Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING O’RNI “ZOMIN” TURIZTIK-REKREATSION ZONASI TAHLILI MISOLIDA'

O’ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING O’RNI “ZOMIN” TURIZTIK-REKREATSION ZONASI TAHLILI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
303
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / mintaqaviy turizm / ekoturizm / SWOT tahlil / xizmat ko’rsatish / xalqaro tajribalar / turistik zona / erkin turistik zona.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tirkacheva Farangiz Sur’At Qizi

Ushbu maqola O’zbekistonda ekoturizmni rivojlanishida davlatni o’rni va SWOT tahlili mavzusida yozilgan. Ekoturizmni rivojlanishida xalqaro tajribalarni o’rganib taqqoslash orqali kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib yozilgan. Takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING O’RNI “ZOMIN” TURIZTIK-REKREATSION ZONASI TAHLILI MISOLIDA»

O'ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING

O'RNI "ZOMIN" TURIZTIK-REKREATSION ZONASI TAHLILI

MISOLIDA

Tirkacheva Farangiz Sur'at qizi

TDIU "Turizm va servis" kafedrasi magistranti

O'zbekiston, Toshkent farangiztirkacheva77@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqola O'zbekistonda ekoturizmni rivojlanishida davlatni o'rni va SWOT tahlili mavzusida yozilgan. Ekoturizmni rivojlanishida xalqaro tajribalarni o'rganib taqqoslash orqali kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib yozilgan. Takliflar ishlab chiqilgan.

Keywords. Iqtisodiyot, mintaqaviy turizm, ekoturizm, SWOT tahlil, xizmat ko'rsatish, xalqaro tajribalar, turistik zona, erkin turistik zona.

Kirish. Ekoturizm O'zbekistonda katta imkoniyatlarga ega sohalardan biri hisoblanadi. O'zbekiston nafaqat o'zining tarixiy obidalari va arxitekturasi bilan dunyoga mashhur balki betakror tabiat maskanlari bilan turistlarni o'ziga jalb qilish imkoniga ega. Shu o'rinda ekoturizmni rivojlantirishda kadrlarni o'rni juda muhim va aholini turizm savodxonligini oshirish bugun kun mavzusidir. Aholining tabiat haqidagi bilimlari oshgani sari uning xaridga bo'lgan munosabati ham shunga mos ravishda o'zgarib boradi, ya'ni aholining ekologik sof mahsulotga talabi oshadi. Demak nazariy tomondan uning mohiyatini tushinib olish ilmiy tadqiqotimizning bir qismidir.

Ekologiya (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni o'rganadigan biologiya fanlari majmui, ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya o'rganadigan ob'yektlariga ko'ra, umumiy va xususiy ekologiyaga ajratiladi.

Resurs - bu frantsuzcha so'z bo'lib, imkoniyat degan ma'noni anglatadi.

Tabiiy resurslar - bu inson o'zining hayot faoliyati uchun tabiatdan oladigan va kelajakda olishi mumkin bo'lgan barcha noz-ne'matlardir.

Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xo'jalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur bo'lgan, uni o'rab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari.

Iqtisodiyotimiz maqsadi ham mavjud resurslardan unumli foydalangan holda inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

O'zbekistonda turistlarni jalb qiluvchi asosiy omil bu uning maftunkor tabiatidir, uning xilma-xilligidir. Sababi O'zbekiston iqlimi, ob havosi yil davomida

dam olish va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Jumladan, geografik o'rni qulay, tabiiy sharoiti va ekoturistik imkoniyatlari xilma-xil bo'lgan, sanoat rivojlangan va aholi zich yashaydigan Jizzah viloyatida ekoturlarga talab yuqori. Chunonchi, viloyatning ekoturistik salohiyati yuqori bo'lib, uni jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Misol uchun, Zomin ekoturistik hududi o'zining ekoturistik salohiyati bilan viloyatning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Eng muhimi, hududda turizmning ayniqsa, ekoturizmning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud. Bu borada hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlarini yoritadigan bo'lsak Vazirlar Mahkamasi 28.04.2021 yildagi "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 254-son qarorni ko'rsatishim mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 6 apreldagi "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini va хalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6201-son Farmonini amalga oshirish doirasida ishlab chiqildi. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi chegaralarining tavsifi;

• "Suffa platosi.2 400" xalqaro umummavsumiy kurorti va "O'riklisoy" turizm majmuasi chegaralarining tavsifi;

• "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasi;

• "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish hamda hududda turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;

• "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi va unga qadar bo'lgan hududda yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari belgilandi va quyidagilar ishlab chiqildi.

• turistik zonada maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;

• hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'ziga xos turistik yo'nalishlarni tashkil etish;

• hududda yangi transport infratuzilmasini rivojlantirish;

• turistlar xavfsizligining qo'shimcha sharoitlarini yaratish;

• turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari hamda investorlar uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta'minlash;

• energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo'llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish;

• hududda noyob tabiiy ob'yektlar va majmualarni, o'simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash.

Shuningdek, hujjat bilan "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" DUK tashkil etildi va uning Ustavi tasdiqlandi. Bu ishlarni amaldagi natijasi hududga xalqaro va ichki turistlarni oqimini ko'payishiga olib keladi. Tadqiqotimiz davomida ekoturizmni rivojlanishida avval Zomin hududini SWOT tahlil qilamiz (1.1- jadval).

1.1-jadval

Zomin turistik zonasini SWOT tahlili

Kuchli tomonlari (Strengths) Kuchsiz tomonlari (Weaknesses)

- o'ziga hos tabiat - hukumatning hudud rivojlanishiga ishlab chiqqan dasturlari - hudud ichki turizm uchun qulayligi - shu hududga talabni ko'pligi - xalqaro darajada reklamani yo'qligi - infratuzilmada kamchiliklar borligi - kadrlarni yetishmasligi - aholining turizm savodxonligi pastligi

Imkoniyatlari (Opportunities) Xavf-xatar (Threats)

- hudud raqobatchisi yo'qligi - kelajakda osiyo va xalqaro ekoturizm hududlar bilan raqobat qila olishi - hududda qo'riqxona mavjudligi - "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasi - hudud yovvoyi tabiatiga inson omilini kirib borishi - hududga tashrif buyurgan turistlarga tabiatga bo'lgan munosabat haqida qo'llanma yo'qligi (broshyura ko'rinishida)

Tahlilimiz shuni ko'rsatdiki Zomin turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirishda qilinadigan ishlarni ko'pligi va imkoniyatlarni borligi viloyat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatadi. Hududni kuchli tomonlarini tahlil qiladigan bo'lsak o'ziga hos tabiati, xukumatni hudud rivojlnishi uchun ishlab chiqqan maxsus dasturlari, ichki turizmnda talabni ko'pligi misol bo'ladi. Iqtisodiyotini rivojlanishi uchun ekoturizmga ko'r-ko'rona kirib borish hudud inqiroziga sabab bo'lishini inobatga olib vaqtida chora ko'rmaslik yomon oqibatlarga olib keladi. Ekoturizmni asrash biz tadqiqotchilar vazifamizga kiradi. Yuqoridagi tahlilimizni xavf-xatar qizmida hudud yovvoyi tabiatiga inson omilini kirib borishi va hududga tashrif buyurgan turistlarga tabiatga bo'lgan munosabatini nazorat qilish taklifini ishlab chiqish maqsadga muofiqdir.

Xulosa va takliflar. Xalqaro tajribaga qaraydigan bo'lsak, mamlakatlar o'z ekoturizmiga bo'lgan etibor har bir mamlakatda o'ziga hos yondoshuv mavjud. Misol uchun AQSH tajribasini ko'radigan bo'lsak, yovvoyi tabiatga tashrifi chog'ida oldindan yo'l boshlovchi yoki ekiskursavod ekskursantlarga og'izaki tushuntirishlar olib boradi.

Tadqidotimizda berayotgan taklifimiz ekoturizmiga bo'lgan etiborga hudud haqida broshyura ko'rinishida maxsus qo'llanma ishlab chiqish va har bir turistga taqdim etish majburiy etib belgilanish kerak. Demak qo'llanmada yovvoyi tabiatga bo'lgan munosabat:

- tabiatni ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik;

- flora va fauna dunyosiga zarar yetkazmaslik;

haqidagi maxsus ishlanmalar va qoidalar o'z ichiga olish kerak. Tadqiqotimiz doirasidagi mavzu mamlakatimiz har bir fuqarosi burchi va vazifasi ekanligini unutmasligimiz kerak.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda turistik resurslardan samarali foydalanish, ko'rsatilayotgan xizmat turlarini ko'paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi yurtimizga keluvchi sayyohlar sonining ortishi, kelajakda O'zbekistonni sayyohlar ko'p keladigan sevimli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida https://www.lex.uz/acts/3107036

2. O'zbekison Respublikasi Turizm to'g'risidagi qonuni 18.07.2019 yildagi O'RQ-549 son

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6201-son farmoni.

4. Xidirova G.R., Raxmatullayeva F.M. Mintaqaviy turizm. O'quv qo'llanma -B.: "Durdona", 2019. - 130 b.

5. https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/zomin_turistik-rekreacion_zonasida_mehmonlarni_nima_kutadi

6. https://uzlidep.uz/uz/news-of-party/7138

7. https : //fayllar. org/ekologik-turizmni-rivojlantirishning-zamonaviy-tendensiyalari.html

8. https : //uz.wikipedia. org/wiki/O%CA%BBzbekiston Ekoturizmi

9. https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-ekologik-turizmni-rivojlantirish-istiqbollari/viewer

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.