Научная статья на тему 'NO‘XAT O‘SIMLIGINING SHO‘RGA CHIDAMLILIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA URUG‘ UNUVCHANLIGINI ANIQLASH'

NO‘XAT O‘SIMLIGINING SHO‘RGA CHIDAMLILIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA URUG‘ UNUVCHANLIGINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
99
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
no‘xat / sho‘rlanish / unuvchanlik / kolleksiya

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Z.H.Tolibova, D.E.Qulmamatova

Ushbu maqolada no‘xatning jahon kolleksiya namunalari CIEN-SSA Afrika sahrosi mintaqasi uchun tanlangan raqobat nav sinovi ko‘chatzorining 36 namunasi urug‘lari turli konsentratsiyali tuzli muhitga chidamliligi laboratoriya sharoitida tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, o‘simlik rivojlanishining dastlabki bosqichida unib chiqish davrida kolleksiya namunalarning 10 tasi yuqori tuzli muhit sharoitiga chidamliligini ko‘rsatdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NO‘XAT O‘SIMLIGINING SHO‘RGA CHIDAMLILIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA URUG‘ UNUVCHANLIGINI ANIQLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

NO'XAT O'SIMLIGINING SHO'RGA CHIDAMLILIGINI LABORATORIYA SHAROITIDA URUG' UNUVCHANLIGINI ANIQLASH Z.H.Tolibova D.E.Qulmamatova 2

O'zRFA Genetika va O'EB instituti1,2 Chirchiq davlat pedagogika universiteti2 Buxoro davlat universiteti1 https://doi.org/10.5281/zenodo.8002462

Annotatsiya. Ushbu maqolada no'xatning jahon kolleksiya namunalari CIEN-SSA -Afrika sahrosi mintaqasi uchun tanlangan raqobat nav sinovi ko'chatzorining 36 namunasi urug'lari turli konsentratsiyali tuzli muhitga chidamliligi laboratoriya sharoitida tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko'ra, o'simlik rivojlanishining dastlabki bosqichida unib chiqish davrida kolleksiya namunalarning 10 tasi yuqori tuzli muhit sharoitiga chidamliligini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar: no'xat, sho'rlanish, unuvchanlik, kolleksiya

Dunyoda iqlimning keskin o'zgarishi suv tanqisligi qurg'oqchilik va sho'rlanish kabi ekologik muammolar hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammolar qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi pasayib dunyo bo'yicha oziq - ovqat yetishmovchiligiga olib kelmoqda. No'xat yer yuzidagi eng qadimgi dukkakli o'simliklardan biridir. U xolesterinni pasaytirish, qon glyukoza darajasini nazorat qilish, vazn yo'qotishga yordam berish, yurak sog'lig'ini yaxshilash, asab tizimining kasalliklariga qarshi kurashish, ovqat hazm qilishni yaxshilash va ich qotishidan xalos bo'lishni o'z ichiga olgan turli xil sog'liq qirralarini ochishga yordam beradi [Nag M. 2018.]. Shuning uchun hozirgi ekologik muammolar davrida no'xat o'simligini yurtimizning barcha viloyatlarida ekishga moslashtirish, sho'rlangan hududlarda tuproq unumdorligini o'rganish, ayniqsa tuzga chidamli genotiplarni izlash va o'simlikda kechadigan fiziologik jarayonlarni o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Global iqlim o'zgarishi natijasida sho'rlangan yerlar maydonlari ham kengaymoqda. Xloridli sho'rlanish (NaCl) ko'p hududlarda uchraydigan sho'rlanish muhiti hisoblanadi, sho'rlanishning boshqa turlari turli hududlarga xos bo'lib [Flowers T.J 2005.], 100 mln gektarga yaqin ekin maydonlarini egallaydi [Ghassemi F., 1995.]. Respublikamizning shimoliy hududlarida tuprog'i tarkibiga ko'ra, sulfatli sho'rlanish keng uchraydi. Sho'rlangan tuproqlarda hosildorlik pasayishi 70,2-80,1% gacha, kam sho'rlangan tuproqlarda esa, yillik hosil taxminan 20,1%gacha pasayishi kuzatilgan [Garifzyanov A.R. 2011.]. Tuzli muhit sharoitda o'simlikning faol o'sishi bilan bog'liq metabolitlarning o'zgarishi natijasida o'simlik unib chiqish davrida o'sish jarayoni tuzli konsentratsiyaga juda sezgir bo'ladi.

Shuning uchun urug' unib chiqishi davrida o'simliklarning sho'rlanishga chidamliligi aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda laboratoriya sharoitida tuzli muhitda no'xat namunalari urug'lari unishiga NaSO4 (sulfatli sho'rlanish muhiti uchun) tuzi ta'siri turli muhitlarda o'rganildi.

No'xat urug'lari laboratoriya sharoiti (termostat) da, petri chashkalariga 2 qaytariqda 3 xil 0,5%, 1%, 1,5% li tuzli muhit va nazorat fonida 25-260 S da ekildi. Seleksion jarayonlarda yuqori sifatli urug'lardan foydalanilgandagina mahsuldor navlarning genetik potensiali yuzaga chiqadi. Urug'ning sifati va genetik tozaligini fizik va fiziologik parametrlar ya'ni unuvchanlik, namligi, urug' yashovchanligi va unish kuchi belgilaydi. Tuzli stress sharoitda no'xat o'simligining urug' unuvchanligiga va urug'ning unib chiqish kuchiga ta'sirini o'rganish uchun

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

no'xatning jahon kolleksiya navlari CIEN-SSA- Chickpea International Elite Nursery for Sub-Saharan Africa Afrika sahrosi mintaqasi uchun tanlangan raqobat nav sinovi ko'chatzori namunalaridan 36 ta navidan foydalanildi. Bu kolleksiya namunalari asosan issiq va quruq ob-xavo sharoitiga moslashgan genotiplardan tashkil topgan, ushbu hudud juda issiqligi bilan birga tuproq eroziyasi va cho'llanish kabi muammolarga uchragan hudud hisoblanadi.

Nazorat nav namunalari urug'larni suv bilan namlangan filtr qog'ozda undirildi. Laboratoriya sharoitida ISTA Rules [2013] usuli bo'yicha no'xat urug'lari ekilgandan so'ng, 7 kundan so'ng, unib chiqqan o'simliklarda urug' unuvchanligi, ildiz uzunligi, o'simta (poya) uzunligi, urug' unuvchanligi va urug'ning unish kuchi baholandi (1-rasm). Laboratoriya sharoitida urug'lar dastlab mahsus dokaga o'ralib, 2 soat davomida oqib turgan vodoprovod suvi bilan yuvildi. So'ngra, namunalar 0,5 % natriy gipoxlorid (NaClO) eritmasida 10 daqiqa, steril distillangan suvda 2 marta 5 daqiqadan ushlab turildi. Nazorat urug'lar distillangan suvda, tajriba o'simliklari esa Na2SO4 ning 3 xil eritmalarida (0,5%, 1%, 1,5% li ) eritmalarida ivitib qo'yildi. Ivitilgan urug'lar pinsent yordamida Petri likobchasida hosil qilingan nam sharoitda 7 kun davomida unish tezligini kuzatish uchun 25-260C xaroratli sun'iy iqlim kamerasiga 2 ta qaytariqda qo'yildi. 7-kun o'simlik unuvchanligi va urug'ning unib chiqish kuchi aniqlandi.

1-rasm. NaSO4 tuzi ta'sir etilgan no'xat urug'lari

Tahlil natijalariga ko'ra, sho'rlanish sharoitida urug'larning unib chiqish davrida namunalar orasida farqlanish kuzatildi. No'xat navlarining qurg'oqchilikka chidamliligini baholash natijalari ularning tuzga chidamliligi bilan mos kelishi mumkin [Genkel P.A. 1982.]. Bizning tajribalarimizda no'xat namunalari sho'rlangan sharoitda turlicha unib chiqdi. Tuzga chidamlilik quyidagi mezonda baholandi.

1 gruppa- tuzga chidamlilik, nazoratga nisbatan bir belgi bo'yicha ishonchli farqlanish;

2 gruppa-sho'rlanishga sezgir, nazoratga nisbatan ikki belgi bo'yicha ishonchli farqlanish;

3 gruppa-sho'rlanishga sezgir, nazoratga nisbatan uch belgi bo'yicha ishonchli farqlanish; Tuzga chidamli namunalar NaSO4 bilan ishlov berilganda nazorat va tajriba variantda

ildiz va poya uzunligi nisbatan barqarorligi bilan ajralib turdi. NaSO4 eritmasining turli bosqichlarida urug'larning sho'rlanishga sezgirligi hisobiga, morfologik ko'rsatkichlarning va unib chiqishining pasayishiga olib keldi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'simlik rivojlanishining dastlabki bosqichida unib chiqish davrida ayrim namunalarning yuqori tuzli muhitga chidamliligini ko'rsatdi. No'xatning jahon kolleksiya namunalaridan SSA-2, SSA-10, SSA-11, SSA-12, SSA-16, SSA-18, SSA-19, SSA-24, SSA-27, SSA-36 namunalari sho'rlanishga chidamli namunalar sifatida tanlab olindi.

REFERENCES

1. Flowers T.J., Flowers S.A. Why does salinity pose such a difficult problem for plant breeders? // Agric. Water Manag. - 2005. - Vol. 78. - P. 15-24.

2. Ghassemi F., Jakeman A.J., Nix H.A. Salinisation of Land and Water Resources: human causes, extent, management and case studies. -Wallingford: CAB International, 1995. - 526 p.

3. Garifzyanov A.R., Jukov N.N., Ivani^ev V.V. Obrazovaniye i fiziologicheskiye reaksii aktivnbix form kisloroda v kletkax rasteniy // Sovremennbie problembi nauki i obrazovaniya. - 2011. - №2. - S. 1-21..

4. Genkel P.A. Fiziologiya jaro- i zasuxoustoychivosti. - M.: Nauka, 1982. - 280 c.

5. Nag M, Mukherjeye S, Roy D, Paul RK, Ali MS. 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.