Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY MUAMMOLAR'

O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kontseptsiyasi / Jismoniy tarbiya / rivojlanish / ijtimoiylashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazarova Sojida

Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy, jismoniy tarbiyasini takomillashtirish, ana shu muammolarga oid ilmiy-tadqiqotlar talab etilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY MUAMMOLAR»

O'ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY MUAMMOLAR

Nazarova Sojida

Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Inistituti, O'zbekiston, Chirchiq shahri https://doi.org/10.5281/zenodo.11211532

Annotatsiya. Ta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlarning g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy, huquqiy, jismoniy tarbiyasini takomillashtirish, ana shu muammolarga oid ilmiy-tadqiqotlar talab etilmoqda.

Аннотация: Совершенствование идейно-политического, духовного, правового, физического воспитания учащейся молодежи в образовательных учреждениях требует научных исследований по этим проблемам.

Kalit so'zlar. Kontseptsiyasi, Jismoniy tarbiya, rivojlanish, ijtimoiylashuv.

Ключевые слова: понятие, физическое воспитание, развитие, социализация.

Mavzuning dolzarbligi. Mamalakatimizda barcha sohalardagi islohatlar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmoqda, Yurtboshimiz ta'lim sohasiga, kelajak avlod tarbiyasiga alohida to'htalib o'tdi.

Bugungi kunda ta'lim muassasalari, o'qituvchilarning asosiy dolzarb vazifasi kontseptsiyada belgilab berilgan sratestik vazifalarni, islohotlarning yangi yo'nalishlarini yoshlar ongiga singdirish yoshlarda ularga dahldorlik to'yg'usini tarbiyalash, ularni islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, fuqorolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish asosiy yo'nalishlari, omillarini, muammolarini o'rganish, targ'ib qilish, bu sohada ilmiy-tadqiqotlar yaratish dolzarb vazifadir. Mening bitiruv malakaviy ishim ana shu dolzarb mavzuga bag'ishlangan.

Muammoning ishlanganlik darajasi. O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sporni rivojlantirish masalalari G'.Mirzoning "Sport-barkamol avlodni tarbiyalash vositasi", ("Ma'rifat" gazetasi 2005 yil 10 noyabr), M.Hojievning "Barkamol avlod tarbiyasi" ("Ma'rifat" gazetasi 2006 yil 21 mart), F.Nasriddinovning "Inson olimni shakllantirishda jismoniy tarbiya va sport" (-T.: "O'qituvchi" 1996 y.), Sh.Nishonovning "Sport-taraqqiyot sharti" ("Ma'rifat" gazetasi 2005 yil 16 yanvar) ilmiy maqolalarida yoritilgan. Biz uchun asosiy ham, oqibatida ham jismoniy madaniyat yaratildan ommaviy sport muhimroqmi yohud ba'zan katta biznes manbaiga aylanib keladigan "katta" sportmi? Sportni sanoat darajasiga ko'tarish shartmi.

Jismoniy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatning bir qismi, inson sihat-salomatligini mustahkamlash va jismoniy qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohali. Jismoniy tarbiya esa har tomonlama chiniqtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Boshqacha aytganda, o'zaro tafavut qiluvchi turli hodisalar. Lekin, qizig'i shundaki, ular bir-birisiz yashay olmaydi. Chunki jismoniy madaniyatga jismoniy tarbiya orqali erishiladi.

Jahon madaniyati, fan texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichi insoniy tafakkurining yuksak parvozi, fikr inqilobi bilan chambarchas bog'liq sog'lom tanda-sog' aql, -deydi dono xalqimiz.

Tadqiqot maqsadi. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari, asosiy yo'nalishlari, omillarini yoritish va shu asosda ayrim tavsiyalar berish.

Tadqiqot ob'ekti. Ta'lim maskanlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida

amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni.

Tadqiqot predmeti. Ta'lim maskanlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning

asosiy yo'nalishlari, omillari va sportning yangi shakllari.

Tadqiqot ishining vazifalari.

1. Mavzuga oid ilmiy, pedagogik, ma'anaviy-ma'rifiy adabiyotlarni o'rganish, taxlil qilish.

2. O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini qisqacha yoritish.

3. Sport barkamol avlodni tarbiyalashda muhim vosita ekanligini pedagogik tahlil qilish.

Tadqiqot metodlari. Mavzuga oid ilmiy, pedagogik adabiyotlarni o'rganish, taxlil etish,

kuzatish, suhbat, maktablar tajribasini o'rganish va boshqalar.

Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi va amaliy ahamiyati.

1. O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari pedagogik nuqtai

nazardan o'rganildi.

2. Bolalar sportini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari qisqacha yoritildi.

XULOSA

1. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor sohasi bo'lib qoldi. Ayniqsa jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

2. Modernizatsiya qilingan jismoniy tarbiya-tarbiya tizimi, uning mazmuni jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalashda katta imkoniyatlar ochayotganiga ishonch hosil qildi.

3. Modernizatsiya qilingan jismoniy ta'lim-tarbiya tizimi, uning mazmuni o'qituvchi-trenerlardan mashg'ulotlarda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llashni talab etadi. Bunda jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarida o'quvchilarning ijobiy, faol munosabatlarini qaror toptirish muhim ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega.

4. Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarining mazmuni o'quvchilarning salomatligini saqlash va muhofaza qilish, sog'lom turmush tarzi qoidalariga amal qilish, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish kabi vazifalarni hal etishga qaratilganiga amalda ishonch hosil qildik.

5. Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport bo'yicha davlat ta'lim standartlarini va o'quv rejani yanada takomillashtirish, modernizatsiyalashgan darsliklar va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish muhim pedagogik ahamiyatga ega.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi" Qonuni 1992

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. T.: 1997 y.

3. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". T.: 1997 y.

4. "Varakamol avlod yili" Davlat dasturi. T.: "O'zbekiston". 2010 y.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umumiy milliy dasturi" to'g'risidagi farmoni. "Ma'rifat" T.: 2004 y. 22 may.

6. "Sihat salomatlik yili" Dalat dasturi. (Vazirlar mahkamasining 2005 yil 25 yanvardagi 30-sonli qarorida 1-ilova).

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Uzliksiz ta'lim tizimi uchun ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida"gi 1998 yil 5 yanvarda qabul qilingan 5-son qarori.

8. Yuldoshev T. (O'quvchi) Ta'lim yangilanish yo'lida. T.: "O'qituvchi". 2000 y.

9. Yuldoshev T. Ta'limimiz istiqboli yo'lida. T.: "Sharq". 1996 y.

10. O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport tarixi. T.: 1996 y.

11. Normurodov A. Jismoniy tarbiya. T.: 1998 y.

12. Jismoniy Tarbiyaning dolzarb muammolari. Ilmiy to'plam. T.: 1992 y.

13. Normurodov A. O'zbek milliy kurashi. T.: 1990 y.

14. Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy-uslubiy asoslari. Samarqand. 1999 y.

15. Jismoniy tarbiya (ma'ruzalar to'plami) Qarshi. 2001 y.

16. G'aybullaev N. va boshqalar pedagogik Oliy o'quv yurtlari uchun qo'llanma. T.: 2005 y.

17. Mavlonova R. va boshqalar pedagogik (Oliy o'quv yurtlari uchun darslik). T.: "O'qituvchi". 2001 y.

18. O'quvchi ma'naviyatini shakllantirish (qo'llanma). T.: "Sharq" 2000 y.

19. Norboev B. Istiqlol va istedod tarbiyasi. T.: "O'qituvchi". 1996 y.

20. Nishonova S. Ma'naviyat darslari. T.: "O'qituvchi". 1997 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.