Научная статья на тему 'MAHALLIY VA DURAGAY SABZI NAVLARINI YETISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG’CHILIGI'

MAHALLIY VA DURAGAY SABZI NAVLARINI YETISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG’CHILIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
288
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
abzi navlari / Mushak 195 (ertapishar) va Nurli (o’rtapishar) / Mirzoyi qizil 228 / Mirzoyi sariq 304 (o’rta ertagi) / Nant 4 / Shantane 2461 (o’rtagi) KaskadeF1 / Puma F1 / Davlat reestri / nav duragay / Abako F1 / Aurantina F1 / Baraka / Bolteks F1 / Ziynatli / Carrot varieties / Mushak 195 (early ripening) and Nurli (middle ripening) / Mirzoyi red 228 / Mirzoyi yellow 304 (middle ripening) / Nantes 4 / Shantane 2461 (medium) KaskadeF1 / Puma F1 / State register / variety hybrid / Abako F1 / Aurantina F1 / Baraka / Bolteks F1 / Ornamental

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Egamov Xusanboy, G’Ayratbek Davronbekovich Raxmatullaev, Solijonov Shaxbozbek Zafarjon O’G’Li

Ushbu maqolamizda Farg’ona vodiysi sharoitida maxalliy hamda duragay sabzi o’silimligi navlarini yetishtirish jarayonidagi o’ziga xos urug’chililik tizimini ishlab chiqish bo’yicha qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF CULTIVATION OF LOCAL AND HYBRID CARROT VARIETIES AND SEED PRODUCTION

This article provides valuable information on the development of a unique breeding system in the process of growing local and hybrid carrot varieties in the Fergana Valley.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY VA DURAGAY SABZI NAVLARINI YETISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG’CHILIGI»

MAHALLIY VA DURAGAY SABZI NAVLARINI YETISHTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA URUG'CHILIGI Egamov Xusanboy

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti, qishloq xo'jalik fanlari nomzodi

dotsent

G'ayratbek Davronbekovich Raxmatullaev

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti, qishloq xo'jalik fanlari falsafa

doktor (PhD) Solijonov Shaxbozbek Zafarjon o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti Selektsiya va urug'chilik ta'lim

yo'nalishi magistranti https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6600470

Annotatsiya. Ushbu maqolamizda Farg'ona vodiysi sharoitida maxalliy hamda duragay sabzi o'silimligi navlarini yetishtirish jarayonidagi o'ziga xos urug'chililik tizimini ishlab chiqish bo'yicha qimmatli ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zi: Sabzi navlari, Mushak 195 (ertapishar) va Nurli (o'rtapishar), Mirzoyi qizil 228, Mirzoyi sariq 304 (o'rta ertagi), Nant 4, Shantane 2461 (o'rtagi) KaskadeFi, Puma Fi, Davlat reestri, nav duragay, Abako Fi, Aurantina F1, Baraka, Bolteks Fi, Ziynatli

ОСОБЕННОСТИ ВОЗДЕЛЫВАНИЯ МЕСТНЫХ И ГИБРИДНЫХ СОРТОВ

МОРКОВИ И СЕМЕНОВОДСТВА

Аннотация. В данной статье приведены ценные сведения о разработке уникальной системы селекции при выращивании местных и гибридных сортов моркови в Ферганской долине.

Ключевые слова: сорта моркови, Мушак 195 (раннеспелый) и Нурли (среднеспелый), Мирзои красный 228, Мирзои желтый 304 (среднеспелый), Нант 4, Шантане 2461 (среднеспелый), Каскаде F1, Пума F1, Госреестр, сортогибрид, Абако. F1, Аурантина F1, Барака, Болтекс F1, Орнаментал,

PECULIARITIES OF CULTIVATION OF LOCAL AND HYBRID CARROT VARIETIES AND SEED PRODUCTION

Annotation. This article provides valuable information on the development of a unique breeding system in the process of growing local and hybrid carrot varieties in the Fergana Valley.

Keywords: Carrot varieties, Mushak 195 (early ripening) and Nurli (middle ripening), Mirzoyi red 228, Mirzoyi yellow 304 (middle ripening), Nantes 4, Shantane 2461 (medium) KaskadeFi, Puma Fi, State register, variety hybrid, Abako Fi, Aurantina Fi, Baraka, Bolteks Fi, Ornamental,

KIRISH

Sabzi (Daucus)-soyabonguldoshlar oilasiga mansub ikki, qisman bir yillik o'tsimon o'simliklar turkumiga kiruvchi, sabzavot ekini. Sabzining 60 dan ortiq turi bor. Bir turi (D.carota)-madaniy sabzi ekiladi. Bu tur G'arb (O'rta yer dengizi havzasidan kelib chiqqan 4 tur xil-karotinli, sariq, oq, binafsharang sabzilar) va Osiyo (Afg'oniston va nga yaqin huddlardan kelib chiqqan 6 tur xil- sariq, binafsharang, pushti, oq sabzilar) kenja turiga bo'linadi.Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda karotinli navlari tetishtiriladi. Dehqonchilikda milloddan avvalgi 2 ming yillikdan ma'lum. Jahon bo'yicha sabzi ekin maydoni 861 ming ga, yalpi hosili 18,4 mln. T, hosildorligi 214,3s/ga. Sabzi birinchi yil barg chiqarib, ildizmeva beradi, 2-yili gulpoya chiqarib urug' beradi. Sabzi namsevar (ayniqsa unish, gullsh va ildizmeva tugish davrida), yorug'sevar, sovuqqa chidamli o'simlik(maysalari -2 gradusga chidaydi) [1].

Urug'i 4-5 gradusda unib chiqadi. 18-20 gradusda yaxshi rivojlanadi. O'suv davri 80-110 kun. Osiyo kenja turiga kiradigan sabzi navlari barglari yaproqli, 3 karra patsimon qirqilgan. Guli 2 jinsli, to'pguli murakkab, soyabon, hasharotlar yordamida changlanadi. Urug'I mayda 1000 donasi 1-1,5g. Ildizmevasi sersv, naviga qarab dumaloqroq, silindrsimon rangin oq, sariq va ba'zan och qizg'sh, och qizil, uzunligi 8-17sm, vazni 30-200g va undan ortiq. Ildizmevasida 10-12% qand, 9,2% uglevodlar, 1,1% azotli moddalar va S,B, PP vitaminlari, 9,0 (20-25 gacha)mg% karotin bor. Sabzi bir yilda uch marta ekiladi. Ertagisi fevral oxiri- mart boshlarida,yozgisi 15 iyundan-15 iyulgacha, qishgisi noyabr oxiri- dekabr boshlarida ekiladi. Urug'I 4 grausda 12-20 kunda unib chiqadi. Unib chiqishiga qadar suvga juda talabchan. Qator orasi 60, qatordagi tasmalar oralig'i15-20 sm sxemada ekiladi. Ikkinchi yaganadan keyin o'simliklar oralig'i 5-7 sm bo'lishi kerak. O'suv davrida o'toq qilinadi, yaganalanadi, qator orasi yumshatiladi, oziqlantiriladi, 7-12 marta sug'oriladi. Sabzi yalpi kavlab olinadi. Hosildorligi 60-70st/ga. Shimoliy rayonlarda va Yevropa mamlakatlarida asosan qizil, markaziy Osiyo mamlakatlarida sariq sabzi ekiladi. [2].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekistonda xalq seleksiyasida sabzining Mushak 195(ertapishar) va Nurli (o'rtapishar), Mirzoyi qizil 228, Mirzoyi sariq 304(o'rta ertagi), Nant 4, Shantane 2461(o'rtagi) va ziynatli, KaskadeF1, Puma F1 va boshqa navlari va duragaylari ekiladi. Davlat reestriga sabzining quyidagi nav va duragaylari kiritilgan. Abako F1, Aurantina F1, Baraka, Bolteks F1, Ziynatli, Kaskade F1, Karson F1, Kanada F1, Komt F1, Kupar F1, Mirzoyi jyoltaya 304, Mirzoyi krasnaya 228, Monanta F1, Mshak 195, Nantskaya 4, Nanko F1, Rosita F1, Farovon, Shantane 246. [3].

2G22 № 2

Parvarishlash texnalogiyasi. Sabzi urug'lari SKON -4,2, SMM-4 rusumli seyalkalar bilan 1,5-2sm chuqurlikka 52x8, 62x8sm sxemada ekiladi. Urug' sarfi gektariga 5-6kg. Sabzini parvarishlash jarayonidagi eng muxim masalalardan biri urug'ni yerdan tekis undirib olishdir. Sabzi nihollari tuproq doim nam bo'lganda 5-7 kunda ko'rinadi va 10 kunda unib chiqadi. Sabzi unib chiqishi bilan darhol begona o'tlarni o'tashga va yaganalshga kirishish kerak. Sabzi 2 marta o'taladi. Dastlabki o'tash sabzi bitta chinbarg chiqarganda, keyingisi esa 3-4 barg chiqarganda o'tkaziladi. Har o'toq qilinganda yagana ham qilinadi. [4].

Begona o'tlarni yo'qotish uchun gerbitsidlardan foydalaniladi. Gerbitsid sepilgan sabzi ekinlari mevalarini 4 oydan ilgari iste'mol qilish ta'qiqlanadi. Sabzi ekinining ildizi yaxshi rivojlangan, tuproqqa nisbatan chuqur taraladi, barg shapalog'i unchalik katta emasligidan suvni ko'p bug'lantirmaydi, ammo tuproqning biroz chuqur qatlamidan nam tortib olish qobiliyatiga ega. Demak ularning suvga o'ta talabchan emasligi boisi ham shunda. Sabzi o'stirishda tuproqning to'yingan dala nam sig'imiga nisbatan sug'orishdan oldingi tuproq namligi 70 -75% bo'lishi kerak. Ildizmevali sabzavotlar o'suv davrida suvni har xil miqdorda talab qiladi, urug'ning unib chiqishi, shuningdek bargning jadal suratda o'sish va hosil to'plash davrida ekinlarning suvga talabchanligi biroz oshadi. Ildizmevasi yetilgan vaqtda ekin haddan tashqari ko'p sug'orilsa, uni uzoq saqlab bo'lmaydi va yorilib ketishi mumkin. Tuproq nami yetishmasa sabzining bargi qorayadi, ortiqcha sernam bo'lsa och yashil tusga kiradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Sabzini o'g'itlash. Respublikani barcha mintaqalarida sabzi bog'lar orasiga ertagi muddatda ekiladi. Sabzi boshqa sabzavotlar kabi tuproq unumdorligiga asosiy oziqa elementlariga talabchandir. Oziqa elementlari yetarli miqdorda tavsiya etilgan miqdorda berilganda yuqori hosil olish mumkin. Respublikada eng ko'p tarqalgan qadimdan sug'orib kelinayotgan bo'z tuproq yerlardan ertagi sabzining gektaridan 25 tonnadan xosil olish uchun sof xolda 150 kg azot, 80 kg fosfor, 45 kg kaliy solish kerak; o'tloqi, o'tloqi botqoq yerlarda yetishtirilganda sof xolda 120 kg azot, 70kg fosfor, 40kg kaliy berish kerak. Sho'rlangan taqir yerlarda yetishtirilganda esa sof xolda 160kg azot, 80kg fosfor, 50kg kaliy berish kerak bo'ladi. Beriladigan ma'dan o'g'itlar ichida ammiak selitra, ammofos, superfosfat, o'zimizda ishlab chiqarilayotgan muborak fosforit koni fosfor o'g'itini qo'llash yaxshi natijalarni beradi. Fosfor o'g'itini yillik miqdorini 75%, kaliyni hammasi yerlarni asosiy ishlov davrida, qolgan 25% fosforni yerni boronalab egat olishda berish tavsiya beriladi. Azotli o'g'itlarni hammasi vegetatsiya davrida oziqlantirishda ikkikga bo'lib beriladi. Birinchi oziqlantirish o'toq qilib

o'simlik soni siyraklashtirilganidan so'ng, ikkinchisi esa 2-3 tadan chin barg paydo bo'lganda o'tkaziladi.

Sabzi maysalarining paydo bo'lishi, shuningdek nihollarining rivojlanishi juda sekinlik bilan boradi. Birinchi chin bargi maysalari paydo bo'lganidan 12-15 kundan keyin paydo bo'ladi, ildizmevasining yo'g'onlashuvi urug'i ekilganidan 40-60 kun keyin boshlanadi. Ildizmevasi sabzi maysalari paydo bo'lganidan boshlab hisoblaganda tezpishar navlarida 80-100 kundan keyin, kechpishar navlarida 120-140 kundan keyin to'la yetilib oladi. Sabzining gllashi ildizmevalari ekilganidan 45-46 kundan keyin markaziy poyasining soyabnlaridan boshlanadi. So'ngra keyingi tartib soyabonlari gul ochadi. Har bir soyabon doirasida gullash chetki soyabonchadan boshlanadi. Ayrim soyabonchaning gullashi 4-5 kun, to'pgulning ochilib turishi 10-15 kun, butun o'simlikning gullab turishi esa, 25-30 kun davom etadi. Kunning uzun, haroratning yuqori va namlikning past bo'lishi gullashni tezlashtiradi. Sabzi navlari bir biri bilan va yovoyi holda o'suvchi bir yillik formalari bilan oson chatishadi. Shu munosabat bilan seleksiya ko'chatxonalari o'rtasidagi fazoviy izolyatsiya ochiq yerlarda kamida 2000m va yopiq yerlarda 800m, tanlangan ayrim guruhlar o'rtasidagi izolyatsiya esa kamida 100-500m bo'lishi kerak.

MUHOKAMA

Urug'shunosligi. Sabzi mevasi-bir biridan oson ajraladigan ikkita urug'dan iborat meva. Sabzi urug'lari beshta asosiy qovurg'asining sust rivojlanganligi bilan ziradoshlarga mansub boshqa o'simliklarning mevalaridan farq qiladi. Sabzi erkin holda changla nganida bitta soyabonda 1000 tadan to 2000 tagacha urug' hosil bo'ladi. Bir tup urug'lik sabzidan 2,5g dan 15g gacha urug' olinadi. Sabzida urug'larning yetilish bosqichi 15-25 kun davom etadi. Mum pishiqlik davrining oxiriga kelib urug'larning namligi 55-52% gacha tushadi, unuvchanligi esa ortib, 54-74% ga yetib qoladi, shu davrda sabzi urug'larini yig'ib, keyin sun'iy ravishda yetiltirib olish mumkin. Biologik yetuklik fazasida, ya'ni urug'lik obdon yetilib oldigan davrda urug'larning namligi 45-43% gacha tushadi, unuvchanligi esa, eng yuqori darajaga 74-76% ga yetadi. Sabzi urug'lari mayda 1000 dona urug' og'irligi 1 -1,8g ni tashkil etadi Bir killogramda 600 ming-1mln dona urug' bo'ladi. 1 kub metr urug' og'irligi 390-445 kg ni tashkil etadi. Urug'larning jussasi yassi qavariq bo'lib, shakli tuxmsimon. Yuzasi qovurg'ali, rangi bo'zrang. Mayda-mayda tikanakchalari bor. Nav tozaligi birinchi nav toifasiga kiradigan urug'larda kamida 98%, ikkinchi nav toifasi urug'larida kamida 96%, uchinchi toifa urug'larid a kamida 85% bo'lishi kerak. Uchinchi nav toifasida ko'pi bilan 2% boshqa nav va duragaylar aralashmasi bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Sabzi urug'ining po'stida tez achib qoladigan efir moyi ko'p, shunga

ko'ra urug'lar bir-ikki yil saqlab qo'yiladigan bo'lsa , unuvchanligi keskin pasayib ketadi. Urug' po'stida bo'ladigan o'sha moy urug' ichiga nam o'tishini ham qiyinlashtiradi, shuning natijasida urug'ning bo'rtib, unib chiqishi sekinlashadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi tadqiqot ma'lumotlarida sabzi o'simligini ertagi, o'rtapishar, kechpishar navlari va duragaylaridan yuqori va sifatli hosil olishda urug'chilik tizimini o'ziga xos usullaridan foydalanish yaxshi samara berishi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.CH.Bo'riyev., Sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug'chiligi. Tashkent 1999 y., 187-b.

2.T.Ostanaqulov., Sabzavotchilik. Tashkent 2016y., 381-bet

3. G.Erejepova., Sabzining maxalliy sharoitlarga moslashgan serhosil navlarni tanlash. Agroil jurnali №2 2020y., 49-b.

4.Sabzavotlardan mo'l va sifatli hosil olish omillari. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali №5 2015y., 11-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.