Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRILAYOTGAN YANGI SABZAVOT TURI MANGOLD'

O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRILAYOTGAN YANGI SABZAVOT TURI MANGOLD Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Mangold / boshlang‘ich manbaa / navlar seleksiyasi / variant / urug‘chilik / Baraze / mulchalash.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rasulova Gulorom Rasul Qizi

Mazkur maqolada barg lavlagi-mangold o‘simligidan O‘zbekiston sharoitida ochiq dalada hosil olish va mangold navlarining seleksiyasi uchun boshlang’ich manbaalarni ajratish texnologiyasi bayon etilgan. Sho‘radoshlar oilasiga mansub bo‘lgan mangoldning asl vatani O‘rta Yer dengizi bo‘lib, bugungi kunda dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida yetishtiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRILAYOTGAN YANGI SABZAVOT TURI MANGOLD»

O'ZBEKISTONDA YETISHTIRILAYOTGAN YANGI SABZAVOT TURI MANGOLD

Rasulova Gulorom Rasul qizi

SPE va KITI tayanch doktoranti https://doi.ors/10.5281/zenodo.11206583

Annotatsiya. Mazkur maqolada barg lavlagi-mangold o'simligidan O'zbekiston sharoitida ochiq dalada hosil olish va mangold navlarining seleksiyasi uchun boshlang'ich manbaalarni ajratish texnologiyasi bayon etilgan. Sho'radoshlar oilasiga mansub bo'lgan mangoldning asl vatani O'rta Yer dengizi bo'lib, bugungi kunda dunyoning ko'plab rivojlangan mamlakatlarida yetishtiriladi.

Kalit so'zlar: Mangold, boshlang'ich manbaa, navlar seleksiyasi, variant, urug'chilik, Baraze,mulchalash.

Аннотация. В данной статье описана технология получения урожая листовой свеклы-мангольда в условиях Узбекистана в открытом грунте и выделения исходных ресурсов для селекции сортов мангольда. Родиной мангольда, принадлежащего к семейству солончаков, является Средиземноморье, и сегодня его выращивают во многих развитых странах мира.

Ключевые слова: мангольд, первоисточник, селекция сортов, вариант, семеноводство, Бараз,мульчирование.

Abstract. This article describes the technology for obtaining an open field crop in the conditions of Uzbekistan from the Leaf beet-mangold plant and separating the primary sources for the selection of mangold varieties. Mangold, a member of the Salt Marsh family, was originally native to the Mediterranean and is cultivated today in many developed countries around the world.

Keywords: Mangold, primary source, selection of varieties, option, seeding, Baraze, mulching.

Kirish. O'zbekiston sharoitida yetishtirilayotgan sabzavot ekinlari turini oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ko'pgina sabzavot ekinlari qatorida mangold o'simligini ham ahamiyati katta, lekin respublikamizda mangold o'simligi e'tibordan chetda qolmoqda. Shuni e'tiborga olgan holda sabzavot ekinlarining kasalliklariga chidamli, mo'l hosil beradigan oziqlik va texnologik sifatlari qimmatli bo'lgan va shu bilan birga tashqi muhitning noqulay sharoitlariga ekologik jihatdan moslasha oladigan navlarini urug'larini ko'paytirish va joriy etish muhim ahamiyatga egadir. Mamlakarimizda mangold o'simligi aholi iste'molida hali ommalashmagan chunki, bu kam tarqalgan ekin haqida ma'lumotlar yetarli emas. O'zbekistonda mangold o'simligini yetishtirishni xo'jaliklarda joriy etish, uning iqlim sharoitlariga moslasha oladigan navlarini yaratish dolzarb muammolardan biridir.

Tadqiqot metodikasi: Mangoldni issiqxonalarga va ochiq maydonlarda yetishtirib mo'l hosil olish mumkin. Mazkur sabzavot ekinining aksariyat nav va duragaylari ikki yillik bo'lib, bir yillik navlari ham mavjud. Ikki yillik navlarida hayotining ikkinchi yilida 150 sm gacha uzunlikdagi gulpoya chiqaradi.

Mangoldning o'sishi va rangi rivojlanishiga 25 ° C dan yuqori harorat salbiy ta'sir qiladi. Barg lavlagi yuqori haroratga bardosh beradi. Mangold yaxshi o'sishi uchun unumdor, nam tuproqni talab qiladi. Me'yordan ortiq namlik yoki noto'g'ri sug'orish barglarning sarg'ayishiga va barglarning achchiqlanishiga , ba'zi navlarining ildizlarning yorilishiga olib kelishi mumkin. Ular dengiz qirg'oqlaridan kelib chiqqanligi sababli tuzning cheklangan konsentratsiyasiga bardosh

beradi va biroz sho'rlangan suv bilan sug'orilishi mumkin. Barg lavlagi urug'i bilan ko'paytiriladi. Urug'lar glomerulalarga yoki urug'donlarga to'planadi

Tadqiqot natijalari. O'zbekiston sharoitida mangolddan ochiq dalada yuqori hosil olish va navlarining seleksiyasi uchun boshlang'ich manbaalarni ajratish maqsadida bir nechta kolleksiya nav namunalari o'rganildi. Asosiy ekin (sabzi) yig'ishtirib olingandan so'ng, yer sug'orildi va yetilgach 30sm chuqurlikda haydalib, boronalandi. Molalangandan so'ng, jo'yak olindi. Tayyorlangan yerga 15.03.2023 da nav namunalari 70x20 sxemada ekildi va ekilgan kundan boshlab unda dastlabki fenologik fazalari kuzatuvlari boshlandi (1-jadval).

1-jadval

Vegetatsiya davrida mangold navlarining biometrik ko'rsatkichlari

Navlar 1 tup o'simlikda barglar soni, dona 1 ga maydonda barg soni ming dona Barg uzunligi (bandsiz) sm Barg bandining uzunligi Barg kengligi. sm Ildiz bo'g'zida joylashgan barglar diametri

Fayr freshF 1 52 1114 25 23 16 44

Bright lights 44 979 28 25 15 41

Baraze 38 887 34 24 17 33

Miraj 41 1013 38 29 14 37

Vulkan 51 1211 32 30 17 55

Aliy 53 1221 26 28 18 51

Krasniy 58 1110 42 25 15 60

Izumrud 44 1063 39 23 11 58

Bunda o'simlikning qiyg'os unib chiqishi, dastlabki 1,2,3 chin barg chiqarishi, ko'chat qalinligini aniqlash, bargning o'sish rivojlanishini aniqlash kabi kuzatuvlar amalga oshiriladi. Dastlabki nihollar ekilgandan so'ng 14-15 kundan keyin unib chiqdi. Mangold urug'lari unib chiqqanda tuproqning yuzasiga urug'pallali barglar va ularning orqasida o'sish kurtagi paydo bo'ldi. Dastlablki 10 ta bargi juft bo'lib hosil bo'ldi. Haqiqiy barglarning 3 ta jufti 3-4 kunda hosil bo'ldi. O'simliklar yalpi hosilga kirganda biometrik o'lchashlar o'tkazildi. Bunda o'simlikni asosiy poyasi uzunligi, barglar soni va uzunligi, barg yuzasi va massasi, barg bandi uzunligi, aniqlandi. O'lchovlar har bir maydonchadagi 10 ta o'simlikda o'tkazildi (2-jadval).

2-jadval

Ochiq sharoitda yetishtirilgan mangold navlaring hosildorligi

Navlar Hosildorlik, t/ga 1 tup o'simlik massasi, g

Fayr fresh F1 27 1810

Bright light 25 1114

Baraze 26 1211

Miraj 0 0

Vulkan 26 1714

Aliy 28 1250

Krasniy 38 1950

Izumrud 24 1533

O'simliklarning kasalliklarga chidamliligi vizual usulda aniqlandi.Unga ko'ra, mangold barglarida kuzgi tunlamlar tufayli teshikchalar paydo bo'ldi. Mangold navlari hosildorlik

ko'rsatgichlarini hosili yetilishi bilanoq o'tkazildi.

Har bir maydonchada umumiy hosil terilib, uni tovarbop va notovar qismga ajratildi. Har bir terim torozida alohida tortildi hamda tovarbop va notovar hosil foizlari hisoblanadi.

Tajribada olingan mangold navlarining aksariyat qismi ikki yillik bo'lib ular orasida faqat Baraze navi birinchi yilda gulpoya chiqarib urug ' berdi. Gullari ikki jinsli, gulqo'rg'oni oddiy, besh bargchali, yashil, mayda, ostki tomondan qo'shilgan, keyinchalik yog'ochlanib (qotib) qoladi. Changchilari 5 ta, tugunchasi 2-3 tumshuqchali. Mevasi yetilgach, ko'sakchasi ochiladi.. Urug'i buyrak shaklda, jigarrang, diametri 1,5-3 mm. Mo'tadil iqlim navlarida gullash uchun 2 hafta davomida 4-10 ° C harorat yetarli. Tropik mintaqa navlarining harorat talabi yuqori. Uzoq kunlar gullashni yanada kuchaytiradi. Changlanish asosan shamol orqali amalga oshiriladi, lekin gullar nektar hosil qiladi va ularga hasharotlar ayniqsa, arilarni o'ziga jalb qiladi. Baraze navining urug'lari quritildi, saralandi va keyingi yil ekuv materiali sifatida olib qo'yildi. Ikki yillik mangold navlarning ildizmevalari mulchalab chiqildi. Bu qoldirilgan ona materialning sovuq, turli mexanik ta'sirlar va zararkunandalardan himoyalaydi. Buning uchun barcha barglar o'rib olindi va ildizmevalari qum va yog'och qipig'i aralashmasiga ko'mib qo'yildi.

Tadqiqot natijalarining statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturlarida B.A.Dospexov tavsiya etgan dispersion tahlil usuli bo'yicha hisoblandi.

Xulosa. Ma'lumotlarga ko'ra, inson bir yilda istemol qilgan sabzavotlarining16.5% qismini ko'katlar tashkil qilsa odam organizmining yillik vitamin va oziq moddalarga ehtiyoji qoplanar ekan. Shunday ko'kat sabzavotlar qatoriga mangold o 'simligini ham kiritish zarurdir. Chunki uning tarkibida inson salomatligi uchun muhim bo'lgan minerallar, makro va mikroelementlar hamda A, B guruh, E. PP kabi vitaminlar, oksalat kislotalarga juda boy.

REFERENCES

1. O.B.Yunusov, R.T.Yuldashev. Kam tarqalgan mangold o'simligining ahamiyati va shifobaxshlik xususiyati. O'zbekiston agrar fani xabarnomasi (3)22.104-bet

2. H.Ch..Bo'riyev.Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi.Toshkent-1999.295-bet

3. https://enwikipidiya org/wiki/Beta vulgaris

4. https://www.missouribotanicalgarden.org

5. Librarie Larousse, ed. (1984). Larousse Gastronomique: The World's Greatest Cooking Encyclopedia. The Hamlyn Publishing Group Limited.

6. https://thameslayton.org.uk

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.