Научная статья на тему 'YASHIL IQTISODIYOTNI BARPO ETISHDA XALQARO TAJRIBALARNI AHAMIYATI'

YASHIL IQTISODIYOTNI BARPO ETISHDA XALQARO TAJRIBALARNI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
80
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tabiat / ekologiya / qayta tiklanadigan energiya / yashil iqtisodiyot / quyosh energiyasi / ekotizim / chiqindisiz texnologiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Joniqulov Behzodbek Ravshan O‘g‘li

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning barpo bo‘lishi va rivojlanishi, ekologiya va iqtisodiyotning optimal muvozanatda bo‘lishi o‘z aksini topgan. Xorijiy tajribalar asosida, tabiatning cheksiz imkoniyatlari natijasida qayta va tugamaydigan, ekologik toza energiya manbalaridan oqilona foydalanish yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YASHIL IQTISODIYOTNI BARPO ETISHDA XALQARO TAJRIBALARNI AHAMIYATI»

YASHIL IQTISODIYOTNI BARPO ETISHDA XALQARO TAJRIBALARNI AHAMIYATI Joniqulov Behzodbek Ravshan o'g'li

GSPI, stajor o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11002588

Annotatsiya. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning barpo bo'lishi va rivojlanishi, ekologiya va iqtisodiyotning optimal muvozanatda bo'lishi o'z aksini topgan. Xorijiy tajribalar asosida, tabiatning cheksiz imkoniyatlari natijasida qayta va tugamaydigan, ekologik toza energiya manbalaridan oqilona foydalanish yoritilgan.

Kalit so'zlar: tabiat, ekologiya, qayta tiklanadigan energiya, yashil iqtisodiyot, quyosh energiyasi, ekotizim, chiqindisiz texnologiya.

Аннотация. В данной статье рассматривается создание и развитие зелёной экономики, оптимальная пропорциональность между экологией и экономикой. На основе зарубежного опыта, в результате безграничных возможностей природы раскрывается рациональное использование возобновляемых и неисчерпаемых, экологически чистых источников энергии.

Ключевые слова: природа, экология, возобновляемая энергия, зелёная экономика, солнечная энергия, экосистема, безотходная технология.

Annotation. This article discusses the creation and development of a green economy, the optimal proportionality between ecology and economics. Based on foreign experience, as a result of the limitless possibilities of nature, the rational use of renewable and inexhaustible, environmentally friendly energy sources is revealed.

Keywords: nature, ecology, renewable energy, green economy, solar energy, ecosystem, waste-free technology.

Ekologik qonunlar asosida faoliyat ko'rsatadigan iqtisodiyotni barpo etish murakkab. Lekin, nisbatan qisqa muddatlarda amalga oshirishni taqozo etadigan muammo bo'lib, yangi asosda ko'rilgan mazkur iqtisodiyot Yer shari ekotizimiga shundan moslashadiki, unda ekologiya va iqtisodiyotning o'zaro munosabatlari teng va optimal muvozanatda bo'ladi. Ushbu xolat Tabiatning cheksiz imkoniyati va saloxiyatidan ekologik barqaror yo'nalishda foydalanishga asoslangan va doimiy amalga oshiriladigan iqtisodiy taraqqiyotning kafolati bo'lib xizmat qiladi. Shu sababdan ilgor mamlakatlar ekologiya iqtisodiyotini jadal barpo etishga kirishib, bu sohada ibratli yutuqlarga erishdilar.

Yangi iqtisodiyotni barpo etish ekologik talablarga javob bermaydigan eskirgan tarmoqlar faoliyatini to'xtatish, mavjud tarmoqlarni ekologik talablar asosida qayta qurish, yangi zamonaviy innovasion tarmoqlarni esa jadal rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bunda asosiy o'rinni yangi iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi qayta tiklanadigan va tugamaydigan, ekologik toza energiya manbalaridan oqilona foydalanishga o'tish egallaydi.

Buning asosiy sababi xozirgi yoqilg'i energetikaning tabiatga yemiruvchi ta'sirining kuchayishi. Yoqilg'i narxlarining keskin oshib ketishi, aniqlangan energiya resurslari zaxiralarining kamayishi va boshqalar bilan uzviy bog'liqdir.

Eng istiqbolli muqobil energiya manbalari quyosh, shamol, suv, geotermal, atom, termoyadro, vodorod energiyasi, shuningdek organiq chiqindilardan olinadigan biogaz xisoblanadi.

Bunda atom energetikasida energiya hosil qilish yuksak texnologiyani talab etishi, dunyodagi uran, plutoniy zaxiralarining cheklanganligi va ekologik xavfining yukoriligi, uning ommaviy energiya manbai bo'lishiga tuskinlik qilishini xisobga olish kerak.

Boshqa manbalar yordamida energiya ishlab chiqarish hamma joyda nisbatan oson va arzon amalga oshirilishi mumkin, ular ekologik jixatdan mutlako zararsiz, atrof muxitni ifloslantirmaydi, odamlar salomatligiga zarar yetkazmaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, kelgusi 50 yilda ko'mir, neft, gaz kabi energiya turlari o'rnini quyosh, shamol yordamida olinadigan energiya egallaydi.

Ma'lumki, bir kunda yer yo'ziga tushadigan quyosh energiyasi butun dunyodagi neft, gaz, uran zaxiralari energiyasiga teng. Biroq hozirgi ilmiy taraqqiyot darajasida ulardan foydalanish samaradorligi ancha past bo'lib, erishish mumkin bo'lgan yuqori samaradorlik 35 foizni, ommaviy ravishda foydalanish koeffisiyenti 20-25 foizni tashqil etadi.

Quyosh nurlarini elektr va issiqlikka aylantirish sohasida qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ancha ilgarilab ketib, sezilarli natijalarga erishganlar. Yaponiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi quyosh elementlarini ishlab chiqarishda yetakchi bo'lib, ularning eksportidan katta daromad olmoqdalar.

Yaponiya fotogalvaniq tom yopish materiallarini ko'p miqdorda ishlab chiqarayotir. Bunday materiallar bilan koplangan bino tomlari o'ziga xos quyosh elektr stanimlariga aylanadi.

Germaniyada "Yuz ming quyoshli tomlar" Loyihasi. AQSHda "Million quyoshli tomlar" dasturi hayotga tatbiq etilayotir.

Kosta-Rika 2025 yilgacha mamlakat iqtisodiyotini to'liq tiklanadigan energiya manbalariga o'tkazishni rejalashtirgan. Bular muqobil energiya manbalari imkoniyatidan foydalanish miqyosini oshirish, yoqilgi importi hajmini qisqartirishga va umuman iqtisodiyotning ekologik barqarorligini ta'minlashga texnologiyalar" evaziga atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli gazlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Shamol sayyoramizning barcha qismlarida mavjud bo'lgan katta tiklanadigan energiya manbaidir. Rossiya. Ukraina, Germaniya, Daniya, Ispaniya kompaniyalari turli shamol tezligida ishlaydigan ko'plab shamol generatorlarini ishlab chiqarmoqda. Dunyoda shamol energetikasi buyicha Daniya, Germaniya, AQSH, Ispaniya, Hindiston etakchi o'rinni egallaydi. Daniyada shamol turbinalari mamlakatda ishlab chiqarilayotgan energiyaning 15 foizini beradi. Germaniyada: Shlezvig-Golshteyn mintaqasida energiyaga ehtiyojning 19 foizni (bu erdagi ayrim rayonlarda 75 foizni). Ispaniyaning Navarra provinsiyasida 22 foizni shamol energetikasi ta'minlaydi.

Istiqbolli hisoblangan muhim energiya manbalaridan yana biri vodorod energiyasi bo'lib, u tabiatda eng ko'p tarqalgan mollalardan biridir. Vodorod suv elektrolizi asosida olinadi, u zaxarsiz, ekologik xavfsiz, yuqori kaloriyali moddadir. Bu manbaning eng asosiy afzalligi vodorod energiya hosil qilib bo'lgach, u yana havodagi kislorod bilan birikib, suvga aylanaveradi. Shu sababdan bu manba cheksiz va tugamaydigan resursdir. Uni suyuq holda siqilgan tabiiy gaz kabi tashish, maxsus omborlarda saqlash, undan zarurat bo'yicha foydalanish mumkin. Vodorodning yana bir afzalligi mavjud dvigatellar tuzilishini o'zgartirishga hojat yo'qligidir. Tez orada mazkur energiya manbai o'zlashtirilsa neft va gaz o'rnini bosadi, shu asosda ko'plab energetika va tabiat

muhofazasi muammolari osonlikcha hal etiladi. Boshqacha aytganda yangi energetika inqilobi sodir bo'ladi.

Bu borada bugungi kundagi eng asosiy muammo uni sanoat asosida ishlab chiqarish xarajatlarning ko'pligi bo'lib, olimlarning e'tibori uni yoqilg'i sifatida arzonlashtirishga qaratilgan.

Garbiy Yevropa, AQSH, Avstraliya, Kanada, Yaponiyada vodorod yoqilg'isini ishlab chiqarish va vodorod energetikasiga o'tishga jiddiy e'tibor berilmoqda. Islandiyada dunyoda birinchi - "vodorod iqtisodiyoti"ni barpo etish ishlari boshlab yuborilgan. Qator mamlakatlarda vodorod yoqilg'i elementlariga o'tkazish jadal davom etayapti va ko'plab yoqilg'i quyish stansiyalari qurilgan. Vodorodni mavjud gaz va neft quvurlari orqali tashish bo'yicha qator Yevropa mamlakatlari va AQSHda rejalar tuzilmoqda.

Chiqindisiz texnologiya va yangi materiallarga asoslangan yangi iqtisodiyotni barpo etish "resurs-chiqindi-resurs" tizimiga va mahsulot hayotiy siklida esa istisodiyotda xukmron bo'lgan "ishlab chiqarishdan chiqindixonaga" tamoyilidan "ishlab chiqarishdan yangi ishlab chiqarishga" tamoyiliga, iqtisodiyotni tabiatdagi kabi chiqindisiz yopiq siklga o'tkazishni bildiradi. Bu borada jahon iqtisodiyotida juda ko'p ibratli tajriba, yutuq, yo'nalishlar bor.

Germaniya va Yaponiya avtomobil, maishiy va ofis texnikasini oson yechiladigan va qayta (utilizasiya) ishlanadigan konstruksiyada ishlab chiqarish talabini amalga oshiradi.

Daniya va Finlyandiya ichimliklar uchun bir martalik idishlardan foydalanishni ta'qiqladi. Yaponiyada bir korxonani ikkinchisi uchun faoliyat manbai bo'lgan industrial korxonalar guruhi (kompleksi) tashkil etiladi.

Isroil dunyoda birinchi bo'lib suvdan eng samarali foydalanish bo'yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqib, uni joriy etdi. Janubiy Koreya adir va tog'larni yoppasiga o'rmon-bog'larga aylantirdi.

Gollandiya velosipedga ustunlik beradigan shahar transport tizimini dunyoga namoyish qildi. Braziliya chiqindilarni ishlashdan katta daromad olish mumkinligini isbotladi.

Shveysariyaning Syurix shaxrida tramvayni asosiy transportda (metro o'rniga) aylantirishga erishdi. Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlari. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Xitoyda "yashil iqtisodiyot"ni barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

BAAda "Masxar-Siti" - ekologik toza shaxar loyihasi jadal sur'atda amalga oshirilmoqda. Unda atmosferaga zararli gazlarni mutlaqo chiqarmaslik, barcha ehtiyojlar uchun tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, yangi innovasion texnologiyalarni keng qo'llash ko'zda tutilgan.

Dunyoda ekologiya iqtisodiyotining rivojlanishi yangi tarmoqlarning (ekologiya energetikasi, ekologiya mashinasozligi, ekologiya infratuzilmasi, yengil tipdagi relsli transport. baliqchilik, o'rmon-bog'dorchilik va boshq.) paydo bo'lishiga, qator tarmoqlar (ko'mir qazib olish, atom energetikasi, o'rmon sanoati, bir martalik buyumlar ishlab chiqarish va boshq.) rivojlanishining pasayishiga, ko'plab yangi ish o'rinlarining ochilishiga, yangi ekologi mutaxassislarni tayyorlashga talabning oshishiga (meteorolog, o'rmonchi, gidrolog, ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash va ekologiya energetikasi muxandislari, ekolog-iqtisodchi, ekolog-me'mor boshq.) olib keladi.

Ko'plab mamlakatlar ekologik barqaror iqtisodiyotni barpo etishda soliq byudjet siyosati instrumentlaridan foydalanishni amalga oshiradi. Bunda ekologik maqbul faoliyat turlari rag'batlantiriladi, aksincha, ifloslantiruvchi va yemiruvchi ko'rsatish cheklanadi. Masalan,

Yevropa mamlakatlari, AQSH aholining daromad soliqlarini pasaytirib, uning urnini tabiatga zararli ta'sir ko'rsatuvchi tarmoqlarga soliqni oshirib, to'la qoplashga erishmoqdalar. Aynan shunday yo'nalish subsidiya berish, lisenzii sotish, ekomarkirovkalashda ham qo'llanilayotir.

Navbatdagi asosiy vazifa - xar bir mamlakatda jin texnologiyalarni keng qo'llagan holda ekologik toza xizmat ko'rsatish va mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangan va barcha komponentlarni o'z ichiga olgan yaxlit, o'zaro bog'liq ekologiya iqtisodiyoti tizimini barpo etishdan iborat.

Mavjud texnogen iqtisodiyotni ekologiya tamoyillari asosida faoliyat ko'rsatadigan ekologiya iqtisodiyotiga o'tkazish g'oyat murakkab tizimli o'zgarishlarni amalga oshirishni talab qiladi.

Bunda birinchi navbatda texnogen yo'nalishga xos bo'lgan quyidagi cheklovlarni bartaraf etish lozim:

1. Ekologik texnogen rivojlanishning cheklov: ekstensiv barqaror rivojlanish va ekologiya iqtisodiyoti tamoyillariga zid kelishi.

2. Iqtisodiy cheklov: texnogen rivojlanishni investisiya bilan ta'minlashning g'oyat qiyinligi.

3. Ijtimoiy cheklov: texnogen rivojlanishning aholi yashash sifatiga salbiy ta'siri, salomatlikning yomonlashuvi, migrasiyaning kuchayishi va boshq.

Bunda ayniqsa, tog'-kon, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari sanoatlari, transport, qishloq xo'jaligi chuqur "ekologiyalashtirish"ni talab qiladi. Bu tarmoqlar xissasiga iste'mol qilinayotgan energiyaning 80-85 foizi, ishlab chiqarish chiqindilarining 80-90 foizi to'g'ri keladi. Umuman, hozirgi texnogen iqtisodiyot ("jigarrang iqtisodiyot") ochiq tizim bo'lib, unda nisbatan kam yakuniy mahsulotni olish uchun juda ko'p resurs sarflanadi va bu jarayonda ko'p miqdorda chiqindi hosil bo'ladi. Tabiatdan olinadigan resurslarga nisbatan olinadigan yakuniy mahsulot faqat uning 2-4 foizini tashqil etadi, qolgan qismi chiqindiga ketadi (tog' jinslari, shlaklar, oqovalar va boshq.).

Milliy iqtisodiyotni ekologik muvozanatlashgan maqsad amalga oshirishga yo'naltirib qayta kurish kompleks yondashuvga asoslanishi kerak. Bunda islohotlarning yangi bosqichida quyidagi ustuvor yunalishlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

1) Ekologik muammolar yechimida muqobil variantlarga ustuvorlik berish: iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish (investisiya siyosati) bozorning ragbatlantiruvchi tizimi (soliq, kredit, subsidiya, lisenziya va boshq.), xuquqiy tartibga solish va boshq.

2) Texnologiyalardan eng yaxshisi samaralisini qo'llash (informatika, yuksak texnologiya, elektronika, robot texnikasi, biotexnologiya) konsepsiyasiga o'tish asosida resurs tejash, ilg'or texnologik tarmoqlar va faoliyat turlarini jadal rivojlantirishga hamda tabiiy resurslardan foydalanish koeffisentini keskin oshirishga erishish.

3) Kam chiqindisi, resurs tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish va keng qo'llash, o'zgarishlarni amalga oshirish. Bunda asosiy maqsad - ishlatiladigan xom ashyodan to'liq foydalanadigan, ishlab chiqarish doirasidan chiqib ketadigan chiqindilarning paydo bo'lishiga yul kuymaydigan yopik texnologiya sikllarini barpo etishdan iborat:

4) Bevosita tabiat muhofazasi tadbirlari: turli xildagi tozalash qurilmalari. filtrlar o'rnatish, ekotizimlarni muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni barpo etish orqali texnosferadan "ajratib quyish", chiqindilarni to'plash, ko'mish, zararsizlantirish tizimini takomillashtirish, rekultivasiya yo'li bilan buzilgan yerlarni tiklash va boshqalar. Bu tadbirlar o'z mohiyatiga ko'ra faqat texnogen

rivojlanish oqibatlariga an'anaviy tarzda qarshi kurashish bo'lib, bunda muammo yechimining asosi sabablarni bartaraf etish xal etilmay qoladi.

Texnogen turdagi iqtisodiyotga xos bo'lgan "ishlab chiqarishdan chiqindixonaga" shaklida ishlash prinsipi qanchalik tejamkor bo'lmasin resurslarni ko'p qilishi, chiqindilarni ko'plab chiqarishi, resurslarni qazib olish jarayonida esa tabiiy muhitni yemirishi va ifloslantirishi bilan tabiatga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tabiat resurslarining cheklanganligi va chiqindilar hajmining to'xtovsiz oshib borishi mutlaqo yangi turdagi resurslarni tejash va qayta tiklash, tozalash asosida faoliyat ko'rsatadigan, ekologik toza tabiiy (tabiiy-suniy) resurs va mahsulotlar, buyumlar ishlab chiqaradigan, asosan "Yopiq" siklda ishlaydigan ko'p korxonalar va tarmoqlarning paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Ular resurs - chiqindi resurs tizimida resurslarni tejovchi va ekologik toza ishlashga yo'naltirilgan "ishlab chiqarishdan yangi ishlab chiqarishga" tamoyilida, in ko'p darajada tabiiy ekotizimlarga o'xshash yo'nalishida faoliyat ko'rsatadilar.

Iqtisodiyotning mazkur yangi turi rivojlanishining mantiqiy xususiyati shundaki, u ba'zi tarmoqlarni ekologik yo'nalishda qayta quradi, eski tarmoqlarni siqib chiqarib, ularning o'rnini egallaydi, eng yangi zamonaviy yunalishlarni barpo etadi.

Shunday qilib, iqtisodiyot rivojlanishini real ekologiyalashtirish, rivojlanishning texnogen turidan barqaror rivojlanishga o'tish ishlab chiqarish jarayonidan juda ko'p miqdordagi tabiiy resurslarni oborotdan chiqarish va tejash, ifloslantirish va chiqindilarni kamaytirish asosida yakuniy natijalarni ko'paytirishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-436-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4477-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021" yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish,iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida" gi 2017 yil 26 maydagi PQ-3012-sonli qarori.

4. Калашников Н.П. Альтернативные источники энергии. -М.: Знание. 1997 г. - С. 27.

5. International Renewable Energy Agency (IRENA). Renewable Capacity Statistics 2017. - P. 2-4.

6. http://www.irena.org/DocumentDownloads/Publications/IRENA RE Capacity Statistics 2017.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.