Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALI SALOHIYATINI OSHIRISHDA TA’LIMNI MAQSADLI MOLIYALASHTIRISH TAMOYILLARI'

O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALI SALOHIYATINI OSHIRISHDA TA’LIMNI MAQSADLI MOLIYALASHTIRISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
28
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim sifati / maqsadli moliyalashtirish / qo‘shimcha ta’lim dasturlari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Komilov Temurjon Qalandarovich, Karimov Farxod Erkinovich

Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishda maqsadli moliyalashtirish tushunchalari, turlari va ahamiyatlari o‘rganildi. Bunda xorijiy tajribalar va milliy amaliyotlar bayon qilindi. Ta’limda maqsadli moliyalashtirishning ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qilishi ko‘rsatib o‘tildi va bu boradagi ishlarni takomillashtirish uchun taklif va xulosalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALI SALOHIYATINI OSHIRISHDA TA’LIMNI MAQSADLI MOLIYALASHTIRISH TAMOYILLARI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONDA INSON KAPITALI SALOHIYATINI OSHIRISHDA TA'LIMNI MAQSADLI MOLIYALASHTIRISH TAMOYILLARI 1Komilov Temurjon Qalandarovich, 2Karimov Farxod Erkinovich

1A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi 2O'zbekiston Xalqaro islom akademiyasi, "Xalqaro munosabatlari va ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori 1 ktimurjon@gmail.com 2farxodkarimov1987@gmail.com 1+99890975 19 19 2+998977830654 https://doi.org/10.5281/zenodo.10138550

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim sifatini oshirishda maqsadli moliyalashtirish tushunchalari, turlari va ahamiyatlari o'rganildi. Bunda xorijiy tajribalar va milliy amaliyotlar bayon qilindi. Ta'limda maqsadli moliyalashtirishning ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir qilishi ko'rsatib o'tildi va bu boradagi ishlarni takomillashtirish uchun taklif va xulosalar berildi.

Kalitso'zlar: ta'lim sifati, maqsadli moliyalashtirish, qo'shimcha ta'lim dasturlari

Аннотация. В данной статье изучены понятия, виды и значение целевого финансирования в повышении качества образования. Описан зарубежный опыт и национальная практика. Показано, что целевое финансирование образования положительно влияет на качество образования, а также даны предложения и выводы по совершенствованию работы в этом направлении.

Ключевые слова: качество образования, целевое финансирование, программы дополнительного образования.

Abstract. This article examines the concepts, types and importance of targeted funding in improving the quality of education. Foreign experience and national practice are described. It is shown that targeted funding of education has a positive effect on the quality of education, and suggestions and conclusions are given for improving work in this direction.

Keywords: quality of education, targeted funding, additional education programs.

Ta'limda maqsadli moliyalashtirish nima degani? Umuman olganda, ta'lim butun dunyoda asosan davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Moliyalashtirishda o'quvchi soni, sinf soni va o'qituvchi oyligi hamda stajlariga qarab mablag' ajratiladi. Dunyoda ko'p tarqalgan metod o'quvchi boshiga moliyalashtirishdir. Ammo, maqsadli moliyalashtirish biroz farqli bo'lib, u ta'limda biron maqsadni amalga oshirish uchun qo'shimcha moliyalashtirish turidir.

Ko'pgina o'quvchilarda maqsadli individual yordam beradigan maxsus ta'limga ehtiyojlari mavjuddir. Ushbu yordamni moliyalashtirish orqali maktablarga o'quvchilarning qo'shimcha ta'lim ehtiyojlariga javob berishga imkon beradi. Masalan, Avstraliyada ta'limni qo'shimcha moliyalashtirish modeli ishlab chiqilgan bo'lib, u Resurslarni taqsimlash modeli (The Resource Allocation Model - qisqacha RAM) deb nomlanadi. RAM individual yordamga muhtoj o'quvchilarni qo'llab-quvvatlashni ta'minlash uchun maqsadli mablag'larni taqdim etadi.

RAM o'z ichiga olgan quyidagi komponentlarni maqsadli moliyalashtiradi:

• Avstraliya maktablarida uch yildan kamroq vaqt davomida o'qiyotgan qochqin (maqomidagi) oilalarning bolalari;

• Ingliz tilini qo'shimcha til yoki dialekt sifatida (EAL/D) ingliz tilini bilishning dastlabki va yuqori bosqichlarida yangi kelgan o'quvchilar;

• O'rtacha yoki yuqori darajadagi moslashishni va integratsiyani talab qiladigan oddiy sinflarda nogironligi tasdiqlangan o'quvchilar.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Masalan, qochqinlarning farzandlarini akademik ko'rsatkichlardan ortda qolmasligi uchun maktab va jamiyat hayotiga tezroq moslashishi va kirishib ketishini ta'minlashda quyidagi ta'lim dasturlari yo'lga qo'yilgan:

- ikki tilli o'rganishni qo'llab-quvvatlash;

- maslahatchi (psixolog) yordami;

- qo'shimcha ingliz tilini o'rganish va savodxonlikni qo'llab-quvvat-lash;

- qochqin o'quvchilarga maktab jamiyatida faol ishtirok etishiga yordam berish;

- qochqin o'quvchilarni ishga yoki qo'shimcha ta'limga o'tishlarida qo'llab-quvvatlash uchun murabbiylik.

Shu o'rinda, maktablar ushbu ta'lim dasturlarini tashkillashtirish uchun moliyalashtirishni qanday va qayerdan oladi degan savol tug'iladi. Maktablar mablag'larni o'zlashtirish uchun o'zlarining har yilgi strategik takomillashtirish rejasiga kiritishi va jamoatchilikka bu bo'yicha ma'lum qilib maktab fondidan mablag' so'rashi kerak bo'ladi. Agar maktab fondida yetarlicha mablag' topilmasa unda ta'lim inspesiyasiga (tuman/shahar ta'lim boshqarmasiga) murojaat qilishlari kerak. Moliyalashtirish o'qituvchi va mutaxassis xodimlarga oylik ish haqi sifatida beriladi va bunda o'qituvchining qo'shimcha dars soati ikki soatdan oshmasligi kerak. Maktab direktori qo'shimcha moliyalashtirishning eng maqbul shaklini joriy qilish bo'yicha mas'uldir va maktab har yili qo'shimcha ta'lim dasturlarining borishi va natijalari haqida hisobot berish bilan birga, qo'shimcha moliyalashtirishning ta'sirlari bo'yicha ham o'z fkrlari va natijalarini bayon qilish kerak bo'ladi.

Ushbu qo'shimcha dasturning maqsadi nima? Avvalo, qochqin oilalarning farzandlarini ta'limda orqada qolishini oldini olish orqali ta'limda tenglikni ta'minlashdir. Qolaversa, ularning jamiyatga moslashishini osonlashtirish va tezlashtirish hamda kasbiy bilimlar orqali biron professiya egasi bo'lib yetishiga ko'maklashishdir. Buni amalga oshirish uchun murabbiylik, repetitorlik, tengdoshlarni qo'llab-quvvatlash, ikki tilda yordam berish, kasbga tayyorlash, maktab faoliyati va jamiyat hayotida faol ishtirok etishni rag'batlantirish uchun zarur jihozlar bilan ta'minlash ishlari olib boriladi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida ham ta'limni qo'shimcha moliyalashtirish borasida juda ko'plab ilmiy va amaliy ishlar olib borilayotganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, tadqiqotchilar Genri, Fortner va Tompson AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi maktablar misolida qo'shimcha moliyalashtirishning o'quvchilar yutuqlariga ta'sirini o'rganadilar. Tadqiqotchilar shtatdagi eng qoniqarsiz maktablarni tanlab oladilar va 2 yil davomida qo'shimcha moliyalashtirish dasturi doirasida har bir o'quvchiga 250 dollar va akademik jihatdan qaloq o'quvchi uchun 840 dollar miqdorida qo'shimcha mablag' oladi. Regressiya uzluksizligi dizayni va keng qamrovli nazoratga ega ko'p darajali modellardan foydalangan holda, mualliflar qo'shimcha mablag'larning o'rtacha ijobiy ta'siri 0,133 standart og'ish birliklari va ta'lim ko'rsatkichlari past darajadagi o'quvchilarga ta'siri 0,098 standart og'ish birliklari ekanligini tahmin qilishadi. Ijobiy ta'siri yuqori natijalarga erishgan va past natijalarga erishgan maktablardagi o'rtacha ball orasidagi farqning taxminan uchdan bir qismini tashkil qilishini ma'lum qiladi.

Boshqa bir misol, AQSHning Kaliforniya shtatida yo'lga qo'yilgan mexanizm bo'lib, u boy va kambag'al hududlardagi ta'lim tengsizligini oldini olish uchun qo'shimcha moliyalashtirishning ahamiyatini ko'rsatadi. Kaliforniya shtatida ta'limni moliyalashtirishda yangi mexanizm ishlab chiqildi va amaliyotga qo'yildi. Bu mahalliy nazoratni moliyalashtirish formulasi (The Local Control Funding Formula - LCFF) deb nomlanib, shtatdagi barcha mahalliy

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ta'lim tashkilotlarining (maktablarning) qanday moliyalashtirilishi, natijalar qanday baholanishi va barcha o'quvchilarga muvafaqqiyatga erishish uchun ular oladigan xizmatlar va yordamlarni tubdan o'zgartiradigan o'ziga xos qonunchilikdir. Unga ko'ra, maktablar o'rtacha kunlik davomad birligiga davlatdan bazaviy grant (mablag') oladi, bu sinf darajasiga qarab biroz farq qiladi. Shu bilan birga, "yuqori ehtiyojli" (kambag'alligi, nogironligi bor va b.) o'quvchilarga xizmat qiladigan maktablar asosiy grant ustiga qo'shimcha mablag' oladilar. Bunday "ehtiyojli" o'quvchilarga ega bo'lmagan maktablar okruglar miqiyosida qo'shimcha mablag' olmaydi. Bu kambalag' okruglar bilan boy okruglar orasidagi ta'lim tengsizligini kamaytirishga katta ta'sir ko'rsatadi. LCFF tizimi yo'lga qo'yilmasidan oldin moliyalashtirishda okruglar orasida juda katta tafovut bo'lgan bo'lsa, ushbu tizimdan keyin u ancha qisqargani ma'lum bo'lgan.

O'zbekistonda ham ta'limni qo'shimcha moliyalashtirish borasida muhim amaliy ishlar yo'lga qo'yilganligini ta'kidlash lozim. Bu borada malakali o'qituvchilarni kambag'alroq yoki olis hududlarga ishga jalb qilish mexanizmi diqqatga sazavor ekanligini ta'kidlash joiz. 2021 yil 11 yanvar kuni imzolangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4940-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrb «Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarda ta'lim berish uchun boshqa hududlardan o'qituvchi -pedagoglarni jalb etish tartibi to'g'risida»gi 646-son qarori bilan Nizom qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining 646-son qarorida, 2021 yil 1 martdan boshlab ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinganligi, bunda:

bir ma'muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

boshqa ma'muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to'lanishi, belgilab qo'yiladi.

Ta'lim sifati yaxshi bo'lmagan olis maktablarda ishlash uchun arizalar ustozfondi.uz elektron platformasi orqali qabul qilinishi, og'zaki va yozma imtixonlardan keyin tanlab olingan o'qituvchilarning yuqorida aytib o'tilgan ustamalardan tashqari, olis hududga ko'chib borishiga bir martalik boshlang'ich 12 mln 250 ming so'm, har oylik ijara uchun 490 ming so'm ajratilishi, loyihani uzoq muddat davom etishi ko'zda tutilganligi ma'lum qilinadi.

Mazkur mexanizm o'z samarasini berishi mumkin. Chunk, olis hududlarga odatda malakali o'qituvchi-pedagoglar kam ishga boradi. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ish faoliyat va mehnatga ta'siri nuqtai nazardan olis hududlar yoki kambag'alroq hududlar o'z kuchi bilan malakali mutaxassisni ishga jalb qila olmaydi hamda yetishtirib ham bera olmaydi. Shu bois, hukumat ushbu holatga e'tibor qaratishi, ta'limda tenglikni ta'minlashi, ta'lim standartlarini barcha hududlarda yaxshi natijalarga olib chiqarish va ta'lim sifatini yaxshilash kabi bir qancha masalalarni hal bo'lishiga xizmat qiladi.

Maxsus moliyalashtirish kambag'al hududlarda yoki ta'lim jihatdan qoloq (qoniqarsiz) maktablarda ta'lim sifatini yaxshilash uchun, nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim jarayoniga jalb qilish va ularni o'z tengdoshlaridan qolishmagan ta'lim imkoniyatlariga erishishi, ularning aqliy va jismoniy holatini rivojlantirish, biron darslikni (masalan, matematika yoki til) o'zlashtirishni yaxshilash uchun qo'shimcha repetitorlik (to'garak) ta'lim dasturlarini moliyalashtirish va hakozo ko'rinishda bo'lishi mumkin. Buni har bir maktab o'z holatidan kelib chiqib, maktablarning yillik rejasiga kiritgan holda maqsadli ta'lim dasturi uchun qo'shimcha mablag'larni jalb qilishda moliyalashtirishni so'rab (iloji boricha onlayn) murojaat qilish mexanizmlarini yo'lga qo'yish

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

darkor. Mablag'lar maktablarning o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib ya'ni byudjetdan tashqari mablag'lar, homiylik, tadbirkorlik ko'rinishida jalb qilinishi, yetarlicha mablag' topilmaganda davlat byudjetidan qoplanishi kerak.

Shuningdek, bu borada maktab direktorlari o'z maktablarida o'quvchilarning ta'lim ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlashning eng yaxshi usulini aniqlash uchun xodimlar, ota-onalar va vasiylar bilan maslahatlashishlari va yillik reja ishlab chiqishlari kerak. O'quvchilarning o'qishini yaxshilash uchun qo'shimcha mablag'lardan samarali foydalanish uchun javobgarlik yillik hisobot orqali amalga oshirilishi kerak. Qo'shimcha moliyalashtirish natijalari monitoring qilib borilishi, ta'lim sifatiga ta'sirini o'rganib borish, natijadorlikning o'lchov birliklarini ishlab chiqish kerak bo'ladi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'limni maqsadli moliyalashtirish ta'lim natijalarida qoniqarsiz ko'rsatkichlarga ega maktablarda ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratiladi. Bu ta'lim natijalariga va sifatiga ta'sir ko'rsatadigan turli salbiy omillarni bartaraf etish uchun eng muhim va qulay metod hisoblanadi. Chunki, ko'p holatda ta'lim natijalariga va sifatiga ta'sir ko'rsatayotgan lokal va maxsus muammolar bo'lish mumkin, ushbu muammolarni umumiy yondashuv bilan emas, maxsus yondashuvlar bilan hal qilish ham samarali ham tejamkordir. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun mablag'lar ta'limni maqsadli moliyalashtirish shaklida amalga oshiriladi. Ammo, ushbu faoliyat uzoq muddatli bo'lishini inobatga olgan holda tizimli mexanizm ishlab chiqish talab qilinadi. Bu uchun qo'shimcha moliyalashtirishning natijadorliklarini belgilovchi va ko'rsatuvchi o'lchov birliklarini (masalan, o'quvchilarning o'zlashtirish ballari, yakuniy imtixon natijalari, milliy yoki xalqaro test natijalari, oliy ta'limga kirishi va boshqalar bo'lishi mumkin) ishlab chiqish va baholash muhimdir.

REFERENCES

1. Henry Gary T., Fortner C. Kevin, Thompson Charles L. Targeted Funding for Educationally Disadvantaged Students: A Regression Discontinuity Estimate of the Impact on High School Student Achievement. Educational Evaluation and Policy Analysis, vol. 32 No 2. 2010, pp.183-204.

2. Lafortune J. Targeted K-12 Funding and Student Outcomes: Evaluating the Local Control Funding Formula. Public Policy Institute of California. Report, October 2021.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori "Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga malakali o'qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida". -Toshkent sh., 2021 yil 15 oktyabr, 646-son.

4. XTV «qizil maktab»larga malakali o'qituvchilarni jalb etadigan yangi loyiha e'lon qildi, 09.04.2021. https://kun.uz/32954899

5. O'zbekistondagi ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlari: Dalillar mamlakatda ta'lim sifatini takomillashtirish imkoniyatlari mavjudligini ko'rsatmoqda, 26 Iyun 2019. https://www.uniceforg/uzbekistan/uz/press-releases/ozbekistondagi-talim-sifatini-oshirish-imkoniyatlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.