Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA UNING TAHLILI.'

O’ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA UNING TAHLILI. Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
174
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
korrupsiya / O’RQ158 / “Transparency International” / World Justice Project / Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qalandarova Madina Jo’rabek Qizi

Yurtimiz hayotidagi asosiy muomolardan biri korrupsiya hisoblandi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari tomonidan bu illatga qarshi turli chora tadbirlar ko’rilyapdi va uning samarasi kuzatilyapdi. Ushbu maqola orqali yurtimizdagi korrupsiyaga qarshi choralar, uning natijalari va tahlili haqida ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA UNING TAHLILI.»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA UNING TAHLILI.

Qalandarova Madina Jo'rabek qizi

Denov Tadbirkorlik va pedagogika institute Tarix yo'nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10143144

Annotatsiya. Yurtimiz hayotidagi asosiy muomolardan biri korrupsiya hisoblandi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlari tomonidan bu illatga qarshi turli chora tadbirlar ko'rilyapdi va uning samarasi kuzatilyapdi. Ushbu maqola orqali yurtimizdagi korrupsiyaga qarshi choralar, uning natijalari va tahlili haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'z: korrupsiya, O'RQ158, "Transparency International", World Justice Project, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

Аннотация. Коррупция считалась одной из главных проблем в жизни нашей страны. В настоящее время страны мира принимают различные меры против этого заболевания и наблюдаются их результаты. Благодаря этой статье вы получите информацию об антикоррупционных мерах в нашей стране, их результатах и анализе.

Ключевые слова: коррупция, ORQ158, «Transparency International», World Justice Project, Антикоррупционное агентство.

Abstract. Corruption was considered one of the main problems in the life of our country. Currently, the countries of the world are taking v arious measures against this disease and their results are being observed. Through this article, you will get information about anti-corruption measures in our country, its results and analysis.

Keyword: corruption, ORQ158, "Transparency International", World Justice Project, Anti-Corruption Agency.

Qadimda ko'plab davlatlar va xalqlar yashagan. Yurtimizda davlatning paydo bo'lishi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Shunday ekan korrupsiyaning ildizlari ham ming yillik tarixga ega. Qadimda mavjud bo'lgan qabilalar bir-birlari bilan janglar olib borgan, bu urushlarda kuchli tomon g'alaba qozonar edi. G'alaba sururini totgan qabilalar o'jalarni o'zara taqsimlar edi. Qabila sardorlari va yetakchilar ko'proq o'ljalarga ega bo'lishgan, bu o'sha vaqtda oddiy holat sifatida qaralgan. Ammo vaqtlar o'tishi bilan jamiyatdagi ayrim o'zgarishlar, bugungi kundagi rivojlanishlar natijasida bu holatga qonun doirasida choralar belgilab qo'yildi. Korrupsiya o'zi nima? Korrupsiya bu jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Korrupsiya turli davrlarda turli olimlar turli xil munosabat bildirgan, xususan, Nikkolo Makiaveli uni yo'talga qiyoslaydi va shunday deydi, "Korrupsiyani ham yo'talga o'xshab aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o'tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson ammo davolash qiyin" deya ta'rif beradi. Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri" asarida fuqarolik jamiyatini qurishda to'g'anoq bo'ladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan.

Hozirgi kunda dunyoning ko'plab davlatlarida korrupsiya asosiy muommo bo'lib qolyapdi. Afsuski, bizning davlatimizda ham bu holat uchrab turadi. Aytish joizki, korrupsiyaviy holatlarga aholi savodxonligining pastligi ham sabab bo'la oladi. Chunki, aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushinmaslik mansabdor shaxsga o'zining shaxsiy manfaati yo'lida qonunlardan foydalanishga qulay sharoit yaratadi. Shuningdek, siyosiy

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

vaziyatlar ya'ni aholi ongida yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli sifatida qonunga xilof harakatlar bog'liqdir. Bularning bari korrupsiyaga qulay vaziyat keltirib chiqaradi. Hozirda dunyo mamlakatlari tomonidan korrupsiyaga qarshi qat'iy choralar ko'rilyapdi. Bunda davlatlar tomonidan turli usullardan foydalanilyapdi. Masalan, ichki nazorat ya'ni bu usul boshqaruv apparatining o'zida nazoratni kuchaytirish tuzimidir. Bu tuzilmada asosiy vazifa xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Ayni vaqtda, yurtimizda ham bu yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Tashqi nazorat- bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutiladi. Bu degani, sud hokimyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishishi, ommaviy axborot vositalariga ko'proq erkinliklar berishdir. Uchinchi kurashish vositasi sifatida saylov tizimi olinadi, bu usul demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usulllaridan biri sifatida qaraladi. Unga ko''ra keyingi saylovda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiya qarshi kurashishning eng samarali tarafi, bu korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarshi kurashish hisoblandi. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga tobora koproq ta sir ko rsata boshladi. Bu o sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o'z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitusiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo'lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko'rsatib o'tilgan[1]. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o'rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. Korrupsiya qarshi islohotlarga to'xtalar ekanmiz, Singapur davlatini shu o'rinda keltirib o'tishimiz darkol. Chunki, hozirgi kunda korrupsiya qarshi kurash bo'yicha ushb u mamlakat yetakchi o'rinni egallagan. Singapur 1965-yil mustaqillikka erishgan ushbu soha bo'yicha qat'iy choralar ko'rdi. Hukumatning jamiyatda qonun ustuvorligini qatiy o'rnatganligi,qonun oldida har bir fuqaroning tengligi Singapur muvafaqiyatining bosh omili bo'ldi.Ular mamlakatda uchta tamoyilni qo llaydi.Bular: meritokratiya ,pragmatizm va halollik. Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot xizmating ham orni katta .Korrupsiyaga yo'l qo'yganlar gazeta va jurnallarning bosh sahifasiga chiqarilgan .Singapurda ommaviy axborot vositalari "Tortinchi hokimiyatga "aylangan. Bu mamlakatdagi korrupsiyaning oldini olishda muhim rol o'ynagan. Jinoyatchi unsurlarning xojalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va xufyona ishtirok etishi jamiyatda axloqsizlik vaziyatini tugdirishi, bu esa oz navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar ortasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb elon qilingan. Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi va kuchga kirish (2003 yil 31 oktyabr) dunyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi hamkorligini yangi pog'onaga ko'tardi. Konvensiyada korrupsiyaning rivojlanishi uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa jamiyat uchun xavfli bolgan salbiy omillarga qarshi kurashga ulkan tosiq bo'lishi mumkinligiga alohida urg'u berilgan.Ushbu Konvensiyaning maqsadi quyidagilardan iborat: 1)korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ularni mustahkamlash;2)korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yengillashtirish va qo'llab-quvvatlash. Shuni ham ta'kidlash joizki korrupsiya ham dunyoviy ham diniy tomondan qat'iy qoralanadi. Qur'oni karimda poraxo'rlik bevosita taqiqlanadi: "Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo'l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang" (Baqara surasi, 188).

O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O'RQ158sonli Qonuni bilan qo'shilgan bo'lib, ushbu Qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo'yicha aniq chora tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa ishtirokchi davlatlarga yordam ko'rsatishi mumkin bo'lgan organlar sifatida belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari, davlatimiz Rahbarining 2019 yil 27 maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to,grisida"gi 5729-son Farmoni qabul qilindi.Ushbu hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro-etiborini oshirishga qaratilgan.Farmon bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilindi va Senat raisi Nigmatulla Yo'ldoshev boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.[2]

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "jinoyatchilik, korrupsiya bizning o'z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg'urmog'i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O'zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini taminlash ishiga qoshilgan hissa, deb biladi" deb fkr bildirgan edi.

2023-yil avgust oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining I yarim yilligidagi faoliyatlari yuzasidan brifing bo'lib o'tdi. Mazkur davrda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, 3 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 1 ta Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Hisobot davrida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo'layotgan omillarni aniqlash va tahlil qilish maqsadida 20 dan ortiq yo'nalishda o'rganishlar olib borilib, natijalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va boshqa tashkilotlarga 25 ta tahliliy ma'lumot kiritildi. Agentlikka joriy yilning 1-yarim yilligida jami 1 562 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 1 535 tasining ko'rib chiqilishi ta'minlandi, 35 ta murojaat bugungi kunda ko'rib chiqilmoqda.Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 18 ta so'rovnoma yuborildi, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 13 ta taqdimnoma kiritildi. Agentlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2022 yilda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta'minlashdagi samaradorlik va yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, maqsadli indikatorlar asosida baholangan "Ochiqlik indeksi" shakllantirildi.Ochiqlik indeksini baholashda umumiy 86 ta vazirlik, idora va muassasalarning ochiqlik faoliyati 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, unga ko'ra 15 ta davlat organining ochiqlikni ta'minlash faoliyati "yashil" - (71-

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

100 ball), 44 ta tashkilot "sariq" - (55-71 ball) va 27 ta tashkilot "qizil" - (55 balldan past) toifalarga ajratildi. "Ochiqlik indeksi"ni baholash tizimi to'liq raqamlashtirilgan holda "Open.index" platformasi orqali amalga oshirilib, keng jamoatchilikka sohada amalga oshirilgan ishlarning samaradorlik va natijadorlik ko'rsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratildi.

"Transparency International" (TI) korrupsiyaga qarshi tadqiqot markazining 2017-yildagi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston korrupsiya holatini o'zlashtirish indeksi 22 ballni tashkil qilib, 180 davlat ichida 157-o'rindagi Zimbabwe, Combodia darajasiga tushib qolgan Yuqorida ta'kidlangan xalqaro tashkilot 2022-yilgi korrupsiyani qabul qilish indeksini e'lon qildi. 100 ballik indeksga ko'ra, O'zbekiston 31 ball olib, umumiy reytingda 180 mamlakat va hududlar orasida 126-o'rindan joy olgan. Ushbu reyting 0 (korrupsiyani idrok etishning juda yuqori darajasi) dan 100 gacha (juda past) shkalada hisoblab chiqiladi. Korrupsiyani idrok etish indeksini davlat sektoridagi korrupsiya darajasini ekspert va biznes vakillari baholaydi. 2021-yil World Justice Project tashkiloti tomonidan huquq ustuvorligi indeksining navbatdagi nashri e'lon qilindi. Unga ko'ra O'zbekiston huquq ustuvorligi indeksining "korrupsiya mavjud emasligi" indikatori bo'yicha 19 pog'onaga ko'tarildi.E'tiborli tomoni, indeksda O'zbekiston 14 pog'ona yuqorilab bu borada eng yaxshi natija ko'rsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi. Mamlakatimiz umumiy reytingda 85-o'rindan joy olgan.[3] Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini mazkur hisobotda yaqqol ko'rish mumkin. Tadqiqotda keltirilishicha, aynan korrupsiya mavjud emasligi indikatori bo'yicha O'zbekiston 89-o'rindan 19 pog'ona ko'tarilib, 70-o'rinni egallagan. Bu boshqa indikatorlar bilan solishtirganda eng yuqori o'zgarishdir. Bir jihati e'tiborliki, o'tgan yilgi hisobotdan farqli o'laroq joriy yilgi nashrda yana 11 ta mamlakat indeksi ham qo'shilgan.Indeks natijalari mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish ortga qaytmas tus olgani, ushbu illatga qarshi amaliy va ta'sirchan choralar ko'rilayotganidan dalolat beradi.Ma'lumot uchun aytish kerakki, huquq ustuvorligi indeksi natijalari 138 mingta uy xo'jaligi va 4 mingdan ortiq huquqshunos va mutaxassislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar asosida shakllantirilgan. Mazkur indeks Jahon bankining boshqaruv sifati indikatorlari, Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksini shakllantirishda eng muhim axborot manbalaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Xulasa qilib aytadigan bo'lsak, korrupsiya jamiyatimizning asosiy dushmanidir. Korrupsiya bor ekan bugingi hayot tarzimiz, jamiyatimizdagi yomon illatlar tugamaydi. Korrupsiya qarshi kurashni avvalo har birimiz o'zimizdan boshlashimiz darkor. Buning uchun atrofimizdagi insonlar va yaqinlarimizni bu illatdan ogohlantirib, ularga davlatimiz ravnaqi uchun to'g'ri yo'lni targ'ib qilishimiz zarur. Davlatimiz rivojlanishi, korrupsiyaning yo'qolishida har birimizning kichik hissamiz orqali ulkan natijalarga olib keladi.

REFERENCES

1. AQ SH K onstituts iyasi.

2. "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to,grisida"gi 5729-son Farmoni.

3. 2021-yil World Justice Project tashkiloti tomonidan huquq ustuvorligi indeksining navbatdagi nashri.

4. 4.https://religions.uz

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.