Научная статья на тему '“MULKDORLAR QATLAMI” FUQAROLIK JAMIYATI ASOSI.'

“MULKDORLAR QATLAMI” FUQAROLIK JAMIYATI ASOSI. Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demokratiya / fuqarolik jamiyati / huquqiy davlat / huquqiy ong / huquqiy va siyosiy madaniyat / ijtimoiy ong / ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti / tadbirkor / mulkdorlar / qashshoqlar / boylar / o'rta qatlam.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xasan Omanbayevich Okyulov

Fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat tushunchasi, kichik biznes sub'yektlari hamda xizmat ko'rsatish sohasining Yangi O'zbekistonni barpo etishdagi ta'siri o'rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MULKDORLAR QATLAMI” FUQAROLIK JAMIYATI ASOSI.»

Tashkent State University of Economics

"MULKDORLAR QATLAMI" FUQAROLIK JAMIYATI ASOSI.

Xasan Omanbayevich Okyulov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat tushunchasi, kichik biznes sub'yektlari hamda xizmat ko'rsatish sohasining Yangi O'zbekistonni barpo etishdagi ta'siri o'rganilgan.

Tayanch so'zlar: demokratiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, huquqiy ong, huquqiy va siyosiy madaniyat, ijtimoiy ong, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti, tadbirkor, mulkdorlar, qashshoqlar, boylar, o'rta qatlam.

Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes sub'yektlari deganda kichik va o'rta o'lchovdagi korxonalar tushuniladi. Yevropa mamlakatlarida kichik va o'rta korxonalar qayta ishlash sanoatining 95 foizini tashkil etadi, shuningdek xizmat ko'rsatish sohasini ham asosiy qismi kichik va o'rta tadbikorlik korxonalari hissasiga to'g'ri keladi. Aksariyat mamlakatlar iqtisodiyotida kichik va o'rta korxonalarning ish bilan bandlikdagi hissasining uchdan ikki qismi xususiy sektorga to'g'ri kelib, bu korxonalar asosiy ish o'rinlari yaratuvchilar hisoblanadi. Jumladan, Italiyada barcha korxonalarning 98 foizi kichik biznes sub'yektlari hisoblanib, ularning 95 foizida 10 tadan kam bo'lgan xodimlar xizmat qiladilar.

Buyuk Britaniyada 2015 yilda biznes bilan shug'ullanuvchi 4,3 mln. korxonalar rasmiy ravishda ro'yhatdan o'tganlar. Ularning 99,3 foizida 49 tadan ko'p bo'lmagan hodimlar mehnat faoliyati olib boradilar. Yaponiyada esa, yuqorida keltirilgan mezonlardan kelib chiqib barcha korxonalarning 99 foizi kichik va o'rta korxonalar sifatida ro'yhatdan o'tganlar. Rossiya Federatsiyasida esa 1 mln.dan ortiq kichik va o'rta biznes korxonalari faoliyat ko'rsatadi.

Markaziy Osiyoda O'rta asrlardan to XIX asr oxirlarigacha axoli tabaqalanishi fomal jihatdan olganda xukamolar, ulamolar va fuqarolarga bo'lingan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida sanoat ishlab chiqarishini ibtidoiy ko'rinishlari namoyon bo'la boshlagan biroq sovet davrida proletariat diktaturasi xaqidagi aqidalarga amal qilgan holda yo'qsillar, kambag'allar qatlamiga mansub bo'lish sharafli va imtiyozli xisoblangan va aksincha boylar va xatto o'rta mulkdorlar qatlamiga nisbatan repressiyalar turli ko'rinishlarda qo'llanilgan. Albatta, shahar bilan qishloq o'rtasidagi urbanizatsiya jarayoni oqibatlarini xisobga olmagan holda aholi qatlamlarida keskin tabaqalanish ijtimoiy xayotga ta'sir qiladigan darajada bo'lmagan. Mamlakatimizda vaziyat Sh.Mirziyoyev Prezidentlikka saylangandan so'ng keskin ravishda o'zgara boshladi.

323

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

Tadbirkorlikni xar tomonlama qo'llab quvvatlash, yangi ish o'rinlarini yaratish, axoli turmush darajasini oshirish sohasida jiddiy tizimli islohotlar amalga oshirila boshlandi. "Xalq boy bo'lsa davlat boy bo'ladi" tamoyili asosida kam ta'minlangan kishilar doirasini qisqartirish bo'yicha aniq maqsadli tizimlar barpo etildi. Temir daftar, ayollar daftari, yoshlar daftari joriy etildi. Bunda asosiy yondashuv baliq berganga bir marta raxmat, baliq tutishni o'rgatganga ming marta raxmat qabilida ish tutish yo'lga qo'yildi ya'ni, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun turli subsidiyalar, imtiyozli kreditlar, issiqxonlar qurish, to'qsonbosdi ekinlar yetishtirish, ayollarni tikuv mashinalari bilan ta'minlash, investisiya loyihalarini qo'llab quvvatlash orqali kishilarni kambag'allar toifasidan o'rta qatlam toifasiga o'tkazish jarayonlari yaqqol ko'zga tashlanadigan bo'ldi.

Mamlakatimizda mulkdorlar qatlamini kengaytirish bo'yicha tizimli asosda davlat siyosati amalga oshirilmoqda. O'rta qatlamni kengaytirishni asosiy omili kambag'alchilikni qisqartirish xisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 43 -moddasida kambag'allikni qisqartirish davlat majburiyati sifatida belgilab qo'yildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan kambag'allikni qisqartirish va bandlikni oshirish bo'yicha davlat siyosati asoslari shakllantirildi. Ma'muriy islohotlar doirasida Bu sohalarga mas'ul vazirlik tashkil etilib, barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratildi. Yurtimizda ilk bor minimal iste'mol xarajatlari qiymati joriy etildi.

Aholi bandligini ta'minlash uchun oilaviy tadbirkorlikka 15 trillion so'm imtiyozli kredit va subsidiyalar, dehqonchilik uchun 200 ming gektar yer ajratildi. Shu davrda 300 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yekti tashkil qilinib, 20 mingta korxona faoliyati kengaytirildi. O'tgan yili 1 million nafar aholi kambag'allikdan chiqarildi. [1]

Xalqaro reyting ko'rsatkichlarida djenny indeksi mavjud. Unga ko'ra boylar bilan kambag'allar o'rtasida mamlakat miqyosidagi tafovutlar o'lchanadi. Xar ikki qatlam o'rtasidagi daromadlar, mol-mulk o'rtasidagi farq djenny indeksi bo'yicha 35 foizdan kam bo'lsa normal holat xisoblanadi. Bunday ko'rsatkich Germaniyada 31 foiz, Rossiyada 41 foizni tashkil etadi. Masalan, Rossiyada kompaniya raxbari bilan oddiy xodim oladigan daromadlar o'rtasidagi farq 12-13-baravarni tashkil etadi. [2] Mulkdorlar qatlamiga qo'shilgan yangi qatlamlar ongida o'rta qatlam sifatida o'zini anglab yetish va shunga monand xulq atvor, qadriyatlarga amal qilish o'z o'zidan avtomatik ravishda vujudga kelmaydi. Bu sekin asta kechadigan evolyusion jarayon. Kishini amaliy holatidagi o'zgarishlar uning ongida ham birdaniga sifat o'zgarishlarni vujudga keltirmaydi. Ongda muayyan muddat inersiya mavjud bo'lishi tabiiy. Shu sababli ham bu o'rinda birdaniga mo'jiza kutmaslik lozim.

Albatta o'rta qatlam mulkdori o'rtasida ham muayyan tabaqalanish mavjud bo'lishi mumkin. Masalan, iste'molchi mulkdori bilan tadbirkor mulkdor o'rtasida.

324

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

Iste'molchi mulkdorlar ham fuqarolik jamiyatida o'z manfaatlarini ko'zlab uyushgan tarzda xarakat qiladilar. Uy-joy xususiy mulkdorchilik shirkatlari, bog'dorchilik shirkatlari, garaj koperativlari shular jumlasidandir. Garchi ular nisbatan tor manfaat doirasida uyushgan bo'lsalar ham baribir fuqarolik jamiyatini o'zining faol pozisiyasiga ega bo'lgan muayyan qismini tashkil etishini nazardan qochirish to'g'ri bo'lmagan bo'lur edi.

REFERENCES

I. [https://president.uz/oz/lists/view/4461 ]

2

. [https://cyberleninka.ru/article/n/molodezhnoe-predprinimatelstvo-problemy-i-puti-resheniya]

. [Ye.V.Titova., S.I.Koroleva., A.V.Larchenko., V.G.Miloslavskiy]

4. [Patrik Jozef Byukenen. G'arbning o'limi. Toshkent. Iml-ziyo zakovat nashriyoti. 2021 y. 239-b.]

5. [https://cyberleninka.ru/article/n/molodezh-rossii-i-tsennosti-grazhdanskogo-obschestva]

6. [Okyulov, K. (2022). Middle class in Uzbekistan: evolution and problems. Rezultata nauchnbix issledovaniy v usloviyax pandemii (COVID-19), 1(05), 46-53. https://inlibrary.uz/index.php/scientific-research-covid- 19/article/view/8449]

7. [Okyulov, X.O. (2023). Filosofskiy podxod v analize roli predprinimatelstva molodeji kak faktora razvitiya grajdanskogo obmyestva. MASTERS, 7(1), 220-223.]

8. [Okyulov, K. (2020). Middle class in Uzbekistan: evolution and problems. Rezultatw nauchnbix issledovaniy v usloviyax pandemii (COVID-19), 1(05), 46-53.]

9. [Omonbaevich, O.K. (2014). Medium class in Uzbekistan: evolution and problems. 1000 kopii., (7), 43.]

10. [Omonbaevich, O.K. (2014). Medium class in Uzbekistan: evolution and problems. Finansw, (7), 72-73.]

II. [Okyulov, X. O. (2023). Filosofskiy podxod v analize roli predprinimatelstva molodeji kak faktora razvitiya grajdanskogo obmyestva. MASTERS, 1(1), 220-223.]

12. [SAIDOV, A. X., & OKYULOV, O. O. (2022). Nyekotorwye aspekta usileniya pravovwx osnov zamjta prav i zakonnwx interesov sub'yektov tvorcheskoy deyatelnosti. Trudwpo Intellektualnoy Sobstvennosti, 41(2), 38-43.]

13. [Okyulov, N. O. (2021). Situasionnbiye syentrw v sisteme obmena opwtom na mejdunarodnom urovne v sfere podgotovki i organizasii rabota kadrovorganov vnutrennix del. Akademicheskaya mwsl, (1 (14)), 43-46.]

14. [Okyulov X. (2016). Rol i sumnost nelegalnwx resursov v regulirovanii predprinimatelskoy deyatelnosti. Obzor zakonodatelstva Uzbekistana, (1), 34-35. https://inlibrary.uz/index.php/uzbek_law_review/article/view/13444]

325

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.