Allayarova M.Q. Irmatova L.I.
Guliston davlat yniversiteti
O'ZBEKISTONDA EKOLOGIYA IQTISODIYOTINI
RIVOJLANTIRISH: ASOSIY MUAMMOLAR VA ULARNING
YECHIMI
Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda mavjud bo 'lgan ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari o'z aksini topgan. Ekologik muammolarni echimi sifatida qayta tiklanadigan energiya manbalarining o 'rni va ahamiyati yoritilgan.
Kalit so 'zlar: ekologik iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energiya manbalari, atrof-muxit, yashil iqtisodiyot, tabiiy resurslar.
Allayarova M.K.
Irmatova L.I.
Gulistan State University
DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL ECONOMY IN UZBEKISTAN: MAIN PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS
Abstract. The article reflects on the environmental problems of Uzbekistan and ways to solve them. The role and importance of renewable energy sources as a solution to environmental problems are emphasized.
Keywords: ecological economics, renewable energy sources, environment, green economy, natural resources.
Iqtisodiyotning rivojlanishi xo'jalik aylanmasiga tobora ko'p hajmdagi tabiiy resurslarni jalb etishni talab qiladi, bu esa, o'z navbatida atrof-muxitga antropogen bosimning ortib borishiga olib keladi. Boshqa tomondan, shakllangan atrof-muxit holati va uning sifati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va hududiy tashqil etilishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu ziddiyatli xususiyatlarni to'g'ri hisobga olish, iqtisodiyotni esa ularga mos yulida rivojlantirish o'sishni tezlashtiradi. Ularga zid harakatlar esa sekinlashtiradi yoki umuman o'sishga katta to'siq bo'ladi.
Aynan shunday yondashuv va tamoyillar O'zbekistonni o'rta va uzoq istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan reja va dasturlarimiz, ustuvor yo'nalishlarimiz asosida mujassam bo'lmogi darkor. Shu munosabat bilan dunyoda sodir bo'lishi tobora tezlashib borayotgan ekologiya inqilobi sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini ham uning talab va tamoyillarga muvofiq eng ko'p ekologik iqtisodiy ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga erishishni kafolatlaydigan yunalishlarda amalga oshirishni zaruratga aylantirmoqda. Ana
мЭкономнка h соцнумм №4(119)-1 2024
www.iupr.ru
60
shu mezondan kelib chiqqan holda bir qator ekologik muammolar, chunonchi, Orolning qurib borayetgani va Orolbo'yining saxroga ayla yotgani, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Fargona viloyatlarida ekologik vaziyatni murakkabligi, shuningdek atmosfera havosining ifloslanishi, suv resurslarining tanqisligi va ifloslanishi, aholining toza ichimlik suvi bilan yetarli ta'minlanmaganligi, tuproq sho'rlanishi va ifloslanishi, biologik mahsuldorlik va xilma-xillikning kamayishi, yaylovlar digressiyasi, chiqindilarning ko'plab to'planib qolishi, qayta tiklanadigan energiya manbalarining cheksiz salohiyatidan foydalanish deyarli yo'lga qo'yilmaganligi va boshqa qator muammolar hal etilishi lozim.
Ekologik muammolarning hamma jihatlari o'zaro murakkab tarzda chatishib ketganligi va asosan iqtisodiyot ta'sirida paydo bo'lganligi va tarmoqlararo xarakterga egaligi sababli ularni bartaraf etish xo'jalik faoliyatning turli jabhalarida (sanoat, agrar, xizmat ko'rsatish sohalari va boshqalar) o'ziga xos yo'nalishlarda amalga oshirishni talab qiladi. Masalan, energetika, xom ashyo, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida quyidagi tuzilmaviy o'tkazilishi kerak:
1) energetikada ko'mir, neft, gazdan asta-sekin quyosh, shamol, geotermal, vodorod energetikasiga o'tish;
2) xom ashyo sektorida mavjul to'g'ri chiziqli iqtisodiyot modelidan (xom ashyoning kon shaxtalari yoki o'rmondan chiqindixonalargacha o'tishi) qayta foydalanish yoki qayta ishlash modeliga o'tish. Bunday yopiq siklda (tabiatda sodir bo'ladigan ko'rinishda) ishlaydigan yangi tizimda qayta ishlash bilan shugullanadigan tarmoqlar asta-sekin qazib oluvchi tarmoqlarni siqib chiqaradi;
3) oziq-ovqat sektorida eng ko'p o'zgarish ishlab chiqarish tuzilmasida emas, balki boshqarish usulida, ya'ni soha tarkibini qayta qurishda sodir bo'ladi. Bunda birinchi darajali vazifa-tabiat boyliklaridan tugamaydigan yo'nalishda (ularni takror barpo etish asosida) oqilona fodalanish hisoblanadi.7
Qishloq xo'jaligini "yashillashtirish" mamlakat aholisi soni va ularning oziq-ovqatga talabining oshib borishi sharoitida tabiatga zarar yetkazmasdan mazkur muammolarni hal etishga imkon beradi. Bunda faoliyatning ekologik xavfsiz metodlaridan (suvdan samarali foydalanish, organiq va tabiiy o'g'itlarni keng qo'llash, yerga optimal ishlov berish, shuningdek agrar sektorda chiqindilarni kamaytirish, qishloq xo'jaligi va chiqindilarni kompleks nazorat qilish, tuproq unumdorligini, o'simlik va hayvonlar sog'lig'ini hamda fermalarni mexanizasiyalashni boshqarish va boshq.) foydalanish va agrar, suv xo'jaligini tashkiliy tuzilmalarni mustaxkamlash infratuzilmani rivojlantirishga investisiyalarni ajratish o'rinni egallaydi.
Oziq-ovqat sanoati samaradorligini oshirish bugun va istiqbolda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning muhim omili hisoblanadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash quvvatlarining yetishmasligi oqibatida katta yoqotishlarga yo'l qo'yilmoqda. Olimlarning tadqiqotlari natijalari oziq-ovqat
7 M.Q. Allayarova, S.V. Mamajonova, M.N. Nurmuxamidova. Yashil iqtisodiyot - barqaror rivojlanushn asosiy yonalishiing. Monografiya. - Gulistan.: Ziyo-nashr-matbaa, 2022. 92 bet
'^KOHOMHKa h соцнумм №4(119)-1 2024
www.iupr.ru
61
mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste'mol qilishning barcha bo'g'inlari zanjiridagi yo'qotishlar va chiqindilarni 50 foizga kamaytirish imkoniyati mavj udligini ko ' rsatadi.
Transport tizimida hozirgi shovqinli, atrof-muxitni ifloslantiruvchi avtomobil transporti o'rniga shaharlarda asosan relsli transportdan (tramvay, metro, poyezd) foydalanishga o'tiladi. Velosipedda yurish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Yangi transport tizimida bugungi kabi avtomobil, relsli transport, avtobus va ishtirok etadi. Lekin ularning nisbati o'zgaradi. Shaxar transportida yangi ekologik toza va tejamli transport sxemasi barpo ugiladi.
Transport sohasini yashillashtirishda quyidagi yo'nalishlar katta ahamiyatga ega bo'ladi:
1) Transport yo'nalishlari marshrutlarini optimal rejalashtirish asosida ortiqcha tashishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va iste'molni muvofiqlashtirish;
2) Ekologik transport turlarini, ayniqsa yo'lovchilar tashishda jamoat transportini shu jumladan tezyurar avtobus aloqalarn timini rivojlantirish va relsli transportga o'tish, yuk tashish transportini alohida rivojlantirish;
3) Atrof-muxitga zararli ta'sirni kamaytirish maqsadida transportda foydalaniladigan yoqilg'i va transport vositalarini samarali yo'nalishda tartibga solish (toza yoqilg'i, energiya samaradorligini oshirishga imkon beradigan transport turlari).
Umuman "yashil iqtisodiyotni barpo etishda barcha tarmoqlarda, xususan uy-joy kommunal xo'jaligi, sanoat va transportda, agrar soha Ba energiya samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarni joriy etish qayta ishlashni tubdan tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishga investisiyalar ajratishga alohida e'tibor berish lozim.
O'zbekistonning o'ziga xos geografik o'rni, tabiatining g'oyat xilma xilligi (cho'l, sug'oriladigan tekislik, tog' zonalari) uning ulkan tiklanadigan energetika zaxiralariga ega bulishiga sabab bo'lgan Ularning umumiy hajmi 51 mlrd t. neft analentiga (t.n.e.) teng bo'lib, mavjud texnologiyalar ularning 179 mln t i dan foydalanishga imkon beradi. Bu mamlakat bo'yicha bir yilda qazib olinadigan barcha yoqilg'idan uch barobar ko'pdir (1-jadval).8
Mavjud texnik imkoniyatlardan to'liq foydalanilganda, ular 447,5 mln. t. CO2 chiqindi gazi chiqadigan miqdordagi yoqilg'idan foydalanishning o'rnini bosishi mumkin. Boshqacha aytganda, mazkur yo'nalishda atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalarni yo'qotishga imkoniyat yaratilar edi.
8 T. Djumaev. Ekologiya iqtisodiyoti. Monografiya. -Tashkent. Metodist nashriyoti. 2022. 120 bet.
1-jadval
Imkoniyati Jami (mln t.n.e.) Shu jumladan, energiya (m n t.n.e.)
Gidro Quyosh Shamol Geotermal suvlar
Yalpi 50984,6 9,2 50973,0 2,2 0,2
Texnik 179,0 1,8 176,8 0,4 -
O'zlashtirilgan 0,6 0,5 - - -
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining texnik imkoniyatlari tuzilmasida quyosh 98,8 foiz, gidroenergiya 1 foiz, shamol energiyasi 0,2 foizni egallaydi. Bu raqamlar O'zbekiston haqiqiy quyosh o'ikasi, quyosh esa uning asosiy muqobil energiya manbai ekanini isbotlaydi. Quyosh energiyasining texnikaviy salohiyati respublikaning energiyaga bo'lgan yillik talabini to'rt barobar qoplaydi. Lekin hozir quyosh energiyasining atigi 0,3 foizdan (0,6 mln t.n.e.) foydalanilmoqda.
Shuningdek, mamlakatimizda shamol energiyasi va sun energiyasi resurslari salohiyati ham katta bo'lib, ulardan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Yaqin kelajakda qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulkan salohiyatidan foydalanish asosida energetikada tizimli o'zgarish va qayta qurishni amalga oshirish vazifasi turibdi. Bunda ilgor xorijiy tajriba va texnologiyalar hamda iqtisodiy-ekologik instrumentlardan keng miqyosda foydalanish lozim.
Biosferaning normal holati va ishlab turishini, demak, atrof tabiiy muxitning barqarorligini g'oyat turli-tuman biotik dunyo uchun qulay yashash sharoitini yaratmasdan ta'minlab bo'lmaydi. Mamlakatimiz tabiatning biologik landshaftlar xilma-xilligi qimmatli resurslar ishlab chiqaradigan hamda va "ekologik xizmatlar" ko'rsatadigan bu g'oyat muxim "jonli fabrika" ulkan milliy boyligimiz bo'lib, unga putur yetkazish yoki uni yuqotish nafaqat inson farovonligini xavf ostiga quyibgina qolmay, tabiat tanazuliga va ekologik xavf-xatarning kuchayishiga olib keladi.
O'zbekiston hududining asosiy qismini cho'llar (70 foiz) egallaydi, qolgan qismi sug'oriladigan antropogen tekislik (10 foiz) va toglar (foiz) bilan band. Shu nuqtai nazardan mavjud ekotizimlar quyidagicha klassifîkasiya qilinadi: 1) cho'l zonasi ekotizimlari (cho'l, chala chul, kirgokbuyn, su-bot lik i mari); 2) sugoriladigan tekislik (madan ajotnimlari); 3) togoldi-tok zonasi ekotizimlari (past tog, urta tog, baland tog ekotizimlari).
Mamlakat faunasi 97 turdagi sut emizuvchi, 424 turdagi kush. 58 turdagi reptiliya va 83 turdagi baliqlarni o'z ichiga oladi. 34 turdagi sutemizuvchi (35,1 foiz), 48 turdagi kush (11,3 foiz), 16 turdagi reptiliya (27,6 foiz). 18 turdagi balik (21,7 foiz) O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan.
Mamlakatimizda ekologiya iqtisodiyotini barpo etish va rivojlantirishda davlat siyosatining qator instrumentlari - solik byudjet boshqaruv dastaklari, davlatning tartibga solishi, ekologik markirovka, ekologik sporti, bozor
'^KOHOMHKa h ^HyMM №4(119)-1 2024
www.iupr.ru
63
lisenziyalari (kvota) asosiy o'rinni egallaydi. Ulardan ekologik xavfsiz faoliyat turlarini ragbatlantirish, aksincha, ifloslantiruvi va emiruvchi sohalarni cheklashda keng foydalanish lozim. Bunda "foydalangan to'laydi", "ifloslantirgan to'laydi", "tejamkorlik va obod qilish imtiyozga (soliq, subsidiya) ega bo'ladi" tamoyillariga amal qilish muxim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar:
1. M.Q. Allayarova, S.V. Mamajonova, M.N. Nurmuxamidova. Yashil iqtisodiyot - barqaror rivojlanushn asosiy yonalishiing. Monografiya. - Gulistan.: Ziyo-nashr-matbaa, 2023. 92 bet.
2. T. Djumaev. Ekologiya iqtisodiyoti. Monografiya. -Tashkent. Metodist nashriyoti. 2022. 120 bet.
3. Вукович Н. А.«Зеленая» экономика: определение и современная эколого-экономическая модель / Н. А. Вукович // Вестник УрФУ. Серия: Экономика и управление. — 2018. — Том 17. — № 1. — С. 128-145.