Научная статья на тему 'OZON QATLAMI VA UNING INSONIYAT UCHUN AHAMIYATI'

OZON QATLAMI VA UNING INSONIYAT UCHUN AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
6522
240
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ozon qatlam / atmasfera / sayyoralar / osmon / tabiat / inson.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Maxmudova Durdona Muxritdinovna

ushbu maqola ozon qatlami va uning insoniyat uchun ahamiyati haqida yozilgan bo‘lib, tabiatni asrash va unga ehtiyotlik bilan muomalada bo‘lish haqida ham ma’lumotlar mavjud.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZON QATLAMI VA UNING INSONIYAT UCHUN AHAMIYATI»

OZON QATLAMI VA UNING INSONIYAT UCHUN AHAMIYATI

Maxmudova Durdona Muxritdinovna

Toshkent viloyati Angren Shahar 6 maktab geografiya o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7500515

Annotatsiya: ushbu maqola ozon qatlami va uning insoniyat uchun ahamiyati haqida yozilgan bo'lib, tabiatni asrash va unga ehtiyotlik bilan muomalada bo'lish haqida ham ma'lumotlar mavjud.

Kalit so'zlar: ozon qatlam, atmasfera, sayyoralar, osmon, tabiat, inson.

Atmosferaning ozon qatlami quyoshning ultra binafsha nurlarini ushlab qoladigan qalqon hisoblanadi. Afsuski, sayyoramizda tabiiy muvozanat buzilishi natijasida ozon qatlamining yemirilishi bilan bog'liq ekologik xavf paydo bo'ldi. Bu esa kelajakda iqlimning bashorat qilib bo'lmaydigan o'zgarishlariga, ya'ni inson organizmi immun tizimining zaiflashishiga, onkologik kasalliklar sonining oshishiga, o'simliklarning sekin o'sishiga olib kelishi mumkin.

Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, ozon qatlamining yemirilishiga sovitish texnikalari, yong'in o'chirish vositalari, tarkibida galogenlar (xlor, ftor va brom) bo'lgan kimyoviy moddalarning sanoat va qurilish sohasida keng qo'llanilishi asosiy sabab sanaladi.

Ekologik xavfning oldini olish maqsadida 1985-yilda dunyoning 147 mamlakati ishtirokida Ozon qatlamini muhofaza qilish to'g'risidagi Vena konvensiyasi qabul qilindi. Oradan ikki yil o'tgach, 1987-yilning 16-sentyabrida ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal protokoli imzolandi. Shu kundan e'tiboran ushbu sana ozon qatlamini himoya qilish xalqaro kuni sifatida nishonlanadi.

Ozon — (yunonchadan ozon - anqiydigan) ozon molekulalari(O3)dan hosil bo'lgan, har biri kislorodning uchta atomlaridan iborat gaz.

Garchi, hozirda atmosfera havosidagi ozon juda oz qismni tashkil etsa - da, uning ahamiyati benihoya kattadir. U oqsil va nukleinli kislotalarni yemiruvchi qat'iy ultrabinafsha nurlanishni ushlab qoladi. Ta'kidlash lozimki, stratosfera ozoni - ob-havoning qisqa muddatli va lokal o'zgarishlarini belgilaydigan muhim iqlimiy omildir. Quyosh nurlanishini yuta turib va energiyani boshqa gazlarga uzata turib, ozon stratosferani isitadi va bu bilan butun atmosferada sayyoraviy issiqlik va sirkulyar jarayonlarning xususiyatlarini tartibga soladi. Ozonning o'zgaruvchan molekulalari tabiiy sharoitlarda, jonli va jonsiz tabiatning turli omillari ta'sirida hosil bo'ladi va parchalanadi, uzoq tadrijiy rivojlanish davomida ushbu jarayon birmuncha dinamik muvozanatga keldi.

Ozon qatlamini olimlar "biologik qalqon" deb ham ataydilar.Taassufki, bu qalqonning yemirilishiga inson omili katta rol o'ynayapti.

Kosmik parvozlar, reaktiv samolyotlar parvozi, avtomobillar va boshqa manbalardan chiqayotgan gazlar, ayniqsa, sovitish tizimlaridagi freon gazi bu qatlam holatiga aks ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirda eng katta ozon tuynuklari yer sharining janubiy va shimoliy qutblarida paydo bo'lgani taassuf va xavotir bilan aytilmoqda. 1985 yili Antarktida, 1992 yili Arktikada ozon tuynugi hosil bo'lganligi qayd etildi. Quyosh ultrabinafshanurlarining hech qanday to'siqsiz yerga yetib kelishi havo haroratining ko'tarilishi va asriy muzliklarning erishiga sabab bo'lmoqda. Suv ostida yashaydigan planktonlar, mayda qisqichbaqalar, krablar, suv o'tlariga bu o'zgarish, ayniqsa, halokatli ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, iqlimning o'zgarishi, cho'llanish, aholi o'rtasida turli xastaliklarning tarqalishi, global isish jarayoni sodir bo'ladi.

Keyingi yillarda yurtimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarga ekologik bilim berish borasida ko'pgina ijobiy ishlar qilinmoqda.O'rta va oliy o'quv yurtlarida talabalarga ekologiya fani bo'yicha bilim berilmoqda. Bundan tashqari, gazeta va jurnallar, radio televizorlar orqali ekologiyaning dolzarb masalalariga oid, maqolalar berilyapti, ko'rsatuvlar uyushtirilyapti. Shunga qaramay, biz yosh avlodga qoniqarli darajada ekologik tarbiya beryapmiz deb ayta olmaymiz. Xususan, soha uchun kadrlar tayyorlash borasida qilinadigan ishlar ko'p. To'g'ri, mustaqillik sharofati bilan mahalliy olimlar, soha mutaxassislari yangi darsliklar, o'quv qo'llanmalari yaratishdi. Bu darsliklarda respublikamiz iqlimiy sharoitlari, unda mavjud o'simliklar va hayvonot dunyosi, uchrab turgan ekologik muammolar o'z aksini topgan. Ular yoshlarga ekologik tarbiya berishda yaqindan ko'makchi bo'lishi mumkin.

Mutaxassislar malakasini oshirish borasida esa ayrim xorijiy mamlakatlarning tajribalarini namuna tariqasida o'rgansak foydadan xoli emas. Masalan, Germaniyadagi tabiati go'zal maskanlarda maxsus ekologik tarbiya berish joylari tashkil etilgan. Ularda yoz oylarida mutaxassis o'qituvchilar ekologiya bo'yicha o'z malakalarini oshiradilar, maktabga qaytgach, olgan bilimlarini, tajribalarini amalda qo'llaydilar. Zero, bolalarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak uchun qilinadigan ish emas. Bu davlat ahamiyatiga ega dolzarb masaladir. Biz sog'lom, mehnatsevar, dunyoqarashi keng yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazsakgina kelajagimiz nurli bo'ladi.

Shu o'rinda respublikamiz, jumladan, Buxoro viloyatida ham atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida bir talay ishlar amalga oshirilganini ta'kidlamoqchimiz. Viloyat hududidagi bir qancha korxona va tashkilotlarga zamonaviy usuldagi chang-gaz tozalash qurilmalari o'rnatildi. Shuningdek, "Toza havo" tadbiri doirasida 20 mingdan ortiq avtotransport vositasi ko'rikdan o'tkazildi. 1200ta avtotransport vositasi me'yoridan oshiq CO2 ajratayotganligi aniqlandi va joyida sozlandi. Natijada

atmosfera havosiga 1.1 tonna zararli tashlanmalar chiqishi oldi olindi. Bu tadbir doimiy tarzda o'tkazilmoqda. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-noyabrdagi "Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo'lgan mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida"gi 247-sonli qaroriga asosan viloyatda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Atmosfera havosini musaffoligini saqlash uchun, avvalambor, barcha insonlarga ekologik ta'lim-tarbiya berilishini yo'lga qo'yish, korxonalarda ekologik jihatdan sog'lom texnologiya yaratish, transport vositalarining chiqindisiz ishlashini ta'minlash, oyida bir marotaba bo'lsa-da, "avtomobilsiz kunni"tashkil qilish, sovitish texnikalari va yong'in o'chirish vositalaridan havoga chiqariladigan galogenlarni atmosferani ya'ni ozon qatlamini siyraklashmasligiga olib kelmaydigan elementlar bilan almashtirish chora- tadbirlarini ko'rish, shahar va qishloq ko'chalarida, korxonalar atroflarida yashil iqtisodiyotni ya'ni ko'kalamzoñashtirishni yana-da kuchaytirish lozim.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va O'zgidramet hamkorligida "Xalqara ozon qatlamini himoya qilish kuni"ga bag'ishlangan seminar o'tkazildi. Seminarda ozon qatlami va uni muhofaza qilish masalalari keng muhokama qilindi.

Bugun yurtimizda atmosfera qobig'ida joylashgan, yerdagi hayot davomiyligini ta'minlashda o'z hissasini qo'shadigan, o'zi yupqagina, biroq tarqalishi yerdan 10 km masofadan 50 km.gacha bo'lgan oraliqni zabt etgan "ozon qatlami"ni muhofaza qilish bo'yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlar ichida Ozon qatlamini muhofaza qilish bo'yicha Vena Konvensiyasi va Ozon buzuvchi moddalar bo'yicha Monreal protokolining dunyodagi o'mi beqiyos. Mazkur hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan va qo'yilgan talablarga asosan samarali ishlar yo'lga qo'yilgan muhim hujjatlar hisoblanadi.

2018-yilning 9-yanvarida Vazirlar Mahkamasining "Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo'lgan mahsulotlarning O'zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo'lgan mahsulotlarni respublikamizga importi respublikamizdan eksportini davlat tomonidan tartibga solishni ta'minlanib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o'tgan davrida ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo'lgan mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasiga importi va O'zbekiston Respublikasidan eksporti uchun ruxsatnoma olish bo'yicha 2237 ta elektron arizalar

kelib tushgan. Ulardan 9 tasiga ruxsatnoma, 2176 tasiga ruxsatnoma talab etilmasligi to'g'risida xulosalar va 52 tasiga rad etish xatlari rasmiylashtirilgan.

2018-2030-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarning O'zbekiston Respublikasiga importi uchun kvotalar tasdiqlangan bo'lib, 2018-yilda 58,48 tonna belgilangan bo'lsa, 2020 - 2029-yillarda 6,8 tonnani, 2030-yilda ozonni buzuvchi moddalarga kvotalar ajratilishi to'xtatilishi belgilab qo'yilgan.

2005-yilda ozonni buzuvchi moddalarning O'zbekiston Respublikasiga importi uchun kvota 883,6 tonnani tashkil qilgan bo'lib, hozirda ushbu ko'rsatkich 130 barobarga qisqarganligini ko'rishimiz mumkin.

Yig'ilish muhokama va bahs-munozaralarga boy bo'ldi. Mavjud muammolarga ko'plab yechim va takliflar berildi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi matbuot xizmati. Dunyo miqyosida ozon qatlamini tiklash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar besamar ketayotgani yo'q. Jahon meteorologiya tashkiloti va BMTning atrof-muhit bo'yicha dasturi hamkorligida o'tkazilgan tahlillarga ko'ra, 2050 yilda Arktika, 2065 yilga kelib Antarktida ustidagi ozon tuynuklari to'liq tiklanishi kutilmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Yer doimo Ozon qatlamiga muhtoj. Zaminimizda tirik mavjudotlar yashar ekan, Ozonsiz ular nafas ololmaydi. Quyosh nurlarining zararli qismini qaytarib, bizga filtr vazifasini o'tovchi qatlamni asrashimiz kerak. Oyga bo'lgan parvozlar, raketalarning ozonni yorib o'tishi ham qaysidir ma'noda qaytarib bo'lmas yoriqlarni hosil qiladi. Biz tabiatni asrashni Ozondan boshlashimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.Karimov. Yuksak manaviyat - engilmas kuch T. Manaviyat. 2008 yil

2. Ozon qatlami haqida tushuncha va uning mohiyati. O'quv qo'llanma

3. www.ziyonet.com

4. www.arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.