Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MEDIATA’LIM MUAMMOLARI'

O’ZBEKISTONDA MEDIATA’LIM MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
veb-sahifa / media / Lon Safko / Deyvid Brake va bir qancha olimlar. / веб-страница / СМИ / Лон Сафко / Дэвид Брейк и несколько ученых.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — M. Murodov, Z.O Ilhomova

Maqolada ijtimoiy medianing nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoda rivojlanib, kundan-kunga ortib borishi, shu bilan birga salbiy oqibatlarga olib kelishi, ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilarning statistik ma’lumotlari va shu bilan bog’liq axborotlar yoritib beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье описаны развитие социальных сетей не только в Узбекистане, но и во всем мире, которое увеличивается с каждым днем, и в то же время вызывает негативные последствия, статистические данные пользователей социальной сети и сопутствующая информация.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MEDIATA’LIM MUAMMOLARI»

O'ZBEKISTONDA MEDIATA'LIM MUAMMOLARI

M. Murodov

O'zMU "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi

Z.O Ilhomova

O'zMU talabasi

ANNOTATSIYA:

Maqolada ijtimoiy medianing nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda rivojlanib, kundan-kunga ortib borishi, shu bilan birga salbiy oqibatlarga olib kelishi, ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilarning statistik ma'lumotlari va shu bilan bog'liq axborotlar yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: veb-sahifa, media, Lon Safko, Deyvid Brake va bir qancha olimlar.

АННОТАЦИЯ:

В статье описаны развитие социальных сетей не только в Узбекистане, но и во всем мире, которое увеличивается с каждым днем, и в то же время вызывает негативные последствия, статистические данные пользователей социальной сети и сопутствующая информация.

Ключевые слова: веб-страница, СМИ, Лон Сафко, Дэвид Брейк и несколько ученых.

ANNOTATION:

The article describes the development of social media not only in Uzbekistan, but also in the whole world, which is increasing day by day, and at the same time causing negative consequences, statistical data of users on the social network and related information.

Keywords: web page, media, Lon Safko, David Brake, and several scholars.

Mamlakatimiz va dunyo miqyosidagi o'zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar ijtimoiy mediada aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa Internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy media juda qulay vositaga aylandi. Web-canape.ru ma'lumotlariga

May 2024

41

ko'ra, dunyo bo'yicha kompyuter va mobil qurilmalar orqali odamlar kun davomida o'rtacha 2,2 soat vaqtini ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga sarflashar ekan. O'z navbatida, ro'yxatdan o'tgan ijtimoiy media foydalanuvchilari soni esa 4,6 milliardga yetgan. Bu ko'rsatkich 2020-yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,4 millionga yoki 44 foizga ko'payganini ko'rsatmoqda.

Aholisi soni 35 milliondan ortiq bo'lgan O'zbekistonda ijtimoiy media foydalanuvchilari soni oshib bormoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda mamlakatimizda Internet foydalanuvchilari 22 million kishini tashkil qiladi[11]. Ulardan 19 millioni mobil Internetdan foydalanadilar va messenjerlar orqali muloqot qiladilar. O'zbekistonda, asosan, YouTube, Facebook, Instagram, OgHoKnaccHHKH, BKoHTaKTe kabi ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram, IMO, WhatsApp, Viber messenjerlari ommabop sanaladi. Bu kabi ijtimoiy media vositalari bepul so'zlashuvlar, foto va videolarni almashishga imkon yaratishi bilan ko'pchilikni o'ziga jalb qilyapti. Xususan, O'zbekistondagi keng tarqalgan ijtimoiy media foydalanuvchilari bo'yicha olingan ma'lumotlar tizimlashtirilganda, 2021 -yil iyun oyida O'zbekistonda 4 702 000 nafar Facebook foydalanuvchisi (ro'yxatdan o'tgan) aniqlanib, bu umumiy aholining 13,9 foizini tashkil qilgani ma'lum bo'ldi. Ularning aksariyati, ya'ni 67,4 foizi erkaklardan iborat. Facebookda eng katta foydalanuvchilar guruhi 25 yoshdan 34 yoshgacha bo'lgan kishilar (1 580 000)dir. Instagram foydalanuvchilari esa 2021 -yil iyun oyida 3 770 000 ekanligi aniqlangan va bu umumiy aholining 11,2 foizini tashkil qiladi. Instagramda ham erkak jinsiga mansub foydalanuvchilar ko'proq ulushni tashkil qilgan (67,2 foiz) va asosan, 18 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar (1 320 000)dan iboratligi aytiladi.

Bundan tashqari, Rossiyaning mashhur "OgHoKnaccHHKH.py" ijtimoiy tarmog'i hamon O'zbekistondagi eng ommalashgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Hozirda boshqa ijtimoiy media vositalari ommalashishi ortidan OgHoKnaccHHKH foydalanuvchilarining soni biroz kamaygan. Biroq shunga qaramay, O'zbekiston OgHoKnaccHHKH foydalanuvchilari bo'yicha yuqori beshlikka kirgan mamlakat sanaladi[12].

Ta'kidlash joizki, O'zbekistonda messenjerlar foydalanuvchilarining soni ijtimoiy tarmoqlarnikiga nisbatan ancha ildamlab ketgan. Dastlab butun dunyoda kuzatilgani kabi O'zbekistonda ham WhatsApp foydalanuvchilari kun sayin ortib borgan. Ammo 2014-yilda Facebook kompaniyasi WhatsAppni 19 mlrd dollarga sotib olgani sababli ushbu messenjer 2015-yilning boshida bir necha kun ishlamagan. Natijada ko'plab o'zbekistonliklar boshqa muloqot vositalarini qidirishga tushgan va ularning aksariyati Telegram hamda Viber messenjerlariga o'tib ketgan. Chunki mobil telefonlarga o'rnatiladigan bu dasturiy ta'minotlar xabar yuborish, foto va

May 2024

42

videolar bilan o'rtoqlashish, o'zining telefoniga ana shu messenjerlarni o'rnatganlar bilan bepul telefon so'zlashishga imkon yaratishi bilan ko'pchilikni o'ziga tortgan.

Bundan tashqari, respondentlarning 80 foizi ba'zida ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot real hayotdagidan ko'ra yoqimliroq bo'lishini ta'kidlagan bo'lsalar, 12 foizi hech qachon haqiqiy muloqotni ijtimoiy tarmoqlar bilan almashtirmasligini ma'lum qilgan. So'rov ishtirokchilarining aksariyati (85 foizi) mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlarni muhim deb topgan. Biroq respondentlarning 54 foizi ularni rad etishlari mumkinligiga ishonishadi. Qolgan 46 foizi esa ijtimoiy tarmoqlarsiz yashay olmasligini tan olishgan[14].

Ma'lum bo'lishicha, O'zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyasi bir qator o'ziga xos omillar natijasida o'zgarib turgan. Dastlabki omillardan biri sifatida O'zbekistonda keng foydalanuvchilariga ega bo'lgan ijtimoiy media vositalarining ommaviyligi yoshlarning o'z atrofidagi tengdoshlaridan ortda qolmaslikka intilishlari bilan izohlanadi. Bu hodisa aksariyat hollarda yoshlarga o'z nuqtayi nazari, o'zining g'oyasini ilgari surish uchun emas, balki ko'pchilik orasida moda bo'lgani uchun keng tarqalgan. Xususan, 2010-2015-yillar oralig'ida o'zbekistonlik yoshlar orasida tengdoshlaridan kimdir ijtimoiy tarmoqlar yoki mobil messenjerlaridan foydalanmasa, uni zamondan orqada qolganlikda ayblashgan.

Bugungi sharoitda mahalliy ijtimoiy tarmoqlarni ham rivojlantirish yoshlarning kelajagi uchun muhimligi aytiladi. Uzinfocom markazining ma'lumotlariga ko'ra, hozir O'zbekistonda qirqqa yaqin milliy ijtimoiy tarmoq mavjud bo'lishiga qaramay ulardan juda kam soni faol hisoblanadi[17]. Ular orasida 2011-yilda yaratilgan muloqot.uz ijtimoiy tarmog'i ko'proq ommalashgan. 2014-yilning boshida mazkur kompaniya WhatsApp ning mahalliy versiyasi bo'lgan "GAPim va Gap" messenjerini ishga tushirgan. Bundan tashqari, garchi keng ommalashmagan bo'lsa-da, ko'plab kuzatuvchilariga ega o'zbek tilidagi Internet bloglar ham mavjud.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, pandemiya sharoitida Internet keng imkoniyatlar eshigini ochishi (masofaviy ta'lim, onlayn-muloqotlar va munozaralar nafaqat maishiy muloqot, balki davlat darajasida tashkil etilmoqda) o'z tasdig'ini topdi. Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi munozaralar va ijtimoiy hayot aralashtirib yuborilishining salbiy ta'sirlari ham bor. Misol tariqasida populizm, jamoat ongini manipulyatsiya qilish, "trollar fabrika"si, feyk (yolg'on) xabarlar, insonlarning sha'ni va qadr-qimmatini, tashkilotlarning ishchanlik obro'sini qoralovchi axborotlarni tarqatish, Internet-bulling kabilarni keltirish mumkin.

Bir necha yillardan buyon zamonaviy media vositalari bo'yicha tadqiqot o'tkazib kelayotgan Oksford Universiteti va Oksford Internet instituti olimlari tomonidan 2019-yilda e'lon qilingan "Global dezinformatsiya tartibi -tashkillashtirilgan ijtimoiy media manipulyatsiyasining 2019-yilgi hisoboti"da

May 2024

43

O'zbekistondagi ijtimoiy media bilan bog'liq masalalar ilk marotaba tilga olingan[18]. Hisobotga ko'ra, 2019-yil davomida turli davlatlarning hukumat va siyosat namoyondalari jamoatchilik fikrini boshqarish vositasi sifatida ijtimoiy media orqali manipulyatsiyani kuchaytirib borayotgani ta'kidlanadi. Xususan, mazkur tadqiqotga ko'ra, siyosiy partiyalar va hukumatlarning tashviqot vositalaridan foydalanishida yangi o'zgarishlar kuzatilmaydi, biroq media vositalar bo'yicha yangi standartlar axborotni global miqyosda yoyishga va maqsadga yo'naltirishga, turli mintaqalardan turib tezkor ravishda o'zaro xabar almashishga imkon yaratib bermoqda. Tadqiqotchilar ijtimoiy mediada tashkillashtiriladigan kompaniyalar yordamida insonlar ongiga ta'sir o'tkazishga intilish yildan yilga ortib borayotganini qayd etganlar. Hisobotda aytilishicha, 2017-2019-yillar ichida ijtimoiy media orqali manipulyatsiya kompaniyalarini olib boruvchi davlatlar soni 1,5 barobar yoki 150% ga oshgan. Mazkur davlatlar ro'yxatida AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil kabi davlatlar dunyoda axborot texnologiyalari bo'yicha yuqori natijalarga erishgan malakatlar bilan birga mazkur sohada rivojlanish bosqichiga kirgan yoki kirishga intilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O'zbekiston ham mavjud. Ularning fikricha, yuqoridagi davlatlarda ijtimoiy media yordamida jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun media targ'ibotdan foydalanish keng tarqalib boryapti.

"Global dezinformatsiya tartibi" hisobotida aytilishicha, davlat tomonidan yaratiladigan va homiylik qilinadigan trollar ham hozirda tobora ortib borayotgan muammo hisoblanadi. Xususan, 2018-yilda 27 ta mamlakat trollardan foydalangan bo'lsa, 2019-yilda ularning soni 47 taga yetgan. Mazkur hisobotda O'zbekistonda ijtimoiy tarmoqdagi jamoat fikrini boshqarish uchun trollar hujumidan foydalanilishi, omma fikrini manipulyatsiya qilishda botlar emas, balki haqiqiy odamlar va o'g'irlangan (xakerlik hujumi yordamida qo'lga kiritilgan boshqa birovning) akkauntlaridan foydalanilishi aytilgan. Jumladan, Toshkentdagi Axborot texnologiyalari universiteti (TATU)da trollar fabrikasi mavjudligi haqidagi xabarlar tarqalgan. Lekin mazkur holatni o'rganib chiqqan jurnalistlar guruhlari bu borada birorta ham dalil topa olmaganlar. TATU rahbariyati ham bu xabarni rad etgan va mazkur holat bo'yicha xabarlar o'z isbotini topmagan.

Ma'lumki, so'nggi vaqtlarda o'zlarini "bloger" deb atovchi fuqarolar soni oshdi. Ular mansabdorlar, tadbirkorlar, oddiy odamlar haqida har doim ham obyektiv bo'lmagan axborotlarni to'playdi, ularning suratlariga kontekstdan yulib olingan ma'lumotlarni chapishtirib videomaterial shaklida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatadi. Ayrim soxta blogerlar provokatsion, ig'vo materiallar hisobiga ko'proq obunachilarga ega bo'lishga yoki ko'proq pul ishlashga, boshqalari "xayp" (inglizcha "hype" - shov-shuv) qilishga urinadi. Yana ba'zilari qora maqsadlarda tarmoq

May 2024

44

foydalanuvchilarini manipulyatsiya qiladi, o'zining yoki "buyurtmachilar"ning qiziqishlarini yolg'on dalillar bilan tarqatadi.

Biz turli ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlarda, hattoki taniqli shaxslar, davlat arboblarning ham har xil uydirma xabarlarga ishonib ularni o'zlarining ijtimoiy mediadagi sahifalariga joylashtirib, keyinchalik noto'g'ri ma'lumot ekanligini bilgach, o'chirib tashlayotganlarini yildan yilga ko'proq uchratmoqdamiz. Oddiy foydalanuvchilar esa bunday ma'lumotlarni ishonchli axborot sifatida qabul qiladilar. Bunday turli tashqi ta'sirlarni kamaytirishning yo'llaridan yana bir bu foydalanuvchilarga ma'lumotlarning haqiqiyligini tekshirib ko'rish - "fact-cheking"ga o'rgatish lozim. Ijtimoiy media foydalanuvchisi biror ma'lumotni boshqa shaxslarga "ulashish"dan (пoделиться) avval faktlarni boshqa manbalar orqali qayta tekshirishi kerak. Mediasavodxonlik va axborot iste'moliga tanqidiy yondashuv ijtimoiy mediadagi turli salbiy holatlardan saqlaydi. Xususan, O'zbekistondagi ijtimoiy media muhitida bu kabi muammolarga blogerlar, alohida Internet-nashrlar, foydalanuvchilarning faol pozitsiyalari tufayli o'zaro maqbul yechimlarni topishga erishilmoqda.

REFERENCES:

1. Бабашев, Ф. А. МЕДИАОБРАЗОВАНИЕ-НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Му- аллим rej м зликсиз билимлендири3, 63.

2. Бабашев, Ф. А. (2021). УЗБЕКИСТОНДА МЕДИАТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 199-203.

3. Sharofovich S. A. Virtualization of economy is the main mechanism of virtualization of social life //American Journal Of Social Sciences And Humanity Research. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 62-68.

4. Sharofovich S. A. Virtuality as a New Ontological Model of the World //Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture. - 2021. - Т. 2. - №. 10. - С. 5154.

5. Sharofovich S. A. Concept analysis:"information","informed society", "virtuality", "virtualization","social virtualization" //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 1. - С. 338-346.

45

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.