Научная статья на тему 'O`ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O`ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
2368
270
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekoturizm / innovative / ekotizim / ekoturistik resurs / ecotourism / innovative / ecosystem / ecotourism resource

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Isroil Qoziboy Ogli Abdalimov

Ushbu maqolada O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlanitirish istiqbollari va ekoturizmni rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad haqida tushuncha beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL TOURISM IN UZBEKISTAN

This article provides an overview of the prospects for the development of ecotourism in Uzbekistan and the purpose of the development of ecotourism.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

OZBEKISTONDA EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI

Isroil Qo'ziboy o'g'li Abdalimov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Gid hamrohligi va tarjimonlik"

magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Ozbekistonda ekologik turizmni rivojlanitirish istiqbollari va ekoturizmni rivojlantirishdan ko'zlangan maqsad haqida tushuncha beradi.

Kalit so'zlar: ekoturizm, innovative, ekotizim, ekoturistik resurs

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL TOURISM IN

UZBEKISTAN

Isroil Koziboy ugli Abdalimov

Master's degree in "Guide and Interpreting" from the University of World Economy and

Diplomacy

ABSTRACT

This article provides an overview of the prospects for the development of ecotourism in Uzbekistan and the purpose of the development of ecotourism.

Keywords: ecotourism, innovative, ecosystem, ecotourism resource

KIRISH

Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida ekoturizmning o'rni va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ko'plab qarashlar olg'a surilmoqda. Shu o'rinda, "O'zbekiston Respublikasida ekoturizmni rivojlantirishning ahamiyati nimalardan iborat?" degan savol tug'iladi. Buning bir necha asoslari bor:

Birinchidan, xalqaro maqomdagi tashkilot va muassasalarning ma'lumotiga ko'ra, ko'pgina turizm turlari yiliga o'rtacha 5 foizga ortib borayotgan bo'lsa, ekoturizm yiliga o'rtacha 20-30 foizga ko'payib bormoqda. Ko'pgina mutaxassis va tadqiqotchilarning ilmiy tajriba va xulosalari shuni ko'rsatmoqdaki, ekoturizm turizmning yangi va yosh yo'nalishi bo'lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik yo'nalishlarga nisbatan 2-3 barobar jadal kechmoqda;

Ikkinchidan, O'zbekistonda turizmning tarixiy turizm, diniy turizm, madaniy turizm kabi turlari bo'yicha muayyan yutuq va tajribalar bazasi shakllandi;

Uchinchidan, ayni paytda O'zbekistonda 800ga yaqin turizm faoliyatini ko'rsatuvchi turoperatorlik firmalari, 600ga yaqin mehmonxonalar, 30dan ortiq muhofazaga olingan hudud (qo'riqxona, milliy bog', nodir tabiat yodgorliklari va h.k.)lar, 60 ta o'rmon xo'jaliklari, faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, O'zbekistonda 400 dan ortiq tabiatning noyob yodgorliklari mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ekoturizmni rivojlantirishdan ko'zlangan maqsad quyidagilardan iborat:

• jahon turistik xizmat bozorida O'zbekistonning ekoturistik salohiyati, tabiiy potensiali va resurslarini namoyish qilish;

• hududlarning, ayniqsa tabiatning, geotizimlarning ekoturistik resurslari va imkoniyatlarinidan yanada samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borishni rag'batlantirish;

• turizmni rivojlantirishda ekoturizmning ahamiyati va ulushini oshirish;

• O'zbekistonda joriy etilgan turistik faoliyatda ekoturistik xizmatlar sifatini tubdan takomillashtirish va ekoturistik xizmatlar hajmini jadal oshirish;

• istiqbolda ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy, innovatsion va metodik ishlanmalarni yaratish;

O'zbekistonning turizm sohasidagi ijobiy qiyofasini shakllantirishda ekoturizm rolini oshirish va h.k. O'zbekiston ekoturistik resurs va imkoniyatlarga juda boy. Turoperatorlik firmalari tomonidan "Toshkent-Chorvoq-Toshkent", "Toshkent-Bildirsoy-Chimyon-Toshkent", "Toshkent-Zomin-Toshkent", "Toshkent-Aydarko'l-Toshkent" kabi marshrutlarda o'tkazilgan ekoturlar, cho'l hududlardagi tuyadagi sayr, nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo turistlarining katta e'tibor va e'tiroflariga sazovor bo'lmoqda.

MUHOKAMA

Tahlillarga ko'ra, ekoturizm xizmatlarini ko'rsatayotgan turoperatorlik firmalari asosan, Chimyon-Chorvoq rekreatsiya zonasi doirasida faoliyat ko'rsatmoqda xolos. Biroq, O'zbekistonning Hisor, Bobotog', Ko'hitangtog' (Surxondaryo), Chaqchar (Qashqadaryo), Nurota (Navoiy-Jizzax), Zarafshon (Samarqand), Turkiston (Jizzax), Oloy (Farg'ona), Qurama, Chotqol (Namangan) tog'lari, Qizilqum cho'lidagi qoldiq tog'lar, Qizilqum cho'li, Orol dengizining qurigan tubi va qodiq sho'r ko'llar, Ustyurt platosi, Borsa kelmas sho'rxogi, Mingbuloq botig'i, Aydarko'l, Dengizko'l, Amudaryo va Sirdaryo sohilidagi to'qaylar, Muruntov kareri va tabiatning noyob yodgorliklari bo'ylab majmuali va mavzuli ekoturlar tashkil etish to'laqonli yo'lga qo'yilmagan.

O'zbekistonda o'ziga xos joziba va takrorlanmas manzaralarga boy bo'lgan speleoturizm (g'or turizmi) katta imkoniyatlarga ega. Ayni paytda O'zbekistonda

500dan ortiq g'orlar bo'lib, ma'lumotlarga ko'ra, yetarli turistik infratuzilmaga ega bo'lmaganligi sababli ularning birortasiga ham ekoturlar tashkil etilmayapti.

O'zbekiston cho'llari va tekislik hudlarida barxan, dyuna, to'qay, sho'rxok, taqir, quduqlarni, shuningdek mahalliy cho'ponlar yashash tarzini namoyon qiluvchi o'tovlarni tomosha qilishga qaratilgan tuya sayrini tashkil etish katta imkoniyatlarga ega.

Katta Chimyon, Zomin, Chotqol, Ko'ksuv, Piskom, Turkiston, Hisor, Zarafshon, Oloy, Qurama, Nurota tog'larida piyoda, trekking turlarini hamda alpinizmni tashkil etishga tabiiy geografik shart-sharoit mavjud. Shuningdek, tog'lardan oqib tushuvchi ko'plab serostona va sharqiroq daryo va soylar (Ugam, Chotqol, Piskom, Ko'ksuv, To'polondaryo, Shoximardon, Sangzor, Zarafshon va h.k.)larda rafting turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta.

Ilmiy tadqiqot muassasalari va mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda ekoturizmning rivojlanish yo'nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va geotizimlar barqarorligi bilan bog'liq holda shakllanmoqda.

NATIJA

So'ngi yillarda O'zbekistonda ekoturizmning ilmiy va metodologik asoslarini ochib berishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi, ilmiy va o'quv adabiyotlar nashr qilindi. An'anaviy ustoz-shogird tizimida ekoturizm va o'lkashunoslikning nazariy jihatlari o'rganildi.

Ammo, bu boradagi tahlillar ekoturizm yo'nalishida tabiatni, geotizimlarni yaxshi biladigan, tabiatda va tabiatning ekstremal sharoitlarida guruhni boshqara oladigan, zurur bo'lganda birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish malakasiga ega bo'lgan bakalavr kadrlar tayyorlash dolzarbligini ko'rsatmoqda. Sababi, tarixiy turizm, diniy turizm, tibbiyot turizmi, madaniy turizm kabi turizm turlari asosan shahar joylarda, turistik infrastruktura va servis obektlari yetarli joylarda o'tkazilsa, ekoturlar asosan tabiat qo'ynida va geotizimlarda olib boriladi, aksariyat ekoturlar ekstremalligi bilan xarakterlanadi.

XULOSA

O'zbekistonda rekreatsion zonalar tashkil etish taomillari soddalashtiriladi, ekoturizm yanada rivojlantiriladi. Parlament quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar tomonidan ko'rib chiqilgan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi shunga ishora qilmoqda.

Mazkrn- hujjatda O'zbekiston Respublikasining Yeг kodeksi, "O'rnon to'g'risida"gi va "Muhofaza etiladigan tabiiy hudud^ to'g'risida"gi qonunlariga o'zgartish hamda qo'shimchalaг kiгitish nazaráa tutilyapti.Qonun loyihasi o'гmon fondi yeгlaгidan samarali va oqilona foydalanish, O'гmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga investision shartnomalar yoki davlat-xususiy sheriklik asosida yer uchastkalarini ijaraga berish masalalarini huquqiy tartibga solish uchun zamrYalpi majlisda so'zga chiqqan^ tomonidan yuгidik va jismoniy shaxsto tomonidan o'гmon fondi uchastkalariga asalaгi oilalari(uyalaгi) va xo'jaliklaгini joylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish kerakligi ta'kidlandi. Bunga esa tegishli qonunchilik hujjatlariga o'zgartish kiritish oгqaligina eгishiladi. Ushbu Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida O'zbekiston Respublikasi O'rnon xo'jaligi davlat qo'mitasi faoliyati samaradoriigi ta'minlanadi. Xususan, yuridik va jismoniy shaxsla^a investision shartnomalar yoki davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni amalga oshirish uchun foydalanilmayotgan o'rnon fondi yeгlaгini 49 yildan ko'p bo'lmagan muddatlarda taqdim etish borasida huquqiy asos yaratiladi. Shuningdek, o'rnon fondi hududida rekretasion zonalar tashkil etish taomillari soddalashtiriladi, ekoturizmni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'ladi.

REFERENCES

1. KarimovI.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari.-T.:O'zbekiston, 2GG9.

2. O'zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish kontsepsiyasi Ekologiya xabarnomasi 2GG7 № 6.

3. "Xa!q so'zi" ro'znomasi, 2G11-yil 11-mart.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.