Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR'

O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

34
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Хотин-қизлар / меҳнат / оила / миграция / ишсизлик / бандлик / хуқуқ / конвенция / интелектуал / демография / стратегия / ижтимоий / сиёсий. / Women / labor / family / migration / unemployment / employment / law / convention / intellectual / demography / strategy / social / political.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dildora Olimjonovna Axmedova

Мақолада мамлакатимизда хотин-қизларнинг меҳнат фаолияти, бандлик ҳолати, миграция жараёнлари, сабаблари ва оқибатлари ҳақида ёритилган. Шунингдек сўнги йилларда мамлакатда ҳотин-қизлар учун яратилаётган шартшароитлар, меҳнат ва миграция сохасида олиб борилаётган амалий ишлар тахлил қилиб ёритилган

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the work of women in our country, employment status, migration processes, causes, and consequences. Also, the conditions created for women in the country in recent years, and the practical work carried out in the field of labor and migration are analyzed and covered.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-205-209

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA IJTIMOIY HIMOYALASH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR

Dildora Olimjonovna Axmedova

O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy ish kafedrasi Tayanch doktoranti ahmedovadildora4@gmail .com

АННОТАЦИЯ

Маколада мамлакатимизда хотин-кизларнинг мехнат фаолияти, бандлик холати, миграция жараёнлари, сабаблари ва окибатлари хакида ёритилган. Шунингдек сунги йилларда мамлакатда хотин-кизлар учун яратилаётган шарт-шароитлар, мехнат ва миграция сохасида олиб борилаётган амалий ишлар тахлил килиб ёритилган.

Калит сузлар: Хотин-кизлар, мехнат, оила, миграция, ишсизлик, бандлик, хукук, конвенция, интелектуал, демография, стратегия, ижтимоий, сиёсий.

ABSTRACT

The article describes the work of women in our country, employment status, migration processes, causes, and consequences. Also, the conditions created for women in the country in recent years, and the practical work carried out in the field of labor and migration are analyzed and covered.

Keywords: Women, labor, family, migration, unemployment, employment, law, convention, intellectual, demography, strategy, social, political.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo'nalishi sifatida belgilangan. Mustaqillik yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli «Xotin-qizlami qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni[1]ushbu muammolarni hal qilish maqsadida qabul qilingan.

O'zbekistonda aholini doimiy ish bilan ta'minlash hamma vaqt muammolardan biri bo'lib kelgan. Aholi sonining yildan

2023

205

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-205-209

yilga o'sishi yangi-yangi ish joylarini talab etgan. 1960-1986 yillarda ijtimoiy iqtisodiy sohalarda yangi korxonalar va fabrikalar bunyod etildi, mamlakatdagi yirik qurilishlarga o'zbek yoshlari jalb qilindi. Masalan, 1970-1986 yillar mobaynida O'zbekiston xalq xo'jaligi sohasida ishchi va xizmatchilar orasida xotin-qizlar 1024 ming kishiga ko'payib, ular 41% dan 43% ga oshgan [2]. Ayniqsa noishlab chiqarish sohasida ayollar soni ko'paygani kuzatilgan. Masalan, 1986 yil hisobotiga muvofiq respublika sog'liqni saqlash muassasalarida ayollar salmog'i 72,7% ni, xalq ta'limi va maorif tizimida 60,5% ni, madaniyat va ijtimoiy-madaniy xizmat ko'rsatish sohasida 57,1% ni, savdo-sotiq va ovqatlanish sohasida 55,8% ni tashkil etgan. Xalq xo'jaligi mutaxassislari orasida o'zbek ayollarining soni o'sib borgan, ya'ni rasmiy ma'lumotlarga ko'ra ular 1970-1980 yillar ichida 2,3 barobarga o'sgan [3]. «Ayni paytda ayollarning oliy ta'lim darajasi kasbiy mashg'ulligiga mos kelmaydi. Shu narsa kishini ranjitadiki, - deb yozadi D.Bobojonova, - ayollarning kam malakali yoki malakasiz mehnat bilan mashg'ulligi erkaklarga nisbatan ortiq. Respublika sanoati, qurilishi, qishloq xo'jaligida qo'l mehnati bilan band bo'lgan ayollar o'rtacha sobiq Ittifoq darajasidan yuqori bo'lgan. Respublika sanoatida qo'l mehnati salmog'i 35,3%ni, ayollar orasida esa 42,5% ni tashkil qilgan» [4].

O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Respublikamizda ishsizlik ishga layoqatli kishilarning 0,4% atrofidadir. Bu ko'rsatkich mehnat birjalariga murojaat etgan ishsizlar sonidir, aslida esa ishsizlarning soni ushbu ko'rsatkichdan ancha ko'p. Mehnat va bandlik vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, hisobga olinmagan ishsizlik 5,5% dan ortiqroq. Ularning 60% ziyodi ayollardan iboratdir. Ishsizlik malakasi yo'q yoki kam kishilar orasida yuqori. 2021 yilning sentabr oyida vazirlikning Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so'rov o'tkazildi. Tadqiqot davomida 500 ta o'zini-o'zi boshqarish organlari, 5 mingta uy xo'jaliklari hamda 26,500 ming nafar fuqarolar qamrab olindi. 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida mehnat resurslari soni 19 322,8 ming kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan [5].

Bugungi kunda tashqi mehnat migratsiyasi demografik jarayonlarning muhim katalizatoriga aylanmoqda, bu mehnat bozoridagi harakat bilan chambarchas bog'liq. Bu O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy strategiyasini

ishlab chiqish vazifalarini shakllantirishga ta'sir qiladi.

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-205-209

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda O'zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustahkam qonunchilik asoslari yaratilgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarga ko'plab imkoniyat va sharoitlar yaratishga e'tibor qaratildi. Bu borada bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, keng omma e'tiboriga taqdim etildi. Bundan tashqari, bandlik tizimida faoliyat yurituvchi tegishli tashkilotlar tomonidan xorij davlatlarining mas'ul idoralari bilan samarali bo'lgan ko'plab loyihalarni amalga oshirishga erishildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentabrdagi «O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko'rib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 725-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo'yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom va boshqa muhim vazifalarni o'z ichiga olgan normalar ishlab chiqildi.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq tashqi mehnat migratsiya masalalarini tartibga solishda hukumatimiz tomonidan so'nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar zamirida joylarda ushbu masalaning ijrosini o'rganish maqsadida chet elda mehnat faoliyatini olib borayotgan migrantlar hayotini o'rganish ko'lamini oshirish ustivor vazifalardan bir ekanligini ko'rsatmoqda. Mazkur masalani o'rganishda albatta migratsiya ishtirokchilarining tashqi migratsiya siyosatiga oid fikr va mulohazalari asosiy ahamiyat kasb etadi.

Shu o'rinda tadqiqot jarayonida ushbu mavzuga ham to'xtalgan holda so'rovda ishtirok etgan migrantlarning fikr va mulohazalari o'rganilib, respondentlarga davlat tomonidan chet elda ishlashi uchun yaratilayotgan ish o'rinlari haqida o'z yashash hududlarida ma'lumotlar bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlashda so'rovda ishtirok etgan jami migrantlarning 50,6 foizi ma'lumotlar yetarli, 27,0 foizi ma'lumotlar yo'qligi, 18,5 foiz ma'lumotlar bor, ammo yetarli emas deb javob berganlar.

So'nggi yillarda migratsiya ishtirokchilarining o'z hududlarida ish topish imkoniyatini aniqlashda qo'yidagi natija aniqlandi. Unga ko'ra ish topish imkoniyati ko'paydi deb

2023

207

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-205-209

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

hisoblovchi jami migrantlar 54,2 foizni tashkil etgan holda ish topish imkoniyati o'zgarmaganligini bildirgan respondentlar 28,0 foizni tashkil etdi. Ish topish imkoniyatlari kamaymoqda deb javob berganlar 6,3 foizga yetdi. Qishloqda yashovchi migrantlar shaharliklarga qaraganda ish topish imkoniyati ko'proq ko'payganligini bildirib o'tdilar va mos ravishda (52,9%) shahardagilar va qishloq joyidagilar (54,9%)ni tashkil etdi.

Mehnat migratsiyasi borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ijobiy natijasi o'laroq xorijga qonuniy yo'l bilan ishlashga ketish imkoniyatlari oshdi deya fikrlovchi mehnat migrantlari o'tgan yilga nisbatan 5,3 foizga oshgan. Xorijda malakali ishlarga joylashish imkoniyati oshganini ta'kidlovchi migrantlar 2018 yilga nisbatan sezilarsiz darajada tushgan. Shu bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar yetarli bo'lmayotganligini aytgan migrantlarning ham ko'payganligini kuzatish mumkin. (Qarang 2-rasm)

54,2

Республика

52,9

29,2

^ 5,6

0,4

54,9

7,1 6,6

3,9

шахар

кишлок

иштопиш имконияти купаиди жавоб беришга кийналади

оузгармади

• иш топиш имконияти камайди

0

2-rasm. Xorijda ishga joylashish imkoniyati to'g'risida.

So'ngi yillarda migratsiya siyosatida kutilayotgan natijalar tahliliga asoslanadigan bo'lsak, jami ishtirok etgan respondentlarning 43,6 %i juda mamlakatimizda samarali siyosat yuritilayotganini, xorijga rasmiy yo'l bilan ishga ketish imkoniyatlari oshdi deb, ijobiy fikr bildirganlar. 16,1% respondent xorijda malakali ishlarga joylashish imkoniyatlari oshdi degan bo'lsalar, 12,7%i amalga oshirilayotgan ishlar yetarlicha emasligini bildirganlar.

O'zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash va ijtimoiy himoyalash tizimidagi islohotlarga doir keltirilgan ma'lumotlar va o'tkazilgan sotsiologik so'rovnomalarning natijalari bo'yicha quyidagicha xulosa qilish mumkin:

208

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-205-209

1995-2008 yillarda O'zbekistondan tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solishga qaratilgan bir qator huquqiy normativ hujjatlar qabul qilingan, ammo ushbu huquqiy hujjatlar davr nuqtai-nazaridan eskirganligi bois tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish funksiyasini to'liq amalga oshirish imkonini bermaydi. Shu sababli ko'plab mehnat migrantlari xorijiy davlatlarda huquq va qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinmagan deb izohlash mumkin.

2016-2020 yillarda tashqi mehnat migratsisini tartibga solishga qaratilgan barcha huquqiy normativ hujjatlar yangilanib, Xalqaro mehnat tashkiloti va BMTning qator hujjatlariga shu bilan xorijiy mamlakatlar qonunlari zid kelmaydigan ravishda qayta qabul qilingan.

O'zbekiston Respublikasi parlamenti tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini ratifikatsiya qilinishi tashqi mehnat migratsiyasidagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarning mehnatga oid huquqlarining asosi yanada mustahkamlandi.

REFERENCES:

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli «Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni. URL: https://lex.uz/docs/3546742

3. Narodnoe xozyaystvo Uzbekskoy SSR v 1987 godu. - Tashkent: Fan, 1989. -S.209.

4.Aminova R. Qayta qurish sharoitida O'zbekistonda sotsial rivojlanishning dolzarb muammolari. - Toshkent: Fan, 1991. - B.106.

5. Bobojonova D. O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (70-80-yillar misolida). - Toshkent: Sharq, 1999. - B.109-110.

6. Социально-экономические условия селских женщин Узбекистана. Материалы проекта ИНТАС. Международ. координатор: Университет Влверхемптона. - Др. Марта Бруно. Общая ред. А.Алимджановой. - Ташкент,

2001. - С.89.

2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.