Научная статья на тему 'O‘zbekistondа xavfsiz turizmni shakllantirish istiqbollari'

O‘zbekistondа xavfsiz turizmni shakllantirish istiqbollari Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Alfraganus
Ключевые слова
Xavfsiz turizm / xorijiy sayyohlar / sayyohlik imkoniyatlari / turistlarning xavfsizlik hissi / turistik yo‘nalishlar / ijtimoiy qurilish / netnografiya / turizm politsiyasi. / Safe tourism / foreign tourists / tourism opportunities / tourists’ sense of security / tourist destinations / social construction / netnography / tourism police.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Rasulova Nigora

Maqolada O‘zbekistondа xavfsiz turizmni shakllantirish istiqbollari o‘rganilgan. Jumladan, O‘zbekistondа xavfsiz turizmning ahamiyati, xavfsiz turizmni shakllantirishda hududlarning turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va xulosalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Prospects of forming safe tourism in Uzbekistan

The article discusses the prospects for the formation of safe tourism in Uzbekistan. In particular, the importance of safe tourism in Uzbekistan and the issues of effective use of the tourism potential of the regions in the formation of safe tourism were scientifically analyzed. Scientific proposals and conclusions on the development of the industry are also presented.

Текст научной работы на тему «O‘zbekistondа xavfsiz turizmni shakllantirish istiqbollari»

/ЯШ А^гаеапш

>Мр-7 xalqaro пш1у )цгпа1

O'ZBEKISTONDА XAVFSIZ TURIZMNI SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Кави!оуа №дога Уивироупа,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mehmonxona biznesini boshqarish kafedrasi assistenti ORCID: 0000-0003-4134-9172 е-таИ: nrasulova8779@gmail.com JEL klassifikatsiya tizimi ^Ы: 231, 232, L83

Аnnotatsiya.

| Maqolada O'zbekistondаxavfsiz Ы'^тп! shakllantirish 1^^Ьо11ап'о'гдапНдап. Jumladan, O'zbekistondа xavfsiz turizmning ahamiyati, xavfsiz turizmni shakllantirishda hududlarning Шг'^Ш imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy tahШ qilingan. Shuningdek, sohani rivojlantirish Ьо'у'^а Му taklif va хи^аа кеШп1дап.

'avfsiz turizm, хог^У sayyohlar, sayyohlik imkoniyatlari, ^^1атюд xavfsizlik hissi,

уо'па^Ыа^ А^о/у qurШsh, пеШдтЯуа, turizm politsiyasi.

ПЕРСПЕКТИВЫ ФОРМИРОВАНИЯ БЕЗОПАСНОГО ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ

В статье рассмотрены перспективы формирования безопасного туризма в Узбекистане. В частности, научно проанализированы значение безопасного туризма в Узбекистане, вопросы эффективного использования туристского потенциала регионов в формировании безопасного туризма. Также представлены научные предложения и выводы по развитию отрасли.

Alfraganus j®

xalqaro ilmiy jurnal ylrjf

Ключевые слова:

_| Безопасный туризм, иностранные туристы, туристические возможности,

чувство безопасности туристов, туристские дестинации, социальное строительство, нетно-графия, туристическая полиция.

PROSPECTS OF FORMING SAFE TOURISM IN UZBEKISTAN

The article discusses the prospects for the formation of safe tourism in Uzbekistan. In particular, the importance of safe tourism in Uzbekistan and the issues of effective use of the tourism potential of the regions in the formation of safe tourism were scientifically analyzed. Scientific proposals and conclusions on the development of the industry are also presented.

Key words:

_ Safe tourism, foreign tourists, tourism opportunities, tourists' sense of security, tourist

destinations, social construction, netnography, tourism police.

davrda «yashil» turizmni rivojlantirish bo'yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham dolzarb ekanini ta'kidlagan prezident tashkilotning «Yashil» turizmni joriy etish bo'yicha eng yaxshi shahar» nominatsiyasini ta'sis etishni ham taklif qildi.

Qayd etilishicha, tashkilot ko'magida yaqinda ish boshlagan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti hamda Samarqanddagi «Ipak yo'li» xalqaro universiteti hamkorligida Global «yashil» turizm startaplari laboratoriyasini yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, xavfsiz turizmni rivojlantirishda innovatsion raqamli platformalarni tatbiq etish dolzarb masalalardan bo'lib hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi «Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo'linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko'rsatish tartibini belgilash to'g'risida»gi 669-son qarori va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish O'zbekistonda xavfsiz turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xavfsiz turizmning maqsadini belgilashda jahonda xavfsiz turizmning kelib chiqishi va shakllanishini puxta o'rganishni talab qiladi. Hozirgi kunda xavfsiz turizm jahon turizmida jadal rivojlanib borayotgan yo'nalish hisoblanadi. Turizmning ko'plab turlari o'z mavzusi yoki atalishi bo'yicha bir yo'nalish yoki bir maqsadni bildiradi.

Respublikamizda o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, xavfsiz vaziyatiga va mentalitetiga ega bo'lgan bevosita O'zbekiston Respublikasi xavfsiz turizmni ta'minlash, turistik xizmatlar raqobatbardoshligi, tashkiliy-iqtisodiy omillaridan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy masalalari bo'yicha yaxlit ilmiy izlanishlarning amalga oshirilmaganligi tadqiqotlar yo'nalishini belgilashda asos bo'lib xizmat qildi.

O'zbekistonda xavfsiz turizmni shakllantirish mehmondo'stlik va turizm sohasi uchun dolzarb vazifadir. Xavfsiz turizm texnologiyalarni joriy etishning asosiy maqsadi turistlar xavfsizlik riskini pasaytirishdan iboratdir.

Mamlakatda xavfsiz turizmni rivojlantirish, mazkur sohada aholini ish bilan bandligini oshirish va shuning bilan bir qatorda, tabiiy turfa xillikni, ya'ni biobalansni saqlash, iqlim o'zgarishlarining oldini olish maqsadida davlat organlarining xavfsiz turizmni rivojlantirish sohasida aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Xavfsiz turizmni rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion platformalarni amaliyotga keng tatbiq etishning yaxlit tizimini yaratish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish hamda joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo, kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmati ko'rsatishga to'sqinlik qilmoqda. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev2023-yilning 16-oktyabr kuni Samarqandda Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida mamlakatlar o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: «Global turizmning eng dolzarb muammosi—bu turistlarning kafolatlangan xavfsizlik tizimini ta'minlashdir. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan nizo va beqaror vaziyatlar soha rivojiga pandemiyadan ham ko'ra ko'proq salbiy ta'sir ko'rsatmoqda» .

Shavkat Mirziyoyev shu maqsadda, hozirgi murakkab vaziyatni inobatga olgan holda xalqaro turizm sohasida mustahkam huquqiy asoslarni kuchaytirish maqsadida BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif etdi.

Iqlim o'zgarishlari tobora kuchayib borayotgan

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ilmiy izlanish jarayonida aniq faktlar asosida tadqiqot o'tkazishda korrelyatsiya, sabab-oqibatni o'rganish,

(r|l|J Alfraganus

>Mp-7 xalqaro ilmiy jurnal

ma'lumotlarni guruhlarga ajratish hamda indeks va normativ usullarini hisobga olib, ularning tuzilishini o'rganish asosida ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni anglashni mantiqiy xulosalash, tahlil va sintez qilish, ko'rsatkichlar dinamikasini tahlil qilish, statistik ma'lumotlarni taqqoslash, netnografiya kabi usul va uslublardan foydalanildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Bugungi kunda jahon ilm-fanida turli tadqiqotchilar tomonidan xavfsiz turizm bilan bog'liq bo'lgan ilmiy-nazariy va amaliy-fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, xavfsiz turizmning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, xavsiz turizmning mamlakat turizm salohiyatiga ta'siri, xavfsiz turizmning imkoniyatlari kabi masalalarda olib borilayotgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar amalga oshirilish metodologiyalari bilan bir-biriga ancha yaqin, o'xshash bo'lsa-da, ammo ularning maqsad va o'rganish sohasi turlicha ekanligini e'tirof etish mumkin. Xususan, xavfsiz turizm imkoniyatlarining kengayishi, xavfsiz turizmning o'rni masalalari bo'yicha Yongguang Zou, Qionglei Yu. [3], Myry^OB O.K. [4], Abriyev Z.S. [5] kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarni misol keltirish mumkin.

Xitoylik tadqiqotchi olimlar Yongguang Zou, Qionglei Yu. [3] xavfsiz turizmga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarida turizm tabiatan xavf bilan bog'liqligi va shu sababdan xavfsizlik tushunchalari tarkibini, xavfsizlik iqlimini va maqsadli imidjning kichik o'lchovi sifatida xavfsizlikning rolini o'rganib chiqishgan. Ushbu tadqiqot ijtimoiy konstruktivistik nuqtayi nazardan sayyohlarning maqsad xavfsizligi hissini bartaraf etishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari turistlarning turli xil fazo-vaqt sharoitlarida xavfsizlik hissini tushunish zarurligini ta'kidlab, turizm xavfsizligi bo'yicha ilm-fanga hissa qo'shadi. Turistlarning xavfsizlik hissini ko'p bosqichlariga asoslanib, ushbu tadqiqot destinatsiyalarini boshqarish turizm tashkilotlariga mahalliy turizm xavfsizligi va boshqaruvini yaxshilashga yordam berish uchun amaliy natijalar beradi.

Iqtisodchi olim F.K. Mugulov [4] xavfsiz turizmni ta'minlashning quyidagi asosiy yo'nalishlarini rivojlantirish lozimligini ta'kidlab o'tgan: ilmiy-tadqiqot yo'nalishi, ilmiy-metodik yo'nalish, o'quv-uslubiy, o'quv-amaliy va o'quv va maslahat yo'nalishlari.

Z.S. Abriyev [5] o'zining ilmiy tadqiqotlarida respublikada sayyohlar uchun jahon andozalari asosidagi yangi sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimini amaliyotga joriy etish zarurligi masalalariga alohida to'xtalib o'tgan.

G.M. Suvorova [6] «Xavfsiz dam olish va turizm» nomli qo'llanmasida turizm tarixi, sayohat xavfsizligi

asoslari, turistik sayohatlar va sayohatlarni tashkil etish usullari batafsil yoritilgan. Yovvoyi tabiatda ekstremal sharoitlarda omon qolish usullariga alohida e'tibor berib o'tilgan. Jumladan, boshpana qurish, oziq-ovqat izlash va halokat signallarini yuborish, shuningdek, sayohatlarga tayyorgarlik ko'rish, hordiq chiqarish va chet elga sayohat qilish xususiyatlari keng o'rin olgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

O'zbekiston—xavfsiz turizm mamlakati. Bu statistika ma'lumotlarida ko'rsatilmoqda. 2019-yilda O'zbekiston yakka turistlar uchun dunyodagi eng xavfsiz beshta davlat qatoridan joy oldi. Ushbu ma'lumotlar Wegoplace onlayn sayohat xizmatining yillik hisobotida keltirilgan.

«Bugungi kunda 2017-yilda «Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida 2017-2020-yillarda xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaror asosida xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasi tasdiqlangan edi. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida turizm xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyati takomillashtirildi. Endilikda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari faoliyat ko'rsatadi. Ular xavfsiz turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni real vaqt rejimida ehtimoliy xavflardan xabardor etish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordamlashish bilan shug'ullanadi.

Hozirgi kunda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida xavfsiz turizmni ta'minlash bo'yicha boshqarmalar tashkil etildi va mazkur boshqarmalar boshliqlari tayinlandi. Ular, o'z navbatida, viloyat IIB boshliqlarining o'rinbosari hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan boshqarmalarga xorijiy tillarni mukammal biladigan xodimlar ishga qabul qilingan.

Mamlakatda bo'lib turgan davrda sayyohlar xavfsizligini, transportdan foydalanish va ko'chishlarini ta'minlash bo'yicha turizm sohasida xizmat ko'rsatuvchi va yetib kelgan sayyohlar hisobini yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish rejalashtirilmoqda. Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabzdagi transport infratuzilmalari va xizmat ko'rsatish sohasi obyektlarida plakatlar, belgilar va ko'rsatkichlar o'rnatilmoqda.

Mobil ilova sayyohlarni mamlakatimizda bo'lish qoidalari, viza va ro'yxatga olish jarayonlari, diqqatga sazovor manzillar va yo'nalishlar, shuningdek, yaqin ichki ishlar organi tayanch punktlari va tibbiyot muassasalari to'g'risida xabardor qilib turadi. Mazkur mobil ilovada sayyoh huquqni muhofaza qilish organlariga mushkul vaziyatga tushib qolganlik to'g'risida xabar yuborishi yoki o'z mamlakatining konsullik idorasiga murojaat qilishi mumkin.

Yashash joyi xavfsizligini ta'minlash, mehmonxonaga joylashish va sayyohlarga xizmat ko'rsatish sohasida

Alfraganus

xalqaro iimiy jurnal \lrj7

har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning ma'lumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi «E-mehmon» elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kirish joyi kun-u tun videokuzatuv ostida bo'ladi.

Bundan tashqari, «Xavfsiz turizm» yagona apparat-dasturiy majmuasi joriy etiladi. Bu videokuzatuv ma'lumotlarni tahlil qilish va avtomatik ravishda qayta ishlash, huquqbuzarliklar va hodisalar to'g'risidagi xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish tizimi hisoblanadi.

Turistik diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyurgan sayyohlar va rasmiy xorijiy delegatsiyalar xavfsizligini ta'minlash va kechki ko'ngilochar dasturlarni tashkil etish sohasida sayyohlarni individual himoya qilish bo'yicha maxsus texnik vositalarga bo'lgan talablarni ishlab chiqish va o'rnatish ham belgilangan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xavfsizlik odatda xavfyoki jarohatlardan himoyalanish yoki duch kelishi mumkin bo'lmagan holatni anglatadi.

Turistlarning manzilga bo'lgan xavfsizlik hissini ijtimoiy qurish doimiy uch bosqichli jarayonni talab qiladi: sayohatdan oldin, shaxsiy sayt tajribasi va sayohatdan keyingi baholash.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, sayyohlarning borar joyi xavfsizligi haqidagi ilk taassurotlar asosan uchta manbadan olinadi: 1) davlat sektori, 2) ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy media 3) boshqa ishtirokchilar.

Turizmni boshqarishni yaxshilash uchun oziq-ovqat, ichimlik suvi, havo va turar joy uchun sifat standartlariga ham alohida ahamiyat berish kerak. Obyektlar va jihozlarni boshqarish, xavfsizlikni tekshirish, texnik xizmat ko'rsatish yangilash orqali kuchaytirilishi lozim. Jamoat xavfsizligi yomon bo'lgan hududlar qutqaruv rejalarini ishlab chiqishi kerak. Mahalliy hukumatlar favqulodda muammolarni hal qilish uchun zudlik bilan harakat qilishlari lozim. Ommaviy axborot vositalarida o'z vaqtida olingan xabarlar va ijtimoiy tarmoqlardagi aloqalar boradigan joy xavfsizligi haqidagi ijobiy taassurotlarga yanada hissa qo'shishi mumkin.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-son «2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi «Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlash bo'linmalari tomonidan shartnoma asosida puiii xizmatiar ko'rsatish tartibini beigiiash to'g'risida»gi 669-son qarori.

3. Yongguang Zou, Qionglei Yu. Sense of safety toward tourism destinations: A social constructivist perspective. Journal of Destination Marketing & Management. Volume 24, June 2022, 100708.

4. Мугулов Ф.К. Проблемы и пути развития безопасного туризма в регионе // вестник социально-педагогического института. № 4 (32), 2019.

5. Абриев. З.С. (2022) Развитие социально-экономического потенциала туризма в Узбекистане в условиях пандемии COVID-19: перспективы на будущее через призму настоящего [Development of tourism socio-economic potential in Uzbekistan amidst the COVID-19 pandemic: prospects for the future through the prism of the present]. 12. (4). - 1361-1376. doi: 10.18334/ epp.12.4.114360

6. Суворова. Г.М. Безопасный отдых и туризм: учебное пособие для вузов /Г.М. Суворова [и др.]; ответственный редактор Г.М. Суворова. — 2-е изд., испр. и доп. — Москва: Издательство Юрайт, 2023. — 195 с. — (Высшее образование). — ISBN 978-5-534-11091-3.

7. kun.uz

8. uzbekistan.travel/uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.