshishi ko 'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: obodonlashtirish, mehnat sharoiti, xavf, xavf manbai, baholash, Fine-Kinney usuli, kasbiy xavf, mehnat muhofazasi, kasb kasalligi, bandlik.
МЕТОДЫ ОЦЕНКИ РИСКА ОСНОВНЫХ РАБОТНИКОВ ПРИ
ВЫПОЛНЕНИИ СЛУЖБНЫХ ОБЯЗАННОСТЕЙ
Мамашаев Бахром Сафарович Нарзиев Шовкиддин Муртозаевич
Термизский инженерно-технологический институт, старший PhD, доцент, Образовательный университет Ренессанса, преподаватель, Термиз, Узбекистан Ташкент, Узбекистан
Аннотация. Любая деятельность в мире не может избежать рисков, возникающих в результате различных неожиданных природных катаклизмов или в результате непринятия мер по защите человека от воздействия внешних и производственных факторов, либо в результате чьего-либо неправильного поведения. По этой причине внимание уделяется разработке мероприятий по снижению динамики охраны труда, несчастных случаев и травматизма как одной из приоритетных задач на перспективу. В данной статье изучаются факторы, которые изучаются при определении рисков при выполнении обязанностей работников озеленения, оценке рисков по методу Файна-Кинни и повышении эффективности охраны труда в результате этой оценки. обдуманный.
METHODS FOR RISK ASSESSMENT OF KEY EMPLOYEES WHEN
PERFORMING OFFICE DUTIES
Mamashayev Bahrom Safarovich Narziev Shovkiddin Murtozaevich
Termez Engineering-Technological Institute, Senior Lecturer, PhD, Associate Professor, Renaissance Educational University,
Termez, Uzbekistan Tashkent, Uzbekistan
Abstract. Any activity in the world cannot avoid risks arising as a result of various unexpected natural disasters or as a result of failure to take measures to protect people from the effects of external and industrial factors, or as a result ofsomeone else's incorrect behavior. For this reason, attention is paid to the development of measures to reduce the dynamics of labor protection, accidents and injuries as one of the priorities for the future. This article examines the factors that are studied in identifying risks in the performance of landscaping workers' duties, assessing risks using the Fine-Kinney method, and improving occupational safety and health performance as a result of this assessment. thoughtful.
Keywords: landscaping, working conditions, risk, source of risk, assessment, Fine-Kinney method, occupational risk, labor protection, occupational disease, employment.
Ключевые слова: озеленение, условия труда, риск, источник риска, оценка, метод Файна-Кинни, профессиональный риск, охрана труда, профессиональное заболевание, занятость.
Kirish. 2022-2026-yillarga mo'ljal-langan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 69-maqsadida mehnat sha-roitlarini yaxshilash belgilangan [1]. Respublikada shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punkt-lariga zamonaviy qiyofa baxsh etish maq-sadida, shu jumladan, respublika tumanlari va shaharlaridagi mavjud obodonlashtirish masalalari bo'yicha tashkilotlar (bo'lin-malar) negizida obodonlashtirish bosh-qarmalarini tashkil etish yo'li bilan obodon-lashtirishni yaxshilash yuzasidan izchil cho-ralar ko'rilmoqda.
Shu bilan birga, oxirgi 4 yilda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari-ning moddiy-texnik jihatdan yetarlicha ta'minlanmaganligi va jihozlanmaganligi, malakali kadrlar yetishmasligi, ularni mod-diy rag'batlantirish va ijtimoiy ta'minlash-ning past darajada ekanligi shuningdek,
ushbu sohada ta'sirchan jamoatchilik nazo-ratining yo'qligi aholi punktlarini obodon-lashtirish sohasida kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Adabiyotlar tahlili va mеtodlar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son hamda 2021-yil 2-apreldagi PQ-5052-sonliga qaro-riga asosan obodonlashtirish boshqarma-larining kuch va resurslaridan oqilona foy-dalanish, ularning ishini optimallashtirish, qo'l mehnatini kamaytirish shuningdek, obodonlashtirish sohasida ishlarni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy vazi-falari va yo'nalishlari belgilab berilgan [2, 3].
Hududlarda aholi turmush darajasini oshirish, keng ko'lamli obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, shuningdek, sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida yangi maydonlar va hiyobonlarning barpo
www.srt-iournal.uz
etilishi tufayli Obodonlashtirish boshqar-malarida ish hajmlari (supurish, ko'kalam-zorlashtirish, irrigatsiya tarmoqlari, tashqi yoritish va hokazo) oshib bormoqda. 2019-yilda Respublikaning shahar va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko'kalamzorlashtiriladigan hamda obodon-lashtiriladigan maydonlar 203 569 ming m2 ni tashkil etgan bo'lsa 2022-yilga kelib 227 791 ming m2 ni ya'ni ko'kalamzorlashtirish maydonlari 24 222 ming m2 ga ortganligini ko'rsatmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmalarining ustuvor vazifalari obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari xavfsizligini ta'minlash, ish jarayonini optimallashtirish, ishchilar, jumladan obodonlashtirish bo'yi-cha ishchilarining sog'lig'ini, hayotini, xavfsizligini himoyalash va ish qobiliyatini tiklashdan iborat [4]. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilari bajaradigan ishlarning yuqori sifatini ta'minlashda aniq va og'ir jismoniy harakat qilish talab etiladi. Inson-ning asosiy harakat sifatlari uning tayanch-harakat apparatini hosil qiladigan quvvatiga bog'liq bo'ladi [5]. Chunki obodonlashtirish bo'yicha ishchilarining barcha harakat turlari tayanch-harakat apparati mushak-larining energiya sarfi bilan bog'liq. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilarining mexanik harakatlari piyoda yurish, har xil og'irlikdagi yuklarni tashish, turli zina-poyalardan ko'tarilish va tushish, o'tirib-turish kabi harakatlardan iborat [6]. Yuqorida sanab o'tilgan jismoniy ishlarni bajarishda bir vaqtning o'zida tayanch-harakat apparatining bir qancha mushaklari ishtirok etadi va bu katta miqdordagi energiya sarfiga olib keladi. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilari tomonidan jismoniy ishlarni bajarish tartibi asosan dinamik ishdir [7].
Bugungi kunda aholining ijtimoiy hayotda ijobiy o'zgarishlar qilish, bandlikni ta'minlsh va ishsizlikka qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari darajasiga ko'tarilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demok-ratik davlat va jamiyat boshqaruvni amalga oshiradi. Shu bois, "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi"gi (yangi tahrir) Qonuni-ning 6-moddasida "Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun-chilikka muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo'lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi" deb belgilab qo'yilgan [8, 9].
Aholini ijtimoiy himoya qilish va salo-matligini saqlash, xavfsiz va qilay mehnat sharoitlarini yaratish, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan muhofaza qilishni amalga oshiruvchi mehnat muhofazasini boshqaruv tizimini tashkil etish O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida"ga qonunida ham belgilab berilgan.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 25-moddasida, mehnatni muhofaza qilish normativ talablariga muvofiq bo'lgan mehnat xavfsizligini va shart-sharoitlarini ta'minlashi, xodimlarni o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar, asboblar, texnik hujjatlar va boshqa vositalar bilan ta'minlashi [8] ish beruvchining majburi-yatida ekanligi belgilangan.
Muhokama. Obodonlashtirish bo'yicha ishchilarning mehnat xavfsizligini balli
baholash har bir ish joyida barcha ish turlari bo'yicha amalga oshiriladi. Ishlarning barcha turdagi bajarayotgan ishlarini hisobga olgan holda, shuningdek, agar kerak bo'lsa, bir guruh ishlar, tarkibiy bo'linma, ishlarning o'ziga xosligi uchun umumlashtirilgan jarayonda amalga oshiriladi.
Barcha aniqlangan xavflar batafsil va aniq tasvirlangan bo'lishi kerak. Qanchalik ko'p ma'lumotlar bo'lsa, xavfni keyingi baholash shunchalik ishonchli bo'ladi.
Xavf manbalarini aniqlash uchun quyidagilarni ko'rib chiqilishi maqsadga muvofiq:
1) oddiy (kundalik) va noyob (bir martalik) ish, favqulodda vaziyatlar;
2) Obodonlashtirish xavfli ishlab chi-qarish obyektlarining hududida olib borilayotgani;
3) infratuzilma, jarayonlar, ish joylari va ish joylarining joylashuvi, asbob-uskunalar, qurilmalar, materiallar va xo-mashyo (tashuvchi tomonidan taqdim etilgan ish beruvchi yoki boshqa tomonlar);
4) inson omili (shaxsiy maqsadlar, qobiliyatlar, xodimlarning niyatlari va tasavvurlari, ularning xatti-harakatlari, ijti-moiy iqtisodiy ahvoli, etnik kelib chiqishi va madaniyati va boshqalar);
5) manbalari ish joyi bilan bog'liq bo'lmagan xavf-xatarlar, lekin sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan va ishchi xavfsizligi;
6) tashkilotdagi o'zgarishlar yoki taklif qilinadigan o'zgarishlar, uning faoliyat yoki materiallar;
7) mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimidagi o'zgarishlar, shu jum-ladan. vaqtinchalik va ularning jarayonlar va faoliyatga ta'sir qilish;
8) xavflarni baholash bilan bog'liq amaldagi me'yoriy hujjatlar.
Xavfni aniqlash uchun kirish sifatida, shuningdek, hamma xavf baholash, tashki-lotda mavjud quyidagi va boshqa tomon-lardan olingan hujjatlar va ma'lumotlar (masalan, pudratchilar):
1) mehnat sharoitlarini, ishlab chiqa-rishni maxsus baholash natijalari nazorat, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati;
2) baxtsiz hodisalar, ishlab chiqa-rishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari va kasbiy kasalliklar,
3) mehnat sharoitlari va xavfsizlik holati ustidan ichki nazorat natijalari;
4) davriy tibbiy ko'rik natijalari;
5) binolar va inshootlarning texnik holati to'g'risidagi ma'lumotlar; ishlab chiqarish maydonchalari,
6) uskunaning texnik holati va texnik xizmat ko'rsatishi to'g'risidagi ma'lumotlar;
7) asbob-uskunalar, asboblar va texnik hujjatlar qurilmalar,
8) texnik hujjatlar (texnologik regla-mentlar) ishlab chiqarish jarayonlari,
9) ish va lavozim tavsiflari, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ko'rsatmalar va ish beruvchining boshqa mahalliy hujjatlari,
10) statistik ma'lumotlar, ilmiy tadqi-qot, uslubiy tavsiyalar,
11) xodimlarning so'rovlari;
12) normativ-huquqiy hujjatlarning talablari.
Identifikatsiya natijalariga ko'ra, unda mavjud bo'lgan barcha xavflar ro'yxati, shu jumladan mumkin bo'lganlar muayyan va-ziyatlarda yoki favqulodda vaziyatlarda paydo bo'ladi.
Mehnat xavfsizligini baholashning "Tekshirish varaqasi usuli (nazorat, nazorat ro'yxati)", "Agar... nima bo'ladi?", "Aqliy hujum", "Delfi", "Intervyu", "Matritsa", "Fine-Kinney", "Hodisa daraxti tahlili", "Nosozliklar turlari va oqibatlarini tahlil
qilish", "Turlarni tahlil qilish, nosozliklar-ning oqibatlari va tanqidiyligi", "Nosozliklar daraxti tahlili (nosozliklar)", "Inson omili ta'sirini baholash" kabi keng tarqalgan usullari bor. Bu usullar orasida Fine-Kinney usuli xavf darajasini va ularni
baholash, xavflarni boshqarishga ustuvorlik berish imkoniyatini beradi. Bu uchta ishchining xavflarga duchor bo'lishi, xavflarning yuza-ga kelish ehtimolligi va xavflarning jiddiy oqibatlari kabi komponentning hosilasidir. Fine-Kinney
1-jadval
Xavf ehtimoli, ta'siri va oqibatlarini hisoblash
Xavf ehtimolining xususiyatlari Ball Xavfli ta'sir qilish xususiyatlari Ball Xavf oqibatlarining xususiyatlari Ball
Bu albatta sodir bo'ladi 10 Doimiy (ish vaqtida bir necha marta) kunlar, smenalar) 10 Ko'p sonli jarohatlangan va halok bo'lgan baxtsiz hodisalar 100
Juda ehtimol 6 Muntazam ravishda (har ish kuni, smenada) 6 O'limga olib keladigan baxtsiz hodisa, hayot bilan mos kelmaydigan kasb kasalligi 40
Xaraktersiz, ammo mumkin 3 Vaqti-vaqti bilan (haftada) 3 Uzoq vaqt davomida mehnat qobiliyatini yo'qotish, kasbiy kasallik, nogironlik bilan og'ir baxtsiz hodisa (shu jumladan guruhli baxtsiz hodisa). 15
Darhaqiqat 1 Ba'zan (oylik) 2 Jiddiy oqibatlarsiz yoki nogironliksiz jiddiy baxtsiz hodisa 7
Tasavvur qilish mumkin, lekin bu aql bovar qilmaydi 0,5 Kamdan-kam (har yili) 1 Vaqtinchalik kichik baxtsiz hodisa (shu jumladan guruh avariyasi). nogironlik 3
Deyarli imkonsiz 0,2 Juda kamdan-kam (yiliga bir martadan kam) 0,5 Kichik baxtsiz hodisa, birinchi yordam etarli 1
Mutlaqo mumkin emas 0 Hech qachon 0
Kasbiy xavf darajalarining tasnifi
2-jadval
IPR ballar Xarakterli Harakat qilish zarurati
0-20 Hech qanday xavf yo'q yoki ahamiyatsiz Hech qanday chora-tadbirlar talab qilinmaydi
21-70 Kichik o'rtacha xavf Harakatlar talab qilinadi, lekin ularni rejalashtirish uchun ko'p vaqt bor
7,1-200 O'rtacha muhim xavf Qisqa vaqt ichida chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishni talab qiladi
201-400 Yuqori xavf Shoshilinch chora-tadbirlar talab qilinadi
400 dan ortiq Juda yuqori xavf Harakat qilinmaguncha faoliyatni to'xtatishni talab qiladi
usuli oldindan tuzilgan ball bilan ifodalangan ushbu uch parametr uchun darajalarni belgilaydi. Mehnatni muhofaza qilish talablarini buzish yoki ularga rioya qilmaslik shikastlanish va kasb kasal-liklariga olib keladi [10].
Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar-ning xizmat vazifasini bajarish chog'idagi xavflarni balli baholash (Fine-Kinney usuli bo'yicha)
IPR = Vr x Pd x Ps,
bunda IPR - bu kasbiy xavf indeksi,
Vr - xavf ehtimoli,
PD - xavfga duchor bo'lish,
Ps - xavf oqibatlari.
Har qanday faoliyatida ishchilar uchun muayyan xavflar kelib chiqadi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 361-moddasiga muvofiq ishlash uchun mo'ljal-langan asbob-uskunalar mazkur turdagi asbob-uskunalar uchun belgilangan xavfsiz-lik normalariga mos bo'lishi, tegishli texnik pasportlarga (sertifikatga), ogohlantiruvchi belgilarga ega bo'lishi va ish joylarida xodimlar xavfsizligini ta'minlash uchun to'siqlar yoki himoya vositalari bilan ta'min-langan bo'lishi kerak.
Qonunchilik darajasida xavflarni baho-lashni o'tkazish metodologiyasi yo'q, shu-ning uchun ish beruvchi uni mustaqil ravishda ishlab chiqish huquqiga ega. Tashkilotlar o'z-o'zini baholashni o'tkazishi yoki xizmatlar bozorining professional ishti-rokchilarining bilan shartnoma tuzish orqali amalga oshirishi mumkin.
Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar-ning mehnat xavfsizligini balli baholashni amalga oshirish uchun uslub ishlab chiqish va uni amalga oshirish orqali mehnat jarayonidagi xavflarni erta aniqlash orqali baxtsiz xodisalar va kasbga aloqador kasal-liklar dinamikasini kamaytirish mumkin.
Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar-ning mehnat xavfsizligini balli baholash uslubi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
1) baholashning maqsadi va vazifalari (birinchi marta yoki yo'qligiga qarab). baholash takrorlanadi, lekin, qoida tariqa-sida, baholashning maqsadi xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish),
2) baholash bosqichlari va muddatlari;
3) normativ-huquqiy hujjatlar, xavflar to'g'risidagi ma'lumotlar manbalari;
4) zarur resurslar va moliyalashtirish miqdori;
5) xavflarni baholash usullari;
6) hujjatlar va baholash natijalariga qo'yiladigan talablar.
Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar-ning mehnat xavfsizligini balli baholashni komissiyasining tarkibi tashkilotning o'zi tomonidan belgilanadi. Balli baholashning hajmi va bajariladigan ishlarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori turuvchi tashkilot vakillarini kiritish tavsiya etiladi (masalan, bosh muhandis, bosh energetik). Komissiya tarkibi mehnat muhofaza xizmati (boshqarmasi, bo'limi, shu'basi, mutaxassisi) boshqaruv mutaxassislar, ja-moat nazorati vakillaridan tashkil topadi.
Xulosa. Obodonlashtirish bo'yicha ish-chilarning ish faoliyati, asosan har qanday noxush meteorologik vaziyatlarda, kechayu kunduz ochiq havoda davom etadi.
Obodonlashtirish va ko'kalamzorlash-tirish ishlarini olib borish chog'ida mehnat faoliyati bilan bog'liq ravishda sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohat-lanishlarni o'rganish va hisobini yuritish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori "Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog'liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisob-ga olish to'g'risida"gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Obodonlashtirish va ko'kalamzorlash-tirish ishlari ma'muriyati xodimlarni belgi-langan me'yorlarga muvofiq, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta'min-lashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va ta'mir-lash bo'yicha zaruriy shartlariga rioya qilini-shini ta'minlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart. Yakka tartibda himoyalanish vosita-laridan foydalanishi lozim bo'lgan xodimlar, ularning qo'llanish usullarini, himoyalanish xususiyatlariga, amal qilish muddatlari
to'g'risida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishi hamda ulardan foydalanishga o'rgatilishi lo-zim.
Obodonlashtirish bo'yicha ishchilar-ning mehnat xavfsizligini balli baholash har bir ish joyida barcha ish turlari bo'yicha amalga oshiriladi. Ishlarning barcha turdagi bajarayotgan ishlarini hisobga olgan holda, shuningdek, agar kerak bo'lsa, bir guruh ishlar, tarkibiy bo'linma, ishlarning o'ziga xosligi uchun umumlashtirilgan jarayonda amalga oshiriladi. Barcha aniqlangan xavflar batafsil va aniq tasvirlangan bo'lishi kerak. Qanchalik ko'p ma'lumotlar bo'lsa, xavfni keyingi baholash shunchalik ishonchli bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Иорданская Ф.А. Функциональная готовность и состояние здоровья спортсменов в процессе долговременной адаптации к напряженным физическим нагрузкам // Теория и практика физической культуры. — 2009. -№ 4. -41-44 с.
2. QMQ 2.04.05-97 — "Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalashtirish"
3. Поуп М.Н., Бейнон Б.Д. Биомеханическая реакция тканей организма на разовые и длительные нагрузки // Спортивные травмы. Основные принципы профилактики и лечения. — К.: Олимпийская литература, 2002. -109-120 с.
4. Кай-Минь Чен, Хсу С. Повреждения суставного хряща и связок // Спортивные травмы. Основные принципы профилактики и лечения. — К.: Олимпийская литература, 2002. -52-67 с.
5. SanQvaM №0325-16 "Ish joylarida shovqin darajasining ruxsat etilgan me'yorlar"
6. Лидбеттер У.Б. Усталостные травмы сухожилий: диагноз и лечение // Спортивные травмы. Основные принципы профилактики и лечения. — К.:Олимпийская литература, 2002. -375 с.
7. QMQ 2.01.08-96 — "Shovqindan himoya"
8. Юкелсон Д., Мерфи Ш. Психологические аспекты в профилактике травм // Спортивные травмы. Основные принципы профилактики и лечения. -К.: Олимпийская литература, 2002. -281-287 с.
9. Моффруа Т. Методы профилактики повреждений опорнодвигательного аппарата // Спортивные травмы. Основные принципы профилактики и лечения. — К.: Олимпийская литература, 2002. -31-41 с.
www.srt-journal.uz