O'ZBEKISTONDA SHAHAR EKOMUHITINING ONALAR VA BOLALAR
IJTIMOIY HAYOTIGA TA'SIRI
M. B. Ibragimov
Sotsiologiya kafedrasi o'qituvchisi O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston
J. Ikromova
Sotsiologiya yo'nalishi 1 kurs talabasi O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada shahar ekomuhitini onalar va bolalar hayotiga ta'siri haqida ma'lumot berilgan. Maqolada ekologiya sababli ayollarda kelib chiqadigan kasalliklar, yoshi katta qariyalar hamda kichik yoshli bolalardagi muammolar haqida gapirilgan. Viloyatlar kesimida ekologik vaziyat hamda uning salbiy tomonlari haqida batafsil yoritilgan hamda ushbu muammolarni tushunish va hal qilish muhimligini ta'kidlangan.
Tayanch so'zlar: Ekologiya, kasalliklar, ifloslanish, yashil hududlar, plastic moddalar, teri kasalliklari, hiperaktivlik.
MOTHERS AND CHILDREN OF THE URBAN ECO-ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN IMPACT ON SOCIAL LIFE
M. B. Ibragimov
Teacher of the Department of Sociology of Uzbekistan, Tashkent , Uzbekistan
J. Ikromova
Sociology 1st year student of Uzbekistan, Tashkent , Uzbekistan
ABSTACT
This article provides information about the impact of urban environment on the lives of mothers and children. The article talks about the diseases caused by the environment in women, the elderly and young children. Environmental problems and their negative aspects were covered in detail in the regional section, and the importance of understanding and solving these problems was emphasized.
Keywords: Ecology, diseases, pollution, green areas, plastic substances, skin diseases.
242
Bugungi globallashuv davrida atrof-muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilash bugunning eng dolzarb muammolarga aylanib kelmoqda. Inson bilan tabiat orasidagi munosabatlarni buzilishi natijasida ekologik vaziyat keskin o'zgarishlarga yuz tutdi. Shahar ekomuhiti dinamik va murakkab makon bo'lib, uning aholisi turli yo'llar bilan shakllanadi. Onalar va bolalar uchun shahar landshaftini kezish ularning sog'ligi va umumiy hayot sifatiga ta'sir qiladigan qiyinchiliklar va imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin.
Shahar ekomuhitining onalar va bolalarga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan ba'zi asosiy ekologik omillar haqida gapiradigan bo'lsak, birinchi o'rinda havoning ifloslanishi, ya'ni shahar hududida ko'pincha transport va sanoat faoliyati tufayli havoning yuqori darajada ifloslanishini kuzatishimiz mumkin. Zarrachalar, azot dioksidi kabi havoni ifloslantiruvchi moddalarga ta'sir qilish, ayniqsa, homilador ayollar va yosh bolalarning nafas olish tizimi, yurak-qon tomiri salomatligi va umumiy farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ikkinchidan, shahar muhitida qurilish, avtomobillar qatnovi tufayli juda ham qattiq shovqin boladi. Uzoq vaqt shovqin ta'sirida bo'lish esa stress, uyqu buzilishi kabi holatlarga olib keladi. Bu esa ruhiy va jismoniy salomatlikka ta'sir qiladi. Keyin bizda uy-joy sharoiti muammosi ham bor. Masalan, aholini haddan tashqari ko'pligi ya'ni nostandart uy-joy nafas olish kasalliklari, chang, allergiya va boshqa sog'liq muammolarini xavfni oshirishi mumkin. Chang, allergiya inson salomatligiga salbiy ta'sir o'tkazadi. Bu borada O'rta Osiyolik mashhur olim Abu Ali Ibn Sino "Chang bo'lmasa inson 1000 yil yashagan bo'lar edi",''havo toki muvozanatlangan va toza bo'lsa, unga begona qo'shimchalar qo'shilmasa, u salomatlik garovi bo'ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab bo'ladi''-degan fikr ham buning isbotidir. Haqiqatdan ham, insonning umri o'z hayotida uning tajribalarini, bilim va ma'rifatini oshiradi. Uzoq umr ko'rish insonning yashash sharoitiga, salomatligiga, maqsadlariga va qilgan faoliyatlariga bog'liq bo'ladi. Agarda chang bo'lmasa ekologiya yaxshi bo'lsa inson salomatligi ma'lum miqdorda yaxshilanar edi. Yashash joyi muhiti borasida esa "Tib qonunlari"da alohida ta'kidlab, shunday deydi: "Turar joy tanaga turlicha ta'sir qilishi mumkin: baland yoki past joyligi, tuproq tarkibi hamda xususiyati, suvning serobligi yoki kamyobligi, daraxtlarning mo'lligi, qabriston yoki konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi tanlanganda muhim ahamiyatga ega [1]". Bu fikrlar muhit to'grisida bo'lib, tibbiy ekologiyada tegishli ekanligi guvohi bo'lamiz. Jahon statistik ma'lumotlarga ko'ra, aholining 10% qarilikdan, 20% baxtsiz hodisalar va janglardan, 70% esa kasalliklardan o'lmoqda. Shuningdek, bizning sog'lig'imizning atigi 10%i tibbiyotga, qolgan 90% esa o'zimizga va atrof muhit hodisalarga bog'liq, deyilgan [2] Albatta, bugungi kunda atrof muhitning yomonlashuvi insonlar hayotiga o'z salbiy ta'sirini o'tkazmay qolmayotgani hech kimga sir emas.
O'zbekistonda shahar ekomuhitining onalar va bolalarga ta'siri oldindan ko'proq hisoblanadi. Shaharlar ko'p o'zgaruvchilarga ega bo'lgani uchun, ularning onalar va bolalar o'zaro aloqalarini o'rganish va rivojlantirishga imkon beradi. Shahar ekomuhitida bolalar
April 20, 2024
243
o'zlarini mustaqil o'rganish, ijtimoiy muammolarga yechim topish va yangi imkoniyatlarni aniqlash uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishlari mumkin. Bu esa ularning insoniyat tajribasini rivojlantirishiga va o'zlarini eng yaxshi shaklda rivojlantirishiga yordam beradi. Ekologiya va uning o'zgaruvchilari, shuningdek, kimyoviy moddalar, toza suv va havo, asbest, pestitsidlar, plastik moddalar va boshqa to'qimachilik moddalari kabi zararli moddalardan kelib chiqadigan kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ayollarda eng ko'p uchratiladigan kasalliklar esa endometrioz, ovariyal kanser, polikistik ovary sindromi va osteoporoz sifatida ko'rsatiladi. Bu kasalliklar ekologik muhitning yomonlashishi, kimyoviy moddalarning ishlatilishi va plastik moddalarning ko'proq ishlatilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu sababli, ekologik muhitni saqlash va toza suv va havo iste'mol qilish ayollarda kelib chiqadigan kasalliklarni kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Ekologik muhitning yomonlashishi va zararli kimyoviy moddalarning bo'lishi o'zgaruvchanlariga qaramay, bolalarda kelib chiqadigan kasalliklar ham ko'p bo'ladi. Bolalarda eng ko'p uchratiladigan kasalliklar arasida astma, alergiyalar, dermatitlar, obesitet, va hiperaktivlik kabi kasalliklar ko'rsatiladi[3]. Shuni ta'kidlash kerakki, ekologik muhitning yomonlashishi, toza havo va suv iste'mol qilish imkoniyatlarining cheklanganligi, zararli kimyoviy moddalarning bo'lishi va plastik moddalarning ko'proq ishlatilishi bolalarda kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bolalarda kelib chiqadigan kasalliklarni kamaytirish uchun ekologik muhitni saqlash, toza havo va suiste'mol qilishga e'tibor qaratish, zararli kimyoviy moddalardan saqlanish va ularni ishlatishdan cheklash, plastik moddalarning ishlatilishini cheklash kabi harakatlar keng qo'llaniladi. Bu bilan birga, bolalarni yaxshi taomlanish, faol faoliyatga jalb qilish va sport bilan shug'ullanishga rag'batlantirish ham muhimdir.
Ekologik muhitni saqlash va bolalarda kelib chiqadigan kasalliklarni kamaytirish uchun qo'llaniladigan usullar haqida mutaxassis shifokor yoki ekologga murojaat qilish kerar. Ekologiya sababli kelib chiqadigan kasaliklar ayniqsa yoshi kattalarga kuchli ta'sir qiladi. Qariyalarda kelib chiqadigan kasalliklar odatda ekologik muhitning yomonlashishi, zararli kimyoviy moddalarning bo'lishi va tabiiy resurslarning ishlatilishi sababli ko'payadi. Qariyalarda eng ko'p uchratiladigan kasalliklar orasida astma hamda hiperaktivlik kabi kasalliklar ko'rsatiladi. Qariyalarda kelib chiqadigan kasalliklarni kamaytirish uchun ko'proq suv iste'mol qilishga e'tibor qaratish zarur.. Ayni paytda, qariyalarni yaxshi taomlanish, faol faoliyatga jalb qilish va sport bilan shug'ullanishga rag'batlantirish ham muhimdir. Qariyalarda kelib chiqadigan kasalliklarni kamaytirish uchun ekologik muhitni saqlash, toza havo va suv iste'mol qilishga e'tibor qaratish, zararli kimyoviy moddalardan saqlanish va ularni ishlatishdan cheklash, plastik moddalarning ishlatilishini cheklash kabi harakatlar keng qo'llaniladi.
"Ijtimoiy fikr" Respublika jamoatchilik fikrini o'rganish markazida biz ham viloyatlarning ekologik muhitini, muammosini viloyatlar kesimida o'rganib chiqdik. Har bir
April 20, 2024
244
viloyat o'z hududi va sharoitidan kelib chiqib fikr bildirishdi. Xo'sh, qaysi viloyatda qanday ekologik muammo mavjud? Bu savolga tadqiqotlardan kelib chiqib o'z fikrimni bildirsam, Toshkent shahrida ko'plab fuqarolar avtomobil soni ko'payib ketgandan shikoyat qilishdi. Tadqiqot natijasida 80 % insonlar haftaning bir kuni avtomobilsiz kun bo'lishini xohlashdi. Bu to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham joriy yilning 21-fevral kuni har oyning bir ish kuni avtomobilsiz kun, deb e'lon qildi. Bu holatni ko'p kishi ma'qullashdi va ayrim insonlar norozilik bildirishdi. Yana bir fuqarolar muammosi ishlab chiqarilganiga o'n yildan oshgan mashinalar shahar hududiga kirishini ta'qiqlash kerakligini aytishdi hamda shahar hududini zonalarga ajratishni ham aytib o'tishdi. Navoiy shahrida, zaharli gazlar atmosferada to'planganingda, insonlarda astma, bronxit, allergik reaksiyalar va boshqa sog'liqni ta'sir qiladigan kasalliklarni ko'payishi mumkin. Hayvonlar va insonlar uchun esa bu zaharli gazlar tabiat tizimida o'tkir muammolarga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot natijasida 90% odamlar shu fikrdalar. Qoraqalpog'iston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar esa ko'proq Orol ko'li suv darajasi pasayishidan, daraxtlar ko'p miqdorda kesilishidan shikoyat qilishdi. Farg'ona shahri ekologiyasi ishlab chiqarish va transport sohasidagi faoliyatlar tufayli zarar ko'rishmoqda. Samarqand shahri o'zining tarixiy va madaniy merosi bilan mashhur bo'lgan shaharlarimizdan biridir. Shahar muhitini saqlash, tabiatni muhofaza qilish va insonlarga sog'liqni ta'minlashga e'tibor beradi. Lekin ayrim chekka joylar esa ko'proq havoning yomonligi haqida gapirishdi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11-bobining 50-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar'' deb ko'rsatilgan [4].
Ta'kidlash joizki umumekologik muammolarni bartaraf etish borasida 1993-yil mart oyida Qozog'istonning qizilo'rda shahrida o'rta osiyodagi besh davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari bo'yicha davlatlararo kengash va uning ijroiya qo'mitasi hamda orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi [5]. Darxaqiqat, uning vazifasi orol dengizi, uning sog'lom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir. Bu holatlarni yaxshilash uchun O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish Respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpog'iston Respublikasi, O'zbekiston geografya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiy-ommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniyada tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targ'ib qilmoqda. Aholi o'rtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targ'ib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini ko'tarish tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida o'qitilmoqda [6].
Xulosa qilib aytganda shahar muhiti insonni tajribalarini shakllantirishga yordam beradi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib xo'sh biz nima qilishimiz kerak? Nima qilsak
April 20, 2024
245
ekologiya yaxshilanishi, atrof muhit hamda keksalar sog'ligi uchuib, bolalar hamda ayollarda kasalliklarni kamaytirish uchun o'z hissamizni qo'shamiz degan fikr paydo bo'ladi. Bu holatlarga nisbatan mening fikrim birinchi o'rinda yo'llardagi belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlab ketmaslik kerak. Lekin ayrim yoshlar bu holatga nisbatan yengil qarashadi. Keyingi o'rinda jamoat transportiga ahamiyat berish kerak. Bu ta'sirni kamaytirish uchun elektromobillar soni kupaytirish kerak. Daraxt ekish va yashil maydonlarni himoya qilish kerak. Daraxtlarni ekish orqali biz tabiiy hayotni qo'llab-quvvatlashimiz va yashil hududlarni himoya qilishingiz mumkin. Bunday oddiy qadamlarni qo'yish orqali biz atrof-muhitga ta'sirni oshirishimiz va ekologik muvozanatni yaxshilashga hissa qo'shishimiz mumkin. Shu holatlarga chuqurroq e'tibor qaratilsa muammolar ma'lum miqdorda kamayishi mumkin. Ekologiya yaxshi bo'lsa kasallik kamayadi, tabiat va uning ichki va tashqi mamlakatlar orasidagi o'zaro aloqalarni tushunish va boshqarishga imkon beradi. Ekologiya bilimi insonlarga tabiatni qanday muhofaza qilish va uning resurslarini samarali foydalanishni o'rganishga yordam beradi. Ekologiya bilimi tabiatning kuchli, barqaror va tinchlikni ta'minlash uchun zarur bo'lgan muhim bir sohasidir. Shuning uchun tabiatni asrash bugunning eng katta vazifalaridan biridir.
REFERENCES
1. Nazarov, A. (2021). Healthy Generation-The Basis Of A Healthy Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 409-413.
2. Садыкова Ш.М. Актуальные вопросы социальной защиты пожилых людей в Узбекистане//НАУ. 2015. №4-6 (9). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/aktualnye-voprosy-sotsialnoy-zaschity-pozhilyh-lyudey-v-uzbekistane (дата обращения: 18.04.2024).
3. Хусанова Х.Т. Талаба ёшлар социал категориясини урганищда мультидисциплинар ёндащув//Ижтимоий фанлар электрон журнали № 2 (2019) 0212-2019.
4. Theoretical k. Z. E. Methodological approaches to social work with deviant youth prone to harmful habits //Theoretical & Applied Science. Philadelphia, USA. - 2021. - №. 12. -С. 102-104..
5. Bahodir o'g'li I. M. Yoshlarning Ijtimoiy Faolligini Oshirish Jamiyat Rivojlanishining Omili Sifatida //Miasto Przyszlosci. - 2022. - Т. 24. - С. 521-523.
6. Каланов К.К., Сабирова У. Ф. Социологический анализ малых городов Узбекистана через призму «устной истории» //Иностранные языки в Узбекистане. - 2018. - №. 1. - С. 262-267.
7. Alikariyev N., Alikariyeva A. Complex factors of increasing the efficiency of human labor//Neuro Quantology. November 2022. Volume 20. Issue 18. Page 102-
246
107. doi:10.14704 /nq.2022.20.18.NQ880012. www.neuroquantology.com. eISSN-1303-5150.
8. Kholbekov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.
9. Джиянмуратова Г. Ш. Нормативно-правовые основы социальной защиты молодежи в Республике Узбекистан //Технологии социальной работы в различных сферах жизнедеятельности. - 2023. - С. 35-40.
10. Ernazarov B. Avlodlar almashinuvidagi yosh klasifikatsiyasining sosiologiyadagi ahamiyati //News of UzMU journal. - 2024. - Т. 1. - №. 1.2. 1. - С. 261-265.
247