Научная статья на тему 'O‘ZBEKLAR VA YAPONLARDA YOZUV SAN’ATI'

O‘ZBEKLAR VA YAPONLARDA YOZUV SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
287
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Som / Hom / Yofas / Nuh alayhissalom / Dunyo tamadduni / Gerodot / Yetti hindu qabilasining piktografik xati / logogramma / Sillabik yozuv / Som / Hom / Japheth / Noah / World Civilization / Herodotus / Pictographic Letter of the Seven Hindu Tribes / Logogram / Syllabic Inscription

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Lafasov, U.P.

Mazkur maqolada o‘zbeklar va yaponlarda yozuv san’ati masalasi haqida mulohaza yuritilgan. Maqolada sharq xalqlarining yozuv madaniyati umumiy rivoji masalasi ham muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ART OF WRITING IN UZBEK AND JAPANESE

This article discusses the issue of writing in Uzbeks and Japanese. The article also discusses the general development of the writing culture of the peoples of the East.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKLAR VA YAPONLARDA YOZUV SAN’ATI»

YAPONSHUNOSLAR XALQARO FORUMI VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 22

О ISSN 2181-1784

SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

O'ZBEKLAR VA YAPONLARDA YOZUV SAN'ATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-22-116-123

U.P.Lafasov

f.f.n., dotsent (TDSHU)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbeklar va yaponlarda yozuv san'ati masalasi haqida mulohaza yuritilgan. Maqolada sharq xalqlarining yozuv madaniyati umumiy rivoji masalasi ham muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Som, Hom, Yofas, Nuh alayhissalom, Dunyo tamadduni, Gerodot, Yetti hindu qabilasining piktografk xati, logogramma, Sillabik yozuv

ABSTRACT

This article discusses the issue of writing in Uzbeks and Japanese. The article also discusses the general development of the writing culture of the peoples of the East.

Keywords: Som, Hom, Japheth, Noah, World Civilization, Herodotus, Pictographic Letter of the Seven Hindu Tribes, Logogram, Syllabic Inscription

KIRISH

Yer yuzidagi barcha odamlar Safiyulloh 1 (Odam ota)dan tarqagan bo'lsalar-da hozir sayyoramizda istiqomat qilayotgan insonlar Nuh alayhissalom zurriyodlarining avlodlari hisoblanadi. Ulug' tarixnavis olim Mirzo Ulug'bek suv to'foni tufayli Nuh alayhissalom yasagan kemada jon saqlagan va quruqlikka qaytganlar voqeasi bayonini shunday yozgan: "Onhazrati Nuh alayhissalom va u kishining uch farzandi: Som, Hom, Yofas, Nuh alayhissalom o'g'illarining xotinlaridan tashqari hech kim qolmadi2". Nuh payg'ambar o'g'illari o'z bolalari bilan tinch va osuda hayot kechirishlari uchun yer yuzidagi hududlarni ularga quyidagicha taqsimlab bergan: "Shom, Jazira, Iroq, Fors, Xuroson, Ozarbayjon, aksar Vasatiya ma'mur mamlakatlarini Somga bergan edi3. Shu boisdan Som ibn Nuh "Abul-ajam" nomini olgan. "Mag'rib diyori va Habasha shaharlari, Zanax, Hinduston orollari, Hindu Sind va Sudon Hom hissasiga tushgan edi4". Shundan so'ng Hom ibn Nuhga "Abul-hind" sifati berilgan. Nuh alavaj "Turonzamin va Turkistonni Yofas alayhissalom uchun asrab qo'ygan edi. Shu sababli uni Abut-turk deyishgan5". Bundan ayon bo'ladiki, Yer yuzida hayot kechirayotgan kishilar bir-biriga yaqin qarindoshdirlar. BMT ning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga yozilgan Shayx Sa'diyning bayti ana shu xususidadir: "Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino bo'lganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning bir a'zosigajarohatyetkazsa, boshqa a'zolari ham o'z tinchini yo'qotadi6".

ADABIYOTLAR TAHLILI

Dunyo tamadduniga ulkan hissa qo'shgan turlar haqidagi to'g'ri ma'lumotlarni bilish barcha uchun qiziq va foydalidir. Tur(uk)lar tarixi haqida to'g'ri ma'lumot hayotbash haqiqatdir. Ushbu

1 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Тошкент: "Чулпон", 1994, 16-бет.

2 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Тошкент: "Чулпон", 1994, 28-бет.

3 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Тошкент: "Чулпон", 1994, 31-бет.

4 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Тошкент: "Чулпон", 1994, 32-бет.

5 Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Тошкент: "Чулпон", 1994, 34-бет.

6 U.P.Lafasov. O'zbek tili. Toshkent: "TDSHI" nashriyoti. 2019, 64-bet.

о

haqiqat curunkali kasalliklar(yolg'onlar) bilan azoblangan ruhlarni davolaydi7. Turlar otasini rozi qilib duosini olgan Yofas(Tur) zurriyodlaridir. Ular oilaparvar, insonparvar, yagona dinda sobit tura olgan xalq sifatida boshqa ellardan ajralib turadi. Turuklar ko'plab davr voqealarining ishtirokchisi bo'lib, og'ir sinovlarni boshidan kechirgan8.

Ulug' mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari jahondagi ilk uch tilni quyidagicha izohlagan: Turkiy va forsiy hamda hindiy asi tillarning manbaidurki, Nuh payg'ambar salavotullohi alayhaning uch o'g'lig'akim, Yofas va Som hamda Homga yetishur9. Hozir jahonda mavjud tillarning barchasi aha shu uch tildan kelib chiqqan. Mavjud tillarning so'z boyligi uchun umumiy bo'lgan so'zlar ham buni tasdiqlaydi. Tilning saqlanib qolishi hamda taraqqiy etishiga yozuv va xalqning etnik jarayonidagi uzluksizlik kafolatdir10. O'kuzbeklar ham, turkiylar ham, jabarqaliklar ham Yofas(Tur) alayhissalom avlodi bo'lganlari uchun turlar sanaladi va ular yagona turkiy tilda so'zlashganlar. Keyinchalik hududlar uzoqlashganligi sababli aloqalar uzilib, so'zlashuv nutqida keskin tafovut yuzaga kelgan. O'kuzbeklar va jabarqaliklarning tillaridagi grammatik qonuniyatlar juda o'xshash, shu bois bu tillar genetik jihatdan yagona oilaga mansubdir. Til fikrni ifodalash va muloqot qilishning yagona vositasi bo'lib, o'tmishdagi sirlarni ochib beradigan eng asosiy manba va ishonchli kalitdir11.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insoniyatning aqilli, bilimli vakillari tomonidan yozuv kashf etilgan. Natijada noyob fikrlar turli ashyolarga muhrlana boshlagan. Yozuv insonlar orasida daliliy munosabatga xizmat qiladigan ashyolar va tasviriy belgilar tizimi sanaladi. Aslida yozuv madaniy yuksalish omili sifatida uzoq davrlarda shakllangan muloqot shakli bo'lib, unga buyum yozuvi asosida tamal toshi qo'yilgan. Insoniyatning aqilli, bilimli vakillari tomonidan yozuv kashf etilgan. Natijada noyob fikrlar turli ashyolarga muhrlana boshlagan. Yozuv insonlar orasida daliliy munosabatga xizmat qiladigan ashyolar va tasviriy belgilar tizimi sanaladi. Aslida yozuv madaniy yuksalish omili sifatida uzoq davrlarda shakllangan muloqot shakli bo'lib, unga buyum yozuvi asosida tamal toshi qo'yilgan. Yozuvning hozirgi turlari yuzaga kelguncha insonlar timsollashtirish "buyum xati"dan foydalanishgan.

Fikrimizga dalil sifatida tarix otasi Gerodot yozib qoldirgan matnni keltirmoqchimiz: Tur avlodi bo'lgan munsak(skif)lar forslarga qurbaqa, sichqon, qush va beshta yoy (kamon) o'qidan iborat "buyum xati" jo'natganlar. Mazkur "timsollashtirilgan maktub" quyidagicha o'qiladi: "Agar sizlar(forslar) qush kabi osmonda ucha olmasangiz, qurbaqa kabi botqoqlikda sakrab yura olmasangiz, sichqon kabiyer ostigayashirina olmasangiz, bizning o'qlarimiz zarbidanyo'q bo'lib ketasizlaf. Endi buyum xatinig davomi sifatida shakllangan rasmli xat namunasi sifatida turlarga mansub yetti hindu(Amerikaning tub aholisi) qabilasining AQSH Prezidentiga yo'llagan piktografik xatini keltiramiz. Maktubda: Uchorol tumani hududiga joylashishni iltimos qilib yozishgan, hayvonlarning bosh va yuraklarini bog'lab turgan chiziqlar qabilalarning tafakkur hamda yagona tuyg'uni ifodalaydi.

Yetti hindu qabilasining piktografik xati

7 Б.Умирьяев. Безвестные тюрки(Исчезнувшие цивилизации). Алматы. "Казак энциклопедиясы", 2014. Стр. 3.

8 Б.Умирьяев. Безвестные тюрки(Исчезнувшие цивилизации). Алматы. "Казак энциклопедиясы", 2014. Стр. 6.

9 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. 20 томлик. Мухокамат ул-лугатайн. 16-жилд. Т.: "Фан". 2000, 7-бет.

10 Насимхон Рахмон. Минг йиллик, туман кунлик ёзувим. «Шарк юлдузи» журнали, 2018 йил, 2-сон.

11 Б.Умирьяев. Безвестные тюрки(Исчезнувшие цивилизации). Алматы. "Казак энциклопедиясы", 2014. Стр. 12.

117

YAPONSHUNOSLAR XALQARO FORUMI o VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 22

Tilshunos olimlarning taxminiga ko'ra, yozuvning paydo bo'lganiga to'rt-besh ming yillar bo'lgan. Hozir amalda bo'lgan yozuvlarning to'rt turi bor: 1. Piktografik yozuv ("piktus" lotincha "chizilgan") biror narsaning rasmini chizib fikr(gap) anglatish vositasi bo'lgan. Rasmli(piktografik) yozuv dastlabki tajriba edi. M: g'or va toshlardagi ilk rasmlar, yo'l harakati belgilari kiradi. Piktogramma bu 118oda yoki murakkab shakl sifatida rasm-gap, ya'ni fikr ifodalaydi. Piktografik yozuvning birinchi vazifasi narsa almashishni yengillashtirgan. Piktografik xatlarda yirik ov va urush voqeyalari o'z aksini topgan. Hozir turlarda saqlangan ko'pgina belgilar ham piktografik yozuvga aloqador hisoblanadi. Masalan: 1) urug' va qabilalarga tegishli belgi hamda totemlar; 2) hukmdorlarning tamg'a va tangalari; 3) qabila, urug' va tabaqalarni farqlovchi tamg'alar; 4) ustalarning o'zi yasagan idish va narsalariga bosgan tamg'alari; 5) turli baxtsizlik, balo-qazolardan asraydi deb hisoblangan narsalar (tumor, xoch); 6) turli holatlarga ishora qiluvchi belgilar.

2. Logografik ("logos" grekcha - "so'z") yozuv biror o'xshash belgi orqali tushuncha anglatish vositasidir. Yozuvning bu turini ideografik ("idea" grekcha - "tushuncha") yozuv deb ham nomlashadi. Mazkur yozuv insoniyatning ikkinchi ijod namunasi hisoblanadi. Bunga misr, tur, shumer, xitoy, krit, may, atstek qadimgi yozuvlari, raqamlar va turli fanlardagi shartli belgilar misol bo'ladi. Logografik yozuv hech qachon bir joyga va bir xalqqa tegishli holda taraqqiy etmagan. Keyinchalik o'zaro aloqalar bois bir-birini to'ldirgan. Ko'pchilik olimlar shumer yozuvini barchasidan qadimgiroq deb hisoblashadi. Chunki shumer yozuvidagi logogrammalar misr, xitoy (in), krit (krit-min) ideogrammalarga mos keladi. Logogramma ikki asosga binoan shakllangan. Birinchi logogramma (xitoy ideografik ierogliflari) bevosita so'zning ma'nosiga aloqador hisoblanadi. Uning bir necha sinonimlari mavjud bo'ladi. Ikkinchi logogramma(xitoy fonetik ierogliflari) bevosita so'zning talaffuz tomoniga tegishli bo'ladi. Uning bir necha omonimlarga mavjud bo'ladi. Yana geterogramma(psevdoideogramma)lar boshqa xalqning yozuvini, ya'ni yozma adabiy tilini qabul qilish natijasida yuzaga kelgan. M.: "odam" ieroglifni xitoylar "jen", yaponlar esa "xito" deb o'qishadi. Ierogliflarining turlari quyidagicha izohlanadi: 1) tasviriy (logogrammada nimadir tasvirlanadi); 2) ko'rsatuvchi (logogramma nimaningdir timsoli bo'ladi); 3) shakliy o'zgarishli (boshlang'ich shakli o'zgarishga uchragan bo'ladi); 4) o'zlashtirma (omonimlik xususiyatiga ega); 5) qo'shma (bir necha ieroglifdan iborat bo'ladi); 6) tarkibli (fonetik va ideografik logogrammalardan tuziladi).

3. Sillabik yozuv ("sillab" - "bo'g'in") bo'g'inlarga asoslangan yozuv. Bo'g'in yozuvi miloddan avvalgi 2000-yilliklarning o'rtalarida paydo bo'lgan. Mazkur yozuvning quyidagi tirlari bor. Birinchi tip eng qadimgi bo'g'in yozuv tizimi bo'lib, logogrammalarning ichki tabiiy

о

o'zgarishi natijasida yuzaga kelgan. Bu tipga: shumerlarning mix xati, sug'd, uyg'ur, arab (119oda119nant turi), oldosiyo, krit, 119oda119na kipr sillabik yozuvlari mansubdir. Ikkinchi tip bo'g'in yozuvi eramizdan oldingi oxirgi yuz yillik va eramizning birinchi yuz yilligida shakllangan bo'lib, 119 oda 119 nant-tovush yozuvidagi unlilar tizimiga asoslangan. Bular: efiopiya, hind (divangari), braxma, kxaroshti sillabik yozuvlari. Oraliq tip sifatida fors-axmoniy bo'g'in yozuvi bobil logografik yozuvi va oromiy tovush yozuvi asosida yuzaga kelgan. Uchinchi tip sillabik yozuvlari eramizning birinchi va ikkinchi ming yilligida logografik yozuvni to'ldirish natijasida yuzaga kelgan. Bunga yaponlarning kanayozuvi va koreyslarning kunmunyozuvi misol bo'la oladi.

Kana alifbosi

и X. о

к и < К V С У »• » КС

с t M С- I ( «

г-- \ ' 11-1 1 IV 1 с

1 1/4 1 CL 1 Ml 1 IV 1 1 • сп> 1 |<

(Jt » • 1 »V --к . 13: хс

MA л /VII 1 С-Л MV t\A ■

VI ю -t «

' » F* Л 1 ) Г'И f»V 1' J 1 •«

KA

г_ 1_1 ^ ---—

4. Fonografik yozuv (grekcha 'fone" - "tovush") nutq tovushlarini harflar bilan ifodalash vositasidir. M: giksos, finikiy, oromiy, xorazm, dulbarjin (urxun), lotin, kirill alifbolari. Fonografik yozuvi insoniyatning yozuv sohasidagi to'rtinchi ijod namunasi hisoblanadi. Tilning fonetik tuzilishini, tovush tarkibini aniqroq, to'liqroq aks ettiruvchi yozuv turidir. Mazkur alifbo, ya'ni geksos alifbosi turlarning ijod namunasidir. Ammo bu masala dunyo ilmida ancha munozaralidir. "Giksos'' nomining o'zi ham keyingi davrlarda qadimgi Misr tarixchisi Manefon misr lahjasidagi "xeka-xasuf jumlasidan, ya'ni "chet ellik//xorijiy zaminlik hukmdorlaf jumlasidan shakllanganligi aytgan12. Ammo barcha tarixiy dallilar giksoslarning turlar ekanligini tasdiqlaydi. Giksoslar bilan birga kelgan xan/Xon(Alp Er Tonganing bolalari13) eli Misrda anor, zaytun va olma daraxtlarini yetishtirishni boshladilar14. Giksos finikiy oromiy fonografik yozuvi undoshlar tizimiga asoslangan bo'lib, 22 ta harfi bo'lgan. Keyinchalik ushbu geksos-finikiy-oromiy yozuvidan yahudiy, nabotiy, arab, efiopiya, sug 'd, xorazm, uyg'ur, urxun, mug'ulvagruzin alifbolari shakllangan. Shu alifbolar zamirida miloddan avvalgi XI-VIII asrlarga kelib lotin, keyin kirill alifbosi yuzaga kelgan. So'ngra brahma va tibet yozuvlari yuzaga kelgan.

12 https://m.wikipedia.org/Tmcocbi

13 Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. Т.: "УзФА" нашриёти. 1960. Уч томлик. 3-том, 172-бет.

14 Х.Ш.Илиуф. Гиксосы - прототюркский этнос, мигрировавший на Ближний Восток. Семей. 2015.

119

Turonning markazi Ikkidaryo(O'kuz va Inju O'kuz) o'ralig'ida yashagan turlar qavmidan bo'lgan o'kuzbeklar "buyum xatf davridan yozuvga nisbatan san'at namunasi sifatida qaraganlar. Shu bois turlar geksos-finikiy-oromiy alifbosini keng qo'llashgan. Mazkur alifbodan ikki yo'nalishda yangi turkiy yozuvlar shakllangan: 1) oromiy-xorazm-urxun fonogafik yozuvlari; 2) oromiy-sug'd-turkiy-uyg'ur sillabik yozuvlari. Birinchi yo'nalish oromiy-xorazm-urxun fonogafik yozuvi asosida xorazm (II-VIII asrlar) va urxun (dulbarjin, V-VIII asrlar) alifbolari yuzaga kelgan.

Dulbarjin (urxun) yozuvidan namunalar

Urxun alifbosi haqida Ibn Arabshoh "Ajoyibu-l-maqdur fi navoyibi Taymur" (Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari) asarida shunday ma'lumot bergan: "Turkiylarning "dulbarjin'' deb ataladigan yozuvi bor. O'zim ko'rdim, qirq bitta harfi mavjud. Ko'pligining sababi shundaki, turkiylar tovushlarning qalin va ingichkalarini, shuningdek ayirgich talaffuzlilarni alohida harf bilanyozadilar, natijada qo'shimcha belgilar va harflarga ehtiyojpaydo bo'lgan".

Ikkinchi yo'nalish oromiy-sug'd-turkiy-uyg'ur sillabik yozuvi ham o'ziga xos tarixga ega. Sug'd (I-IX asrlar) va uyg'ur (VI-XV asrlar) yozuvlari asosida mumtoz o'zbek alifbosi shakllangan. Bu alifboga Abu Rayhon Beruniy to'rtta harf ("pe", "je", "chim", "go/') qo'shgan. Ushbu 32 harfli alifboni forslarga ham qabul qilishgan. O'rta Osiyo turkiylari arablarning nasx va forslarning ta'liq xatlari asosida mumtoz nasta'liq xatini ijod qilishgan. Turkiy nasta'liq xati ijodkori Mir Ali Tabriziy (XIV asrda) bo'lib, bitish qulay, oson, shakllari sodda, chiroyli hamda tez yozish uchun moslashgan.

Turlardagi yozuvni san'at darajasida qadrlash va hurmat bajo keltirish odati keyinchalik mumtoz o'zbek alifbosiga ko'chgan va jahonga mashhur xattotlik maktablari shakllangan. Xattotlik san'atidan me'morchilik va xalq amaliy san'atida ham keng foydalanilgan. Yurtimizda azaldan me'moriy inshootlar - masjidlar, madrasalar va maqbaralarning tashqi va ichki devorlari, peshtoqlari turli naqshlar bilan birgalikda xattotlik uslublarida yozilgan bitiklar - Qur'oni karim oyatlari, hadislar, hikmatli so'zlar va she'riy parchalar bilan bezatilgan15. Shu sohaga bagishlangan Sulton Ali Mashhadiyning "Xattotlik haqida risola" (XV asr), Hiraviyning "Risolai qavoidi xutut' (XV asr), Muhammad Buxoriyning "Favoid ul-xutut' (XVI asr), Munis Xorazmiyning "Savodi

1 http://dkm. gov.uz/uz/hattotlik-sanati

ta'lim" (XVIII-XIX asrlar) risolalari xattotlik tarixi va amaliyotiga tegishli qimmatli manba sanaladi16.

Xattotlik namunalari

Tur avlodi bo'lgan o'kuzbeklar bilan yaponlardagi yozuvni san'at darajasida e'zozlash qon bilan kirgan tabiiy intilishdir. Mazkur xalqlarning mizoji va fe'l-atvori shu mashg'ulotga mos va uyg'unlik ekanligini hayotiy dalillar tasdiqlaydi. Qadimiy binolar, turli bitiklar va qo'lyozma asarlarni ko'rgan har qanday kishi hayratga tushadi. Ushbu an'analarning hozir ham yosh avlod tomonidan davom ettirayotganligi taxsinga sazovor odat hisoblanadi.

Yaponlar ham o'zining qadimiy yozuvini e'zozlaydigan va bu udum bilan faxlanadigan ellar qatoriga kiradi. Jahonga mashhur hozirgi yapon yozuvi tizimida, asosan, ikki turli belgilar: so'zbelgilar - ierogliflar (yaponcha "kandzi' - xitoy yozuvi asosida) va bo'g'inli belgilar sillabemmalar(ikana"lar) qo'llanadi17

Yapon yozuvi uzoq o'tmishdan bizning davrimizgacha yetib kelgan noyob yozma san'at namunasidir. Yapon kalligrafiyasi yoki shodo tamoyili - juda oddiy: bambuk cho'tka siyohga botiriladi va guruch-qog'ozga ierogliflar chiziladi. Yaponiyada shodo odatiy tasviriy san'at

16 X,acaH ^ygpaTy.maeB. XaT TO3a^Hrn pyx TO3a^HrHgnp. "YîôeKHCTOH agaÔHëTH Ba caHiaTH" raîeTacn, 2013 HHJ 13-COHH,

17 https://qomus.info/encyclopedia/cat-ya/yapon-yozuvi-uz/

121

darajasida qadrlanadi.

Mashg'ulotlar bolalarni ko'p asrlik madaniyatni qadrlash va hurmat qilishga o'rgatadi 18 . Yozuv yapon yoshlarini milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qiladigan vosita hisoblanadi.

Yoshlarning o'z yozuvlarini qadrlanishi

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o'kuzbeklar va yaponlardagi yozuv san'ati juda qadimiy hamda noyob bo'lishi bilan birga o'sha xalqlarning daxlsiz madaniy yodgorligi hisoblanadi. Mazkur san'at namunalarini yoshlarga o'rgatish, ularning qalbi, shuuriga singdirish har bir ziyoli kishining milly burchi sanaladi. Ular bu bilan aha shu madaniy yodgorliklarning kelajak avlodlarga yetib borishidek savobli va ulug' ishga bosh qo'shgan hamda yordamlashgan bo'ladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. 20 томлик. Мухокамат ул-лугатайн. 16-жилд. Т.: "Фан". 2000.

2. Мах,муд Кошгарий. Девону луготит турк. Т.: "УзФА" нашриёти. 1960. Уч томлик. 3-том.

3. Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. Тошкент: "Чулпон", 1994.

4. Насимхон Рахмон. Минг йиллик, туман кунлик ёзувим. «Шарк юлдузи» журнали, 2018 йил, 2-сон.

5. Умирьяев Б. Безвестные тюрки (Исчезнувшие цивилизации). Алматы. "^азак энциклопедиясы", 2014.

6. U.P.Lafasov. O'zbek tili. Toshkent: "TDSHI" nashriyoti. 2019.

7. ХАЛМУРЗАЕВА, Н. Т. (2014). РОЛЬ КАТЕГОРИИ ВЕЖЛИВОСТИ В РЕАЛИЗАЦИИ КОММУНИКАТИВНОЙ СТРАТЕГИИ В ДЕЛОВОМ ОБЩЕНИИЯПОНСКОГО ЯЗЫКА. In Будущее науки-2014 (pp. 303-306).

8. Назарова, С. А. (2019). Современное состояние обучения китайскому языку: анализ действующих учебных программ и учебно-методической литературы. Modern Oriental Studies, 1(1), 21-23.

9. Nuriddinov, N., Mirzakhmedova, K., Nishanbaeva, A., & Djafarov, B. (2021). COPULATIVE COMPOUNDS MADE BY INTERFIX lUj ^Jl. In ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ (pp. 65-69).

10. Каримов, А. А. (2021). СООТНОШЕНИЕ ПОНЯТИЙНОГО И АССОЦИАТИВНОГО НАЧАЛО В ИЕРОГЛИФИЧЕСКОМ ПИСЬМЕ (на примере иероглифа 0 «солнце»). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 76-81.

11. Omonov, Q. S., Rikhsieva, G. S., & Khalmurzaeva, N. T. (2021). THE ORIGIN OF AN OFFICIAL TURKIC STYLE AND ITS PLACE IN THE DEVELOPMENT OF A WRITTEN

18 https://kun.uz/news/2017/06/1 i/Yaponivani-dunvoning eng-zo'r mamlakatlaridan-biriga ajlantirgan ta'limning 10 xususiyati

LITERARY LANGUAGE. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(08), 45-49.

12. Khalmurzaeva, N. T. (2020). Peculiarities of intercultural understanding in Uzbek and japanese verbal communication. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(11), 1473-1481.

13. Omonov, Q. S. (2019). THE WAYS OF OFFICIALISATION OF THE DOCUMENTS AND THE PROBLEM OF LEGITIMIZATION OF THE TEXT. Научные вести, (7), 43-51.

14. Назарова, С. А. (2019). Современное состояние обучения китайскому языку: анализ действующих учебных программ и учебно-методической литературы. Modern Oriental Studies, 7(1), 21-23.

15. Akhmedova, Shakhlo Irgashbaevna. (2021) "SYMBIOSIS OF ARTISTIC TRENDS IN CONTEMPORARY LITERATURE OF THE ARAB COUNTRIES OF THE PERSIAN GULF." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (27673758) 2.09, 105-109.

16. Akhmedova, Shakhlo Irgashbaevna. (2021) "Ideological and artistic searches in the short stories of the arab countries of the persian gulf at the beginning of the XXI century." Asian Journal of Multidimensional Research 10.10, 838-842.

17. Akhmedova, Shahlo Irgashbaevna (2017). "NOVELLISTICS IN THE ARAB COUNTRIES OF THE PERSIAN GULF." International Scientific and Practical Conference World science. Vol. 5. No. 4. 9-11.

Elektron saytlar

1. https://ru.wikipedia.org/Гиксосы

2. http://dkm.gov.uz/uz/hattotlik-sanati

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. https://qomus.info/encyclopedia/cat-ya/yapon-yozuvi-uz/

4. https://kun.uz/news/2017/06/11/Yaponiyani-dunyoning eng zo'r mamlakatlaridan biriga ajlantirgan ta'limning 10 xususiyati

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.