MAHALLIY SOYA NAVLARINING BIOKIMYOVIY JARAYONLARIGA FUSARIUM OXYSPORUM FITOPOTOGEN ZAMBURUGI TASIRI 1Mamadaliyeva Nodira Isakovna, 2Eshchanova Dilzoda Rustamovna
1Nizomiy nomidagi TDPU, dotsent, [email protected] 2Nizomiy nomidagi TDPU, magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.8367767
Annotatsiya. Mazkur maqolada yurtimizda ekilayotgan dukkakli don ekinlari orasida soya o'simligi va unga turli xil zamburug' larning ta'siri organilganligi haqida so z boradi
Kalit so^zlar: soya, fusarium, oxysporum, fitopotogen, zamburug', dukkak, oqsil, tuproq unumdorligi.
Аннотация. Данная статья посвящена сое среди зернобобовых культур, выращиваемых в нашей стране, и влиянию на нее различных грибов.
Ключевые слова: соя, фузариоз, оксиспорум, фитопатоген, гриб, бобовые, белок, плодородие почвы.
Abstract. This article is devoted to soy among leguminous crops grown in our country, and the influence of various fungi on it.
Keywords: soybean, fusarium, oxysporum, phytopathogen, fungus, legumes, protein, soil fertility.
Bugungi kunda yer yuzi axolisini oziq-ovqat maxsulotlar bilan to'la to'kis taminlash muxim masalalardan biri xisoblanadi. Bu borada ko'pchilik davlatlarda turli ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borilmoqda. Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Bu oziq-ovqat turlarini yanada ko'paytirish, xalqimizni unga bo'lgan talabini qondirish, va qishloq aholisini daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston sharoitida sug'oriladigan maydonlaridan yil davomida 2-3-marta hosil olish imkoniyatini hisobga olib, takroriy ekin sifatida o'zining tarkibida yuqori sifatli oqsil saqlaydigan va mavjud oqsil tanqisligi muammosini ijobiy hal etadigan qishloq xo'jaligi ekinlari turi va navlarini to'g'ri tanlash o'ta muhimdir. Shuni inobatga olgan xolda takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlar maydonlarni ko'paytirish maqsadga muofiqdir. Xar yili respublikamizda 1.5 mln gektar bug'doy ekilib 6 mln dan ortiq don olinadi. Ko'plab ilmiy tajribalar va ilg'or fermer xo'jaliklarida turli tuproq iqlim sharoitida bir mavsum davomida o'rtacha 75-80 s.dan yuqori va sifatli don hosili olib kelinmoqda. Demak, kuzgi bug'doydan bo'shagan maydonlarda dukkakli don ekinlari maydonlarini kengaytirish evaziga avvalo, aholini to'yimli va sifatli mahsulotlar, chorva hayvonlarini esa vitamin, mineral moddalarga boy ozuqa bilan ta'minlash imkonini beradi. Dukkakdoshlar (Leguminosae) oilasiga mansub bo'lib orasida daraxt, buta, yarim buta, bir yillik va ko'p yillik o'tlarni uchratishmiz mumkin. 1985-yildan beri Xalqaro dukkakli o'simliklar bazasi (International Legume Database and Information Service, ILDIS) da dukkakdoshlar oilasi 946 avlodi birlashgan 24505 turni o'z ichiga oladi. Bu oila vakillariga qishloq xo'jaligi ekinlaridan no'xat, soya, yasmiq, mosh, loviya kabi o'simliklari kiradi. Bu o'simliklar doni tarkibida 19-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% azotsiz ekstraktiv moddalar, 2,4-12,8% kletchatka, shuningdek 0,24,0% V vitamini, hamda boshqa mineral tuzlar mavjud. Hozirgi kunda yer yuzida dukkakli-don ekinlari 135 mln. gektar maydonga ekiladi. Dukkakli-don ekinlari orasida mosh ekiladigan
1789
maydon hajmi jihatidan jahonda soyadan (dunyo bo'yicha soya maydoni 74 mln gektarga yaqin) keyin ikkinchi o'rin (25 mln gektarga yaqin) ni egallab, uchinchi o'rinda no'xat (dunyoda jami 10 mln gektarga yaqin) maydonlarda ekilib kelinmoqda.
Respublikamizning turli hududlaridagi sug'oriladigan dalalarida dukkakdoshlar (Leguminosae) oilasi vakili soya o'simliklari ekilgan dalalari fitosanitar nazoratdan o'tkaziladi. O'simlik organlarida kasallik simptomlari borligi ya'ni ildiz, ildiz bo'g'zi chirish, barglarning dog'lanishi, poyaning so'lish va xar xil dog'lar bilan kasallanganligi kuzatish mumkin. Bunday muammolar nafaqat bizda balki dunyoning turli soya o'simligi ekiladigan hududlarida kuzatilmoqda. Masalan Xitoyning janubi-g'arbiy qismida soya o'simliklari muxim ahamiyatga ega. Ammo kuchli yog'ingarchilik yuqori namlik va past haroratlar ekilgan soyaning pishib etish va yig'ib olishdan oldingi bosqichlarida puch po'choq va urug'larning yomonlashishiga olib keladi. Bu muammo bo'yicha patogenlik testlari shuni ko'rsatdiki, Fusariumning barcha turlari soya navi urug'lari uchun patogendir. Fusarium kasallik urug'larning unib chiqish tezligi, ildiz uzunligi va urug'ning vazni sezilarli darajada pasaygan, Bundan tashqari, soya dukkaklilarida Fusarium turlarining xilma-xilligi geografik kelib chiqishi va soya navlariga ko'ra ham sezilarli darajada farq qilgan. Shunday qilib, joriy tadqiqot natijalari soya ekinlari tizimida soya po'stlog'ining parchalanishini boshqarish va qarshilik ko'rsatish uchun foydali bo'lgan. Hozirda Xitoy hukumati hisobotiga ko'ra, soya mahsulotlariga bo'lgan ichki talabning ortib borgan bosimi tufayli 2020 yilda soya ekiladigan maydonlar taxminan 10 million gektarga oshgan.
Bugungi kunda dunyoning barcha soya yetishtiruvchi davlatlaridagi asosiy muammolardan biri - soyaning fitopatogen zamburug'lar bilan zararlanishidir. Butun dunyo bo'yicha turli kasallik va tashqi stress omillari ta'sirida qishloq ho'jalik ekinlarining, xususan g'o'za, bug'doy va soya kabi daromadli ekinlarning 26-30% hosili yo'qotilmoqda. Laboratoriya hamda dala sharoitlarida soyaning mahalliy navlarini fitopatogen zamburug'larning ta'sirini sharoitida qimmatli xo'jalik, morfofiziologik, biokimyoviy belgilariga ta'sirini va bu belgilarning korrelyativ bog'liqligini aniqlash katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Bizning yurtimizda ham bunday muammolar kuzatilgan albatta va tajribalar o'tkazilgan. Bunda laboratoriya sharoitida o'stirilgan soya navlari fiziologik belgilardan barglardagi umumiy suv miqdori barglarning suvni ushlash xususiyati transpiratsiya jadalligi barglardagi xloroplast pigmentlari miqdori metodlari orqali aniqlangan. Tajribalar natijasida asosan Fusarium culmorum, Fusarium oxysporum, Alternaria alternata, Fusarium solani, Aspergillus niger, Alternaria sp, Fusarium spp, Trichoderma sp Penissulium spMucor sp zamburug'lari ajratilib tur tarkiblari o'rganilgan.
Soya o'simligi bo'yicha mavjud navlarning har birida, yangi biokimyoviy jarayonlar kechadigan kichik o'zgarishlar mavjud. Bu o'zgarishlar o'simlikning o'zida yoki uni qizdirgan meva-meva vujudga kelishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Masalan, soya o'simligida turg'unlar, polyphenols va saponinlar kabi qizdiruvchi moddalar uchun mohir hisoblanadi. Bu moddalar soya torti va yog'i ishlab chiqarishda xavfli bo'lgan mikroblar va boshqa o'simliklar bilan kurashishda yordam beradi.
Soya navlarining patogen zamburug'lar Fusarium gibbosumga chidamlilik potentsiallarini mikromitsetlardan ajratilgan mikotoksinlarining o'simlik urug'larining unuvchanligi, o'simlik uzunligi va urug'ning unib chiqish kuchiga ta'siri darajasi tahlil qilindi (1.1-jadval).
1790
Fusarium gibbosum mikromitsetlaridan ajratilgan mikotoksinlarining soya urug'lari unuvchanligi va o'sishiga ta'siri darajasi.
1.1-jadval
Navlar Ungan urug'lar miqdori, % O'simlik bo'yi,sm Urug'ning unib chiqish kuchi
Nazorat F. gibbosum Nazorat F. gibbosum Nazorat F. gibbosum
Genetik-1 80,0 45,0 7,10±1,3 2,81±1,50 565,00 108,50
To'maris 85,5 80,67 17,7±1,7 17,3±3,45 1520,78 1404,82
Orzu 86,7 41,33 10,7±1,8 10,32±4,1 917,38 494,93
Tadqiqot natijasiga ko'ra patogen zamburug'lar Fusarium gibbosumga nisbatan soyaning To'maris navlarida tegishli ravishda unuvchanligi 81,67%, 7 kunlik nihollarining uzunligi 17,76±1,37 sm hamda urug'ning unib chiqish kuchi 1520,78 kabi yuqori ko'rsatgichlarga ega ekanligi aniqlandi. Mazkur zamburug' mikotoksinlariga nisbatan salbiy ta'sirga eng ko'p uchraydi.
Genetik-1 navlari hisoblanib, tegishli ravishda unuvchanligi 45,0%, 7 kunlik nihollarining uzunligi 2,81±1,50 sm hamda Urug'ning unib chiqish kuchi 108,50 ga tengligi ma'lum bo'ldi.
Yuqorida keltirib o'tilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, tahlil etilgan soya o'simligi navlarida chirish kasalligini keltirib chiqaruvchi Fusarium gibbosum patogen zamburug'lariga chidamli nav sifatida To'maris navini zamburug' bilan zararlangan ekin maydonlarida ham ekish tavsiya qilinadi.
Soya navlarining patogen zamburug'lar Fusarium culmorumga chidamlilik potentsiallarini mikromitsetlardan ajratilgan mikotoksinlarining o'simlik urug'larining unuvchanligi, o'simlik uzunligi va Urug'ning unib chiqish kuchiga ta'siri darajasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijasiga ko'ra patogen zamburug'lar Fusarium culmorumga nisbatan soyaning To'maris va Orzu navlarida tegishli ravishda unuvchanligi 73,75%, 70,5%, 7 kunlik nihollarining uzunligi 15,58±2,28 sm, 8,15±1,62 sm hamda Urug'ning unib chiqish kuchi 1149,02 va 574,57 kabi yuqori ko'rsatgichlarga ega ekanligi aniqlandi. Mazkur zamburug' mikotoksinlariga nisbatan salbiy ta'sirga eng ko'p uchragan Genetik-1 navlari hisoblanib, tegishli ravishda unuvchanligi 55,0%, 7 kunlik nihollarining uzunligi 4,21±1,24 sm hamda Urug'ning unib chiqish kuchi 231,55 ga tengligi ma'lum bo'ldi. Soyaning Selekta-302 navlariga esa F. culmorum o'rtacha tatsir etishi kuzatilib, tegishli ravishda unuvchanligi 67,5%, 7 kunlik nihollarining uzunligi 8,07±1,42 sm hamda Urug'ning unib chiqish kuchi 544,72 kabi ko'rsatgichlarga ega ekanligi aniqlandi. (3.3-jadval)
Fusarium culmorum mikromitsetlaridan ajratilgan mikotoksinlarining soya urug'lari unuvchanligi va o'sishiga ta'siri darajasi.
№ Navlar Ungan urug'lar miqdori, % O'simlik bo'yi,sm Urug'ning unib chiqish kuchi
Nazorat F.culmo rum Nazorat F. culmo rum Nazorat F. culmo rum
1791
1 Genetik-1 81,G 44,75 7,10±1,37 3,78±0,97 565,GG 161,GG
2 To'maris 86,5 78,5G 17,77±1,7 10,23±0,61 1515,78 747,G8
3 Orzu 87,7 74,75 1G,68±1,8 7,3±0,68 918,28 558,GG
Xulosa ornida ta'kidlash kerakki, Fusarium zamburug'ining morfologik, sistematik, biologik, bioximik, fiziologik, genetik hususiyatlarini Respublikaning barcha xududlardagi ekstremal sharoitida namoyon bo'lishini o'rganish uchun fundamental tadqiqotlarni olib borish kerak. Kasallikka qarshi kurashni ilmiy tashkillashtirish uchun almashlab ekish sharoitida zamburug'larning turlar tarkibini aniqlash va patogen turlar populyatsiyalarini kamaytirishni qonuniyatlarini ochish zarur. Almashlab ekish sharoitida ekinzorlarda o'tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni me'yori va muddatlarini ilmiy asoslab, kasallikga qarshi biologik kurash choralarini amalga oshirish kerak. Respublikaning barcha xududlardagi eksterimal sharoitida uchraydigan Fusarium zamburug'ining agressiv formalarini aniqlab, ulardan hosil qilingan infeksion fonlarda soyaning kasalliklarga chidamli navlar yaratish bo'yicha seleksiya ishlarini yo'lga qo'yish zarur.
REFERENCES
1. Broggi LE, González HHL, Resnik SL, Pacin A. Alternaría alternate prevalence in cereal grains and soybean seeds from Entre Rios, Argentina. Rev Iberoam Micol. 2007;24(1):47.
2. Clare MM, Melis R, Dereta J, Laing M, Buruchara RA. 2010. Identification of sources ofresistance to Fusarium root rot among selected common bean lines in Uganda.Journal of Animal & Plant Sciences 7, 876-891.
3. https://www.researchgate.net/publication/294698672 Screening of microfungi from soyb ean Glycine max L seeds
4. Beknazarov B.O. O'simliklar fiziologiyasi. // Toshkent. 2009. B. 536.
1792