Научная статья на тему 'O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO`LGAN XALQARO VA INDEKSLARDA BAHOLASH VA REYTING METODOLOGIYASINING NAZARIY MUAMMOLARI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR IJTIMOIYIQTISODIY VA SIYOSIY – HUQUQIY XALQARO INDEKSLARDA O`RNINI YAXSHILASH AMALIY TAJRIBASI: YUTUQ VA MUAMMOLAR. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO`LGAN XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA MAMLAKAT O`RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI'

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO`LGAN XALQARO VA INDEKSLARDA BAHOLASH VA REYTING METODOLOGIYASINING NAZARIY MUAMMOLARI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR IJTIMOIYIQTISODIY VA SIYOSIY – HUQUQIY XALQARO INDEKSLARDA O`RNINI YAXSHILASH AMALIY TAJRIBASI: YUTUQ VA MUAMMOLAR. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO`LGAN XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA MAMLAKAT O`RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
18
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xalqaro indeks ko`rsatkichlari / ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar / Prezident qaror va farmoyishlari / Xalqaro indeks agentligi / iqtisodiy o`sish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turaqulova Ozoda Hamza Qizi

O`zbekiston Respublikasining xalqaro indekslardagi o`rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy amalga oshirilgan ishlar , reyting va indekslarda nufuzli o`rinlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO`LGAN XALQARO VA INDEKSLARDA BAHOLASH VA REYTING METODOLOGIYASINING NAZARIY MUAMMOLARI. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR IJTIMOIYIQTISODIY VA SIYOSIY – HUQUQIY XALQARO INDEKSLARDA O`RNINI YAXSHILASH AMALIY TAJRIBASI: YUTUQ VA MUAMMOLAR. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO`LGAN XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA MAMLAKAT O`RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

OZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO LGAN XALQARO VA INDEKSLARDA BAHOLASH VA REYTING METODOLOGIYASINING NAZARIY MUAMMOLARI. OZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR IJTIMOIY-

IQTISODIY VA SIYOSIY - HUQUQIY XALQARO INDEKSLARDA ORNINI YAXSHILASH AMALIY TAJRIBASI: YUTUQ VA MUAMMOLAR. O ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO LGAN XALQARO REYTING VA

INDEKSLARDA MAMLAKAT ORNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI.

Turaqulova Ozoda Hamza qizi Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti talabasi Navoiy Kon Metallurgiya

Kombinati AJ xodimasi https://doi.org/10.5281/zenodo.101432 74

Annotatsiya. Ozbekiston Respublikasining xalqaro indekslardagi o'rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan istiqbolli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy amalga oshirilgan ishlar , reyting va indekslarda nufuzli orinlar

Kalit so^zlar: Xalqaro indeks korsatkichlari, ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar, Prezident qaror va farmoyishlari, Xalqaro indeks agentligi, iqtisodiy o'sish.

Аннотация. Реализующихся перспективные реформы для улучшения позиций Республики Узбекистан в международных индексах, социально -экономической деятельности,престижнй позиции в рейтингах и индексах.

Ключевые слова: Международные индексные индикаторы , социально -экономические реформы, Президентские указы и решения.

Annotation. Prospective reforms to improve the position of the Republic of Uzbekistan in international indexes, social and economic achievements , prestigious positions in ratings and indexes

Keywords: International index indicators, socio- economic reforms, President s orders and decisions , International index agency, economic growth.

KIRISH:

Har qanday davlatning siyosiy ijtimoiy hamda iqtisodiy o'sishi yo'lidagi islohot va tashviqotlari zamirida avvalambor xalq farovonligini yuksaltirish , aholi turmush tarzi yuqori sifatda bo'lishini ta'minlash, inson ehtiyojlari va huquqlarini yanada mustahkamlash eng asosiy maqsad etib belgilangan. Davlatlarda olib borilayotgan islohot va ko'rsatkichlarni baholash uchun xalqaro reyting agentligi mavjud bo'lib agentlik xulosasi va baholash ko'rsatkichiga qarab mamlakat xalqaro hamjamiyat e'tirofiga sazovor bo'ladi . O'z nufuziga ega davlatlar bilan ko'pgina xalqaro investorlar hamkorlik ishlarini olib borishiga qiziqishiga sabab bo'ladi. Va bularning barchasi davlat iqtisodiy ko'rsatkichi o'sishiga xizmat qiladi. Xalqaro indeks ko'rsatkichi deyilganda avvalambor tadbirkorlik hamda xorijiy investorlar uchun qulay shart -sharoit, inson huquqlari mustahkamligi, mamlakat rivojlanish yo'li, davlat ijro hokimiyati roli va boshqaruvi nazarda tutiladi.

So'nggi 7 yillikda O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ishlar nufuzli xalqaro agentlik tomonidan tez tez e'tirof etib kelinayotgani quvonarli hol. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev izchil chora tadbirlari o'laroq 2019-yil 25-fevralda "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rnini yaxshilash chora tadbirlari to'g'risida " PQ -4210- sonli qarori , 2020- yil 2 iyundagi "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ishlashning yangi mexanizmini joriy etish to'g'risida " gi PF -6003 - sonli farmoni, 2022 yildagi 1-iyundan " O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ning 2022-yil 28- yanvardagi PF-60 - son farmon " lari bilan xalqaro reyting da o'z o'rnimizni topishimiz uchun aniq strategiya tuzib ishlab chiqildi. Ko'zlangan natija va muvaffaqiyatlarga erishish uchun qarorlar va farmonlar izchillik bilan amalga oshirilishi zarur. Buning uchun joylarda tegishli organlar va ma'sullar biriktirilgan bo'lib qaror va farmonlar ijrosi amalga oshirilishi yuzasidan o'z vakolati doirasida vazifalarni bajarib kelmoqdalar.

Xalqaro reyting va indeks tushunchalari haqida mamlakatimiz aholisi hali to'liq tushuncha ola olishgani yo'q deb o'ylayman. Shu bois Xalqaro reyting va indekslanish , sohadagi yutuq va kamchiliklar, ularni bartaraf etish to'g'risida turli konferensiya va referendumlar o'tqazish , aholining ziyoli qatlamini shu sohaga jalb qilish sa'y harakatlari o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi tranzit imkoniyatlari keng hamda iqtisodiy - geologik o'rni sabab Markaziy Osiyoda yetakchi davlat sanalib jahon bozor iqtisodiyotida o'z nufuziga ega davlat sanaladi. O'zbekiston Respublikasi hududi tabiiy boyliklari va mineral - resurslarga boyligi jihatdan yetakchi o'rinda . Iqtisodiyot shakllanishi va o'sishi , rivojlanishiga , jahon bozorlarida o'z o'rniga ega bo'lishda , mamlakatni yuqori indeksga ko'tarishga tabiiy boyliklarimiz o'rni alohida e'tiborga loyiq. Yurtimizda jami 120ga yaqin foydali qazilmalar mavjud bo'lib 2700 dan ziyod tabiiy mineral resursli konlar topilgan.

O'zbekiston jahon mamlakatlari o'rtasida oltin zaxiralari bo'yicha 4- o'rin da turadi. Tabiiy gaz zaxirasi ya'ni yoqilg'i energetika bo'yicha esa 14-o'rinda . Foydali qazilmalar , yirik konlar asosan Navoiy viloyati, Toshkent , Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida mavjud bo'lib , foydali qazilmalarni qazish, qayta ishlov berish , iste'molga yetqazib berish , import va eksportning barchasi aynan o'sha hudud zavodlarida amalga oshiriladi. Xususan , Navoiy kon metallurgiya kombinati jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar o'ntaligiga kiradi. Navoiy kon Metallurgiya kombinati o'zining tog' - kon transportlari , zamonaviy va ilg'or texnologiyalariga ega kon va zavodlari mavjud bo'lgan yirik kompaniya . Navoiy kon metallurgiya kombinatining "999,9" sofikda oltin quymalari sofigi jihatdan jahon oltin bozorida o'z o'rniga va brendiga ega. Bunday omillar mamlakatda iqtisodiy o'sish suratlarini jadallashtirib , xalqaro reytingdagi o'rnimizni mustahkamlab kelmoqda. Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan 2023 yil ko'rsatkichlari bo'yicha "Fuqarolar uchun byudjet " nashri ommaga havola etildi. Biz bu ko'rsatkichlarda ko'rishimiz mumkunki , O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining Soliq tushumlarida Navoiy kon metallurgiya kombinatining qo'shgan ulushi 14,8 % bilan birinchi o'rinda, Olmaliq kon metallurgiya kombinati 8,1 % bilan ikkinchi o'rinda , "O'zbekneftgaz" AJ "O'ztransgaz" AJ esa uchinchi o'rinda . Bu ma'lumotlarga e'tibor qiladigan bo'lsak jahon miqyosida O'zbekiston nufuzni oshirish , xalqaro hamkorlik aloqalar sifatini ko'tarish , xalqaro reyting ko'rsatkichlarida tutgan mavqeini mustahkamlash uchun bu kabi sohalar o'rni beqiyos.

Yutuq va kamchiliklar. Amalga oshirilayotgan islohot va strategiyalar. Sohadagi muammolar yechimi. Yangi O'zbekiston gazetasining nashrlarida yozilishicha, O'zbekiston Respublikasi Jahon Meros jamg'armasining "Iqtisodiy erkinlik " indeksida, Jahon bankining "Logistika samaradorligi" indeksida , Jahon " Biznes yuritish " indeksida va yana bir qancha xalqaro indekslarda yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda. Sohada yutuqlar bo'lgani asnosida ayrim kamchilik va muammolar ham yo'q emas. O'tqazilgan so'rovlarda aniqlanishicha ayrim rahbarlarning reyting bilan ishlash bo'yicha yetarlicha e'tibor qaratmaganligi , qaror va farmonlar ijrosi negizidagi islohotlar vaqtida o'z aksini topmayotgani holatlari kuzatilgan . Shu va shunga o'xshash xolatlar oqibatida O'zbekiston Respublikasi xalqaro reyting va indekslarda

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

quyi pog'onalarda qolishiga sabab bo'lmoqda . O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishni beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. Ushbu kengashning asosiy vazifasi : Xalqaro reyting va indekslarda yuqori pog'onaga ko'tarilish uchun nimalar to'siq bo'lib kelayotganini aniqlash, tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarida ko'zlangan samaali islohotlar bajarilishi tashabbusni ilgari surish, davlat miqyosida kechayotgan iqtisodiy - ijtimoiy va siyosiy - huquqiy taraqqiyot darajasini tahlil qilish etib belgilandi.Kengashning eng asosiy ustuvor maqsadi bu avvalombor mamkatimiz uchun muhim xalqaro reyting va indekslarda o'rnini yaxshilash bosh mezon etib belgilandi. Shuningdek , "O'zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda " yagona portali ishga tushirildi. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi. Kengashda o'ranatilgan tartibga muvofiq ma'sul davlat organlarining rahbarlari har oyning belgilangan sanasida kengash ishchi organlariga amalga oshirilgan ishlar, kerakli statistik axborotlar , soha faoliyatiga oid materialllar taqdim etib, zaruriy ko'rsatma va topshiriqlar ustida ishlashadi. Prezident tomonidan ushbu qaror va farmonlarning ijrosini nazorat qilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Abdulla Aripov, O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri O'rinbosari J.A.Qo'chqorov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya rahbari

Z.SH.Nizomiddinov zimmasiga yuklatildi.

REFERENCES

1. Lexuz sayti

2. NKMKoffcial. uz

3. Yangi O'zbekiston gazetasi

4. Mbaza.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.