Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XYSYSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANISHIDA KLASTER TIZIMINING O‘RNI'

O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XYSYSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANISHIDA KLASTER TIZIMINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
kichik biznes / xysysiy tadbirkorlik / oilaviy tadbirkorlik / xysysiy mylk / klaster / klaster tizimi / klaster tashabbusi / klaster strategiyasi / innovatsiya / innovatsion texnologiyalar / ishlab chiqarish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — N. Saidaxmedov

Ushby maqolada myallif tomonidan O‘zbekistonda kichik biznes va xysysiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘llab-qyvvatlash, qylay ishbilarmonlik myhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan izchil islohotlarni amalga oshirishda klaster tizimining o‘rni va bu tizimdan foydalanishning afzalliklari ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XYSYSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANISHIDA KLASTER TIZIMINING O‘RNI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XYSYSIY TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANISHIDA KLASTER TIZIMINING O'RNI РОЛ КЛАСТЕРНОЙ СИСТЕМЫ В РАЗВИТИИ МАЛОГО БИЗНЕСА И ЧАСТНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ THE ROLE OF THE CLUSTER SYSTEM IN THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN

UZBEKISTAN

N. Saidaxmedov

Andijon mashinasozlik instituti "Iqtisodiyot''kafedrasi katta o'qituvchisi Saidahmedovnematjon60@gmail.com

Annotasiya: Ushby maqolada myallif tomonidan O'zbekistonda kichik biznes va xysysiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo'llab-qyvvatlash, qylay ishbilarmonlik myhitini yaratish bo'yicha amalga oshirilgan izchil islohotlarni amalga oshirishda klaster tizimining o'rni va bu tizimdan foydalanishning afzalliklari ko'rsatilgan.

Аннотация: В дaнной стате показаны рол кластерной системы и преимущества исползования этой системы в реализации проводимых автором последователных реформ празвитию и поддержке малого бизнеса и частного предпринимателства в Узбекистане, созданию благоприятной бизнес-среды.

Annotation: This article shows the role of the cluster system and the advantages of using this system in the implementation of consistent reforms carried out by the author to develop and support small businesses and private entrepreneurship in Uzbekistan, and create a favorable business environment.

Kalit so'zlar: kichik biznes,xysysiy tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, xysysiy mylk, klaster, klaster tizimi, klaster tashabbusi, klaster strategiyasi, innovatsiya, innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish

Ключевые ^OBa: малый бизнес, частное предпринимателство, семейный бизнес, частная собственност, кластер, кластерная система, кластерная

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

инициатива, кластерная стратегия, инновации, инновационные технологии, производство.

Keywords: small business, private entrepreneurship, family business, private ownership, cluster, cluster system, cluster initiative, cluster strategy, innovation, innovative technologies, production.

Mamlakatimizda xysysiy mylkka egalik qilish, yndan foydalanish va yni tasarryf etish hyqyqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tytyvchi, mylkiy mynosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to'liq joriy etishga to'sqinlik qilyvchi tartiblar, talablar va cheklovlarni olib tashlash,hamda sog'lom tadbirkorlik myhitini yaratish borasida bir qator islohotlar olib borilmoqda

Klaster (inglizcha, cluster) - muayyan yo'nalishda o'zlashtirilgan ishlab chiqarish yoki hizmat ko'rsatish sohasining o'zgaruvchan elementidir. Iqtisodiy klaster - ma'lum bir hududga (kompaniyalar, korporatsiyalar, universitetlar, banklar va boshqalar) qaratilgan bir-biriga bog'liq tashkilotlar guruhidir: mahsulotlar, tarkibiy qismlar va ixtisoslashtirilgan xizmatlar, yetkazib beruvchilar, infratuzilma, tadqiqot institutlari, universitetlar va bir birini to'ldiradigan ayrim kompaniyalar va butun guruhning raqobatbardosh afzalliklarini oshiradigan boshqa tashkilotlardir. Innovatsion klasterni shakllantirish ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Innovatsion klasterni shakllanirishdan maqsad - shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalari va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo'lgan ta'lim, ilmiy, injinering, konsalting standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg'unlashtirish - innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga keng imkoniyatlar yaratish hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo'liga o'tish nafaqat O'zbekiston iqtisodiyotining klaster tizimida to'planib qolgan muammolarni, balki Hukumatimiz tomonidan jadallik bilan olib borilayotgan islohotlar oldidaturgan asosiy vazifalarni hal etish zarurligi bilan ham bog'liq. Hozirgi sharoitda innovatsion faoliyat O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Ushbu omildan samarali foydalanish mamlakatimizda klaster tizimining barqaror rivojlanishini

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ta'minlashning yagona yo'lidir. Islohotlar jadallashib, jahon iqtisodiyotining globallashuvi kuchayib borayotgan sharoitda mamlakatimiz qisqa muddatda klaster tizimini rivojlantirishning innovatsion yo'lga jadal o'tishni amalga oshirishi, iqtisodiyotning ushbu strategik ahamiyatga ega tarmog'ini zamon talablariga javob beradigan darajaga yetkazishi lozim. Aks holda klaster tizimi rivojlanishdan ortda qoladi va raqobatbardosh bo'la olmaydi.

Dastlab klasterlar faqat "bozorning ko'rinmas qo'li" (raqobat) tufayli, avvalo transmilliy kompaniyalarni zamonaviylashtirishda tashkil etilgan bo'lsa, keyingi vaqtda ko'pgina mamlakatlarning hukumatlari bu jarayonga sezilarli darajada ta'sir etgani xolda ularga yordam bermoqdalar. Klaster strategiyasi jozibadorligi, yo'nalishlarning turli-tumanligi bois ham, innovatsion klasterlarini davlatning o'zi shakllantirishni taqozo etmoqda. Klaster tashabbusi - klasterni yaratish va rivojlantirishning boshqariladigan jarayoni hisoblanadi. Klaster siyosati davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan klaster va klaster tashabbuslari o'sishini rag'batlantirish jarayonidir. Klaster strategiyasini amalda qo'llash asosida milliy va mintaqaviy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish g'oyasi yotadi va uning quyidagi ustuvor jihatlari borligini ochib beradi: korxona, firmalar uchun ta'minotchilarga malakaviy hodimlarga, axborotlarga, xizmat va ta'lim markazlariga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishlar sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga imkoniyatlar yaratiladi; klasterlashgan mintaqalar korxonalarida mehnat unumdorligi 1,5 baravargacha, ish haqqi 30% gacha o'z tasdig'ini topgan; ta'lim va ilmiy tadqiqot markazlari yangi ilmiy uslubiy ishlanmalarni yaratishi va ularni qisqa muddatda sinovdan o'tkazib ishlab chiqarishga joriy etish uchun shart-sharoitlar mavjud bo'ladi; ishlab chiqarish ilmiy izlanishlardagi xodimlar va mutaxassislar mehnatlarini ko'proq rag'batlantirishga va yangi tovarlarni yaratishga imtiyozli sharoitlar bo'ladi. Innovatsiya inglizcha "innovationas" - kiritilgan yangilik, ixtiro bo'lib: - texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar; - ilmiy-texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

qo'llanilishidir [7]. Innovatsiya tushunchasi XIX asr tadqiqotlarida paydo bo'ldi. "Innovatsiya" konsepsiyasi XX asr boshlarida Avstraliyalik va Amerikalik iqtisodchi J.Shumpeterning ilmiy ishlarida "innovatsion birikmalar" va iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o'zgarishlarning tahlillari natijasida olingan. Shumpeter 1900 yillarda innovatsiya terminini iqtisodiyotda ilmiy foydalanishga kiritgan birinchi olimlardan edi. Innovatsiya shunchaki o'zgarish emas balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan yagona yondashuvdir. Innovatsiya - bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o'sish samaradorligini ta'minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar orasida klaster tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar uchun asosiy vazifalarni hal etish, jumladan, klaster tizimida innovatsion faoliyatdan samarali foydalanish taqozo etiladi. Buning uchun mamlakatimiz qisqa muddatda klaster tizimini rivojlantirishning innovatsion yo'lini zamon talablariga javob beradigan darajaga yetkazishi lozim. Ayniqsa, yaratilayotgan yarimtayyor mahsulotlarni aynan shu yerning o'zida klaster tizimi orqali tayyor mahsulot holiga keltirgan holda, uni jahon bozoriga olib chiqish rivojlanayotgan mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltiradi. Klaster tizimini innovatsion loyihalar va innovatsion texnologiyalar orqali amalga oshirish butun jahon talablariga mos, sifatli va xaridorgir mahsulotlrni yaratishimiz uchun samarali vosita bo'lib xizmat qiladi. Klaster tizimida innovatsion g'oya va texnologiyalarni qo'llashimizdan asosiy maqsad Respublikamizda mavjud bo'lgan resurslardan oqilona foydalanish, yarim tayyor maxsulotlar eksportini kamaytirgan holda, ularni qayta ishlash orqali tayyor mahsulot holida eksportga chiqarish. Buning uchun eng muhim bo'lgan masalalar quyidagilar, deb hisoblaymiz: - ta'lim tizimida innovatsion ishlanmalar hajmini yanada oshirish; - innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlash;

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

- zamonaviy va jahon talablariga mos mahsulot yaratish uchun innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish;

- klaster tizimining qulayligi va uning imkoniyatlari haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun viloyatlar va tuman markazlarida innovatsion markazlarni joriy etish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmnlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarori, // Xalq so'zi, 2018 yil 8 may, 92- son.

2. "Xalqaro amaliyot va innovatsion imkoniyatlar" mavzuidagi xalqaro konferensiya materiallari, // Xalq so'zi, 2018 yil 31 may, 111-son.

3. Xaniyazov Z. "Klaster rivoji uchun yaxlit qonuniy asos zarur" // Xalq so'zi, 2018 yil 6 dekabr, 251-son.

4. SaidakhmedovNematKhamidovich THE DEVELOPMENT STRATEGY IS AN IMPORTANT STEP IN BUILDING A NEW UZBEKISTAN // Colloquium-journal. 2023. №5 (164). URL: https://cyberleninka.ru/article/n7the-development-strategy-is-an-important-step-in-building-a-new-uzbekistan (d

5.N.Saidaxmedov O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida institutsional islohotlarning o'rni iinternational scientific and practical conference: youth, science, education: topical issues,achievements and innovations Abstracts of VIII International Scientific and Practical Conference Vol-2 issue-1, 239ar

7. www.uza.uz 8. www.bloomberg.com 9. www.stat.uz

8. www.uza.uz 8. www.bloomberg.com 9. www.stat.uz o

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.