Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA O‘RTA QATLAM: EVOLYUSIYA VA MUAMMOLAR'

O‘ZBEKISTONDA O‘RTA QATLAM: EVOLYUSIYA VA MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik jamiyati / demokratik jamiyat / huquq / huquqiy davlat / huquqiy ong / huquqiy madaniyat / ijtimoiy ong / bozor iqtisodiyoti.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muqimjon Qirg‘Izboyev, Xasan Omanbayevich Okyulov

Rivojlangan mamlakatlarda o'rta ijtimoiy qatlamning o'sib borish tendensiyalari, ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va takomillashtirdagi o'rni, bu sohadagi Gʻarb mamlakatlari tajribasi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA O‘RTA QATLAM: EVOLYUSIYA VA MUAMMOLAR»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'ZBEKISTONDA O'RTA QATLAM: EVOLYUSIYA VA

MUAMMOLAR

Muqimjon Qirg'izboyev

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kafedra mudiri,

siyosiy fanlar doktori, professor

Xasan Omanbayevich Okyulov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Rivojlangan mamlakatlarda o'rta ijtimoiy qatlamning o'sib borish tendensiyalari, ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va takomillashtirdagi o'rni, bu sohadagi G'arb mamlakatlari tajribasi tahlil etiladi.

Tayanch so'zlar: fuqarolik jamiyati, demokratik jamiyat, huquq, huquqiy davlat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ijtimoiy ong, bozor iqtisodiyoti.

Bir necha asrlardan buyon o'rta qatlam jamiyat ijtimoiy qatlamlari o'rtasida faoliyat yuritadi. Bu qatlam hozirgi davrga kelib jamiyatning kambag'al va "yangi o'zbeklar" qatlamlari o'rtasidaga odamlarni birlashtiradi. O'rta qatlamning kasbiy tarkibi aksariyat kasbiy guruhlar vakillaridan iboratdir. Bu ijtimoiy birlik ko'pincha "o'rta qatlam" iborasi bilan atalashi rusumga kirdi.

Antik davrda faylasuflar qatlamlashni uchta asosiy qatlam (oliy, o'rta va pastki) asosida belgilagan. Unda asosan taniqlilik, hokimiyatdagi o'rni va boyligi e'tiborga olingan. Aristotelning fikricha, har bir davlatni uchta tarkibiy qismlarga bo'lish mumkin: "erkin (mustaqil), nihoyatda kambag'allar va uchinchisi - ularning o'rtasida turadiganlar"[1].

Ijtimoiy stratifikatsiya va o'rta qatlamga doir nazariyalarni rivojlantirishda Maks Veberning hissasi kattadir. U o'rta qatlam deganda "mulkning barcha turlarini tasarruf etuvchi, yoki, muayyan tayyorgarlik tufayli mehnat bozorida raqobatbardoshlik qila oladigan"[2] ijtimoiy qatlamni tushungan. Veberning fikricha, o'rta qatlam vakillari sifatida tadbirkorlar (sanoat va qishloq xo'jaligidagi), savdogarlar, bankirlar, moliyachilarni keltirish mumkin. Shu bilan birga, u "imkoniyatga ega bo'lgan o'rta qatlam" deb ataladagan, "erkin" kasblar shaxslari sifatida namoyon bo'ladigan, yaxshi ta'lim olgan va tayyorgarlikdan o'tgan,

271

Tashkent State University of Economics

shuningdek, moddiy tayanchlarga ega bo'lmasada o'zlari orttirgan o'ziga xos malakasi tufayli mehnat bozorini egallab olgan ishchilaridan iboratdir[3].

Arnold Toynbi o'zining "Tarixni anglash" asarida hozirgi davr sivilizatsiyasi to'g'risida yozganida, uni o'rta qatlam sivilizatsiyasi deb ataydi. Uning fikricha, o'rta qatlamni shakllanishi va rivojlanishi - bu zamonaviylikni namoyon bo'lishidir, davlatning asosiy vazifasi o'rta qatlamni qo'llab-quvvatlashdir[4].

O'rta qatlamning tabiatini taniqli olim M.Xalbvaks Fransiya jamiyatini tadqiq etish asnosida ochib berdi. U o'rta qatlamga quyidagi guruhlar kirishini ko'rsatdi: hunarmandlar, mansabdorlar, xizmatchilar, mayda tadbirkorlar, sog'liqni saqlash xodimlari[5]. Bu davrda o'rta qatlamni ijtimoiy-kasbiy mezonlari asosida uning quyidagi xususiyatlarini e'tiborga olish rusumga kirdi: mehnat faoliyati; bilimlilik darajasi; jamiyat ijtimoiy strukturasidagi alohida o'rni va sub'yektning o'zining qatlamiy nuqtai nazariga munosabati.

Hozirgi davrda ijtimoiy fanlarda o'rta qatlamni aniqlashning quyidagi yondashuvlari shakllandi: ob'yektiv (moddiy farovonlik va resurslar darajasi bo'yicha yondashuvlar); sub'yektiv (odamlarning o'rta qatlamga o'zini o'zi daxldorligi) va ularni o'zaro umumlashtirish. Moddiy farovonlik darajasi bo'yicha yondashuv o'rta qatlamni ommaviy ijtimoiy sub'yektga oid tasavvurlar bilan bog'liq bo'lib, nisbatan yuqori hayotiy standartlar va iste'mol darajasi bilan tavsiflanadi [6]. Moddiy farovonlik darajasi bo'yicha yondashuvning asosiy mezonlari quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha shakllanadi: -kishi boshiga olingan daromad;

-muayyan qimmatbaho mulklarga (avtomobil, yashash joylari) egalik qilish; -pullik ijtimoiy xizmatlarga erishish imkoniyati (ta'lim, tibbiyot) [7]. Resurslar darajasi bo'yicha yondashuv ingliz sosiologi Entoni Giddens asarlarida asoslab berilgan. Unga muvofiq bu qatlam "eski o'rta qatlam" va "yangi o'rta qatlam"ga bo'linadi. "Eski" o'rta qatlam"ni mayda tadbirkorlar, "yangi o'rta qatlam"ni intellektual mehnat bilan band bo'lgan, yuqori va o'rtav mehnat haqi oladigan yollanma xizmatchilar tashkil etadi. "Yangi o'rta qatlam" safiga menejerlar va yuqori malakali mutaxassislar kiradi. Quyi va pastroq qatlamga esa o'qituvchilar, vrachlar va ofislar xizmatchilari daxldor bo'ldi. "Eski o'rta qatlam"ga taalluqli bo'lgan ijtimoiy qatlamlar soni kamayib, "yangi o'rta qatlam" safi o'sib borishi qonuniyatga aylandi.

Sub'yektiv yondashuv individning, ya'ni o'rta qatlamga tegishli shaxsning aynanlashuv (identifikatsiyaviy)-psixologik tavsiflariga asoslandi. Bunda o'rta qatlam

272

Tashkent State University of Economics

odamlami aynanlashuvi asosida ajratib ko'rsatiladi, yoki odamlarni o'zini o'zi o'rta qatlamga taalluqli ekanligini anglashi vositasida aniqlanadi[8].

Yevropa mamlakatlarida "o'rta qatlam" tushunchasi Jahon bankining 2007 yil uchun jahon iqtisodiyoti istiqbollariga doir hisobatida o'z ifodasini topdi[9]. Unda o'rta qatlamning jahondagi darajasi quyidagicha aniqlashtiriladi: yuqori sifatli import tovarlari va mashinalarini sotib olishga imkoniyati mavjud, xalqaro darajadagi xizmatlar va oliy ta'lim olish imkoniyati mavjud bo'lgan axoli guruhlari nazarda tutildi [10]. Albatta, o'rta qatlamga oid bu tasavvurlarmulkiy yondashuvga asoslandi.

Shveysariyaning Credit Suisse bankining «Global Wealth Report 2015» hisobotiga binoan 2015 yilda 664 mln. o'rta qatlam vakillari mavjud bo'lib, bu ko'rsatkich jahondagi balog'atga yetgan aholining 14 foizini tashkil etdi, ularning jami aktivlari jahondagi boylikning 32 foizi miqdorida baholandi (qiyoslash uchun -jahondagi boylikning yarmidan ko'prog'i 1 foiz aholi qo'lida to'plangan). Avstraliyada o'rta qatlamga 66 foiz, Italiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyada 55 foizdan ortiqroq, AQSHda 38 foiz, Xitoyda 11 foiz, Rossiyada 4,1 foiz, Afrika va Hindistonda 3 foiz aholi o'rta qatlamni tashkil etadi [11].

Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi demokratiyaning tarqalganlik darajasini aks ettiradi. Bu holat fuqarolik jamiyati tayanadigan turli institutlarda, munosabatlarda, madaniyatda namoyon bo'ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda fuqarolarning ishtirok etishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari ifodalanadi, ular siyosiy qarorlar qabul qilishda e'tiborga olinadi, fuqarolar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy dasturlar hamda loyihalar ishlab chiqishga jalb etiladi [12]. Shuning uchun ham o'rta qatlam fuqarolik jamiyati va uning institutlarini barcha jabhalari bilan uzviy ravishda bog'liq, o'rta qatlam fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosi hisoblanadi. Qolaversa, o'rta qatlam fuqarolik jamiyati qurish va uni rivojlantirish islohotlarining tashabbuskori sifatida namoyon bo'ladi.

Klassik iqtisodchilar asarlaridan ma'lumki, fuqarolik jamiyati - bu erkin individlar hamjamiyatidir. Har bir individning xususiy mulk egasi ekanligiga e'tibor bersak, u tirikchilik uchun zarur bo'lgan vosita va mablag'larni egallashga havrakat qiladi, u kasb, mulkchilik shakllarini, mehnat turlarini o'zi tanlash huquqlariga egadir. Bunda mulk nafaqat shaxsning, balki jamiyatning asosiy sharti sifatida namoyon bo'ladi. Boshqacha aytganda, xususiy mulk - fuqarolik jamiyatining asosidir[13].

Fuqarolik jamiyati yashashining muhim shart-sharoiti xususiy mulk instituti hisoblanadi. Xususiy mulkning rivojlanishi tashqi dunyoga nisbatan muttasil

273

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

daxldorlik va erkinlikni kengaytirishga sharoit yaratadi. Mulk tashqi dunyoning moddiy mujassamligi sifatidagi ochiq faoliyatini ifodalab, unda fuqarolik jamiyati va uning a'zolarining xatti-harakati ifodalanadi[14].

Umuman olganda, xususiy mulk fuqarolik jamiyatini shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi yo'nalishlarda shart-sharoitlar yaratadi:

-xususiy mulk insonning tabiiy instinkti, mustaqilligi va tashabbuskorligiga tegishli bo'lgan individual mavjudlik tarzidir;

-xususiy mulk xo'jalik ishbilamonligi va shaxsiy tashabbusga yo'l ochib beradigan omil bo'lib, bu bilan u insonni g'ayrat-shijoatini mehnatga bag'ishlashga intilishiga imkoniyat yaratadi;

-xususiy mulk o'z egasiga ishonch, boshqalarga ishonish tuyg'ularini shakllanishiga ta'sir qiladi;

-xususiy mulk insonni yerni va mehnatni sevishga o'rgatadi, oilaviy munosabatlarni mustakamlaydi;

-xususiy mulk inson huquqiy ongini rivojlantiradi, fuqaroviylik huqiqiy tartibotiga o'rgatadi;

-xususiy mulk kishilarda xo'jalik birdamligi tuyg'ularini shakllantiradi, o'zaro erkinliklarga daxl qilmagan holda raqobatdoshlik asosida ishlash odatlarini hosil etadi.

Hozirgi davrda o'rta qatlam darajasini aniqlovchi mezon sifatida mamlakatlardagi o'rtacha daromad darajasini qiyoslash qabul qilindi. Uni hisoblashni qulaylashtirish uchun yillik daromadning quyidagi bo'linishi belgilangan: Pastki qatlam - yiliga 10 ming dollardan oz daromad oladi; O'rta qatlam - yiliga 10 mingdan 100 ming dollargacha daromad oladi; Oliy jamiyat (qatlam) - 100 ming dollar va undan yuqori [15]. Quyidagi jadvalda turli mamlakatlarda har bir kishiga to'g'ri keladigan o'rtacha boylik darajasi beriladi [16]:

Mamlakatlar

Bir kishiga to'g'ri Mamlakatlar

keladigan o'rtacha boylik boyligi (AQSH (AQSH dollari hisobida) dollari hisobida)

AQSH

Shveysariya

Yaponiya

Xitoy

Rossiya

O'zbekiston

388 585 537 599 225 057 26 872 16 773 6 637

93,56 trln. 3,63 trln. 23,68 trln. 29.00 trln. 1,89 trln. 134 mlrd.

274

Tashkent State University of Economics

Tahlillardan ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda mustaqillik davrida, ayniqsa, keyingi uch yil ichida o'rta qatlamni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Davlat tomonidan o'rta qatlamni qisqa dav ichida shakllantirish uchun uni huquqiy himoya qilish, biznes yuritish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularga nisbatan soliqlar imtiyozini qo'llash, ularni turli tekshirishlarda himoyalash, bu qatlam korxonalari firmalariga investisiyalar olib kirishni ko'paytirish kabi chora-tadbirlarni qo'llash qisqa muddat ichida o'z natijalarini bera boshladi. O'rta qatlam jamiyat a'zolarining ko'pchiligini tashkil eta boshladi.

REFERENCES

1. [https://uza.uz/uz/posts/kambagallikni-qisqartirish-va-bandlik-masalalari-muhokama-qilindi_481618]

2. [Вебер М. Основные понятия социальной стратификации /М. Вебер// Социологические исследования, 1994, № 5. -С.154.]

3. Вебер М. Основные понятия социальной стратификации / М. Вебер // Социологические исследования. 1994. № 5. С. 153.]

4. [Тойнби А. Постижение истории / А. Тойнби. М.: ИНФРА-М, 1991.-С.300.]

5. [Хальбвакс М. Характеристики средних классов (1939) / М.Хальбвакс // Социальные классы и морфология. М.: Институт экспериментальной социологии, 2000. С. 150-156.]

6. [Средний класс в современной России / Отв. ред. М. К. Горшков, Н.Е.Тихонова; Ин-т социологии РАН. — М.: 2008. —С.132-134]

7. [Зубец А.Н., Сазанакова А.С.Оценка численности среднего класса в России по итогам 2013 года // журнал «Финансы».— 2014.—№ 7.—С. 72-73.]

8. [Средний класс в современной России / Отв. ред. М. К. Горшков, Н.Е.Тихонова; Ин-т социологии РАН. -М.: 2008. -С.140-141]

9. [Global economic prospects 2007 : managing the next wave of globalization//https://studyres.com/doc/3576849/global-economic-prospects-2007. ]

10. [Всемирный банк в России. Доклад об экономике России. № 19. Июня 2009.]

11. [Global Wealth Report 2015: Половина мирового богатства принадлежит 1% населения 14 октября 2015//https://finance.tut.by/news468498.html.]

12. [Юданов А.Ю. Конкуренция: теория и практика. -М.,1998.-С. 19.]

13. [Проблемы общей теории права и государства: Учеб.для вузов / Под общ. ред. В.С. Нерсесянца.-М.: Норма, 2004. -С.723.]

14. [Резник, Ю.М. Гражданское общество как идея // Социально-гуманитарные знания, 2002.-№4.-С.111]

275

Tashkent State University of Economics

15. [Манба: James Davies, Rodrigo Lluberas and Anthony Shorrocks, Credit Suisse Global Wealth Databook,2017.]

16. [Okyulov, K. (2022). Middle class in Uzbekistan: evolution and problems. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19), 1(05), 4653. https://inlibrary.uz/index.php/scientific-research-covid-19/article/view/8449]

17. [Окюлов, Х.О. (2023). Философский подход в анализе роли предпринимательства молодежи как фактора развития гражданского общества. MASTERS, 1(1), 220-223.]

18. [Okyulov, K. (2020). Middle class in Uzbekistan: evolution and problems. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19), 1(05), 46-53.]

19. [Omonbaevich, O.K. (2014). Medium class in Uzbekistan: evolution and problems. 1000 kopii., (7), 43.]

20. [Omonbaevich, O.K. (2014). Medium class in Uzbekistan: evolution and problems. Финансы, (7), 72-73.]

21. [Окюлов, Х. О. (2023). Философский подход в анализе роли предпринимательства молодежи как фактора развития гражданского общества. MASTERS, 1(1), 220-223.]

22. [САИДОВ, А. Х., & ОКЮЛОВ, О. О. (2022). Некоторые аспекты усиления правовых основ защиты прав и законных интересов субъектов творческой деятельности. Труды по Интеллектуальной Собственности, 41(2), 38-43.]

23. [Окюлов, Н. О. (2021). Ситуационные центры в системе обмена опытом на международном уровне в сфере подготовки и организации работы кадроворганов внутренних дел. Академическая мысль, (1 (14)), 43-46.]

24. [Окюлов Х. (2016). Рол и сущност нелегалных ресурсов в регулировании предпринимателской деятелности. Обзор законодателства Узбекистана, (1), 3435. https://inlibrary.uz/index.php/uzbek_law_review/article/view/13444]

276

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.