Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA INTERNET JURNALISTIKASINING RIVOJLANISHI'

OʻZBEKISTONDA INTERNET JURNALISTIKASINING RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kommunikatsiya / texnologiyalar / bosma nashrlar / an’anaviy tele-radiokanallar / elektron / OAV / ommaviy axborot vositalari / internet tele va radiokanallar / internet gazetalar. / communication / technology / print media / traditional TV channels / Electronic / Media / Media / internet TV and radio channels / internet newspapers.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rambergenova N.Q.

ushbu maqolada Oʻzbekistonda internet jurnalistikasining rivojlanishi va hozirgi ahamiyati, tarixdan rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF INTERNET JOURNALISM IN UZBEKISTAN

this article presents information about the development and current importance of internet journalism in Uzbekistan, the stages of its development from history.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA INTERNET JURNALISTIKASINING RIVOJLANISHI»

Rambergenova N. Q. QMU Jurnalistika fakulteti, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo nalishi

3-kurs talabasi

O'ZBEKISTONDA INTERNET JURNALISTIKASINING

RIVOJLANISHI

Annotatsiya: ushbu maqolada O'zbekistonda internet jurnalistikasining rivojlanishi va hozirgi ahamiyati, tarixdan rivojlanish bosqichlari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit soizlar: kommunikatsiya, texnologiyalar, bosma nashrlar, an'anaviy tele-radiokanallar, elektron, OAV, ommaviy axborot vositalari, internet tele va radiokanallar, internet gazetalar.

Rambergenova N. Q.

Karakalpak State University Faculty of Journalism, Information Service

and Public Relations Direction 3rd year student

DEVELOPMENT OF INTERNET JOURNALISM IN UZBEKISTAN

Annotation: this article presents information about the development and current importance of internet journalism in Uzbekistan, the stages of its development from history.

Keywords: communication, technology, print media, traditional TV channels, Electronic, Media, Media, internet TV and radio channels, internet newspapers.

Zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari shiddatli rivojlanishi jarayonida axborot almashinuvi tezligi ham misli ko'rilmagan darajaga yetib ulgurdi. Mustaqillik davrida O'zbekistonda internet tarmog'ining an'anaviy OAV olamiga kirib kelishi bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

2005-2007 yillarni o'z ichiga olgan mazkur dastlabki bosqich tajribalari internet tarmog'idan samarali foydalanish an'anaviy OAV imkoniyatlarini yanada kengaytirishini ko'rsatdi.

Mamlakatimizda 2007 yil yanvar oylaridan alohida, ya'ni faqat internetda faoliyat yuritadigan alohida nashrlar paydo bo'la boshladi. Bosma nashrlardan, an'anaviy tele-radiokanallardan butkul mustaqil ravishda faoliyat yuritadigan elektron OAV yaratish ishlari kengaydi. Ya'ni internet ommaviy axborot vositalari hisoblanmish internet tele va radiokanallar, internet gazetalar va hokazo internet nashrlar soni ko'paya borib, ular alohida onlayn axborot makonini tashkil eta boshladi.

Bu - milliy media makon ichida yangi voqelik, yangi reallik edi.

'^KOHOMHKa h соцнумм №9(124) 2024

www.iupr.ru

258

Keyingi davrlarda internet nashrlar yanada izchil rivojlandi. Ular professional nuqtayi nazardan shakllandi hamda o'sib bormoqda.

O'quvchilar hamda tahririyat o'rtasidagi muloqot tezkor, zamonaviy, virtual ko'rinish kasb etdi. Interaktivlik sifati hamda qamrovi yuqori darajaga olib chiqildi.

Internet gazetalar ixtisoslashuvi masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi. Veb texnologiyalar imkoniyati sifatida vujudga kelgan Veb 2.0 (Web 2.0) va Blog (Blog) tizimi juda tez ommalashdi. Ayrim blog saytlar ayrim rasmiy axborot tarqatuvchi saytlarga qaraganda tezkor ishlayotganidan kelib chiqib Nyus 2.0 (News.2) nomi bilan atala boshlandi. Nyus 2.0 kelajakda jurnalistika darajasiga ko'tarilish-ko'tarilmasligi alohida masala, biroq bundan qat'i nazar blog tizimiga asoslangan yangidan yangi saytlar ko'payib borayotgani fakt (www.binafsha.uz, www.Itishnir.uz,www.blog.fonus.uz,

www.blog.uzinfocom.uz,www.ayol.uz kabi saytlar singari).

Tarixga qarasak, an'anaviy bosma nashrlar, gazeta va jurnallar, shuningdek, tele-radio kanallar asosan respublikamiz hududida faoliyat olib borgan. Ular tarqatgan ma'lumotlar, xabarlar, fakt va raqamlar deyarli O'zbekiston sarhadlaridan tashqariga chiqmagan (Toshkent xalqaro radiosidan tashqari) bo'lsa, so'z yuritilayotgan yangi media makonning bosh xususiyati milliy axborotning hech bir to'siqsiz dunyoga tarqab ketishi bilan ajralib turibdi.

O'zbekistonda internet jurnalistika paydo bo'lgan ilk davrda uning istiqbol jarayoni mavhum tuyulgan. O'zbekistonda tom ma'nodagi internet jurnalistika 2000 yillar o'rtalaridan shakllana boshlangan. Bu albatta, texnik taraqqiyot bilan bog'liq jarayon edi. O'sha vaqtlarda internet jurnalistikaning o'zbek segmentida yangiliklar saytlari barmoq bilan sanarli holatda edi.

O'zbekistonda ilk milliy internet festivali 2005 yili o'tkazilgan. Unda xabar nashrlari yo'nalishida hozirgi Uzreport TV asosi bo'lgan uzreport.com sayti 2-o'rinni egallagan. Birinchi va uchinchi o'rinni egallagan saytlar (security.uz, darvoza.uz) hozirgi kunda ishlamayapti.

Informatsion texnologiyalarning jadallik bilan taraqqiy etishi mamlakatimizda ham internet jurnalistikaning rivojlanishi va ommalashishiga olib keldi. Hozirda Internet jurnalistika O'zbekiston ommaviy axborot vositalari ichida tezkorligi bo'yicha birinchi, auditoriyasining ko'pligi va ta'sir doirasining kengligi bo'yicha televideniedan so'ng ikkinchi o'ringa chiqib oldi.

Internet jurnalistika eng tezkor OAV sifatida matbuot, radio, televidenie imkoniyatlarini o'zida jamlab bormoqda. Endi siz biron axborot bilan tanishish uchun gazeta chop etilishini, TV yoki radioda yangiliklar dasturi boshlanishini kutib o'tirmaysiz. Eng katta internet-nashrlari matn, foto, tasvir, ovoz, infografika kabi elementlardan foydalanib, xabarlarni interaktiv tarzda yetkazib bermoqda. Internet-radio va Internet-televidenie yo'nalishi ham jadallik bilan rivojlanib bormoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Tadqiqotlarga ko'ra, 2023 yilning yanvar holatiga O'zbekistonda 27 million Internet foydalanuvchisi va 5 million 300 mingdan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi ro'yxatdan o'tgan. Raqamli texnologiyalar vazirligi axborotida

'^KOHOMHKa h ^HyMM №9(124) 2024

www.iupr.ru

259

qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari umumiy internet foydalanuvchilarining 20 foizini tashkil etadi.

"Bu degani internet foydalanuvchilari soni umumiy aholi soniga nisbatan deyarli 75 foizini tashkil qilsa da hozirgi zamonning keng tarqalgan ko'nikmalaridan biri bo'lmish ijtimoiy tarmoqlardan aholining qariyb 15 foizi foydalana oladi.

Shu munosabat bilan aholining raqamli savodxonligi va axborot madaniyatini rivojlantirish masalasi ayniqsa dolzarb bo'lib qolmoqda. Ushbu maqsadlarda respublikaning barcha tuman (shahar)larida raqamli texnologiyalar o'quv markazlari faoliyati bosqichma-bosqich yo'lga qo'yildi.

Markaziy Osiyo davlatlarining barchasida yangiliklar saytlari eng ko'p kiriladigan saytlardir. Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda ommabop saytlar ro'yxatini milliy internet korporatsiyalari egallagan (Rossiyada — Yandex, AQShda — Google, Xitoyda — Baidu). O'zbekistonda ham ma'lumotlar qidiruvi, elektron pochta, yangiliklar, videoxosting, tarjimon, savdo platformasi, disk, ob-havo, entsiklopediya, ish izlash kabi yuzlab servislarni jamlagan, kuchli himoyalangan va qulay ishlash tizimiga ega bo'lgan milliy internet korporatsiyasiga ehtiyoj bor. Aks holda axborot xavfsizligi haqida qancha qayg'urmaylik, boshqa servislarga qaram bo'lib qolaveramiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Cherepaxov M. S, Problemi teorii publitsistiki, M., 1973;

2. Yesenboyev, 1—2j.lar, T., 1991, 1993; 4. Pidayev T., Matbuot — millat chirog'i, T., 1999;

3. Sulaymonov I., Men— jurnalistman, T., 2001. 6. Национальной телерадиокомпании Узбекистана»

4. Akhmedov, T. (2017). The history of television journalism in Uzbekistan. Bulletin of Science and Practice, (12), 417-420;

5. Муратова Н. Журналистикада медиа ва ахборот саводхонлиги. Кулланма. - Тошкент, 2019. - 76.

6. Нурутдинова М. Мультимедиавий жанрлар таснифи. - Тошкент, 2021. -84-b.

"Экономика и социум" №9(124) 2024

www.iupr.ru

260

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.