Научная статья на тему 'XITOYDA JURNALISTLARNI TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

XITOYDA JURNALISTLARNI TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
322
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
strategik / televideniya / radio / sun’iy intelekt / komitet / aspirantura / labaratoriya. / strategic / television / radio / artificial intelligence / committee / graduate school / laboratory.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saidova, Dinora Abdujabbor Qizi

Ushbu maqolada Xitoy Xalq Respublikasida ommaviy axborot vositalarini o‘rni va ro‘li shuningdek, Xitoyda jurnalist, media xodimlari faoliyati, ularning ish jarayonlari haqida ma’lumot berilgan. Xitoy axborot saytlari , gazetalar va jurnallar haqida, ularning faoliyati haqida qisqacha yoritib o‘tilgan. XXR oliy ta‘limda jurnalist kadrlar tayyorlash, bakalavr, magistratura yo‘nalishlarida ta‘lim jarayonlari haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF TRAINING JOURNALISTS IN CHINA

This article provides information on the role and place of the media in the People's Republic of China, as well as the activities of journalists and media workers in China, and their work processes. Here is a brief summary of Chinese news sites, newspapers and magazines and their activities. It describes the process of training journalists in higher education in the PRC, bachelor's and master's degrees.

Текст научной работы на тему «XITOYDA JURNALISTLARNI TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

XITOYDA JURNALISTLARNI TAYYORLASHNING O'ZIGA XOS

JIHATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-31-34

Saidova Dinora Abdujabbor qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti magistranti. e-mail: dinara.saidova.98@mail.ru tel: +998998999801 Ilmiy rahbar: PhD Mustafayeva S.T

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Xitoy Xalq Respublikasida ommaviy axborot vositalarini o 'rni va ro'li shuningdek, Xitoyda jurnalist, media xodimlari faoliyati, ularning ish jarayonlari haqida ma 'lumot berilgan. Xitoy axborot saytlari, gazetalar va jurnallar haqida, ularning faoliyati haqida qisqacha yoritib o'tilgan. XXR oliy ta'limda jurnalist kadrlar tayyorlash, bakalavr, magistratura yo'nalishlarida ta'lim jarayonlari haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: strategik, televideniya, radio, sun 'iy intelekt, komitet, aspirantura, labaratoriya.

CHARACTERISTICS OF TRAINING JOURNALISTS IN CHINA

ABSTRACT

This article provides information on the role and place of the media in the People's Republic of China, as well as the activities ofjournalists and media workers in China, and their work processes. Here is a brief summary of Chinese news sites, newspapers and magazines and their activities. It describes the process of training journalists in higher education in the PRC, bachelor's and master's degrees.

Keywords: strategic, television, radio, artificial intelligence, committee, graduate school, laboratory.

KIRISH

O'zbekiston - Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko'lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko'tarilmoqda. So'nggi yillarda O'zbekiston va XXR davlatlari o'rtasidagi munosabatlar yanada faol rivojlanganini ikki davlat ommaviy axborot vositalari o'rtasidagi hamkorlik kuchayganidan ham ko'rishimiz mumkin. Yurtimiz jurnalistlari, televideniya xodimlar Xitoyga tashrif buyurib,

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Xitoylik jurnalistlar bizning yurtimizga kelib media olamidagi yangiliklar bilan tanishmoqda, tajriba almashmoqda.

XXR da ommaviy axborot vositalari tutgan o'rnini alohida qayd etish joiz. Televideniya, radio, matbuot va internet-jurnalistika texnik imkoniyatlari havas qiladigan darajada. Markaziy va hududiy telekanallari yuqori tiniqlikdagi sifat, yangiliklarni uzatishda tezkorlik, lavha va xabarlardagi rang ayni shunday yondashuv keng shakllangan. Har bir nashr o'z saytiga ega. Saytlar o'z tartib-tamoyillaridan kelib chiqib, yangilik hamda voqealarni qisqa va lo'nda qilib uzatadi, ularning to'liq tafsiloti bilan esa gazeta orqali tanishish mumkin. Matbuotni o'qish odamni kitobga yo'naltiradi, bu esa teran fikrlashga, keng dunyoqarash egasi bo'lishga yo'l ochadi, deb hisoblaydi xitoyliklar. Umuman olganda, matbuotning bugungi kungacha barqaror rivojlanishiga aholining matbuotga intilishi va davlatning muntazam ravishda gazeta-jurnallarni qo'llab-quvvatlashini asosiy omil sifatida ko'rsatish mumkin. [ Li Lianrong. 2009:160]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Gazetalar hajmi jihatidan Xitoy dunyoda birinchi o'rinda turadi. Markaziy nashrlar besh milliondan boshlab, o'n million nusxagacha chop etiladi. Hududiy gazetalar ham juda rivojlangan. Nafaqat provinsiyalar, balki uning tarkibidagi shahar va tumanlarning o'z nashrlari ham bo'lib, mamlakatda obuna masalasi markazlashgan holda amalga oshiriladi.

Mamlakatning eng ommaviy "Sinxua", people.com.cn, Sina.com, Xinhuanet.com internet saytlarida bir kecha kunduzda turli tillarda 10 mingta yangilik axboroti tarqatiladi. Xitoy komunnistik partiyasi mamlakat mediatizimlari rivojlanishi uchun sharoit yaratmoqda. 2014 yil 18 avgustda XKP Markaziy Komitetining "An'anaviy va zamonaviy mediatarmoqlarini uyg'unlikda rivojlantirish to'g'risida"gi qaroridan so'ng bosma va elektron ommaviy axborot vositalari tuzilmalari yangi bosqichga ko'tarilishi kuzatilmoqda. Mamlakatning barcha xalq, millat va qavmlari tili hamda yozuvidagi matbuot zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlandi. Milliy mutaxassis - jurnalistlar tayyorlash Davlat dasturi amalga tadbiq etildi.

XXR da jurnalist-pedogoglarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratiladi. Hamma journalist va ishchi xodimlar bir-birini ko'rib turadi. Lekin har bir ijodiy xodimga g'oyat qulay ish sharoiti yaratilgan: eng zamonaviy kompyuter, yagona lokal tarmoq, harakatlanuvchi kursi mavjud. Har bir xodim o'rni atrofi oyna bilan o'ralgan yarim

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

aylana stol va 9 kvadrat metr joydan iborat. Jurnalistlar qisqa vaqt dam olishi uchun bino tomida bog' ham yaratilgan.

Xitoyda sun'iy intellekt asosida ishlaydigan va matnlarni mustaqil o'qiy oladigan virtual teleboshlovchidir keng ommaga taqdim etildi. Sun'iy intellekt xitoyliklarning ovozi, lab harakati va yuz ifodalarini o'xshata oladi. U hozircha xitoy va ingliz tillarida dasturlarni olib boradi. Virtual diktor har kuni 24 soat uzluksiz ishlay oladi. Bu esa yangiliklarning tezkor va davomiyligini ta'minlaydi. Bundan -tashqari, ushbu texnologiya favqulodda axborot tarqatish kerak bo'lgan hollarda juda foydali. Xalqaro jurnalistlarni XXR universitetlarida o'qitishning asosiy maqsadi-Xitoyda ham, ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlar media tashkilotlarida ishlay oladigan mutaxassislarni ishlab chiqarish. So'nggi o'n yil ichida ushbu turdagi ta'limning jadal rivojlanish dasturlari Xitoy jurnalistika ta'limi tizimida o'ziga xos mavqega ega bo'la boshladi.

Hozirgi kunda Xitoyning bir qator nufuzli universitetlarida jurnalistika yo'nalishi bo'yicha asosiy o'quv kursi 4 yillik o'quv kursi bo'lib, to'rtta mutaxassislik bo'yicha o'qitishni ta'minlaydi: jurnalistika (shu jumladan uchta mutaxassislik: gazeta, foto va internet -jurnalistika), radio va televidenie jurnalistikasi, reklama va nashriyot. Xitoyda faqat ikkita universitet - KNU (Xitoy neft univetsiteti) va Fudan universiteti - jurnalistikada magistrlik va fan doktori ilmiy darajalarini berish huquqiga ega. Shuningdek, KNU Jurnalistika instituti quyidagi yo'nalishlar bo'yicha aspiranturaga qabulini o'tkazadi: jurnalistika tarixi, jurnalistika nazariyasi, amaliy jurnalistika, televidenie va radio jurnalistikasi.

XULOSA

Xitoylik tadqiqotchilarning fikricha, Xitoyda jurnalistika ta'limi mamlakat ommaviy axborot vositalarining amaliy faoliyatiga yanada jiddiyroq ta'sir ko'rsatishi uchun hali ko'p ishlar qilish kerak. Jumladan, jurnalistika fakultetlarida ishlaydigan o'qituvchilar hamda o'quvchilar o'z huquqlarini himoya qila olishlari lozim deb hisoblashadi. Media sohasida vaziyatni tartibga soluvchi nazariy, amaliy va ta'limiy jihatlarni shakllantirish bu sohani yanada rivojlantirishga hissa qo'shadi. Bu borada Shanxayda jurnalistika fakultetlari va ommaviy axborot vositalari o'rtasidagi aloqani, talabalarning ommaviy axborot vositalarida amaliyoti davomida amalga oshiriladigan aloqani yanada mustahkamlash zarurligini ta'kidlash lozim albatta. Bo'lajak jurnalist talabalar uchun ommaviy axborot vositalari ya'ni media markazlar "tabiiy media laboratoriya" vazifasini bajaradi va shu bilan birga, bunday media markazlar bilan

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

hamkorlik qilish talabalar uchun foydalidir. [Li Dingxin Mixaylov S. A. Vu Li Chjan Xefeng Chiu Jui-Xui,2006:97]

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Axborot jamiyatining milliy modellari / Resp. ed va komp. E. L. Vartanova, ilmiy. ed N.V. Tkacheva. - M.: IKAR nashriyoti, 2004.- 142 b.

2. Li Lianrong. Jurnalistikaga kirish / Lianrong Li. - Shanxay: Fudan universiteti nashriyoti, 2009.

3. Li Dingxin Mixaylov S. A. Vu Li Chjan Xefeng Chiu Jui-Xui. Xitoyda jurnalistika. M., 2006.- 244 b.

4. Lukina M. M., Fomicheva I. D., Internet makonidagi ommaviy axborot vositalari. - "Internet -jurnalistika" seriyasi, 1 -son. - Moskva: 2005. - 47 b.

5. Salomov G'. Til va tarjima. - Toshkent: Fan, 1966.

6. Tixonova S.V. Bugungi kommunikatsiya inqilobi: axborot va tarmoq // Polis, 2007.

7. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

8. Khasanova G. K. Modern trends in the development of education and vocational training in the world //The Way of Science. - 2014. - Т. 68.

9. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

10. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

11. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

12. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

13. www.renminrebao. cn

14. www.yangshan.cn

257-262.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.