Научная статья на тему 'O’zMU BOTANIKA BOG’IDA MANZARALI VA DORIVOR O’SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI'

O’zMU BOTANIKA BOG’IDA MANZARALI VA DORIVOR O’SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
introduksiya / dorivor / manzarali / laboratoriya / dala / iqlim / farmatsevtika / tibbiyot.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Tursunova Sh.A., Mirzamaxmudova M.B., Mirsoatova H.K.

Ushbu maqolada O’zbekiston Milliy Universiteti Botanika bog’ida manzarali va dorivor xususiyatlarga ega bo’lgan Humulus lupulus hamda Valeriana L. o’simliklari introduksiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Izlanishlar natijasida Humulus lupulus o’simligi o’sishi uchun zarur iqlim-tuproq sharoitlari va rivojlanish bosqichlari o’rganildi. Shuningdek Valeriana L. o’simligining laboratoriya va dala sharoitida unuvchanligi uchun maqbul sharoitlar aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zMU BOTANIKA BOG’IDA MANZARALI VA DORIVOR O’SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI»

UDK 631.525. (575.152)

O'zMUBOTANIKA BOG'IDA MANZARALI VA DORIVOR O'SIMLIKLAR

INTRODUKSIYASI Tursunova Sh.A., Mirzamaxmudova M.B., Mirsoatova H.K.

O'zbekiston Milliy Universiteti, shohistatursunova10@,gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11508552

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Milliy Universiteti Botanika bog'ida manzarali va dorivor xususiyatlarga ega bo'lgan Humulus lupulus hamda Valeriana L. o'simliklari introduksiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Izlanishlar natijasida Humulus lupulus o'simligi o'sishi uchun zarur iqlim-tuproq sharoitlari va rivojlanish bosqichlari o'rganildi. Shuningdek Valeriana L. o'simligining laboratoriya va dala sharoitida unuvchanligi uchun maqbul sharoitlar aniqlandi.

Аннотация. В данной статье приводятся сведения об интродукции растений Humulus lupulus и Valeriana L. обладающих декоративными и лечебными свойствами в Ботаническом саду Национального университета Узбекистана. В результате исследований изучены климатические и почвенные условия и стадии развития, необходимые для произрастания Humulus lupulus. Также определены оптимальные условия прорастания растения Valeriana L. в лабораторных и полевых условиях.

Annotation. This article provides information about the introduction of plants Humulus lupulus and Valeriana L. with decorative and medicinal properties in the Botanical Garden of the National University of Uzbekistan. As a result of the reseach, the climatic and soil conditions and developmental stages necessary for the growth of Humulus lupulus were studied. The optimal conditions for the germination of the Valeriana L. plant in laboratory and field conditions were also determined.

Kalit so'zlar: introduksiya, dorivor, manzarali, laboratoriya, dala, iqlim, farmatsevtika, tibbiyot.

Kлючевые слова: интродукция, лечебный, декоративный, лаборатория, полевой, климат, фармацевтика, медицина.

Key words: introduction, medicinal, decorative, laboratory, field, climate, pharmaceuticals, medicine.

O'simliklar introduksiyasi sohasida o'tkaziladigan tadqiqotlar flora tarkibini yanada boyitish, tabiiy o'simliklar resurslaridan samarali foydalanish, respublikamiz aholisi va ishlab chiqarishu uchun kerakli bo'lgan foydali o'simlik turlarini tanlab olish va madaniylashtirish, seleksiya ishlarini yanada kengaytirish, istiqbolli yangi o'simlik navlarini yaratish, Vatanimiz oziq-ovqat va ekologik xavfsizligini ta'minlanishiga zamin yaratadi [6].

Ma'lumki, zamonaviy sivilizatsiya sharoitida fan va texnika taraqqiyoti, urbanizatsiya bevosita odam organizmida stress holatga olib keluvchi omillar soni ortishi va o'z navbatida asab tizimi zo'riqishlari patologiyalari rivojlanishiga sabab bo'lishi qayd qilinadi. Ushbu nuqtai nazardan, odam organizmida asab tizimi kasalliklarini davolashda tinchlantiruvchi (sedativ) ta'sirga ega, qo'shimcha salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan, o'simliklar asosidagi tabiiy farmakologik dori preparatlarini izlab topish - hozirgi kun farmatsevtikasi oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ana shunday istiqbolli o'simlik turlaridan biri aynan Humulus Lupulus hisoblanadi. Hozirgi vaqtda farmatsevtikada bu o'simlik asosida yaratilgan - «Urolesan», «Valokardin», «Valosedan» kabi bir qator preparatlar tinchlantiruvchi, uyqusizlikka qarshi samarali ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. Shuningdek, o'simlik g'uddasi tarkibidan ajratib olingan shifobahsh moddalar bir qator dori yig'malari tarkibiga kiritiladi [5].

Humulus Lupulus o'simligi g'uddasi ekstrakti neyroprotektiv ta'sir faolligiga egaligi, jumladan alkagolizmni davolashda odam organizmida yuzaga keluvchi notinchlik holatini bartaraf qilishda samarali ta'sir ko'rsatishi qayd qilingan [2]. Shuning uchun o'simlikning o'sish va rivojlanish hususiyatlarini keng ko'lamda o'rganib, uning muqobil introduksiya variantlari, ko'paytirish usullarini aniqlab amaliyotga tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.

Xmel yoki oddiy qulmoq (Humulus Lupulus ) qishloq xo'jaligida ko'p yillik o'simlik sifatida (15 yildan ortiq) 10 - 12 s/ga hisobida hosildorlikka ega bo'lgan ekin turi hisoblanadi. Humulus lupulus O'zbekistonda asosan introduksiya qilinayotgan o'simlik bo'lib, uning tarkibi dorivorligi bilan o'ziga xosdir. Bu o'simlik dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlarida keng miqyosda o'stiriladi va umumiy ekin maydonlari dunyo miqyosida o'rtacha 79,55 ming gektardan ortishi qayd qilingan. MDH miqyosida o'simlik plantatsiyalari asosan, Ukraina hududida keng rivojlantirilgan. Evropada Germaniya, Angliya, Chexiya va Slovakiya, Yugoslaviya, Polshada yirik Humulus Lupulus yetishtirish ekin maydonlari joylashgan [3]. Bu o'simlik odatda, asosan pivo ishlab chiqarish sanoati uchun g'uddalaridan foydalanish maqsadlarida yetishtiriladi, bundan tashqari uning mevasi yani "g'udda"lari sanoat miqyosida o'zgacha tam va hushbo'ylikni taminlovchi omil, alohida navli nonlar yopishda, tibbiyotda turli asab kasalliklarida tinchlantiruvchi vosita sifatida, yosh novdalari qaynatilgan holda tansiq oziq-ovqat sifatida, konservalash va lak - bo'yoq sanoatida, kosmetologiyada va bundan tashqari, ajoyib manzara kashf etuvchi o'simlik sifatida muhim ahamiyatga ega. O'simlikning yashil qismlari chorvachilikda qoramollar uchun silos tayyorlash maqsadlarida foydalaniladi [2].

O'zMU Botanika bog'I sharoitida olib borilgan izlanishlar natijasida Humulus lupulus L. uchun mo"tadil iqlim va namlik yetarli sharoit zarurligi aniqlandi. O'rtacha sutkalik harorat 1825 0 C ni, muhit pH qiymati 5,9 - 6,4 ga teng bo'lgan tuproq sharoitini talab qiladi.

Tadqiqot davomida o'simlik quyidagi rivojlanish fazalarini o'tadi: novda hosil qilish, poyasi va barglarining o'sishi yon shoxlarining paydo bo'lishi, gullashi, g'udda hosil bo'lishi, texnik pishishi, fiziologik pishishi, fiziologik o'lishi (yer ustki qismining).

O'simlikning bir yillik novdalaridan kesib olib tayyorlangan qalamchalar Kornevin biostimulyatorida ma'lum muddat ( 3, 6, 12 soatgacha) botirib qo'yilganda biostimulyatorning kimyo tabiatiga bog'liq holda o'simlikning tezda ildiz shakllantirishi aniqlandi. Oddiy suvda ma'lum muddat botirilib qo'yilgan qalamchalarda ham tez ildiz hosil bo'lishi aniqlandi.

Fenologik kuzatuvlar natijasida, o'simlikning birinchi vegetatsiya yilida vegetasiyaning boshlanishi 25 mart kuniga to'g'ri keldi, bu fazada o'simlik bir qancha novdalar hosil qildi. G'udda hosil qilish fazasi iyun oyining ikkinchi dekadasida boshlanib, avgust oyining ikkinchi dekadasicha davom etdi, texnik pishish fazasi iyul oyining uchinchi dekadasidan sentyabr oyining ikkinchi dekadasigacha davom etdi. Fiziologik pishish vaqti esa, sentyabr oyining birinchi dekadasidan oktyabr oyining ikkinchi dekdasigacha davom etdi. Vegetasiya oxirida o'simlik bargi sekin asta sarg'aya boshladi va vegetasiyaning tugashi esa oktyabr oyining uchinchi dekadasiga to'g'ri keldi.

Respublikamiz olimlardan A.I. Qosimov, M.M. Nabievlarning qayd etishlaricha, Valeriana lotincha so'z bo'lib, rus va boshqa tillarga lotin tilidan o'tgan. Ba'zi adabiyotlarda sinonim sifatida "maun", "kadi o't" degan nomlar berilgan. Lotincha Valeriana so'zining kelib chiqishi to'g'risida ikki xil fikr mavjud bo'lib, birinchisida bu nom Rim imperatorlaridan biri-Valeriana sharafiga berilgan deyilsa, ikkinchisida Valere-«sog'lom bo'lish» degan so'zdan kelib chiqqan deyiladi

Valerianaceae oilasining valerianalar turkumi 250 dan ortiqroq turlarni o'z ichiga olib, Evroosiyo qit'asining mo''tadil iqlimli hududlarida keng tarqalgan. MDH da ularning 23 turi, xususan O'zbekistonda 3 ta (V. chionophila, V. ficariifolia, V. fedtsshenkoi) turi o'sadi [4]. Halq tabobati va tibbiyotda keng qo'llanilib kelinayotgan dorivor o'simliklardan biri bu dorivor valeriana Yu.N. Gorbunov MDH davlatlarida tarqalgan valeriana o'simligining morfologiyasi, sistematikasi va boshqa xususiyalarini o'rgangan. O'rta Osiyoning buyuk olimi va tabibi Abu Ali ibn Sino o'zining "Tib qonunlari" asarida, fu (arabcha) tog' sunbulining ildizi deb ta'rif berib o'tgan va unga dorivor vosita sifatida baho bergan . 1974 yilda qaytadan chop etilgan Abu Rayhon Beruniyning "As-Saydana Fit-tib" asarida V. officinalis siydik haydash va boshqa kasalliklarga davo bo'lishi ta'kidlab o'tilgan [7].

Qadimgi Misrda, Gresiyada va Rimda valeriananing dorivorlik xususiyati qadrlangan. Rossiyada bu o'simlik Pyotr I davrida kasalxonalar ehtiyoji uchun ekila boshlangan. O'simlik ildizida 3,5% gacha efir moyi, 10 xil alkaloidlar, valeriana-glyukozidlar, A, B, C, vitaminlari, valepotriatlar, izovaleriana kislotasi, oshlovchi moddalar, qand, organik kislotalar, pro-azulen va boshqalar bor. Ildizi mineral moddalarga boy bo'lib, ildiz va ildiz poyasida ko'p miqdorda selen va boshqa mikro elementlar bor. V. officinalisning preparatlari asabiylashganda tinchlantiradi, yurak faoliyatini, qon aylanishini, markaziy asab sistemasini va oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi [1].

O'simliklarning bioekologik xususiyatlari turli sharoitlarda har xil bo'lgani kabi, ularni ko'paytirish ham turli sharoitlarda o'ziga xos xususiyatlarga ega [8]. V. officinalis va V. ficoriifolia dala sharoitida urug'idan yaxshi ko'payadi. O'simlik ekilgan maydonda keyingi yilda 1 m2 da 80-90 ta maysalar unib chiqishi kuzatilgan. Ya'ni o'simliklarda pishgan urug'larning 1015% yerga to'kiladi. Dala sharoitidagi, tuproq yuzasidagi urug' unuvchanligi 30-34% ekanligi kuzatilgan bo'lsa, demak 1 tup o'simlikdan 250-270 ta urug'ning to'kilishi aniqlandi. Dala sharoitida urug'dan ko'paygan yosh maysalar ona o'simlikdan 10-15 sm gacha bo'lgan masofada, tuproqning yumshoq yuza qatlamida joylashadi. Maysalar tashqi ko'rinishidan nimjon bo'lib, vegetasiya oxiriga kelib, balandligi 10- 12 sm, 2-3 ta to'pbargdan iborat bo'ladi. bir to'p bargda 3 tadan barg bo'laklari hosil bo'ladi. Ildizlarning chuqurligi 10-12 sm gacha yetadi.

O'simlik urug'larining unuvchanligi laboratoriya sharoitida qulay harorat 20+230C hisoblanib unish darajasi 80-90% ni tashkil etdi.

Shunday qilib, introduksiya sharoitida V. officinalisning urug'lari soyada iyul, avgust oylarida va 0,2 sm tuproq chuqurligida, mahalliy floramizda uchraydigan V.ficoriifolia urug'lari esa 2-3 sm chuqurlikda ekilganda yaxshi unuvchanlikka ega bo'lishi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Абдуназаров Э.Э. Тошкент вохдси шароитидаги доривор валериана (Valeriana officinalis) нинг интродукцияси ва биоэкологик хусусиятлари: Биол. фан. номзоди дис. -Тошкент: УзР ФА «Ботаника» ИИЧМ, 2010. -120 б.

2. Беленовская Л.М. Компонентный состав и биологическая активность хмель (Canabaceae): обзор результатов исследований последних десятилетий // Раст. рес. 2008. Т.44, вып.2. - С. 132 - 154.

3. Милоста Г.М. Агробиологические основы выращивания хмеля в Республике Беларусь : монография - Гродно : ГГАУ, 2010. - 286 с.

4. Флора Узбекистана. -Т.: Наука, 1961. Т.5. -С. 588-589

5. Холматов Х.Х. Ахмедов У.А. Фармокогнезия. - Тошкент: Ибн Сино, 1995. - 622 б

6. ^аршибоев Х.К. Усимликлар интродукцияси сохдсида малакали мутахассислар тайёрлаш муаммоларию-Твълим, фан ва инновация,2016№4.46-48-б.

7. Hongorzul Ts., Shatar S., Herlentungalag D., Nishida H. Main components ofеssentia l oil of Valeriana officinalis L. of darhad depression in Mongolia // Проблемы сохранения разнообразия растительного покрова Внутренней Азии: Материалы Всероссийской научной конференции с международным участием. -Улан-Удэ. 2004. Ч. 2.-62. с. Tursunova Sh.A., Safarov K.S. Germinating ability of seeds of different amaranths and the hydrolytic enzymesactivity // Europan Science Review Scientific journal. - Vienna, Avstria, 2018. -№ 5-6. - P. 20-23.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.