Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA KON-METALLURGIYA SANOATINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI'

O‘ZBEKISTONDA KON-METALLURGIYA SANOATINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / O‘rta Osiyo / kon-metallurgiya / konchilik ishi / Navoiy Kon-Metallurgiya Kombinati / Olmaliq Kon-Metallurgiya Kombinati / O‘zbekiston metallurgiya kombinat / rangli va qora metallar. / Uzbekistan / Central Asia / mining and metallurgy / mining work / Navoi Mine-Metallurgical Combine / Almalyk Mine-Metallurgical Combine / Metallurgical Combine of Uzbekistan / non-ferrous and ferrous metals.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Aripov Avaz Rozikovich, Sayfullayev Farruxjon Ibodovich, Qurbonov Mehrob Nuriddinovich, Majidova Iroda Ibroximovna

Maqola bugungi kunga qadar bo‘lgan tarixiy manbalar, adabiyotlar, davriy matbuot materiallari, arxiv manbalariga tayangan holda yoritilgan. Unda kon-metallurgiya sanoatining vujudga kelishi, uning turli davrlardagi rivojlanishini jahon mamlakatlarining konchilik sohasi tarixi bilan qiyoslab, O‘zbekistonda kon-metallurgiya sohasi rivojidagi o‘ziga xos afzalliklari ochib berilgan. Ayniqsa, Amir Temur hukmronligi davrida yerosti boyliklarimizni nechog‘lik asrab qo‘riqlanganligi, mustaqillik yillarida, jumladan, so‘nggi yillarda bu sohada amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar batafsil yoritilgan hamda mamlakatimiz hududida topilgan konlarning kelajakdagi imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqola soha mutaxassislari, oliy o‘quv yurti talabalari va O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORY OF THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE MINING AND METALLURGICAL INDUSTRY IN UZBEKISTAN

In this article, the stage of the mining and metallurgical industry in Uzbekistan from ancient times to the present is covered, relying on historical sources, literature, periodical press materials, archival sources. It compares the emergence of the mining and metallurgical industry, its development in different periods with the history of the mining industry of the world countries, and reveals the unique advantages of the development of the mining and metallurgical industry in Uzbekistan. Especially during the reign of Amir Temur, how well our underground resources were protected, the major investment projects implemented in this field during the years of independence, including in recent years, are explained in detail, and the future possibilities of mines found in the territory of our country are justified. The article is intended for specialists, university students and those interested in the history of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA KON-METALLURGIYA SANOATINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI»

UO'K: 622.7 - 10.5281/zenodo. 13162484

O'ZBEKISTONDA KON-METALLURGIYA SANOATINING SHAKLLANISH

VA RIVOJLANISH TARIXI

Aripov Avaz Rozikovich

Texnika fanlari bo 'yicha falsafa doktori (PhD), Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O'zbekiston E-mail: avaz. aripov. 82@bk. ru ORCID ID: 0000-0002-0428-507X

Sayfullayev Farruxjon Ibodovich

Assistent Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O'zbekiston E-mail: farruxsayfullayev96@mail. ru ORCID ID: 0009-0005-0641-1956

Qurbonov Mehrob Nuriddinovich

Assistent Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O'zbekiston E-mail:

mehrob. qurbonov99@smail. com ORCID ID: 0009-0000-4897-9455

Majidova Iroda Ibroximovna

Assistent Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Navoiy, O'zbekiston E-mail:

Irodamajidova97@gmail. com ORCID ID: 0009-0009-9087-4097

Annotatsiya. Maqola bugungi kunga qadar bo 'lgan tarixiy manbalar, adabiyotlar, davriy matbuot materiallari, arxiv manbalariga tayangan holda yoritilgan. Unda kon-metallurgiya sanoatining vujudga kelishi, uning turli davrlardagi rivojlanishini jahon mamlakatlarining konchilik sohasi tarixi bilan qiyoslab, O'zbekistonda kon-metallurgiya sohasi rivojidagi o 'ziga xos afzalliklari ochib berilgan. Ayniqsa, Amir Temur hukmronligi davrida yerosti boyliklarimizni nechog'lik asrab qo'riqlanganligi, mustaqillikyillarida, jumladan, so 'nggi yillarda bu sohada amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar batafsil yoritilgan hamda mamlakatimiz hududida topilgan konlarning kelajakdagi imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqola soha mutaxassislari, oliy o 'quv yurti talabalari va O 'zbekiston tarixi bilan qiziquvchilar uchun mo 'ljallangan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, O'rta Osiyo, kon-metallurgiya, konchilik ishi, Navoiy Kon-MetallurgiyaKombinati, OlmaliqKon-MetallurgiyaKombinati, O'zbekiston metallurgiya kombinat, rangli va qora metallar.

ИСТОРИЯ СТАНОВЛЕНИЯ И РАЗВИТИЯ ГОРНОМЕТАЛЛУРГИЧЕСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Арипов Аваз Розикович

Доктор философии технических наук (PhD), Навоийский государственный горнотехнологический университет, Навои, Узбекистан

Сайфуллаев Фаррухжон Ибодович

Ассистент Навоийского государственного горнотехнологического университета, Навои, Узбекистан

Курбонов Мехроб Нуриддинович

Ассистент Навоийского государственного горнотехнологического университета, Навои, Узбекистан

Межидова Ирода Иброхимовна

Ассистент Навоийского государственного горнотехнологического университета, Навои, Узбекистан

Аннотация. В данной статье с опорой на исторические источники, литературу, материалы периодической печати, архивные источники освещен этап развития

горно-металлургической промышленности Узбекистана с древнейших времен до наших дней. Сопоставляется зарождение горно-металлургической промышленности, ее развитие в разные периоды с историей горнодобывающей промышленности стран мира, раскрываются уникальные преимущества развития горно-металлургической промышленности Узбекистана. Особенно во времена правления Амира Темура, насколько хорошо были защищены наши подземные ресурсы, подробно объясняются основные инвестиционные проекты, реализованные в этой области в годы независимости, в том числе в последние годы, и будущие возможности обнаруженных на территории рудников. нашей страны оправданы. Статья предназначена для специалистов, студентов вузов и всех, кто интересуется историей Узбекистана.

Ключевые слова: Узбекистан, Средняя Азия, горнодобывающая промышленность и металлургия, горные работы, Навоийский Горно-Металлургический Комбинат, Алмалыкский Горно-Металлургический Комбинат, Металлургический комбинат Узбекистана, цветные и черные металлы.

THE HISTORY OF THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE MINING AND METALLURGICAL INDUSTRY IN UZBEKISTAN

Aripov Avaz Rozikovich

Doctor of Philosophy of Engineering Sciences (PhD), Navoi State Mining and Technological University, Navoi, Uzbekistan

Sayfullaey Farruxjon Ibodovich

Assistant, Navoi State Mining and Technological University, Navoi, Uzbekistan

Qurbonov Mehrob Nuriddinovich

Assistant, Navoi State Mining and Technological University, Navoi, Uzbekistan

Majidova Iroda Ibrokhimovna

Assistant, Navoi State Mining and Technological University, Navoi, Uzbekistan

Abstract. In this article, the stage of the mining and metallurgical industry in Uzbekistan from ancient times to the present is covered, relying on historical sources, literature, periodical press materials, archival sources. It compares the emergence of the mining and metallurgical industry, its development in different periods with the history of the mining industry of the world countries, and reveals the unique advantages of the development of the mining and metallurgical industry in Uzbekistan. Especially during the reign of Amir Temur, how well our underground resources were protected, the major investment projects implemented in this field during the years of independence, including in recent years, are explained in detail, and the future possibilities of mines found in the territory of our country are justified. The article is intended for specialists, university students and those interested in the history of Uzbekistan.

Keywords: Uzbekistan, Central Asia, mining and metallurgy, mining work, Navoi Mine-Metallurgical Combine, AlmalykMine-Metallurgical Combine, Metallurgical Combine of Uzbekistan, non-ferrous and _ ferrous metals.

Kirish. O'zbekiston - insoniyat isbotidir. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi

sivilizatsiyasi beshiklaridan biri. Bu zamin- mahsuli - qadimiy yozma manbalar, osori

ning buyuk tarixi insoniyat qay tariqa atiqalar, arxeologik topilmalar xalqimizning

taraqqiyotga erishganining o'ziga xos bir bebaho ma'naviy boyligidir. Qadimiy tarixi-

mizni o'rganish va bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o'rtasida keng targ'ib etish ularda ajdodlar tarixiga va el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg'usining shakllanishida muhim aha-miyatga egadir.

Bir guruh tarixchi olimlarning fikr-lariga ko'ra, olovning kashf etilishidan keyin mahsulot yetishtirish va hayvonlarni qo'lga o'rgatish orqali doimiy oziq-ovqatga ega bo'lish insonlar hayotidagi muhim voqea bo'lgan. Ammo insonlarning xo'jalik hayotidagi haqiqiy tub burilish hali oldinda edi. Qadimgi davrda metallning kashf etilishi jamiyat hayotida keskin iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarga olib keldi. Dastlab mis va bronza, keyinchalik qattiq metall temirning kashf etilishi o'sha davr xo'jaligi rivojlanishida muhim rol o'ynadi. Negaki, metallning kashf etilishi natijasida mehnat va ov qurollarining odamlar xo'jalik hayotiga kirib kelishi bilan mehnat unum-dorligi keskin oshdi, yangi hunarmandchilik turlarining vujudga kelishiga zamin yaratdi. Metall yengil va mustahkam g'ildiraklarning tayyorlanishiga asos bo'ldi. Bu esa o'z navbatida, transport va kulolchilikda, jun to'qish va to'qimachilik, baland yerlarga suv chiqarish va konlardan ma'danlarni qazib olishda yuqoriga ko'taruvchi asbob-usku-nalarning yaratilishiga olib keldi.

Arxeolog olimlarning ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston hududida yirik konlar va rangli metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, jumladan, bronzadan turli buyumlar tayyorlash Zarafshon vohasi - qadimgi Sug'd hududida bo'lgan. Ma'lumki, dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan IX-XII va XIV-XV asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy-madaniy yuksalish davri - Sharq

Renessansi sifatida haqli ravishda tan olin-gan. Mazkur davrning o'ziga xos xususiyati shundaki, matematika, astronomiya, fizika, kimyo, farmakologiya, tibbiyot kabi fanlar bilan bir qatorda, mineralogiya, geologiya, geodeziya ham ravnaq topgan.

Bu davrning eng mashhur qomusiy allomasi Abu Rayhon Beruniydir. Ulug' alloma minerallar tasnifi va ularning paydo bo'lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Beruniyning bizgacha yetib kelgan "Mineralogiya" asarida 30 dan ortiq qimmatbaho tosh va minerallarning nomlari, ularning kimyoviy va fizikaviy xossalarini aniqlash, eritib sinash, kon-lardagi mavjud deyarli hamma qimmatbaho toshlar va turli ma'danlar, ularning qotish-malari haqida ilmiy ma'lumotlar berilgan. Asarning asosiy qimmati shundan iboratki, unda minerallar solishtirma og'irligi aniq bayon etilgan. Beruniygacha bunday ish antik davrda va keyinchalik ham amalga oshirilmagan edi. Alloma Arximed qonu-niga asoslangan holda, bir qancha minerallar og'irligini nihoyatda aniq o'lchagan. Hozirgi zamondagi eng zamonaviy sezgir uskunalar yordamida aniqlangan o'lchov bilan alloma o'lchovi ko'rsatkichlaridagi farq yuzdan bir bo'lagidan ham oshmasligi Beruniy dahosi zakovatining dalolatidir.

Beruniyning ushbu bebaho asari yerosti boyliklarimizni tadqiq qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan, 2017 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashab-busi va homiyligida Navoiy davlat konchilik instituti hamda Toshkent davlat sharq-shunoslik instituti olimlari hamkorligida ming yildan so'ng o'zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilishi ilmiy jamoatchilik uchun katta voqea bo'ldi.

Adabiyotlar tahlili va mеtodlar. Maqolaning tadqiqot qismida O'zbekistonda

kon-metallurgiya sanoatining shakllanish va rivojlanish tarixiga oid quyidagi bosqichlar o'rganilgan.

- Qadimgi va antik davrda kon-metallurgiya sohasining vujudga kelishi;

- O'rta asrlarda kon-metallurgiya ishlarining shakllanishi va rivojlanishi;

- Turkiston kon-metallurgiya sohasining o'ziga xos xususiyatlari;

- O'zbekistonda kon-metallur-giya sanoatining shakllanishi;

- Mustaqillik yillarida O'zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining yangi bosqichlari.

Qadimgi va antik davrda kon-metallurgiya sohasining vujudga kelishi. Tarixda jahon sivilizatsiyasi, ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'sh-gan mamlakatlar va xalqlar haqida so'z borganda, Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr, Gretsiya, Italiya, Fransiya, Angliya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlar qatorida O'zbekiston va o'zbek xalqining ham muborak nomi tilga olinadi.

O'zbekiston diyorida odamzod bundan 1,5 million yillar ilgari yashab kelganligi aniqlanib, bu holat mamlakatimiz odam-zodning ilk vatani, antropogenez jarayoni sodir bo'lgan hududlar qatoriga kirishidan guvohlik beradi. Insoniyat ibtidoiy jamo-adan to sivilizatsiya davriga qadar bosib o'tgan ming yilliklar bir necha yirik davrlarga bo'linadi. Bu boradagi birinchi qadam sifatida tarixchi olimlar paleolit davrida olovning kashf etilishi va tosh qurollarining ishlatila boshlanishi hamda mezolit davrida insonlar hayotida juda muhim bo'lgan buyuk kashfiyot o'q-yoyning kashf etilishi juda katta o'zga-rishlarni boshlab berganligini ta'kidlaydilar. Bu esa, o'z navbatida ibtidoiy davrning

oxirgi bosqichlaridan boshlab, qadimgi odamlarda mehnat qurollarini yasash uchun xomashyoga bo'lgan ehtiyojni tug'dirdi va uni izlab topishga olib keldi. Natijada odamzod ajdodlari tomonidan dastlabki texnikaviy kashfiyotlar qilindi.

Ana shunday kashfiyotlardan biri sifatida Navoiy viloyatining Navbahor tu-mani Qoratov tog' tizmasining Voush tog'i

janubiy yonbag'irlarida topilgan ustaxonani keltirish mumkin. Mazkur joyda qayta ish-lashning ibtidoiy ishlab chiqarish bilan bog'liq dastlabki obyektlar majmuasi 1958 yilda arxeolog M.R. Qosimov tomonidan o'rganilgan. O'rganishlar jarayonida M.R. Qosimov Ijand va Uchtut qishloqlari yaqi-nida chaqmoqtosh ustaxonasi va chaq-moqtosh xomashyosi "konlari"ga duch keldi. Uchtut qishlog'i yaqinidan topilgan bu ustaxona maydonidan paleolitning muste va so'nggi bosqichiga doir chaqmoqtosh paraqalari va uchirindilari topilgan. Demak, Uchtut ustaxonasi uzoq davrlar davomida qurolsoz ustalarning birlamchi qurol yasash makoni bo'lgan. Bu joydan neolit shaxtalari ham topilgan hamda arxeologlar tomonidan 1958-1966 yillarda 13 ta shaxta o'rganilgan. 1-rasm. Uchtut shaxtasidan chaqmoqtosh qazib olish jarayoni. "Navoiy: o'tmishi qadim, kelajagi nurli diyor" kitobidan olingan sur'at.

Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Uchtut tosh ustaxonasi maydonida 3 mingdan ortiq chaqmoqtosh parchalari ichidan 79 ta mehnat qurollari topilgan. Mazkur hududning ikkinchi ob-yektidan 5400 dan ortiq tosh predmetlari topilib, ular orasida 403 ta mehnat qurollari va 17 ta o'roqlar borligi aniqlangan. Uchin-chi obyektda esa 38 ta neolit shaxtalari o'rganilib, ularni qazish vaqtida 103400 ga yaqin chaqmoqtosh predmetlari orasida 2279 ta tosh qurollari va 240 ta hayvon shoxlaridan yasalgan qurollar topilgan. Bu uch xil obyektlardan topilgan mehnat qurol-larining shakli va xarakteri, ishlanish texni-kasiga ko'ra, ular tosh davrining to'rt xrono-logik bosqichlariga-muste, yuqori paleolit, mezolit va neolit davrlariga tegishli ekanligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan.

Qadimgi davr konchiligiga mansub manzilgohlardan yana biri-bu Selung'ur g'ori bo'lib, u Farg'ona shahridan taxminan 100 km janubi-g'arbda, Haydarkonning g'arbiy chekkasida joylashgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, bu ulkan g'orning chuqurligi 120 metr, kengligi 34 metr va balandligi 25 metr bo'lgan. Arxeologik qazish ishlari XX asrning 80-yillaridan boshlab olib borilgan. G'orda 20-40 sm qalinlikdagi beshta madaniy qatlam aniqlangan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur g'orda 5 ta tarixiy bosqich-da yashagan va vaqt-vaqti bilan o'z maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan.

O'rta asrlarda kon-metallurgiya ishlarining shakllanishi va rivojlanishi. Manbashunos olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, ilk o'rta asrlarda Movarounnahr hududidagi foydali qazilmalar haqida Xitoy manbalarida ko'plab ma'lumotlar uchraydi. Syuzan-Szyanning 645 yilda yozgan "O'rta

Osiyo sayohatlari" kundaligida va "Shimoliy xonadon tarixi"da Badaxshon-ning oltin, la'l va lojuvardlari, Xorazmning qora tuzi, Zarafshonning quyi oqimidan olinadigan besh xil rangdagi tuzlar haqida ma'lumotlar keltiriladi. Bu davrda Chotqol-Qurama tog'laridagi Ko'chbuloq, Qizilolma, Oqtuproq va Shimoliy Nurotadagi konlardan oltin, Hisor tog'larining janubi-g'arbiy tizmalaridan konlardan temir, Lashkarakdan kumush, Zirabuloq-Ziyovuddin tog'larida esa simob, Qizilqum (Tomdi) va Nurotadan feruza qazib olingan.

2-rasm Selung'ur g 'ori.

Ilk o'rta asrlarda Zarafshon vodiysida Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiya, Xariman, Arqud, Romitan, Varaxsha va Poykand kabi hunar-mandchilik va savdo shaharlari mavjud edi. Mazkur shaharlarning Buyuk ipak yo'lida joylashgani savdo-sotiqning o'sishi, o'z navbatida, kon-metallurgiya sohasining ri-vojiga ham yo'l ochadi. Binobarin kumush tangalarga bo'lgan ehtiyoj oshadi. Tarixiy ashyoviy dalillarning guvohlik berishicha, eftaliylar shohi Varaxron V tangalariga Sosoniylarga taqlid qilgan holda, old tomo-nida qulog'iga halqa taqqan tojdor podshoh, orqa tomonida esa markazdan otashkada va

ikki atrabon tasvirlari bo'lgan kumush tangalar zarb qilganlar.

Konchilik, ayniqsa, ulkan hududni egallagan Turk hoqonligi davrida rivoj topgan. Turklar sarrojlik, metall qazib olish, undan qurol-yarog' yasashda juda mohir edilar. Qo'shin uchun qurol-yarog'lar: shamshir, xanjar, tabar, gurzi, sovut, qalqon va dubulg'alar tayyorlangan.

O.I.Islomovning ma'lumotiga ko'ra, O'rta Osiyo VIII asrga qadar temir konlari va temir ma'danlarini pechlarda eritib olish bilan o'z iste'moli uchun zarur bo'lgan miqdorni qoplab kelgan. Mehnat qurollari, aslaha va xo'jalik buyumlari, katta shahar darvozalari temirdan yasaladigan bo'lgan. M.E.Massonning yozishicha, vizantiyalik Menandrning vatandoshi Zemarx 586 yilda turk hoqonligida bo'lganida, o'rta osiyo-liklar unga temir sotib olishni taklif etadi. Asosiy temir konlari Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida, Farg'ona va Turkiston atrofidagi hududlarda bo'lgan, degan taxminlar bor. Temirning ko'pligi uni kundalik turmush va xo'jalik ishlaridan tashqari, qurilish va me'morchilikda ham qo'llashga imkon bergan.

Arxeolog olim M.Massonning fikricha, Markaziy Osiyoda temirni o'zlashtirish ikki yo'l bilan, ya'ni tabiiy sof metallni ishlatish va temirli tog' jinslariga ishlov berish orqali amalga oshirilgan. Sof temir yer yuzida erkin metall va meteorit holida uchraydi. Sof temir juda kam miqdorda bo'lganligi sababli, odamlar asosan samoviy temir-meteoritdan foydalanganlar, ammo uning ham qo'llanish sohasi chegaralangan bo'lib, tabobatda (u solib qo'yilgan suv bilan turli kasalliklarga qarshi foydalanilgan) va tumorlar yasash uchun ishlatilgan.

Turkiston kon-metallurgiya sohasining o'ziga xos xususiyatlari. XIX asrning

birinchi yarmiga kelib, O'rta Osiyodagi uch xonliklar o'rtasidagi to'xtovsiz urushlar, kelishmovchiliklar ulardagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tang ahvolga olib keldi. XIX asr o'rtalarida jahonning yirik davlatlari o'rtasidagi yangi mustamlakalar uchun kurashda Rossiya hukumati ham chetda turmadi. Ma'lumki, XIX asr o'rtalarida Angliya va Rossiyaning manfaatlari Turkistonda to'qnashdi. Rossiya imperi-yasining O'rta Osiyoni bosib olishini tezlashtirishiga quyidagi omillar sabab bo'lganligini ko'rsatib o'tish joizdir: birinchidan, Rossiya yengil sanoatini ta'minlab beruvchi arzon xomashyo bazasining O'rta Osiyoda mavjudligi, ikkinchidan, Qrim urushi (1853-1856 y) tufayli Qora dengiz bandargohlarining qo'ldan ketishi va uning o'rnini O'rta Osiyoni egallash orqali to'ldirish; uchin-chidan, O'rta Osiyo orqali Eron, Afg'oniston, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda Angliyaning ta'sirini yo'qotib, bu davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o'rnatish, to'rtinchidan, Rossiyaning Yevropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O'rta Osiyo bozorlarini egallashi kabilar edi. Natijada Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo hududidagi Qo'qon va Xiva xonligi, Buxoro amirligiga harbiy yurish qilib, ularni birin-ketin zabt etib, bu yerda o'zining mustam-lakachilik siyosatini yurgizdi. Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston istilo qilingan dastlabki vaqtdan boshlab o'lkani boylik orttirish manbai, deb bildi. O'lka boylik-larini talash, imperiya bosqinchilarining mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qiladigan ko'plab tadbirlarni amalga oshi-rishga kirishdilar. Boshqa sohalarda bo'l-gani kabi o'lkadagi yerosti boyliklarini

talash siyosati ham avj oldirildi. Shu maq-sadda, XIX asrning 60-70-yillarida Toshkent shahrida O'rta Osiyoning geologik tuzili-shini o'rganish uchun O'rta Osiyo tog'-kon uyushmasi, Rus geografiya uyushmasining Turkiston bo'limi va Toshkent kimyo laboratoriyasi ochildi. Qoramozor konlari to'g'risidagi dastlabki ilmiy ma'lumotlar 1875 yil G.D.Romanovskiy va 1875-1878 yillarda I.V.Mushketovlar tomonidan to'p-lanib, ular Qoramozor konlarining geologik tuzilishi va ma'danlar to'g'risida o'z xulosalarini berdilar.

Jumladan, 1893-1904 yillar davomida Turkiston o'ikasidagi qazilma boyliklar konlarini tadqiq qilish va o'zlashtirish maqsadida, imperiya fuqarolaridan 931 kishi ariza bilan murojaat qilib, kon injeneridan ushbu faoliyat turi bilan shug'ullanishga ruxsat guvohnomalari berishni so'raganlar. Kon injeneri tomonidan iltimos qiluvchining arizasi, uning ahvolini har tomonlama, kasb-korini o'rganib, keyin aniq manzilda kon ishlarini yuritishga ma'lum bir muddatga ijozat etuvchi ruxsat-guvohnomalar 428 nafar kishiga berilgan, agar u guvohnomada belgilangan muddatda kon boyliklarini o'zlashtira olmasa yoki ish olib bormasa, unga tegishli bo'lgan hududlar olib qo'yilishi, boshqa shaxslarga berilishi mumkin bo'lgan. O'lkada qazilma kon boyliklarining o'zlashtirishga qiziqish 1899 yildan keyin kuchayganligini kon injeneri nomiga ariza bilan murojaat qiluvchilar soni ko'payganligini aks ettiruvchi quyidagi raqamlarda ko'rish mumkin:

- 1899 yilda 112 kishi murojaat qilgan, ulardan 40 kishiga ruxsat guvohnomalari berilgan;

- 1900 yilda 160 kishi murojaat qilgan, 97 kishiga ruxsat guvoh-nomalari berilgan;

- 1901 yilda 192 kishi murojaat qilgan, 88 kishiga ruxsat guvohnomalari berilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Farg'ona viloya-tida 1880 yilda 3 ta sanoat korxonasi bo'lgan bo'lsa, 1890 yilga kelib ularning soni 145 taga, 1900 yilda esa 250 taga yetgan. XX asrning boshlarida Toshkentda 9 ta yirik cho'yan quyish korxonasi bo'lgan. 1917 yilda Turkistonda 1428 ta sanoat korxonasi bo'lib, ulardan 483 tasi Farg'onada, 323 tasi Sirdaryoda, 253 tasi Kaspiyortida, 175 tasi Samarqandda, 92 tasi Buxoro amirligida, 89 tasi Yettisuv viloyatida, 13 tasi Xiva xon-ligiga qarashli edi. Mavjud sanoat korxo-nalaridan 25 tasi neft va ko'mir konlari, 15 tasi metall quyish ustaxonalari bo'lgan. Turkistonda 1917 yilda 20 ta neft, 3 ta mis korxonasi, shuningdek, oltingugurt, oltin va temir korxonalari bo'lgan.

Natijalar. O'zbekistonda kon-metallurgiya sohasining rivojlanishi. Jahon sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri bo'lgan Turkiston XX asrning boshlarida Rossiya imperiyasining chekka va qoloq o'lkalaridan biri edi. Tarixdan ma'lumki, 1917 yilda Turkistonda sovet hokimiyatining o'rnatilishi hududda katta geosiyosiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. 1920 yilda bolsheviklarning bosqini natijasida Buxoro amirligi va Xiva xonligi tugatildi va sovet xalq respublikalari tashkil qilindi. 1924 yilda esa bolsheviklar tomonidan o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etildi. XX asrning 2030 yillarida O'zbekiston iqtisodiyotida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. Sovet huku-mati tomonidan mamlakat miqyosida yalpi safarbarlik tarzida o'tkazilgan industry-lashtirish natijasida respublikada zamonaviy sanoat tarmoqlari qatorida kon-metallurgiya

sanoati tashkil etildi, yirik zavod va fabrikalar ishga tushirildi. Ammo markaz-lashgan sovet iqtisodiyoti sharoitida respub-likaning boy xomashyo bazasi va mehnat resurslaridan olinadigan foyda birinchi navbatda sovet tuzumining iqtisodiy asos-larini mustahkamlash uchun sarflandi, respublika iqtisodiyoti shu tuzum manfaat-lariga to'liq bo'ysundirildi.

Mamlakat taraqqiyotida boshqa sohalar kabi kon-metallurgiya sanoati rivojida ham albatta olim va muhandislarning o'rni katta edi. Sohani oliy ma'lumotli kadrlar bilan ta'minlash maqsadida, 1918 yil 21-aprelda Toshkentning yangi shahar qismida Turkiston xalq universitetining (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti) tantanali ochilishi muhim voqea bo'ldi. 1920 yilning sentyabrida bolsheviklar rejimi Turkiston xalq universitetiga muqobil sifatida Turkiston Davlat universiteti (keyinchalik O'rta Osiyo Davlat universiteti va Toshkent davlat universiteti)ni tashkil etdilar. Universitetga Moskva va Petrograd shahri-dagi oliy o'quv yurtlarining olim va peda-goglari (43 nafar professor va 43 nafar o'qituvchi) taklif etildi. Ular orasida A.B.Blagoveshchenskiy, A.L.Brodskiy, A.M.Vvedenskiy, A.S.Uklonskiy,

A.E.Shmidt kabi taniqli olimlar ham bor edi.

1924 yildan boshlab O'zbekistonda qazilma boyliklarining qidiruvlari bosh-lanadi. Birinchi navbatdagi tadqiqotlar uchun obyekti sifatida Qoramozor va uning shimoliy qismi - Olmaliq-Angren kon-ma'dan hududi olingan. 1931 yilda Qalmoqqir mis va boshqa metallar zaxiralari bo'yicha noyob ekanligi qayd etildi.

Birinchi besh yillik (1928-1932 yillar) davrida O'zbekistonda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta

korxona qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. 1941 yilga qadar O'zbekistonda 1445 ta yirik va o'rtacha sanoat korxonalari va 19 mingga yaqin mayda korxonalar mavjud bo'lgan. 1941-1942 yillarda Respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalar bazasida 16 ta yirik mashinasozlik zavodlari tashkil etildi.

XX asrning 40-50 yillarida O'zbekistonda geologlar tomonidan olib borilgan qidiruvlar natijasida yirik uran, oltin va mis konlari aniqlandi. Bu esa o'z navbatida respublikada uran, oltin va misni qayta ishlaydigan ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga sabab bo'ldi. Natijada O'zbekistonda kon-metallurgiya sanoati vujudga keldi. Bugungi kunda dunyoga mashhur Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil etildi. 70-80 yillarda mam-lakatda Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari va Namanganda "Guzaksoy", "Pirmirob", Toshkent viloya-tida "Qizil olma", "Semg'uron", "Ko'chbuloq", "Qouldi", Jizzaxda "Marjonbuloq" va Samarqandda "Chormitan" oltin konlari ishlay boshladi.

1952 yilda geologlar Markaziy Qizilqumda Uchquduq uran konini aniq-ladilar va uni o'zlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Buning uchun 1956 yilda Uchquduqda 27-sonli maxsus korxona ish boshladi. Shu yilning o'rtalarida birinchi quruvchi va konchilar jamoasi Karmana temiryo'l stansiyasiga kelib, Uchquduqqa yo'l olishgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tarixi sobiq Ittifoq O'rta mashinasozlik vazirligining 1958 yil 11-

martdagi kon-kimyo kombinatini qurish to'g'risidagi buyrug'idan boshlanadi.

Qizilqumda 1958 yilda jahon ahamiyatiga molik voqea "Muruntov" oltin koni topildi. Oltin zaxiralarining ko'pligi jihatdan bu konga "Asr mo'jizasi", deb nom berildi. Geologlarning O'zbekiston hudu-dida istiqbolli oltin konlari mavjudligi haqidagi taxminlari to'laqonli tasdig'ini topdi. Geologlardan I.H.Hamroboyev, H.T.To'laganov, S.T.Badalov,

V.G.Garkoves, I.S.Sokol, Z.L.Paley va boshqalar "Muruntov" oltin konini ochishda katta xizmat ko'rsatdilar. Samarqand geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi va respub-likamizning boshqa tashkilotlarining sa'y-harakatlari, mashaqqatli mehnati o'z meva-sini berdi. Qizilqum sahrosi yirik oltin konlari joylashgan hududga aylandi.

XX asrning 50-yillarida Olmaliq-Angren kon sanoati hududida mis, qo'r-g'oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni topildi, ularni o'zlash-tirish jarayonida mintaqada yirik Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bunyod etildi. 1949 yildan kombinatning barpo etila boshlanishi natijasida bu yerda katta qurilish ishlari boshlab yuborildi va mazkur yil Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining tashkil etilganligi bilan tarix solnomasiga kirdi. Yildan-yilga shaharda aholi ko'payib bordi. O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1951 yil 10-iyuldagi farmoniga ko'ra Olmaliqqa shahar maqomi berildi. Olmaliqda to'rtta sanoat korxonasi: Oltin topgan, Olmaliq koni, Qo'rg'oshinkon va g'isht pishirish zavodi faoliyat olib borardi. Shuningdek, qo'rg'oshin konida geologlar tomonidan ishlar boshlanib, 1951 yilning oxiriga kelib qo'rg'oshin-rux rudala-rining dastlabki tonnalari qazib olindi. Qo'rg'oshin-rux boyitish fabrikasidan

Terakli qo'rg'onchasi, rudani qayta yuklash tugunigacha bo'lgan temiryo'l ko'tarmasi qurila boshlandi.Olmaliqda 1953-1954 yillarda qo'rg'oshin-rux boyitish fabrikasi yaqinidagi maydonchada o'rnatilgan 5000 Kvt quvvatli to'rtinchi energiya va qo'rg'oshin-rux boyitish fabrikasining (QBF) 1-sonli seksiyasi ishga tushirildi. Qalmoqir koni bazasida kon qazish korxonasi qurilishi boshlandi. 1955 yil Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodining temirchilik va payvandlash sexining qurilish ishlari boshlab yuborildi va qo'rg'oshin-rux boyitish fabrikasining 4-sonli seksiyasi ishga tushirildi.

O'zbekiston qora metallurgiya sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ko'payib bordi. Bekobod, Chirchiq, Toshkent shaharlari qora metal-lurgiya markazlari sifatida tanildi. O'zbekiston metallurgiya kombinati eng yirik korxonalardan biri edi. O'tgan asrning 70-yillarida zavodni kengaytirish va rekons-truksiya qilish bo'yicha dasturning qabul qilinishi bilan O'zbekiston qora metallurgiya sanoati tarixida yangi bosqich boshlandi. Dastur qabul qilinishida Sharof Rashidovning xizmatlari katta bo'ldi. Natijada kombinatning ishlab chiqarish quvvatlari oshib, yangi marralarni egallash sari qadam qo'yildi. 1972 yilda kombinatda uy-ro'zg'or uchun iste'mol mollari sexi poydevori qo'yilib, 1974 yilda sexning yiliga yigirma ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan birinchi navbati ishga tushirildi. 1980yilga kelib yillik ishlab chiqarish hajmi besh ming tonna bo'lgan ikkinchi navbati qurilishi ham nihoyasiga yetkazildi.

Xulosa qilib aytganda, o'tgan asrning 40-80 yillarida O'zbekistonda "Muruntov", "Chormitan", "Qalmoqqir", "Davgiztov",

"Marjonbuloq" kabi o'nlab konlar ochildi. Yerosti boyliklarini qazib olish maqsadida qimmatbaho rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonalari - Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda qora metallurgiya sanoatida - O'zbekiston metallurgiya kombinati tashkil etildi. Respublikada yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi o'z navbatida joylarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Olmaliq, Bekobod, Nurobod, Zafarobod kabi yangi shahar va posyolkalarning barpo etilishiga sabab bo'ldi. Bepoyon sahro bag'ri va tog'oldi hududlarda insonlarning mashaq-qatli mehnatlari evaziga zamonaviy va go'zal kentlar qad ko'tardi. Ammo bu yillar O'zbekiston tarixida sezilarli darajada murakkab iz qoldirdi. Boshqa sohalarda bo'lgani kabi kon-metallurgiya sanoati rivojida ham bevosita xalqimizning kuch-g'ayrati va ilmiy salohiyati muhim rol o'ynadi. Markaz respublika sanoatining yetakchi tarmog'i bo'lgan kon-metallurgiya korxonalarini jadal sur'atlar bilan rivojlantirar ekan, ayni vaqtda unga bir tomonlama, ya'ni mustamlakachilik siyosati bilan yondashuvda bo'ldi. Xalq o'z mehnati va aql-zakovati bilan yaratgan ne'matlardan to'liq o'zi bahramand bo'lishi uchun doim kurashib keldi va bunga ishonib yashadi. 90 yillar boshiga kelib mamlakatimiz katta yaratuvchanlik va chinakam tarixiy o'zgarishlar, ya'ni mustaqillikka erishish ostonasida turardi.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining yangi bos-qichlari. Tarixdan ma'lumki, hech bir xalq yoki millat o'z ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo'lga kiritmagan. Buni yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Ajdod-larimizning so'nggi 130 yildan ko'proq davom etgan istibdod davridagi ozodlik

kurashlari buning isbotidir. O'zbekiston 1991 yilning 31 avgustida ozod va obod hayot barpo etishga, rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallash sari dadil qadamini boshladi. Davlatimizning musta-qilligi xalqimiz kelajagi uchun katta imkoni-yatlarni ochdi. Mustaqil O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bosh-chiligida olib borilgan mardonavor kurashlar natijasida xalqimiz va yosh davlatimiz tarixan qisqa davrda o'zining milliy taraq-qiyot yo'lidan qat'iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o'tib, yuk-sak marralarni zabt etdi. Hayotning o'zi mustaqillik yo'li har tomonlama to'g'ri ekanligini ko'rsatdi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda og'ir iqtisodiy vaziyat vujudga kelgan va bu vaziyatni faqat yangi iqtisodiy islohotlar orqali o'nglash mumkin edi. O'zbekiston rahbariyati tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o'ziga xos modeli ishlab chiqildi. Unda milliy davlatchilik asoslarini va bozor munosabatlarini shaklantirish, milliy qadriyatlar va g'ururni tiklash, jamiyatni tubdan yangilash, yan-gicha dunyoqarashga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash kabi muhim masalalarga katta e'tibor qaratildi. Boshqa sohalarda bo'lgani kabi mamlakatimizda yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va iqtisodiy islohotlarga o'tish bosqichi kon-metallurgiya sanoati korxo-nalari uchun ham juda murakkab va og'ir kechdi. 90 yillarning boshlarida Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari va O'zbekiston metallurgiya kombinati singari yirik korxonalarning iqtisodiy ahvoli juda og'irlashdi. Negaki, mazkur soha korxo-nalari Ittifoq davrida o'n yillar mobaynida markazlashtirilgan tizim orqali boshqarishni tashkil etuvchi elementlar sifatida barpo etilgan va taraqqiy topgan edi. O'z davrida

bu markazlashtirish orqali ular ma'lum natijalarni qo'lga kiritishgan bo'lsa-da, ammo Ittifoq parchalanib ketishi va xo'jalik aloqalarining uzilishi oqibatida korxo-nalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayib ketdi. Kon-metallurgiya sanoati korxonalarining rivoji o'sha vaqtda Ittifoqning ko'plab mintaqalaridan xomash-yo, materiallar va asbob-uskunalarning o'z vaqtida yetkazib berilishiga bog'liq edi.

Yangi paydo bo'lgan mustaqil davlatlar bilan xo'jalik aloqalarining izdan chiqib ketishi, bojxona to'siqlari va valyuta bilan bog'liq qiyinchiliklar vujudga keldi. Korxo-nalarda xomashyo, materiallar va asbob-uskunalar tanqisligi kundan-kun kuchayib borishi bilan birga moliyaviy mablag'lari, ayniqsa valyuta masalasida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda ko'plab qiyin-chiliklarga duch keldi. Korxonalar respub-lika bilan birgalikda tobora o'zgarib bora-yotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sharoitda oldinga qarab mashaqqatli yo'lga qadam qo'ydi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati. Mustaqillikning dastlabki yillarida respub-likada oltin va uran qazib olish bo'yicha yirik sanoat korxonasi Sanaqulov Q.Ulug'vor rejalar, hayotbaxsh sa'y-hara-katlar bo'lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati ham juda og'ir ahvolga tushib qolgan edi. Kombinatda bu vaqtda vujudga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar, ishlab chiqarish hajmlarining kamayib ketganligi kabi ko'plab masalalar ishchi-xodimlarning kayfiyatini tushirib yuborgan edi. Kom-binatga 50-80-yillarda Ittifoqning turli respublikalaridan ishga kelgan ishchi va muhandislarning aksariyati ko'chib ketish taraddudiga tushgan edi. Ana shu og'ir vaziyatda, ya'ni 1991 yilning oktyabr oyida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Zarafshon shahrida bo'lib, konchilar bilan ochiq muloqot o'tkazadi. Bu uchrashuv natijasi o'laroq konchilarning ijtimoiy himo-yasiga jiddiy e'tibor berish bilan birga Navoiy kon-metallurgiya kombinatini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Bu, mustaqilligimizning dastlabki yilida Navoiy kon-metallurgiya kombinatini rivoj-lantirish uchun qo'yilgan muhim qadam edi. Raqamlar tilga kirganda: 1991 yil. 2-gidro-metallurgiya zavodida 22-blok ishga tushirildi, "Ko'kpatas", "Sharqiy" konlarida kon ishlari boshlandi, Ta'mirlash-mexanika zavodi - Navoiy mashinasozlik zavodi deb qayta nomlandi. 1993 yil. NKMKga mahsulotining yuqori sifati uchun "Sifat uchun brilliant yulduz" (Braziliya) sovrini va "Sifat uchun sovrin" (Ispaniya) top-shirildi, 5-kon boshqarmasi NKMK tar-kibiga kiritildi. 1994 yil. London qimmat-baho metallar quymalari bozori assosiasiyasi tomonidan NKMKga "Optimal yetkazish" maqomi berildi. 1995 yil. 3-gidrometal-lurgiya zavodining birinchi navbati va "Ko'kpatas" konida kar'erlar foydalanishga topshirildi, Oltinni uyumlarda tanlab erit-maga o'tkazish majmuasi foydalanishga topshirildi. 1996 yil. Jeroy - Sirdaryo fosforitlar konining Tashqo'ra uchastkasida konchilik ishlari boshlandi. 1997 yil. "Kindik-Tepa" konida uranni yerostida tanlab eritmaga o'tkazish koni foydalanishga topshirildi, 1-gidrometallurgiya zavodida suyuq shishani sanoat tarzida ishlab chiqarish o'zlashtirildi, "O'zbekiston konchilik xabarnomasi" ilmiy-texnik, ishlab chiqarish jurnali ta'sis etildi. 1998 yil. NKMK oltini Tokio sanoat tovarlari birjasida sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o'tdi, Qizilqum fosforit majmuasi foydalanishga topshirildi, "Loyliken" uran konida

qazib olish majmuasi foydalanishga top-shirildi. 2000 yil. Navoiy kon-metallurgiya kombinati "Do'stlik" ordeni bilan taq-dirlandi, Navoiy mashinasozlik zavodida O'zbekistonda yagona bo'lgan gidropress foydalanishga topshirildi. 2001 yil. "Muruntov" konidan milliard kubmetr kon massasi qazib olindi. 2002 yil. Markaziy kon boshqarmasida emulsion portlovchi modda-lar ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirildi, "Zarmitan", "Marjonbuloq" oltin konlari va Marjonbuloq oltin ajratib olish fabrikasi Janubiy kon boshqarmasi tarkibiga kiritildi, 3-gidrometallurgiya zavodida ruda-larni rentgenoradiometrik saralaydigan tajriba-sanoat saralovchi majmua ishga tushirildi. 2003 yil. 5-kon boshqarmasida "Toxumbet" uran konini o'zlashtirish bosh-landi, Navoiy mashinasozlik zavodida "SAT-5230" rusumli ekskavator uchun birinchi cho'mich tayyorlandi, 5-kon boshqarmasining 1,2,3-geotexnologik kon-larida noradioaktiv chiqindilarni ko'mish punktlari qurildi. 2005 yil. Markaziy kon boshqarmasida qimmatbaho metallar va fosforitli mahsulot ishlab chiqarishga menej-mentning integrallangan tizimi joriy etildi, 3-gidrometallurgiya zavodi negizida biologik tanlab eritmaga o'tkazish majmuasining qurilishi boshlandi. 2006 yil. NKMKga novatorligi va mahsulotining yuqori sifati uchun "Savdo peshqadamlari klubi" tomo-nidan ta'sis etilgan "Yangi ming yillik sovrini" topshirildi, Janubiy kon bosh-qarmasida polivinilxlorid va polietilendan quvurlar ishlab chiqarishiga Sifat menej-menti tizimining sertifikati olindi. 2007 yil. Jenevada NKMKga "Texnologiya va sifat uchun" yangi ming yillik sovrini berildi, 2-gidrometallurgiya zavodida tutash texno-logik qismlarni kengaytirish va rekons-truksiyalash bilan 28-blokning qurilishi

yakunlandi. 2008 yil. 2-gidrometallurgiya zavodi loyiha quvvati yiliga 32 million tonna rudani qayta ishlashga chiqdi, u tashkil etilgan kundan buyon qayta ishlangan ruda 700 million tonnaga yetdi, Shimoliy kon boshqarmasida bakterial tanlab eritmaga o'tkazish "BIOKS" texnologiyasi ishlab chiqarishga joriy etildi, 5-kon boshqarmasida "Shimoliy Konimex" koni ishga tushirildi, "Zarmitan" konida kon qurilishi yakunlandi. 2009 yil. Zarafshon qurilish boshqarmasi tarkibida "Navoiy" tresti tashkil etildi, 5-kon boshqarmasida "Alendi" koni foydalanishga topshirildi, 5-kon boshqarmasida burg'ilash qurilmalari va uran majmualari asboblarini kapital ta'mirlash uchastkasi ochildi, Janubiy kon boshqarmasida "Yarquduq" konining uchastkasi foydalanishga topshirildi; "Moylisoy" konini o'zlashtirish boshlandi. 2010 yil. Navoiy shahrida Bolalar ijodiyot markazi ochildi, Uchquduq shahri to'liq gazlashtirildi; Zarmitanda 4-

gidrometallurgiya zavodi qurilib, foydalanishga topshirildi, Janubiy kon boshqarmasida "Ketmonchi" konining "Gunjak" uchastkasini o'zlashtirish boshlandi. 2011 yil. "Muruntov" konida jahonda yagona bo'lgan Tik-qiya konveyeri foydalanishga topshirildi. 2012 yil. Zarafshon shahrida yangi sport majmusi foydalanishga topshirildi, 5-kon boshqarmasida yangi "Aulbek" koni ochildi. 2013 yil. "Farhod" madaniyat saroyida "NKMK tarixi" muzeyi ochildi, Uchquduq shahrida 50 xonadonli uy foydalanishga topshirildi, Zarafshon shah-rida 48 xonadonli uy foydalanishga topshirildi, Uchquduq shahrida "Orzu" ma-daniyat va istirohat bog'i ochildi, Zarafshon shahrida havo bilan to'ldiriladigan sport zali ochildi. 2014 yil. Qizilqum fosforit maj-muasining ikkinchi navbati ochildi, Uch-

quduq shahrida 40 va 48-xonadonli 2 ta uy foydalanishga topshirildi, Uchquduq shahrida "Yoshlar markazi" foydalanishga topshirildi, Zarafshon shahrida 40 xonadonli uy foydalanishga topshirildi. 2015 yil. Zarafshon shahrida akvapark foydalanishga topshirildi, Zarkent qo'rg'onida har biri 16 xonadonli 5 ta uy foydalanishga topshirildi, 5-kon boshqarmasiga qarashli "Sugrali" va "Shimoliy Konimex" konlarida ishlab chiqarish va maishiy inshootlar foydalanishga topshirildi, "Do'stlik" agrofirmasida "Nur-diyor" shifobaxsh suvi ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 2016 yil. "Muruntov" konida minerallashtirilgan massasi Burma-lanishlarini uyumlab eritmaga o'tkazish usu-lida qayta ishlash boshlandi, 3-gidrome-tallurgiya zavodining alohida toifalangan obyektlarini zaxira elektr energiya ta'minoti rekonstruksiya qilindi, "Shimoliy Konimex" konida 5-mahalliy sorbsion uskunasi qurildi, Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani Zarkent qo'rg'onida yosh oilalar uchun 4 qavatli 44 xonadonli turarjoy binosi barpo etildi, Janubiy kon boshqarmasidagi pulmo-nologiya dispanseri bazasida "Nurobod" suv bilan davolash sanatoriy-profilaktoriysi foydalanishga topshirildi, "Metallurg" profilak-toriysi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi, Navoiy davlat konchilik institutining yangi o'quv binosi ishga tushirildi, Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani Zarkent qo'rg'onida akvapark ishga tushirildi. 2017 yil. "Auminzo-Amantoy" oltin qazib olish koni foydalanishga top-shirildi, Evropa Sifat tadqiqotlari jamiyati tomonidan NKMKga xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati uchun sertifikat topshirildi, Birlashgan Millatlar Tashkilo-tining Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan kombinatning 12 nafar olim va mutaxassislari murakkab tarkibli

oltin rudalaridan oltinni ajratib olish texnologiyasini yaratganliklari uchun "Eng yaxshi ixtirochi" oltin medali bilan taq-dirlandi, Uchquduq shahrida musiqali fav-vora va "Kelajak" yoshlar markazi qurildi, Navoiy shahridagi "Sug'diyona" stadioni rekonstruksiya qilinib foydalanishga top-shirildi, Zafarobod qo'rg'onida "Yangi hayot" sog'lomlashtirish majmuasi qurildi, Zarafshon shahrida "Neptun" suv havzasi rekonstruksiya qilindi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan 2017-2026 yillarda kombinatda qimmatbaho metallar qazib olish hajmini oshirish Dasturi tasdiqlandi, 28 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Navoiy davlat konchilik institutiga tashrif buyurib, "Auminzo-Amantoy" oltin konlari negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidro-metallurgiya zavodi qurilishining bosh-lanishiga bag'ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. 2018 yil. Zarafshon shahrida favvoralar xiyoboni qurildi, Janubiy kon boshqarmasi "G'ujumsoy" konida chuqur-ligi 500 metr, aylanasi 6 metr bo'lgan yangi shaxta ishga tushirildi, Uchquduq shahrida "Konchi" sihatgohi qayta rekonstruksiya qilindi, Samarqand viloyati Urgut tumanida "Kelajak" bolalar sog'lomlashtirish orom-gohi foydalanishga topshirildi, Nurobod shaharchasida "Ko'zmunchoq" maktab-gacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi, 5-kon boshqarmasi 4-geotex-nologik konida noyob va noyob yer element-larini ishlab chiqarish bo'limi foydalanishga topshirildi, 18 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Navoiy shahri va "Navoiy kon-metal-lurgiya kombinati" davlat korxonasi tashkil topganligining 60 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qarori qabul qilindi, 5

noyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Muruntov" konini o'zlash-tirish (5-navbati) I-bosqichi" investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiq-lash to'g'risida"gi qarori qabul qilindi, 22 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi va Navoiy shahrining 60 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg'orlari va jamoatchilik faol-laridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilindi, 23 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi jamoasi va Navoiy shahri ahliga" tabrigi e'lon qilindi, 26 noyabrda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi tashkil top-ganligining 60 yilligi keng nishonlandi. 2019 yil. Jizzax viloyati Zomin tumanida "NKMK" sanatoriysi foydalanishga top-shirildi, Qoraqalpog'iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Metallokonstruksiya va nostandart jihozlarni ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi, Uchquduq tumani mar-kazida "Oltin ko'l" dam olish majmuasi foydalanishga topshirildi, 3-gidrometal-lurgiya zavodida Sorbsiyalash jarayoni chiqindilarini yuqori samarali kuydirish majmuasi ishga tushirildi, Tomdi tumanida "Shodlik" mehribonlik uyi tarbiyalanuv-chilari uchun mo'ljallangan "Bolalar shahar-chasi" foydalanishga topshirildi, Kombi-natga London oltin quymalari bozori assotsiasiyasi (LBMA - London Bullion Market Association) tomonidan bozor talablariga to'la rioya qilish borasida nav-batdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tganligini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etildi, Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filiali ochildi. Navoiy kon-metal-lurgiya kombinati tarkibidagi korxonalar

ichida Navoiy mashinasozlik zavodi va Zarafshon qurilish boshqarmasining ham o'rni kattadir.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati. OKMK bugungi kunda nafaqat respub-likamizda, balki Markaziy Osiyo minta-qasidagi yirik sanoat korxonalaridan biri. Mazkur kombinat geologik qidiruv ishlarini olib borish, erusti va erosti konlaridan ma'dan qazib olish hamda uni boyitish, oltin saralash fabrikalarini, metallurgiya zavod-larini, yirik energetika, avtomobil va temir-yo'l transporti tizimlarini, qurilish tresti, qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirilgan tarmoqni, shuningdek, rivojlangan infratuzilmalar hamda ijtimoiy soha obyektlarini o'zida birlashtirgan yirik majmua hisoblanadi. Kombinatda o'tgan asrning 50-70 yillarida katta ishlar amalga oshirildi. Kombinat tarixida uni N.A.Sogoev (1948-1952), D.L. Basov (1954-1958), P.S. Poklonskiy (1958-1967), M.R.Ramazanov (1967-1983), V.N.Sigedin (1983-2001), G.A.Proxorenko (2001-2003) kabi direk-torlar boshqardi. Raqamlar tilga kirganda: 2004-2008 yillar. Ko'chbuloq, Qizilolma konlari va Angren oltin saralash fabrikalari rekonstruksiya qilindi va kengaytirildi. Olmaliq shahridagi kattalar va bolalar polik-linikasi, yuqumli kasalliklar shifoxonasi kapital ta'mirlandi. 2009-2012 yillar. "Qalmoqqir" va 2010-2015 yillarda "Sariq cho'qqi" koni modernizasiya va rekonstruksiya qilindi va zamonaviy kon va temiryo'l transportlari xarid qilindi. 2010 yil. Surxondaryo viloyatida Xonjiza kon boyitish majmuasi ishga tushdi. Ilk bor rux zavodida Xonjizzadan keltirilgan birinchi rux konsentrati asosida O'zbekistonning birinchi rux metalli olindi. Markaziy ta'mirlash mexanika zavodiga avtotransport va maxsus texnikalar ta'miri sexi qo'shildi.

2013 yil Angren quvur zavodi turli diametr-dagi mis quvurlari ishlab chiqaradigan korxona sifatida Angren erkin iqtisodiy hududida ishga tushdi. "Delfin" zamonaviy akva-bog'i qurib bitkazildi va ishga tushdi.

2014 yil. Mis eritish zavodida yangi sulfat kislotasi sexi qurilib ishga tushirildi. Rux zavodi qayta ta'mirlanishi hisobiga rux ishlab chiqarish quvvati oshdi. Kon-shaxta ishlari uchun uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish investision loyihasini amalga oshirish doirasida markaziy ta'mirlash-mexanika zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi kengaydi. Jizzax viloyatida zamonaviy sement zavodi qurilib ishga tushirildi. Shahar markazida zamonaviy 12000 o'rinlik sport majmuasi qurildi. 2015 yil. Mis boyitish fabrikasida Avtomat-lashtirilgan, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi maydalash va yanchish uchastkasi qurib, ishga tushirildi. Rux zavodida elektroliz sexi rekonstruksiya qilindi. 2016 yil. 2-mis boyitish fabrikasida "Qalmoqqir" koni balansorti rudalarini qayta ishlash uchastkasi ishga tushdi. Mis eritish zavodida investision loyiha doirasida yangi eritish pechi qurib bitkazildi. Mis simlari ishlab chiqarish uchastkasi ish boshladi. 2017 yil. "Yoshlik-1" va "Yoshlik-2" konlarini o'zlashtirish boshlandi. 2018 yil. Rassiyaning Milliy tadqiqot texnologik universiteti "MISiS" filiali ochildi. 2019 yil. Yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega yangi 3-mis boyitish fabrikasini qurish ishlari boshlandi.

O'zbekiston metallurgiya kombinati. «O'zbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati O'zbekistondagi ikkilamchi qora metall parchalari va chiqindilarni qayta ishlaydigan yagona korxonadir. O'tgan asrning 90-yillarida sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan keyin,

respublikalar o'rtasidagi iqtisodiy va xo'jalik aloqalari uzilishi natijasida kombinatda ahvol og'irlashdi. Korxonaga zarur bo'lgan xomashyo va materiallar hamda asbob-uskunalarning etishmasligi o'z navbatida uning moliyaviy tizimiga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mahsulot ishlab chiqarish kamayib ketdi, ishchilarga oylik ish haqini to'lashda ham muammolar paydo bo'ldi. Yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun yirik miqdordagi moliyaviy mablag' zarur edi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida bu kabi masalalarni echish korxona rahbariyati zimmasiga katta mas'uliyat yuklardi. Raqamlar tilga kirganda: 1997 yil. Issiqlikka dosh beruvchi prokat mahsulotlari ishlab chiqarish boshlandi. 2002 yil. "Metallurg" pansionati foydalanishga topshirildi. 2007 yil. Yiliga 6000 tonnagacha sim ishlab chiqarish quvvatiga ega uchastka ishga tushirildi. 2012-2013 yillar "Metallurg" markaziy stadioni foydalanishga topshirildi. Rangli metallar ishlab chiqarish sexida mis va latundan folga ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Tayyorlamalarni uzluksiz quyish mashinasini rekonstruksiya qilishga oid keng ko'lamli loyiha amalga oshirildi. 1-sonli po'lat eritish sexining metodik qizdirish pechi rekonstruksiyasi amalga oshirildi. "2-sonli navli prokat sexi "300" stanida sim blokini o'rnatish va kanatka ishlab chiqarishni tashkillashtirish" loyihasi amalga oshirildi. Temir parchalarni qayta ishlash sexi modernizasiyasi amalga oshirildi. 2014 yil. Bazaltdan issiqlikni saqlovchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 2015 yil. To'rt ming tonna yillik quvvatga ega bo'lgan elektrotexnik mis polosasi ishlab chiqarish boshlandi. 2017 yil. Tikuv fabrikasi ish boshladi. 2018 yil. Ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexi

www.srt-iournal.uz

ishga tushirildi. 2019 yil. 2-navli prokat sexida katanka ishlab chiqarish uchastkasi ishga tushirildi.

Muhokama. Kon-metallurgiya sohasi O'rta Osiyo hududida IX-XII va XIV-XV asrlarda keng rivojlandi. Yangi-yangi konlar ochilib, ulardan yerosti boyliklari-oltin, kumush, mis, temir kabi metallar va qimmatbaho toshlar qazib olindi. XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib, O'rta Osiyo hududidagi Xiva va Qo'qon xonligi va Buxoro amirligi Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi. Natijada mustam-lakachilar tomonidan bu hududlardagi erosti boyliklarini o'zlashtirish boshlandi.

Bu siyosat XX asrning 20-80-yillarida sobiq Ittifoq davrida ham davom ettirildi. O'zbekistonda yirik oltin, uran va mis konlari topilishi tufayli Navoiy kon-metallurgiya va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari tashkil etildi. Bekobodda qora metallarni qayta ishlovchi yirik korxona -O'zbekiston metallurgiya kombinati barpo etildi. Qizilqum mintaqasida, Olmaliq va Bekobodda ulkan sanoat korxonalarining barpo etilishida minglab matonatli, metin irodali, eng murakkab muhandislik va texnikaviy hamda ijtimoiy masalalarni hal etishga qodir fidoyi kishilarning katta mehnati singdi.

"Asr kashfiyoti" deb tan olingan "Muruntov" konining ochilishi tufayli bir vaqtlar odam yursa oyog'i, qush uchsa qanoti kuyadigan Qizilqum sahrosi jasoratli insonlarning mehnatlaridan go'zal mas-kanga aylandi. Qizilqumda nafaqat mamla-katimizda, balki dunyoga mashhur Navoiy, Uchquduq kabi zamonaviy shaharlar bunyod etildi.

Mustaqillik Vatanimizning ko'pming yillik tarixida yangi davr-erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot

davrini boshlab berdi. Mustaqil O'zbekistonda barcha sohalarda bo'lgani kabi iqtisodiyotimizning yirik tarmog'i sanalgan kon-metallurgiya sanoatida ham korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihozlash orqali raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mamla-katimizning eksport salohiyatini oshirish va shu tariqa jahon bozorida munosib va mustahkam o'rin egallashga asosiy e'tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida NKMK, OKMK va O'zmetkombinatda bu korxona-larni rivojlantirish dasturlari doirasida ko'plab loyihalar amalga oshirilib, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi va yangi ish o'rinlari tashkil qilindi. Bu davrda erishilgan juda muhim yutuqlardan biri, bu kon-metallurgiya sanoati korxonalari uchun mahalliy kadrlarning tayyorlanishi bo'ldi. Bugungi kunda mahalliy muhandis kadrlar korxonalarning eng katta tayanchidir. Birgina Navoiy kon-metallurgiya kombinatida hozirgi kunda mehnat qilayotgan ishchilarning 94 foizga yaqini, rahbar kadrlarning 90 foizdan ortig'i hamda mutaxassislarning 90 foizini mahalliy kadrlar tashkil etayotgani mamlakatimizda mahalliy muhandis kadrlarni tayyorlash borasida uzoqni o'ylab olib borilgan siyosat natijasidir. Kombinatda faoliyat olib bo-rayotgan ishchilarning o'rtacha yoshi 37 yosh bo'lib, 30 yoshgacha bo'lgan rahbar va mutaxassislar ulushi 32 foizga to'g'ri keladi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarayotgan yuqori sifatli 999.9 probali oltin, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis mahsuloti bilan birgalik-da 12 ta kimyoviy elementni ishlab chiqishi va O'zbekiston metallurgiya kombinatining po'lat sharlari kabi mahsulotlar xalqaro miqyosda sifat etaloni deb qabul qilinganligi

ham konchilarining professional darajasi, shu bilan birga mashaqqatli va faxrli mehnatining yuksak e'tirofidir.

Xulosa. O'zbekiston zamini qazilma boyliklariga boy. Bu to'g'risida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016 yilning 4 noyabrida Navoiy viloyati saylovchilari bilan bo'lgan uchrashuvda: "Azim Zarafshon vohasida, behisob tabiiy boyliklar

makoni bo'lgan Qizilqum mintaqasida joylashgan Navoiy viloyati, ta'bir joiz bo'lsa, mamlakatimizning duru javohirlar xazinasidir. Mashhur Mendeleev jadvalida yuzdan ziyod modda bo'lsa, shularning hammasi, jumladan, oltin, kumush, uran, tabiiy gaz, neft, mineral tuz konlari va boshqa boyliklar bu zaminda bisyor topiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1

Q. Sanaqulov, X. Raupov, O. Xaitova. O'zbekistonda kon-metallurgiya tarixi. Toshkent "mashhur-press", 2019

Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: "O'zbekiston", 1997. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: "O'zbekiston", 2017.

Mirziyoev Sh.M. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi jamoasi va Navoiy shahri ahliga" tabrigi. "Xalq so'zi", 2018 yil, 24 noyabr. Abu Rayhon Beruniy. Kitob al-jamohir fi-ma'rifat al-javohir. Mineralogiya. Tarjimon: akademik Aziz Qayumov. Mas'ul muharrir: Quvondiq Sanaqulov. Toshkent: "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. Asqarov A. O'zbekiston tarixi. Toshkent: "O'qituvchi", 1995. Jo'raqulova D.M. Zarafshon havzasining ibtidoiy davr tarixi. Samarqand: 2015. Массон М.Э. К истории горного дела на территории Узбекистана. Ташкент: 1953.

Рахматуллаев И.М., Крахмал К.А., Хасанова С.М., Аметова Ф.И. История освоения полезних ископаемих Чаткало-Кураминского региона. Ташкент: 2013.

10. Sanaqulov Q.S. Yangi istiqbollar sari. Toshkent: "MASHHUR-PRESS", 2018.

11. Xaitova O., Hasanov A., Hayitov Sh., Berdiev N. O'zbekiston kon sanoati tarixi: o'tmishi va buguni. Toshkent: "Turon zamin ziyo", 2015.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.