Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA YASHIL O`SISH IQTISODIY RIVOJLANISHNNING MUHIM OMILI SIFATIDA'

O‘ZBEKISTONDA YASHIL O`SISH IQTISODIY RIVOJLANISHNNING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
86
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
quyosh energiyasi / shamol energiyasi / energetika subsidiyalari / energetika investitsiyalari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Toshboyev B.B.

Ushbu maqolada energetika sohasidagi muammolar, yoritib berilgan. Hozirhi kunda dunyodagi energetika tarmoqlaridagi texnologiyalar ularning yutuqlari va kamchiliklari, xalqaro tashkilotlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. O‘zbekistonda yashil energetika manbalarini rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA YASHIL O`SISH IQTISODIY RIVOJLANISHNNING MUHIM OMILI SIFATIDA»

УДК: 330.5.055.2.

Toshboyev B.B.

Guliston davlat universiteti Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedra mudiri iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (Ph.D)

O'ZBEKISTONDA YASHIL OSISH IQTISODIY RIVOJLANISHNNING

MUHIM OMILI SIFATIDA

Anatatsiya. Ushbu maqolada energetika sohasidagi muammolar, yoritib berilgan. Hozirhi kunda dunyodagi energetika tarmoqlaridagi texnologiyalar ularning yutuqlari va kamchiliklari, xalqaro tashkilotlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. O'zbekistonda yashil energetika manbalarini rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: quyosh energiyasi, shamol energiyasi, energetika subsidiyalari, energetika investitsiyalari.

Toshboyev B.B., doctor of philosophy in economics (Ph.D.)

Head of the Department of Green Economy and Sustainable Business

Gulistan State University

GREEN GROWTH AS AN IMPORTANT FACTOR OF ECONOMIC DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

Abstract. This article describes the problems in the field of energy. Currently, technologies in the world's energy sectors are highlighted based on their achievements and shortcomings, researches of international organizations. Proposals and recommendations for the development of green energy sources in Uzbekistan are given.

Key words: solar energy, wind energy, energy subsidies, energy investments.

Kirish. Bugungi kunda insoniyat yangi global muammolarga duch kelmoqda. Ekologik muammolarning kuchayishi va ekotizimga antropogen bosimning kuchayishi tahdidi bizni an'anaviy iqtisodiy tamoyillarni qayta ko''rib chiqishga va ekologik yo'naltirilgan iqtisodiyotga o'tishni boshlashga majbur qilmoqda. Ushbu turdagi iqtisodiyot allaqachon "yashil iqtisodiyot" deb nomlangan va yashil iqtisodiyotga o'tish bo'yicha kompleks strategiya "yashil o'sish" deb atala boshlandi.

Yashil iqtisodiyot endi yangi atama emas va iqtisodiy rivojlanishning alohida turini talqin qilish uchun keng qo'llaniladi, bunda asosiy maqsad insonlar farovonligini oshirish, shu bilan birga ijtimoiy adolatni saqlab qolishdir.

Dunyo davlatlarida iqlim o'zgarishlarini salbiy oqibatlari chuqurlashib borar ekan, jahon hamjamiyati bu muammoning oqibatlari bilan emas balki sabablari bilan kurashish eng to'g'ri yo'l ekanligini anglab yetmoqda.

Qayta tiklanadigan energiya - bu tabiiy manbalardan olinadigan energiya, ular iste'mol qilinganidan ko'ra tezroq tiklanadi. Quyosh nurlari va shamol, masalan, doimiy ravishda to'ldirilib boriladigan shunday manbalardir. Qayta tiklanadigan energiya manbalari yetrli darajada xisoblanadi.

Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish qazib olinadigan yoqilg'ilarni yoqishdan olinadigan energiyaga qiyoslaganda tabiatga deyarli zarar yetkazmaydi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda chiqindilarning asosiy ulushini tashkil etuvchi qazib olinadigan yoqilg'idan qayta tiklanadigan energiyaga o'tish iqlim inqirozini hal qilishning kalitidir.

Qayta tiklanadigan energiya hozirda aksariyat mamlakatlarda arzonroq va qazib olinadigan yoqilg'iga qaraganda uch baravar ko'p ish o'rinlarini yaratadi. [4]

So'nggi o'n yillikda quyosh panellarini ishlab chiqarish narxi keskin tushish tendensiyasini ko'rsatmoqda, bu ularni nafaqat arzon, balki ko'pincha elektr energiyasining eng arzon shakliga aylantirdi. Quyosh panellari taxminan 30 yil xizmat qiladi va ishlab chiqarishda ishlatiladigan material turiga qarab turlicha bo'ladi.

Shamol energiyasi esa, quruqlikda yoki dengizda joylashgan yirik shamol turbinalari yordamida harakatlanuvchi havoning kinetik energiyasidan vujudga keladi. Shamol energiyasi ming yillar davomida ishlatilgan, ammo so'nggi bir necha yil ichida quruqlikdagi va dengizdagi shamol energiyasi texnologiyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini maksimal darajada oshirish uchun rivojlandi - balandroq turbinalar va katta diametrli rotorlar bilan jihozlanmoqda.2023-yilda energiyaga global miqyosda 2,8 trillion dollar sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan 1,7 trillion dollar (61%)dan ortig'i toza texnologiyalarga, jumladan qayta tiklanadigan manbalar, elektr transport vositalari, atom energetikasi, tarmoqlar, saqlash, kam emissiyali yoqilg'ilar, samaradorlikni oshirishga yo'naltirilishi kutilmoqda, qolgan 1 trillio n dollardan sal ko'proq qismi ko'mir, gaz va neft asososida energiya ichlab chiqaruvchi sohalarga ajratilmoqda

[4].

Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi (taxlili). Umuman "Yashil"iqtisodiyotga o'tish masalasining zarurligi global miqyosda 2012-yil Meksikaning Los-Kabosda shaxrida "Katta yigirmatalik" (G20) samitida ko'tarilib, keyinchalik bir qator mamlakatlarning taraqqiyot strategiyalarida aks eta boshladi. O'zbekistonda 2022-yil 2-dekabrda Prezidentning PQ-436 "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori [1]. 16-fevral 2023-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-57-son qarorilari [2] qabul qilindi, bu qarorlar ijrosini ta'minlash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mashxur ingliz iqtisodchi olimi Artur Pigu "Sanoat tebranishlari" (Industrial Fluctuations, 1929) asarida tashqi tasirlarni neytrallashtirish nazariyasini asoslab uglevodorod chiqindilariga to'g'ridan-to'g'ri soliq belgilashning axamiyatini tushuntirib bergan. Biroq ta'sirlarni implementatsiya qilish o'lchashning ratsionalligini idrok qilish hozirgacha qarama-qarshi munozaralarni keltirib chiqarmoqda [3]. Tabiat insoniyat oldigan shunday muammolarni ko'ndalang qo'ymoqdaki, insoniyat yashab qolishi uchun ekologik muammolarni tezroq bartaraf etishi, insoniyat oldidagi asosiy vazifaga aylanib ulgurdi.

Tadqiqot metadogiyasi. Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini maxalliy va horijiy olimlarning "Yashil" iqtisodiyot va qayta tiklanuvchi energiya resurslariga bag'ishlangan ilmiy izlanishlari natijalari, Halqaro energetika agentligi (IEA) tadqiqotlari va ushbu sohada qabul qilingan Prezident qarorlari va hukumat dasturlari asos bo'ldi. Tadqiqotning uslubiyoti energetika sohasidagi tendensiyalar tizimli-funksional va dialektik o'zaro bog'liklikda tadqid qilingan.

Tahlil va natijalar muhokamasi. Mutaxasislarning fikricha, Mamlakatimizda bir yilda 300-320 kun atrofida quyoshli kun bo'lganligi sababli, bu sohaning imkoniyatlari ulkan.

O'zbekiston Respublikasida 2017-yildan so'ng olib borilayotgan pragmatik siyosan natijasida iqtisodiyot o'sib, aholining turmush darajasi oshmoqda bu esa elekter energiyasiga bo'lgan talabning muttasil oshib borishi kuzatilmoqda.

Mamlakatimiz 2030-yilgacha 25 gigavatt quvvatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratishni va energiya balansida uning ulishini 40 foizga yetkazishni maqsad qilgan. 2023-yilda 2 gigavat quvvatdagi yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirmoqda. Shuningdek "yashil vodorod" ishlab chiqarish sohasida ham ilk qadamlar qo'yilmoqda. [5]

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatish, iste'molchilarni muqobil energiyaga o'tkazish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish orqali 2023-yilda qo'shimcha 5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4.8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish, ushbu maqsadlarga jami 15.4 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag'larni yo'naltirish, shu jumladan 13.4 milliard AQSH dollari - davlat-sheriklik loyihalari doirasida investorlar mablag'lari, 1.1 milliard AQSH dollari -tijorat banklari kreditlari, 610 million AQSH dollari - korxonalarning o'z mablag'lari, 150 million AQSH dollari - xorijiy moliyaviy tashkilotlarning mablag'lari va 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi Davlat byudjeti mablaglari yo'naltirilishi rejalashtirilgan. [2]

1-jadval.

Muqobil energiya manbalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish, mln. kVt. _Soat, * Ma'lumotlar 2015 yildan yig'iladi [10]_

Nomi 2015 201 6 201 7 201 8 201 9 202 0 202 1 2022

Quyosh elektr stantsiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi * 0,003 0,3 0,7 0,2 0,1 0,03 49,0 435,8

Shamol elektr stantsiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi* - - - - 15,5 - 1,2 -

O'zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya holatini taxlil qiladigan bo'lsak, bu sohada 2015-yildan boshlab statistik ma'lumotlar shakillantirib kelenmoqda, 2015-yilda Quyosh elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan energiyasi 0.003 mln kVt.soat bo'lgan bo'lsa, 2021-yilda bu ko'rsatkich 49.0 mln kVt.soatni tashkil etib umumiy ishlab chiqarilgan elektr energiyasidagi ulushi 0.07% izni tashkil qilgan (2021-yilda Respublikamizda 71364,6 mln kVt.soat, 2022-yil dastlabki ma'lumotlariga ko'ra 74269,3 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan) 2022-yilgi daslabki ma'lumotlariga taqqoslasak bu ko'rsatkich 0.6%izni tashkil etadi. Bu ko'rsatkichlar hozirgi zamon talablariga, qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun juda kam dep xisoblaymiz (1-jadval).

O'zbekistonda Ilk bor 100 foiz to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalar hisobidan Karmana va Nurobod tumanlarida 2 ta quyosh stansiyasi ishga tushirilib, shu kunga qadar 1 milliard kilovatt soat "yashil" elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Navoiy viloyatining Tomdi tumanida barpo etilayotgan zamonaviy shamol stansiyasining 100 megavatti ishga tushirilmoqda. "Gezhouba" kompaniyasi bilan esa Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi quyosh stansiyalarining dastlabki 400 megavattli generasiyasi boshlanadi. [11]

Yashil energiya ishlab chiqarish sohasini Halqaro energiya agentligi (IEA-International Energy Agency) ma'lumotlariga tayanib taxlil qiladigan bo'lsak, shamol turbinalari, quyosh panellari, elektro mobil bateriyalari, energiya saqlovchi bateriyalarni ishlab chiqarish va o'rnatish narxlari tushush tendensiyasida ekanligini ko'rishimiz mumkin (1-rasm).

Quyosh panellari Shamol turbinalari

• Elektr avtomobil akkumulyatori Energiya saqlovchi batareyalar

1-rasm. Yashil texnologi narxlari AQSH dollari/kVt soat (nominal narxlar) (halqaro energiya agentligi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi) [4]

Qushosh panellari narxi 2014-yilda xar bir kVt soati uxhun 150-160 AQSH dollaridan 2022-yilda 70-80 AQSH dolariga, Shamol turbinalari narxi 2014-yilda xar bir kVt soati 1240-260 AQSH dollaridan 2022-yilda 170-180 AQSH dolariga, Elektro avtomabil akkumlyatorlari 2014-yilda xar bir kVt soati 500-550 AQSH dollaridan 2022-yilda 140-150 AQSH dolariga, Energiya saqlovchi bateriyalar narxi 2014-yilda xar bir kVt soati 350-360 AQSH dollaridan 2022-yilda 210-215 AQSH dolarigacha pasayganini ko'rishmiz mumkun. Bu ijobiy tendensiya keying yillarda ham davom etishi kutilmoqda.

Toza energiya uskunalarining narh indeksi umumiy holatda 2014-yil 230240 million AQSH dollari bir megavatt uchun talab qilingan bo'lsa bu ko'rsatkich 2022-yilga kelib 100-110 million AQSH dollarigacha kamaydi (2-rasm). Bu dunyo mamlakatlari xukumatlari oldiga energetika sohasidagi qarorlarini qabul qilishda bu ijobiy tendensiyalarni ham hisobga olishiga majburlamoqda.

Toza energiya uskunalari narx indeksi

200

100

100 102 105

0

2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022

2-rasm. Toza energiya uskunalari narx indeksi Million AQSH dollari/megavatt (nominal narxlar) (halqaro energiya agentligi ma'lumotlari

asosida muallif ishlanmasi) [4]

Umuman dunyo davlatlari "Yashil energetika" tizimiga investitsiya kiritish jarayoni ham yil sayin jadallashib bormoqda, masalan, ohirgi uch yilda Energiya ishlab chiqarishga global yillik investitsiyalarni tahlil qiladigan bo'lsak, 2020 yilda Qushosh elektr stansiyalari sohasiga 215 milliard AQSH dollariga yaqin, Shamol elektr stansiyalariga 180 milliard AQSH dollariga yaqin, ko'mirda ishlaydigan elektr stansiyalariga 60 milliard AQSH dollariga yaqin, tabiiy gazda ishlaydigan elektr stansiyalariga 40 milliard AQSH dollariga yaqin investitsiyalar kiritilgan bo'lsa, bu ko'rsankich 2023-yil yakunlari bo'yicha Qushosh elektr stansiyalari sohasiga 360 milliard AQSH dollaridan ortiq yoki 2020-yilga nisbatan 68% ga ko'proq, Shamol elektr stansiyalariga 215 milliard AQSH dollaridan ortiq yoki 2020-yilga nisbatan 19% ga ko'proq, ko'mirda ishlaydigan elektr stansiyalariga 40 milliard AQSH dollariga yaqin yoki 2020-yilga nisbatan 34% ga kam investitsiya qilingan bo'lsa, tabiiy gazda ishlaydigan elektr stansiyalariga 50 milliard AQSH dollariga yaqin yoki 2020-yilga nisbatan 25% ga ko'p investitsiyalar kiritilishi kutilmoqda. Yoqoridagi taxlil natijalaridan hulasa qilish mumkinki yashil energetika sohasiga ko'proq e'tibor bermoqda va bu ko'rsatkichlar yil sayin jadallashmoqda (3-rasm).

400 350 300 250 200 150 100 50 0

320

260

215

180 185 160

Quyosh panellari Shamol turbinalari

60

50 46 43

Hunu

Ko'mir

2020 2021 2022 2023 taxminiy

41 43 48 50

nnnn

Tabiiy gaz

3-rasm. Energiya ishlab chiqarishga global yillik investitsiyalar. milliard AQSH dollari (halqaro energiya agentligi ma'lumotlari asosida muallif

ishlanmasi) [4]

O'zbekiston Respublikasi ham oxirgi yillarda yirik shamol va qusos h elektr stansiyalarini qurish jarayonlarini jadallashtirmoqda, aholi tomonidan oshiqcha ishlab chiqarilgan "yashil" elektr energiyasini "Yashil" tariflar asosida sotib olish tizimi yo'lga qo'yildi. Qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini sotib olishda imtiyozlar subsidiyalar berilmoqda. Bu chora tadbirlar natijasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish darajasi oshmoqda lekin energetika sohasini bozor tamoyillari asosida rivojlantirish, narx shakillanishini liberallashtirish darajasi bizning nazarimizda hali yetarli emas. Hozirda axoli honadonlariga bir kVt elektr energiyasi 295 so'm yoki 0.024 AQSH dollaari (2.4 sent) atrofida bo'lsa uning asl tannarxi 970 so'm atrofida ekanligi Energetika vazirligi tomonidan qayd etilgan [7]. Bir kubometr tabiiy gazning tannarxi esa 1890 so'mni tashkil etib, aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz narxi 380 so'mni tashkil etmoqda. Axoliga elektr energiyasi va tabiiy gazni past tariflarda yetkazib berish uchun Davlat byudjetidan yiliga 14 trillion so'mdan ortiq yoki 1,15 milliard AQSH dollaridadan ko'proq subsidiya ajratilmoqda.

2030 yilga borib sanoat hajmini ikki karra oshirishni, metallurgiya, neft-kimyo va mashinasozlik kabi sohalarni sifat jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko'tarishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Umumiy qiymati 150 milliard dollarlik 500 dan ziyod yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni ko'zlayapmiz. Bu ulug'vor niyatlarimizga erishish uchun bizga kafolatli va barqaror energiya resurslari suv bilan havodek zarur. Hisob-kitoblarimizga ko'ra, kelgusi olti yilda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo'lgan talab hozirgi 83 milliarddan 120 milliard kilovatt soatga o'sishi kutilmoqda. Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz. [11]

Tabiiy haqli savol tug'iladi halq uchun energetika resurslari Davlat byudjetidan moliyalashtirilsa buning nimasi yomon?! Masamaning asl mantig'i shundaki bizning nazarimizda bu subsidiyalar maqsadlimi?, adolatlimi?, ratsionalmi?... degan haqli savollar o'rtaga chiqadi. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 68-moddasida "Yer, yerosti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir..." [8], asosiy qomusimizda shunday ekan bu tartib-tamoilni yuqoridagi savollar asosida mantiqiy taxlil qiladigan bo'lsak, O'zbekiston axolisining 100% ga yaqini to'liq elektr energiyasi bilan ta'minlangan, tabiiy gaz bilan taminlanish darajasi esa 50% atrofida, «O'zbekistonda aholi jon boshiga tabiiy gaz iste'moli rivojlangan davlatlar va qo'shni mamlakatlarga qaraganda 3 baravar ko'proq. Taqqoslash uchun, xorij davlatlarida bir kishi uchun 90 kub metr gaz to'g'ri kelsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich 400 kub metrdan oshgan [9]. Bitta xonadon yil davomida 5000 kub metr gaz ishlatadi. Taxlillarni davom ettiradigan bo'lsak, axolining 50 %ga yaqini tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun Davlat byudjetidan subsidiya olmoqda, qolgan 50% izi esa faqat elektr energiyasi unun olmoqda. Endi elektr energiya iste'moliga e'tibor beragigan bo'lsak (2-jadval), axolining sal kam 75 % izi 26% ga yaqin elektr energiyasini iste'mol qilsa 25% dan ortiq axoli 74% dan ortiqroq elektr energiyasini iste'mol qiladi.

2-jadval.

O'zbekiston aholisining 2023-yil misolida o'rtacha elektr energiyasi

iste'moli

№ Iste'mol hajmi Obonentlar (ming dona) ulushi, % Iste'mol (mln kVt-s Umushi, %

1 200 kVt-soatgacha 5684 74,91% 5163 25,72%

2 201-300 kVt-soat 737 9,71% 2258 11,25%

3 301-500 kVt-soat 628 8,28% 2932 14,61%

4 501-1000 kVt-soat 393 5,18% 3234 16,11%

5 1001-2000 kVt-soat 82 1,08% 2529 12,60%

6 2001-5000 kVt-soat 54 0,71% 1686 8,40%

7 5001-10000 kVt-soat 6 0,08% 778 3,88%

8 10000 kVt-soatdan yuqori 4 0,05% 1491 7,43%

Jami: 7588 1 20071 1

Bu irrotsional ko'rsatkichni hukumat tabaqalashtirilgan tariflar bilan bartaraf etmoqchi. Lekin bizning nazarimizda muammoning yechimi bu emas, chunki tabiiy gaz bilan taminlanmagan honadonlar tabiiyki elektr energiyasini ko'proq iste'mol qiladi albatta. Buning yagona adolatli yechimi, bizning fikrimizcha rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, bu bozorni erkinlashtirish, bozor tamoyillariga o'tkazish va axolining kam taminlangan

qismini maqsadli va manzilli energetika subsidiyalari bilan taminlash. Masalan Germaniyada energiya bilan ta'minlash to'liq bozor tamoyillari asosida yo'lga qo'yilgan, kim qancha energiya iste'mol qilsa shunga mos haqqini to'laydi. Bu tizim axolidan energiya iste'molida tejamkor texnologiyalardan va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag'batlantiradi. Aholining kam ta'minlangan qismiga esa manzilli yordam pullari evaziga ijtimoiy himoya qilinadi.

Respublikamizda energetika sohasini bozor tamoyillarini joriy qilish uchun barcha tashkiliy infratuzlma etarli dep o'ylaymiz, chunki deyarli barcha honadonlarga electron hisoblagichlar o'rnatilgan, tabiiy boyliklar halq Mulki ekanligi konstitutsiyamizda mustaxkamlab qo'yilgan, faqat isloxotlarni qilish uchun siyosiy iroda kerak.

Iqtisodiyot nazariyasidan ma'lumki biron bir mahsulot yoki xizmatning narxi arzon bo'lsa uni iqtisod qilishga va hisobini yuritishga e'tibor shuncha past bo'ladi. Axoliga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gazda ham shunday holat ko'zga tashlanmoqda. Tabiiy boyliklardan foydalanish O'zbekiston fuqorolarining konstitutsion xuquqi ekan buni ratsional, adolatli va manzilli yetkazish mumkin. Buning uchun hozirda ajratilayotgan 1,15 milliard AQSH dollaridada subsidiyani aholi soni (36 mln)ga bo'lsak 32 AQSH dollari atrofida ya'ni Davlat buyudjetidan yiliga axolining har biriga 32 AQSH dollari ikvivalentidagi subsidiyalar ajratilmoqda. lekin bu ajratilayotgan subsidiyalarning asosiy qismi aksariyat daromadi yuqori oilalarga energetika subsidiyalari shaklida ketmoqda (2-jadval). Endi rasmiy statistika ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, 2022-yilda O'zbekiston axolisining 14.1 %izi [9] (36 mln*0.141=5 mln) kambag'allik darasida yashamoqda endi shu 5 mln axoliga belgilangan energiya subsidiyalarini moddiy yordam ko'rinishida beradigan bo'lsa 5 mln*32 ASH dollari=160 mln (0.16 milliard) AQSH dollari, qolgan 1.15 milliard-0.16 milliard=0.99 milliard AQSH dollari davlat buyudjeti ixtiyorida qoladi. Bundan tashqari energi resurslari narxining bozor tamoyillari asosida faoliyat yuritishi natijasida axolida ushbu resurslardan tejab foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbaladan foydalanish darajasini rag'batlantiradi. Bundan tashqari O'zbekiston energetika bozoriga to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari va investorlarining kirishini keskin oshiradi, yashil energetikani muhimligi oshadi va axoliga etkazilayotgan energiya resurslarining uzilishlarsim doimiy va me'yorlarda bo'lishini ta'minlaydi. Chunki narxning bozor talablari asosida shakllanishi raqobatni oshiradi, raqobatning oshishi esa sifatga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Hulosa va takliflar. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va tahlillar asosida yashil iqtisodiyotga o'tish jarayonida energetika bo'yicha energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiyaga o'tish jarayonini tezlatish uchun quyidagilarga etibor qaratish kerak dep hisoblaymiz:

Birinchidan, global miqyosda yashil iqtisodiyotga o'tish, ekologik innovatsiyalardan foydalanish jarayonini rag'batlantirish zamon talabi ekanligini anglab yetish, yashil iqtisodiyotning tezroq rivojlanishiga turtki beradi.

Ikkinchidan, yashil iqtisodiyotga o'tish maqsadlarini qo'llab-quvvatlovchi maqsadli va manzilli yashil moliya instrumentlarini joriy qilish orqali energetika tariflarini bozor tamoyillari asosida shakillanishiga yo'l ochib berish zarur. Bu sohaning investitsiya jozibadorligini, raqobatni va xizmatlar sifatining oshishiga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishiga erishish mumkin.

Uchunchidan, energetika sohasining bozor mexanizimlari asosida faoliyat yuritishi Davlat byudjetining energetika subsidiyalari qismi keskin kamayadi, davlat byudjeti mablag'lari iqtisod qilinishiga erishiladi.

To'rtinchidan, energetika bozorinig liberallashishi natijasida energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchi texnologiyalardan foydalanish darajasi ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2.12.2022-yildagi PQ-436 "2030-yilgacha "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar, samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori. https://lex.uz/docs/6303230

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 16.02.2023 PQ-57-son qarori. https://lex.uz/docs/-6385716

3. Artur Pigu Industrial Fluctuations, Macmillan Press Ltd.; 2nd Edition (January 1, 1929)

4. https://www.iea.org/reports/world-energy-outlook

5. https://president.uz/uz/lists/view/6846

6. Zokirov Sh. Возобновляемая энергия для устойчивогоразвития. //журнал Экономическое обозрение. 2020, №12(240). - С44-51.

7. https://www.gazeta.uz/uz/2023/09/22/subsidy/

8. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. https://kun.uz/uz/news

10. https://president.uz/uz/lists/view/6952_O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "yashil" energetika sohasidagi yirik qo'shma loyihalarni ishga tushirishga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.