Научная статья на тему 'ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2089
186
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
energiya / elektr energiya / elektr stansiyasi / schyotchik / telemetrik datchik / hisob-kitob davri / AES / GES / QaES / SHES / OES / GaES / innovatsion texnalogiyalar. / energy / electric energy / power plant / meter / telemetric sensor / billing cycle / NPP / HPP / QaES / SHES / OES / GaES / innovative technologies.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nurniyozov Feruz Аbdurashid Oʼgʼli, Turg‘unova Rayxona Shavkatjon Qizi

Mazkur maqolada elektr enrgiyasi paydo bo’lishi qisqacha tarixi, O’zbekistonda energetika sohasining rivojlanishi, energiya turlari, ishlab chiqarish usullari, yillar kesimida energiya ishlab chiqarish miqdorlari va mamlakatdagi yirik elektr energiya tashkilotlar faoliyatlari haqida qisqacha yoritilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, a brief history of the emergence of electricity, the development of the energy sector in Uzbekistan, types of energy, production methods, the amount of energy production over the years, and the activities of large electricity organizations in the country are briefly discussed.

Текст научной работы на тему «ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH USULLARI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Nurniyozov Feruz Abdurashid o'g'li

SamISI "Buxgalteriya hisobi" kafedrasining assistenti Turg'unova Rayxona Shavkatjon qizi

SamISI BX-421 guruh talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada elektr enrgiyasi paydo bo'lishi qisqacha tarixi, O'zbekistonda energetika sohasining rivojlanishi, energiya turlari, ishlab chiqarish usullari, yillar kesimida energiya ishlab chiqarish miqdorlari va mamlakatdagi yirik elektr energiya tashkilotlar faoliyatlari haqida qisqacha yoritilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: energiya, elektr energiya,elektr stansiyasi, schyotchik, telemetrik datchik,hisob-kitob davri, AES, GES, QaES, SHES, OES, GaES, innovatsion texnalogiyalar.

Abstract: In this article, a brief history of the emergence of electricity, the development of the energy sector in Uzbekistan, types of energy, production methods, the amount of energy production over the years, and the activities of large electricity organizations in the country are briefly discussed.

Key words: energy, electric energy, power plant, meter, telemetric sensor, billing cycle, NPP, HPP, QaES, SHES, OES, GaES, innovative technologies.

Kirish. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga bo'lgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — o'tin, ko'mir, torf va boshqalar yoqilg'ilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli XX asrning 2-yarmidan boshlab, asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda ko'payib ketdi.Ana shu omillar energitikani jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni o'zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbob-uskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. Energitika fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xo'jaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bog'liq ilmiytexnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shug'ullanadi. Elektr energetikasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste'mol qilish sohasi hisoblanadi.

Energetika muammolari bilan shug'ullanishda izchil ilmiy tadqiqot ishlariga asoslangan holda energetika taraqqiyotining qonuniyatlari, tabiiy an'analari va optimal yechimlari o'rganiladi, energetikani optimal boshqarishning asoslari shakllantiriladi, energetikaning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof muhitga ta'siri, ya'ni ekologiya masalalari, energetikaga doir fan va texnika taraqqiyoti masalalari va boshqalar hal qilinadi. O'zbekistonda Energetikafanlarining

rivojlanishi XX asr 30- yillari oxiri va 40- yillariga to'g'ri keladi. Energetikaga doir ilmiy tadqiqot ishlari energetikaning ustuvor kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi.1 Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bog'liq masala — o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va sinxron mashinalarning magnit oqimlari o'z-o'zidan uyg'onishini ta'minlashni hisoblash usullari, elektron qurilmalaridagi shikastlanishning murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar bilan shug'ullanildi, gidroelektr stansiyalari quvvatini samarali taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- yillarda ilmiy tadqiqot ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko'tarishga qaratildi, elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi. Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o'lchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish masalalari tadqiq qilindi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Elektr energiyasi ishlab chiqarish usullari yuzasidan tatqiqotchilarva izlanuvchilar tomonidan tizimli ravishda tadqiqotlar olib borishgan, shu jumladan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Avaz O'rinboev va boshqalar tatqiqotchilar, soxa mutaxasislari tomonidan o'z ilmiy fikirlari va g'oyalarini aytib o'tishgan. Yuqoridagi fikirlarni inobatga olib elektr energiyasi ishlab chiqarish usullari to'g'risida qushimcha takliflar berib o'tilgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida axborotlarga asoslangan holda mantiqiy tahlil usullari qo'llanildi. Makon va zamon, tahlil va sintez kabi uslublaridan va yondoshuvlaridan ham foydalanilgan.

Ta^^H^ Ba HaTH^a^ap. O'zbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlaridan oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va kichik gidroelektrostyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari olib borildi. Energetika jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash hamda energetika tizimlarida o'lchash texnikasi, o'lchash aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim tadqiqotlar amalga oshirildi.

Energetika sohasi issiqlik energiyasini, gidroenergetika, atom energiyasi, shamol energiyasi, quyosh energiyasi, magnit suyuqlik energiyasi, to'lqinli energiyasi, okean termoelektr energiyasi, to'lqin energiyasi, geotermal energiyasi, biomassa energiyasiva boshqa energiya ishlab chiqarish usullarini o'z ichiga oladi.

a. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish: ko'mir, neft, tabiiy gaz va boshqa yoqilg'ilarni yoqish natijasida hosil bo'ladigan issiqlikdan qozon suv trubkasidagi suvni yuqori haroratli va yuqori bosimli bug'ga isitish uchun foydalaning va bug 'turbinasini aylantiring, shu bilan haydash. elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun generator.

1 https://yuz.uz/uz/news/har-yili-21-milliard-kvtsoatga-kop-elektr-energiyasi-ishlab-chiqariladi

b. Gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish: baland joydan past joyga oqib kelayotgan suvning potentsial energiyasi to'g'on orqali kinetik energiyaga aylanadi. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish uchun generatorni aylantirishi mumkin.

c. Yadro energiyasini ishlab chiqarish: Atom yadrolarining bo'linishi paytida hosil bo'lgan energiyadan foydalanib, reaktordagi suv bug' hosil qilish uchun isitiladi. Bug 'bilan boshqariladigan bug' turbinasi generatorni elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun aylantiradi.

d. Shamol energiyasini ishlab chiqarish: elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun generatorlarni haydash uchun shamol tegirmonlarini haydash uchun shamoldan foydalaning; quyosh issiqlik energiyasini ishlab chiqarish: quyosh issiqlik energiyasini to'plash va bug 'ishlab chiqarish uchun suv quvurlarida suvni isitish uchun issiqlik yig'ish moslamalaridan foydalaning, bu esa o'z navbatida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun turbinali generatorlarni boshqaradi.

e. Quyosh energiyasini ishlab chiqarish: Quyosh panellari fotoelektrik effektga ega kremniy materiallardan ishlab chiqariladi va yorug'lik energiyasi quyosh energiyasining nurlanishini qabul qilish orqali elektr energiyasiga aylanadi.

O'zbekiston Respublikasida 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida 57 070,7mln.kwt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4926,2 mln. Kwt soatga oshgan holda, o'sish sur'ati 109,4 foizni tashkil etgan.

Mamlakatda 2021-yilda elektr energiya ishlab chiqarish

Oraliq muddat Energiya miqdori (kwt/soat) O'sish sur'ati (%)

yanvar 6 427,7 106,0

yanvar-fevral 11 951,4 104,3

yanvar-mart 17 987,4 106,1

yanvar-aprel 23 528,4 108,5

yanvar-may 28 809,1 109,0

yanvar-iyun 34 318,6 109,1

yanvar-iyul 40 340,0 109,2

yanvar-avgust 46 030,9 109,0

yanvar-sentabr 51 558,4 110,1

Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida Toshkent viloyati 23,1 %, Sirdaryo viloyati 22,2 %, Qashqadaryo viloyati 19,0 % hamda Navoiy viloyati 16,1 % ulushga ega.2

2 https://yuz.uz/uz/news/har-yili-21-milliard-kvtsoatga-kop-elektr-energiyasi-ishlab-chiqariladi

Vazirlikning ma'lum qilishicha, joriy yil yanvar-iyul oylarida respublika bo'yicha 43 mlrd 250 mln kVt/soat yoki o'tgan yil mos davriga nisbatan 2 mlrd 177 mln kwt/soat ko'p (o'sish sur'ati 5,3 foiz) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida 38 mlrd 551 mln kwt/soat (o'tgan yilga nisbatan 1 mlrd 18 mln kVt/soat ko'p, o'sish sur'ati 2,7 foiz) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Jumladan, «Issiqlik elektr stansiyalari»da - 33 mlrd 77 mln kwt/soat, Angren IES va Yangi Angren IES tomonidan - 3 mlrd 345 mln kwt/soat.

Bundan tashqari, DXSh asosidagi yangi IESlarda - 2 mlrd 128 mln kwt/soat, DXSh asosidagi quyosh fotoelekr stansiyalar tomonidan - 219 mln kwt/soat, gidroelektr stansiyalarda esa - 4 mlrd 84 mln kwt/soat (898 mln kwt/soat ko'p).Energetika vazirligi tomonidan quvvatlarni oshirish, jumladan barqaror elektr ta'minoti bo'yicha loyihalar amalga oshirilyapti.2020-yilning dekabr oyida O'zbekiston aholisiga 1,74 milliard kwt/soat, 2018-yil dekabr oyida esa (Energetika vazirligi tashkil etilishidan avval) - 1,57 milliard kwt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. O'sish 11% ni tashkil etdi.

Umuman olganda 2020-yilda mamlakatimiz bo'ylab elektr energiyasi iste'moli 69,1 milliard kwt/soatni tashkil qilib, bu 2019-yilga nisbatan 6,1% ga va 2016-yildagi ko'rsatkichga nisbatan 20,1%ga ko'pdir.2020-yilda mamlakatimiz elektr stansiyalarida 66,4 milliard kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, bu 2019-yildagi ko'rsatkichga nisbatan 5% ga, 2016-yilga nisbatan 12,6% ga ko'p.

Mamlakatimizda qo'shimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish generatsiya qilinadigan quvvatlarni kengaytirish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga amalga oshirilyapti.Ularning barchasi zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan.

Xususan, 2016-yilda qabul qilingan Investitsiya dasturida ko'zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish hisobiga davlat kafolati asosidagi kreditlar hisobidan 3,7 Gwtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.Bunga qator elektr stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish hisobiga erishildi. Shu tariqa, 900 MVt yangi quvvatlar Tolimarjon IES, 560 MVt - Taxiatosh IES, 450 MVt - Navoiy IES, 370 MVt -Toshkent IEM, 150 MVt Angren IESdagi ko'mir energoblokidan olindi. Ya'ni, 1 ta yangi elektrostansiyasi, 4 ta yangi gidroelektrostansiyasi bunyod etilib va mavjud elektrostansiyalarni kengaytirish ishlari amalga oshirildi.

Namangan viloyatida qurilgan yangi To'raqo'rg'on issiqlik elektr stansiyasi bugungi kunda Farg'ona vodiysining uchta viloyati iste'mol qilayotgan elektr energiyasi hajmining yarmini ishlab chiqaradi. To'raqo'rg'on IES ishga tushirilishidan avval Farg'ona vodiysining energiya ta'minoti faqatgina O'zbekistonning boshqa hududlari va Qirg'iziston Respublikasidan import qilinayotgan elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilar edi. Investitsiya dasturida ko'zda tutilgan loyihalar to'liq amalga oshirilsa, mamlakatimizda har yili 2016 -yilga nisbatan 21 milliard kVt/soatga ko'p elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, amaldagi elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurishda qo'llanilayotgan energiya tejamkor texnologiyalar 1 kVt/soat uchun yoqilg'i xarajatlarini 1%ga tushirish imkonini beryapti.

Natijada elektr energiyasini ishlab chiqishda o'rtacha 2 milliard kubometr tabiiy gaz tejaladi.2020-yilning o'zida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida oltita yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlab yuborildi.Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar, umumiy quvvati esa 2 700 Mwtni tashkil etadi.2020-yilda investitsiya loyihalari bosqichlari amalga oshirilishi natijasida 2021-yilda mamlakatimizda 1 387 Mwtlik quvvatlar bo'lgan 9 yangi elektrostansiyasi ishga tushiriladi. Ulardan shu yilning oktyabr va noyabr oylari o'zida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo'lgan 4 ta yangi IES quriladi.

Shuningdek joriy yilning oktyabr oyida har birining quvvati 100 Mwt bo'lgan ikkita quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan (Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) o'z loyihalarini amalga oshiryapti).3

Gidroenergetika sohasida ham qator loyihalar amalga oshirilyapti.2021-yil iyun oyida GESning Chirchiq - Bo'zsuv kaskadiga kiruvchi "Kamolot" gidroelektrstansiyasi qurilishi yakunlanadi.Shuningdek iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi To'polong daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish ham rejalashtirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan oxirgi olti yil mobaynida ishlab chiqarilgan eletkr energiyasi infografikasi e'lon qilindi. Unga ko'ra, mamlakatimizda:

—2016-yil - 59,0 mlrd. kVt-soat;

—2017-yil - 60,7 mlrd. kVt-soat;

—2018-yil - 62,8 mlrd. kVt-soat;

—2019-yil - 63,6 mlrd. kVt-soat;

—2020-yil - 66,4 mlrd. kVt-soat;

—2021-yil - 71,3 mlrd. kVt-soat;

—2022-yil - 74,3 mlrd. kVt-soatelektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Mamlakatimizda energetika tizimini rivojlantirishda barcha manbalardan foydalanilmoqda. Mavjud quvvatlarni mustahkamlash bilan birga quyosh, shamol va gidro elektr inshootlari barpo etilmoqda.Xususan, so'nggi yillarda gidroenergetika yo'nalishida 500 million dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilib, qo'shimcha 260 mwtli quvvatlar yaratildi."O'zbekgidroenergo" tizimidagi stansiyalarning umumiy quvvati 2 ming megavattdan oshdi. Bu - yiliga 2 milrd kub metr tabiiy gaz tejalmoqda, degani. Joriy yilda 197 mwtli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Yana 438 mwtli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 ta mikro GES qurish bo'yicha ishlar boshlanadi.Sirdaryo va Jizzax viloyatlari iste'molchilarining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli birinchi raqamli podstansiya va elektr uzatish tarmog'i qurilyapti. "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Sirdaryo viloyatining Shirin, Yangiyer, Xovos tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlari iste'molchilarining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida 220 kV kuchlanishli

1 https://www.gazeta.uz/oz/2022/05/31/energy/

birinchi raqamli yangi "Zafarobod" podstansiyasi qurilyapti. Shuningdek, mazkur podstansiya uchun uzunligi 144 kilometr bo'lgan 220 k/Vatli elektr uzatish tarmog'i ham qurilyapti. Bugungi kunda qurilish ishlari 42 foizga bajarildi.Mazkur yirik loyiha Prezidentimizning 2022-yil 28-dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshirilyapti, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.Elektr energiyasini hisoblash uskunasiga tashqi ta'sir ko'rsatish natijasida tizimga 356 mln so'm zarar yetkazildi.

Хулоса ва таклифлар. 1 iyuldan elektr energiya va gaz iste'moli uchun narxlarni «ijtimoiy norma» asosida belgilash kutilmoqda. Muhokamaga e'lon qilingan hukumat qarori loyihasiga ko'ra, amaldagi narxlar oshadi. Shuningdek, belgilangan normadan ko'proq ishlatganlar har bir qo'shimcha kVt soat elektr energiya uchun — 2 baravar, har bir qo'shimcha kub metr gaz uchun esa — 5 baravar miqdorida to'lov qiladi. Narxlar 2024-2025 yillardan inflyatsiya darajasiga indeksatsiya qilinadi, 2026 yildan esa erkinlashtiriladi.Aholi uchun 1 kub metr tabiiy gaz iste'moli oyiga isitish mavsumida 700 kubmetrgacha — 410 so'm, bundan yuqori har 1 kub metruchun — 1 200 so'm, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha — 410 so'm, undan yuqori har 1 kubmetr uchun — 1 200 so'm etib belgilash nazarda tutilmoqda.4

Loyihada shuningdek, korxonalarni uzoq muddatli rejalashtirishga moslashtirish, operatsion samaradorlikni va energotejamkorlikni oshirish hamda tannarxni pasaytirish uchun «perspektiv mo'ljal»ni ko'rsatish maqsadida 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradigan yangi narxlarni ham tasdiqlash taklif etilmoqda.

Bunda, 2023 yil 1 apreldan quyidagi narxlar joriy etiladi:

Elektr energiyasibo'yicha:

Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet tashkilotlari uchun 800 so'm miqdoridagi narx saqlab qolinadi;

qolgan yuridik shaxslar uchun — 700 so'm.

Tabiiy gazbo'yicha:

issiqlik elektr stansiyalari uchun — 1 200 so'm;

Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet tashkilotlari uchun — 1 350 so'm;

avtomobillarni gaz bilan to'ldirish kompressor stansiyalari uchun — 1 400

so'm;

qolgan yuridik shaxslar uchun — 1 350 so'm etib belgilash.

2023 yil 1 apreldan o'rnatiladigan yoqilg'i-engergetika resurslarining narxlari 2024 va 2025 yillarda faqatgina inflyatsiya darajasiga indeksatsiya qilib boriladi, 2026 yildan boshlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o'tiladi hamda narxlar erkin shakllanadi deb rejalashtirilgan edi. Biroq 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida kuchli sovuq iqlimi bo'lganligi sababli energetika resurslari yetishmovchiligi yuzaga kelib, narx keskin darajada ko'tarilib ketdi.Bu esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bir qancha o'zgarishlarga sabab bo'lib kelmoqda.5

4 https://www.gazeta.uz/oz/2022/05/31/energy/

5 https://yuz.uz/uz/news/har-yili-2i-miШard-kvtsoatga-kop-elektr-energiyasi-isЫab-chiqariladi

Ooñga^aHH^raH agaÔHëTiap pyñxaTH

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Energetika sanoati

2. https : //yuz.uz/uz/news/har-yili-21 -milliard-kvtsoatga-kop-elektr-energiyasi-ishlab-chiqariladi

3. https://www.gazeta.uz/oz/2022/05/31/energy/

4. https://yuz.uz/uz/news/2016--2022-yillarda-respublikamizda-qancha-elektr-energiyasi-ishlab-chiqarilgan

5. https://lex.uz/ru/docs/-973567?QNDATE=10.08.2021

6. https : //shams .uz/uz/ozbekiston-energetikasi-haqida-malumot

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.