Научная статья на тему 'O’ZEK TILIDA SINTAKTIK QOLIPLAR'

O’ZEK TILIDA SINTAKTIK QOLIPLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1301
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lisoniy sintaktik qolip / so‟z birikmasi qolipi / sodda gap qolipi / hosilaning cheksizligi / moddiylikdan xolilik / linguistic syntactic pattern / phrase / phrase pattern / product infinity / materiality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mohinur Mo’Min Qizi Raxmatilloyeva

Bugungi kunda tilshunoslikda paydo bo‟lgan yangidan yangi yo‟nalishlarning mavjudligi o‟zbek tilining serqirra imkoniyatlarini mashina orqali oson o‟rganish, qoliplashtirish, bevosita boshqa tillar bilan solishtirish kabi amallarni vujudga keltirdi. Ushbu maqolada o‟zbek tilidagi sintaktik qoliplar to‟g‟risida mulohazalar bayon etilgan. O‟zbek tilidagi ayrim so‟z birikmalari qoliplari boshqa chet tillari, jumladan ingliz tili so‟z birikmalariga taqqoslangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The emergence of new directions in linguistics today has made it possible to easily study, model, and directly compare the multifaceted potential of the Uzbek language with other languages. This article provides feedback on Uzbek syntactic patterns. Some Uzbek phrases are compared to other foreign phrases, including English.

Текст научной работы на тему «O’ZEK TILIDA SINTAKTIK QOLIPLAR»

O'ZEK TILIDA SINTAKTIK QOLIPLAR

Mohinur Mo'min qizi Raxmatilloyeva

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi

yo'nalishi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda tilshunoslikda paydo bo'lgan yangidan yangi yo'nalishlarning mavjudligi o'zbek tilining serqirra imkoniyatlarini mashina orqali oson o'rganish, qoliplashtirish, bevosita boshqa tillar bilan solishtirish kabi amallarni vujudga keltirdi. Ushbu maqolada o'zbek tilidagi sintaktik qoliplar to'g'risida mulohazalar bayon etilgan. O'zbek tilidagi ayrim so'z birikmalari qoliplari boshqa chet tillari, jumladan ingliz tili so'z birikmalariga taqqoslangan.

Kalit so'zlar: lisoniy sintaktik qolip, so'z birikmasi qolipi, sodda gap qolipi, hosilaning cheksizligi, moddiylikdan xolilik.

ABSTRACT

The emergence of new directions in linguistics today has made it possible to easily study, model, and directly compare the multifaceted potential of the Uzbek language with other languages. This article provides feedback on Uzbek syntactic patterns. Some Uzbek phrases are compared to other foreign phrases, including English.

Keywords: linguistic syntactic pattern, phrase, phrase pattern, product infinity, materiality.

KIRISH

Dunyodagi barcha tillar bir-biri bilan aloqada, muomalada bo'lib, bir-biridan so'z olib boyiydi. Barcha tillar o'sha til tilshunoslari tomonidan o'rganiladi, boshqa tillarga taqqoslanadi. Shu jumladan, o'zbek tili ham keng imkoniyatga ega til sifatida bir necha yo'nalish, usullar orqali o'rganilmoqda. Kompyuter lingvistikasi sohasi bugungi davr talabi asnosida tilimizda korpus yaratish, avtomatik tarjimani shakllantirish kabi qator muhim ahamiyatga molik amallar bilan mashg'ul soha sifatida ma'lum.

Gapning qisqasi yaxshi, qisqasidan hissasi yaxshi deganlaridek, o'zbek tilida ma'lum sintaktik qoliplar yaratilgan. O'zbek tilidagi ushbu sintaktik qoliplar cheklangan, ammo ular voqelikda chek-chegarasiz ko'rinishga ega. U so'z birikmasi qolipi bo'ladimi yoki

November, 2022

396

sodda yoxud qo'shma gaplarning sintaktik qolipi bo'ladimi, nutq vaziyatidan kelib chiqib voqelikka kirishadi, ma'lum bir qolip yuzlab, hatto minglab ma'nolarni yuzaga chiqaradi. Ushbu sintaktik qoliplar orqali tilshunoslikda bir tilni ikkinchi tilga taqqoslab o'rganish tilni o'zlashtirishga kata imkon beradi. Tildagi bir qolip asosida nutq vaziyatga qarab, turli xil gaplar tuzish mumkin, bu esa gaplardan voqelikda oson foylanish imkoniyati demakdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"O'zbek tilida lisoniy sintaktik qoliplar"

Til imkoniyati keng, birgina voqelikni turli usullarda yetkazish uchun beminnat vositachi hisoblanadi. Tilning tuzilishiga keladigan bo'lsak, turli tomondan o'rganilayotgan bir til strukturasi turlicha namoyon bo'ladi.

Giyomning ta'rificha, ifodalanmishlar va ifodalovchilarning umumiyligi asosida tarkib topgan sistemadir. Ifodalanmish tasavvur doirasiga kirsa, ifodalovchi esa ifoda doirasidadir. Bu holda til nutqning imkoniyati va yashirin zahirasi bo'lib xizmat qiladi.

O'zbek tili boy imkoniyatlarini namoyon etadigan bo'limlardan biri bu sintaksisdir. Sintaksis aynan bir-birini ham mazmunan, ham shaklan to'ldiradigan birliklarning ko'p qirrali mohiyatini namoyon etadi. Jumladan, "asal" so'zini oladigan bo'lsak, nutqdan tashqari holatda narsa-buyum ma'nosini ifodalasa, masalan: foydali asal; nutqqa aralashib, sintaksisda yana boshqa qirralarini jumladan ijobiy bo'yoqqa ega belgi ma'nosini ham ifodalashi mumkin. Masalan, asal bola kabi.

Nutqiy sintaktik birlik sifatida nutqda qo'llaniladigan, sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan, o'qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo'lgan so'z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so'z birikmasi va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo'lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) deb ataymiz.

LSQ g'isht qolipiga o'xshaydi. Inson ongida ham so'zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so'z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya, qurilma deb nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o'qimoq kabi cheksiz birikmani chiqaradigan [ottushum kelishlgl +fe'l] so'z birikmasi qolipi qanday nomlanmasin, uning mohiyatiga ta'sir qilmaydi.

Sintaktik qolip so'z birikmasi, gapning qolipi bo'lib, bir qolipni imkoniyatidan foydalanib, voqelikka nutq vaziyatidan kelib chiqib, bir necha so'z birikmasi yoxud gap hosil qilish mumkin, bunday lisoniy sintaktik qoliplar bir tilni o'rganish, o'zlashtirish boshqa tillarga

November, 2022

397

uning grammatikasini solishtirish uchun tilning ixchamlashtirilgan, muqobil vositasidir. Bugunga kelib tilshunoslarimiz tomonidan ham LSQ ustida amaliy izlanishlar olib borilmoqda, tilimizning modellashtirilishi amalga oshirilib, buning uchun nimalarga ahamiyat qaratilishi lozimligi haqida fikr mulohazalar bildirilmoqda.

LSQlar nutqiy hodisa sifatidagi gaplarning asosiy grammatik va struktur (qurilish) xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan mavhum qurilma sifatida yashaydi. Bu gapning struktur elementlari orasidagi munosabatni ifodalab, uning umumiy grammatik ma'nosini o'zida mujassamlashtiradi.

Qoliplar haqidagi xulosa hali izchil va mukammal emas, yoxud ajratilgan qoliplarda umumiylik yuqori darajada emas. Zero, boshqa lisoniy birliklar kabi qoliplar ham miqdoran chekli va mohiyatan umumiy bo'lishi lozim.

Demak, qolip va nutqiy hosila bir-biri bilan chambarchas bog'liq tushunchalardir. Zero, bir tildan foydalanish uchun uning nutqiy hosilasini voqelantirish uchun undagi lisoniy qoliplarni bilish ham zarur bo'ladi. Demak, so'z birikmalari qolipi cheklangan, 18ta, ammo yuqorida ta'kidlanganidek, ularning har biridan cheksiz so'z birikmalari hosil qilinadi.

Demak, ushbu so'z birikmalari qolipi bilan cheksiz so'z birikmalari hosil qilish mumkin va ulardan hosil bo'lgan hosilalarning har biri nutq vaziyatidagi betakrorlik.

[ot tushum kelishigl +fe'l] - gulni uzmoq, daraxtni ekmoq, onani e'zozlamoq, she'rni yodlamoq.

Ushbu qolip bu so'z birikmalari uchun umumiy bo'lsa-da, gul, daraxt, she'r narsa oti, ammo ona shaxs oti, yoxud ular bilan birikkan uzmoq, ekmoq harakat fe'li hisoblansa, e'zozlamoq, yodlamoq faoliyat fe'llari hisoblanadi; Xuddi shunday har bir qolipdan hosil bo'lgan so'z birikmasi hosilasi qayta tuzilganda, boshqa hosilaga aylanadi.

[ism qaratqich kelishigi +ism egallk qo'shimchasi] - daftarning varog'i, daraxtning bargi, hosilaning cheksizligi;

[ot jonalish kelishi + fe'l] - maktabga bormoq, uyga qaytmoq, daftarga yozmoq, qishloqqa jo'namoq;

[ot chiqish kelishigi +fe'l] - shahardan chiqmoq, yoddan aytmoq, yurakdan gapirmoq, ishdan bo'shamoq;

[ot chiqish keiishigi +sifat] - tomdan baland, guldan chiroyli, qarindoshdan aziz. [ot day +sifat]- onaday mehribon, otaday ulug', suvday pok; [sifat+ot] - yangi hayot, uzun yo'l, xolis maslahat; [ot, o'rin ravishi o'm-payt kelishiga + fe'l] - mehmonxonada turmoq, restoranda ko'rishmoq, shu yerda yashamoq;

November, 2022

398

[ot bilan + fe'l] - gul bilan bezamoq, surat bilan suhbatlashmoq.

[payt bildiruvchi so'z qadar +fe'l] - kechga qadar tugamoq, tongga qadar

suhbatlashmoq, keying yilga qadar ko'rishmaslik.

Ushbu so'z birikmalaridan ayrimlarini boshqa tillarda, jumladan, ingliz tilida turli xil sintaktik qolip ko'rinishiga ega ekanligining guvohi bo'lamiz: Kitobni o'qimoq - to read the book - [to V + the N] She'rni yodalamoq - to learn by heart the poem - [to V + the N] Daraxtni ekmoq - to plant the tree - [to V + the N] ushbu so'z birikmasi qolipida; Maktabga bormoq - to go to school [to V + to N] Uyga qaytmoq- to return to home [to V + to N] Daftarga yozmoq - to write in a notebook [to V + in a N]

Qishloqqa jo'namoq - to go to the village [to V + to N] ushbu so'z birikmalari qolipida,

Daftarning varog'i - copybook's sheet - [N's + N] Uzukning ko'zi - ring's eye - [N's + N]

Daraxtning bargi - tree's leaf - [N's + N] yuqoridagi so'z biriklari qolipidan farqli ravishta hosilaning cheksizligi so'z birikmasi - product infinity [N+N] so'z birikmasi qolipida beriladi.

Shahardan chiqmoq - to leave the city - [to V + N] Yoddan aytmoq - to say by heart - [to V + N] Yurakdan gapirmoq - to speak from the heart - [to V + from the N] Ishdan bo'shamoq - dismissal - V

Guvohi bo'lganimizdek, o'zbek tilimizdagi bitta [ot chiqish kelishlgl +fe'l] so'z birikmasi qolipida tuziladigan bir necha so'z birikmalari ingliz tilida turli qoliplarga mos tushmoqda.

Yuqorida ko'rib o'tgan [ot chiqish kelishigi +sifat] so'z birikmasi qolipidan hosil qilgan bir necha so'z birikmalari esa ingliz tilida turli qoliplar ko'rinishiga ega. tomdan baland - high from the roof - [Adj from+ the N] guldan chiroyli - beautiful from a flower - [Adj from + a N] otadan ulug'- greater than father [Adj than + N]

Shohidi bo'lganimizdek, turli tillarning grammatikasi, xususiyatlari, tuzilishi turli xil.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'zbek tilida sintaktik qoliplar, jumladan so'z birikmalari qolipi 18 ta, ya'ni cheklangan

November, 2022

399

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

bo'lishiga qaramay, undan hosil qilinadigan hosila cheksiz. Qolip imkoniyatini so'z birikmasi voqelikka kiritadi, so'z birikmasi qolipidan hosil bo'lgan hosilalar cheksiz mohiyatga ega. Birgina so'zbirikmasi qolipidan bir nechta millionlab so'z birikmalari, o'z va ko'chma ma'nodagi birikmalar, jumladan, barqaror birikmalar, hatto iboralar ham hosil qilish mumkin.

Ushbu so'z birikmalari qoliplaridan hosil bo'lgan hosilalarni boshqa tilga, jumladan, ingliz tiliga taqqoslaganimizda ular orasidagi farqni sezamiz. O'rganilayotgan, yoxud taqqoslanayotgan tillar orasida umumiylik jihati qancha ko'p bo'lsa, ularning lisoniy sintaktik qoliplari bir-biriga shuncha o'xshash bo'lishining, aksincha tillar orasida xususiylik ko'proq bo'lganida, ularning lisoniy qoliplari bir-biridan kesin farq qilishining guvohi bo'ldik.

REFERENCES

1. R.Sayfullayeva, M.Qurbonova "Hozirgi o'zbek adabiy tili" Tosh:-2009

2. Baskakov N. A., Sodiqov A. S., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. - Tosh:-

3. Bushuy A. M., Safarov Sh Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. -Tosh:-2007

4. Jamolxonov H. O'zbek tilining nazariy fonetikasi. O'quv qo'llanma. - Tosh:-2009.

5. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis. Darslik. Tosh:-2013

6. B.Bahriddinova. Hozirgi o'zbek adabiy tili sintaksis. Qarshi. 2007

1979.

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.