Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDAGI INSTITUSIONAL O‘ZGARISHLAR'

O‘ZBEKISTONDAGI INSTITUSIONAL O‘ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
institut / institusional o'zgarishlar / institusional muhit / institusional matrisa / iqtisodiy o'sish / innovasion iqtisodiyot / klassik iqtisodiy maktab / institusionalizm ta'limoti / neoliberalizm ta'limoti / imkoniyat va cheklov tizimi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — R. A. Kalandarov

Maqolada institutlarning mohiyati va turlari atroflicha tahlil etilgan. Institusional o'zgarishlar orqali real sektorni rivojlantirishga bag'ishlangan nazariy qarashlar evolyusiyasini to'rt bosqichga ajratib o'rganilgan. Amalga oshirilayotgan institusional o'zgarishlarning iqtisodiy o'sishga ta'sirining tahliliga doir ko'plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ularning natijalariga asoslanib aytish mumkinki, evolyusion rivojlanish davomida amalga oshirilgan ba'zi institusional o'zgarishlar mamlakat iqtisodiy o'sishga o'z hissasini qo'shgan bo'lsa, boshqalarida ushbu jarayon ta'sir etmagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDAGI INSTITUSIONAL O‘ZGARISHLAR»

Tashkent State University of Economics

O'ZBEKISTONDAGI INSTITUSIONAL O'ZGARIShLAR

R. A. Kalandarov

PhD, TMI dosent

ANNOTASIYA

Maqolada institutlarning mohiyati va turlari atroflicha tahlil etilgan. Institusional o'zgarishlar orqali real sektorni rivojlantirishga bag'ishlangan nazariy qarashlar evolyusiyasini to'rt bosqichga ajratib o'rganilgan. Amalga oshirilayotgan institusional o'zgarishlarning iqtisodiy o'sishga ta'sirining tahliliga doir ko'plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ularning natijalariga asoslanib aytish mumkinki, evolyusion rivojlanish davomida amalga oshirilgan ba'zi institusional o'zgarishlar mamlakat iqtisodiy o'sishga o'z hissasini qo'shgan bo'lsa, boshqalarida ushbu jarayon ta'sir etmagan.

Kalit so'zlar: institut, institusional o'zgarishlar, institusional muhit, institusional matrisa, iqtisodiy o'sish, innovasion iqtisodiyot, klassik iqtisodiy maktab, institusionalizm ta'limoti, neoliberalizm ta'limoti, imkoniyat va cheklov tizimi.

Kirish. Rivojlangan dunyo mamlakatlari ko'rsatishicha, amalga oshirilayotgan institusional o'zgarishlar mavjud institutlarni davr zaruriyatidan kelib chiqib yangilanishini jarayonidir. Eski institusional tizim iqtisodiy o'sish sur'atlarini sekinlashtiradi va hatto rivojlanishni butunlay to'xtatishiga olib kelishi mumkin. Istiqbolli barqaror rivojlanish yo'li muqobil institusional yondashuvni vujudga keltirish va foydalanishga imkoniyat bermaydi. Jarayonning yakunlanishi institusional tizimning imkoniyatlarining kamayishi hamda institutlar o'zini-o'zi ta'minlash va barqarorligi xususiyatlariga haddan ziyod kuchayishi bilan bog'liq. Jumladan, O'zbekistonda 2019 yilgacha amalda ishlab turgan Iqtisodiyot vazirligi davr talabi tufayli uch karra o'zgarishiga sabab bo'lgan. Birinchisi, bu 2019 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi PQ-4105-son "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori bilan, ikkinchisi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26-martdagi PQ-4653-son "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tashkilolari faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi" Qarori bilan amalga oshdi. Mamlakatimiz Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida O'zbekistonda

288

Tashkent State University of Economics

ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimini joriy etish taklifiga asosida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish hamda Moliya vazirliklari birlashtirilib Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashkil etildi.

Asosiy qism. O'zbekistonda 2016 yil holatiga ko'ra jamiyat va iqtisodiyotning real sektoridagi mavjud vaziyat ma'lum darajada institusional o'zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Qishloq xo'jaligidagi past samaradorlik va tadbirkorlik faoliyatini yuritish motivasiyasining sustligi, valyuta munosabatlaridagi xufyona iqtisodiyotning gullab-yashnashi, korrupsiya darajasining nisbatan yuqoriligi, kreditlash tizimining qamrovi kamligi kabi muammolar mavjud edi. Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizda prezidentlikka saylanishi bilan iqtisodiy islohotlarning yo'nalishlari belgilab olindi, institusional o'zgarishlarning yangi davri boshlandi.

Amalga oshirilgan institusional o'zgarishlar qisqa vaqtda o'z samarasini bera boshladi. Ular insonlar faoliyatining mahsuli bo'lib, ushbu faoliyat doimiy ravishda turli institutlarni qo'shilishi va loyihalanishi jarayonidir. Yangi paydo bo'lgan institusional o'zgarishlar mavjud jamiyatdagi muammolarni hal qilishga olib kelsa ular jamoat ongida mustahkamlanib, me'yor maqomiga ega bo'lib qoladi. Ushbu holat me'yor me'yoriy-huquqiy hujjatlarda yoki davlatning tegishli tuzilmasi bilan mustahkamlangan va nazorat qilinadigan qoidasi sifatida talqin qilinadi.

Institusional o'zgarishlar nazariyasi nuqtai-nazaridan qaraganda yangi me'yorlarni ishlab chiqish jarayoni ochiq yoki yashirin faoliyat asosiy institutlar tabiati bilan bog'liqdir. Unga mos keladigan me'yorlar ildiz otadi, ishlaydi va rivojlanadi, mos kelmaydiganlari esa vaqtinchalik xarakterga ega bo'ladi.

Institusional tuzilmalarning barqarorligi ijtimoiy hayot shakllarining o'zgarmasligini anglatmaydi. U nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlarning ob'ektiv chegaralarini, balki institusional o'zgarishlarning yo'nalishi va mantig'ini ham belgilaydi. Shu bilan birga institutlarning o'ziga xos xususiyatlariga asoslanib, ularning sub'ektiv tomonga egaligini va shunga mos ravishda ularni loyihalash hamda maqsadli shakllantirish lozim. Institusional o'zgarishlar iqtisodiy tizimlarning chuqurlashtiradigan manfaatlari asosida shakllantiriladi. Jumladan, AQShda Rokfellerlar iqtisodiy manfaati tufayli bir qator institutlar shakllanganligini bilamiz. Iqtisodiyotdagi bunday institutlar iqtisodiy tizim sub'ektlari o'rtasidagi aloqa shakllari - shartnomalar, rejalashtirish mexanizmi, iqtisodiy sohada faoliyat yuritayotgan korxonalarning huquqiy shakllari, narxlarni belgilash tartibi va shu kabilar asosida shakllanishini ko'ramiz.

289

Tashkent State University of Economics

Siyosiy sohada institutlar qabul qilingan hududiy tuzilish tamoyillari, turli xil saylov tartib-qoidalari, markazlashtirilgan hokimiyatni boshqarish usullari, davlatning boshqaruv organlarining turli tuzilmalari va hokazolarda namoyon bo'ladi. Mafkuraviy sohada institutlar muayyan milliy g'oyalar, ba'zi ta'limotlar, ilmiy konsepsiyalar, falsafiy nazariyalar kabilarni o'z ichiga oladi.

Institutlar jamiyatning muayyan institusional muhitini shakllantiradi, ular o'zgaruvchan xarakterga ega, doimiy ravishda yangilanib turiladi. Bu shuni anglatadiki, asosiy institutlar jamiyatdagi real sektor faoliyatining asosiy sohalari o'rtasidagi muhim bo'g'in sifatida o'z mazmunini saqlab qolsa ham, ularning o'zgaruvchan harakteri tufayli hayotda doimo rivojlanib boradi.

Xulosa. Shunday qilib, institusional o'zgarishlar yo'li - bu yangi o'zgaruvchan sharoitda o'tmishning ijobiy va salbiy tajribasini hisobga olgan holda iqtisodiyot va jamiyatning o'zini-o'zi angilash jarayonidir. Institusional o'zgarishlar jarayoni tasodifiy va ko'r-ko'rona, sinovlar va xatolar natijasida sodir bo'lishi yoki ijtimoiy taraqqiyotni aks ta'siriga, ilmiy asosga tayanishi mumkin. Institusional o'zgarishlarning evolyusion nazariyasi ongli ravishda amalga oshiriladigan jarayon sifatida o'rganilishi mumkin.

Institusional o'zgarishlar tegishli manbalarga ham ega. Institusional o'zgarishlarning birinchi manbai barcha iqtisodiy sub'ektlarning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotdagi to'siqlarni ongli ravishda yengib o'tishga intilishidir. Bu jarayonda iqtisodiy sektorning har bir guruhi o'z manfaatini ko'zlaydi. Faoliyat natijalari doimiy o'zaro ta'sir jarayonida bir-biri bilan solishtiriladi. Ma'lum iqtisodiy guruh va umuman jamiyat manfaatlari o'rtasida oqilona yechimga erishilgan tashkiliy qarorlar va shakllar barqarorlik xususiyatiga ega bo'ladi, amalga tadbiq etiladi. Boshqacha qilib aytganda, institusional o'zgarishlar jamiyatning iqtisodiy tuzilishidagi murakkab, ko'p qirrali guruhlararo va sub'ektiv o'zaro ta'sirlar natijasidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

3. Балашова Е. Финн Кюдланд и Эдвард Прескотт: движущие силы экономических циклов // Вопросы экономики. 2005. № 1. С. 133-143.

290

Tashkent State University of Economics

4. Балацкий Е.В. Функциональные свойства институциональных ловушек. Экономика и математические методы. 2002. Т.38. №3.

5. Веблен Т. Теория праздного класса. Прогресс, 1984.

6. Кирдина С.Г. Институциональные матрицы и развитие России. Новосибирск: ИЭиОПП СО РАН, 2001.

7. Клейнер Г. Особенности формирования экономических институтов. Экономика и математические методы. 2003. №2. С. 203.

8. Коммонс Дж. Р. Правовые основания капитализма. М.: ГУ ВШЭ, 2011. 416 с. "Wieser's Theory of Social Economics", 1915, PSQ.

9. Милль Дж.С. Основы политической экономики. М.: Прогресс, 1980.

10. Норт Д. Институты, институциональные изменения и функционирование экономики. М.: Фонд экономической книги "Начала". 1997.

11. Норт Д. Пять тезисов об институциональных изменениях Вашингтонский университет г. Сент Луис.

12. Олимжонова Ш.О. Аграр сохдда институционал узгаришларни амалга оширишнинг назарий жихдтлари. Иктисодиёт фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. Т.: 2012. 6 б.

291

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.