O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA'LIMNI AMALGA OSHIRISHDAGI MUHIM
VAZIFALAR Ibraimov Xolboy Ibragimovich
pedagogika fanlari doktori, professor, O'zPFITI direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.10111675
A
n n
o Kalitso'zlar: inklyuziv ta 'lim, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar, me 'yoriy-huquqiy hujjatlar, inklyuziv ta'lim muhiti, inklyuziv kompetentlik, integratsiya, pedagog-kadrlar. a Abstract. In this article, the interpretation of the concept of "inclusive education", regulatory and legal documents aimed at ensuring safe and convenient education for children with special educational needs, and the issues of training pedagogues for effective organization of their ieducation are illuminated.
y Keywords: inclusive education, children with special educational needs, regulatory and
laegal documents, inclusive educational environment, inclusive competence, integration, teaching staff.
M Ta'lim olish huquqi har bir insonning asosiy ijtimoiy huquqlaridan biri bo'lib, mazkur Ouquq bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlarda o'z ifodasini topgan. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi 28-moddasida har har bir bolaning ta'lim olish to'g'risidagi huquqlari kafolatlangan. uKonvensiyani imzolovchi davlatlar har bir bolaning ta'lim olish huquqini tan oladi va ushbu huquqning bosqichma-bosqich amalga oshirilishida barcha uchun teng imkoniyatlarni ta'minlaydi [2]". O'zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga qo'shilish haqida"gi Qaroriga muvofiq qo'shilgan.
q O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 50-moddasida ta'lim olish huquqi ta'minlanishi belgilab berilgan "Har kim ta'lim olish huquqiga ega. Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir. Ta'lim tashkilotlarida dlohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi"
ai].
"Inklyuziv ta'lim" tushunchasi barcha bolalar, jumladan alohida ta'lim ehtiyojlari "'¿jnkgauzivcAaraamuchunzunivfsjzz ta^iquillayaltahidimna 'iimmMiyojlaM ix)oaSigаckvUQlclialr<UlChí^1n\м;Dhfsiz va qqayifabamaraa emshashga aqaiiaatiigaan.mM'yorijynMiyffuziii^ hujmlbt itifflnngaaUmbntivamiBcali urihMm&shrfa pdmohg^orarna tayyob&usfa ímisaaaílaУtr®ggan.l iligini inobatga olgan holda ta'lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta'minlashdir. Inklyuziv ta'lim barcha mamlakatlarda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan masalalardan biridir.
Xalqaro tajribalarga ko'ra, alohida yordamga muhtoj bolalarni ta'lim bilan qamrab olish darajalari quyidagicha ko'rinishlarda amalga oshiriladi:
Eksklyuziya - ta'lim bilan qamrab olinmagan, ya'ni ta'limdan tashqarida nogironligi bor bolalar. Bunday bolalar ta'limga jalb etilmaydi va o'z-o'zidan ularning ta'lim olish huquqlari ta'minlanmaydi.
Segregatsiya - alohida yordamga muhtoj bolalarni umumiy ta'limdan alohidalash va ularga maxsus maktab va internatlarda ta'lim berish.
Integratsiya - alohida yordamga muhtoj bolalar uchun umumta'lim maktablarida alohida sinflarni tashkil etish.
Inklyuziya - alohida yordamga muhtoj bolalar boshqa bolalar bilan umumta'lim maktablarida bir sinfda tahsil olishi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4860 sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori bilan 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi [4]. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabr "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi №-638-sonli Qarori qabul qilindi [7].
Ushbu qarorlar ta'lim tizimi oldida turgan quyidagi bir qator muammolarga yechim topish zaruratini belgilab bergan:
1. Inklyuziv ta'lim tizimi sohasidagi normativ bazaning sayozligi.
2. Inklyuziv ta'lim tizimi uchun malakali pedagog-kadrlarni tayyorlash va ularning inklyuziv kompetentligini uzluksiz rivojlantirib borish zaruriyatining yuqoriligi.
3. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim, professional ta'lim, oliy ta'lim tizimida inklyuziv ta'limning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash.
3. Inklyuziv ta'lim joriy etilgan muassasalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ehtiyojining yuqoriligi;
4. Inklyuziv ta'lim muassasalarida o'qituvchi va tarbiyachilar uchun ilmiy-metodik bazaning, ya'ni zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalarning yetarli emasligi.
5. Xavfsiz inklyuziv ta'lim muhitining yuqori darajada ta'minlanishi va h.k.
Ushbu muammolarni hal etish har bir alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolaning ta'limi, tarbiyasi, rivojlanishi, ijtimoiylashuvi jarayonini muvaffaqiyatli o'tishiga zamin yaratadi. Jumladan, pedagog-kadrlarni tayyorlash asosiy masalalardan hisoblanadi. Chunki ta'lim tizimi aynan inson omili tufayli harakatga keladi va rivojlanadi yoki aksincha inqirozga yuz tutadi.
Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish o'z-o'zidan pedagoglar va tarbiyachilar faoliyatiga qo'yiladigan talabning ortishini, ularning funksional majburiyatlari va professional malakalari kengayishi ehtiyojini keltirib chiqaradi. An'anaviy bilim va malakalarning o'zigina bu ta'lim turida yetarli bo'lmay qoladi. Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash pedagog va tarbiyachilardan maxsus professional kompetensiya, ya'ni inklyuziv kompetentlikni talab qiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, inklyuziv kompetentlikni shakllantirish uchun pedagog empatiya, refleksiya, mobillik va moslashuvchanlik, hamkorlik qobiliyati, ta'lim oluvchilar ehtiyojlariga nisbatan senzitivlik, muloqotchanlik, o'z-o'zini boshqara olish ko'nikmasi kabi muhim sifatlarga ega bo'lishi lozim.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim maktabi tarbiyachi va pedagog-kadrlarida inklyuziv kompetentlikni shakllantirish murakkab, uzluksiz va tizimli jarayondir. Bunda inklyuziv ta'lim muhitida ishlaydigan zamonaviy kadrlarni tayyorlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish zarur:
1. Inklyuziv ta'limni joriy etishda uzviylik va o'zaro aloqadorlik tamoyillariga rioya etish;
2. Inklyuziv ta'lim muammosi nafaqat bo'lajak defektolog mutaxassislar, balki bo'lajak boshlang'ich ta'lim, maktabgacha ta'lim yo'nalishi pedagog-tarbiyachilari duch keladigan
muammo bo'lib, ushbu yo'nalishlar o'quv rejasidagi pedagogik turkum fanlar mazmuniga inklyuziv ta'lim mazmunini kengroq qamrab olish lozim;
3. Inklyuziv ta'lim berishning zamonaviy nazariyalarini ta'lim amaliyotiga singdirish, bo'lajak boshlang'ich ta'lim, maktabgacha ta'lim pedagog-tarbiyachilariga ta'lim berishda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga sharoit yaratish;
4. Inklyuziv ta'lim tizimi joriy qilingan umumta'lim muassasalariga tyutor (yordamchi pedagog xodim) sifatida oliy ta'lim muassasalarining boshlang'ich ta'lim, maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi yuqori kurs talabalarini pedagogik amaliyot davrida jalb qilish;
5. Pedagog va tarbiyachilar uchun alohida yordamga muhtoj bolalarga xavfsiz inklyuziv ta'lim muhitini yaratishga yordam beruvchi pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlar, qo'llanmalar, tavsiya va dasturlarni ishlab chiqish lozim.
REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси Конституцияси. 30.04.2023
2. https://lex.uz/docs/2595909
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Inclusion_(education)
4. https://lex.uz/ru/docs/-5044711
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori.
7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabr "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi №-638-sonli Qarori.
8. Ибрагимов Х. И. ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ //Экономика и социум. - 2021. -№. 1-1 (80). - С. 608-611.
9. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Intensive methods of teaching foreign languages at university." Вопросы науки и образования 27 (39) (2018): 78-80.
10. Ибраимов Х. И. Педагогические и психологические особенности обучения взрослых //Academy. - 2019. - №. 10 (49). - С. 39-41.
11. Ибрагимов Х. И. Организatsiя самостоятельной работы студентов в условиях цифровизatsiи вузовского образования //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 7 (54). - С. 74-75.
12. Ibragimov, X. I., U. A. Yo'ldoshev, and X. Bobomirzayev. "Pedagogik psixologiya." O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent (2009).