Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA ENERGETIKA VA YOQILG‘I SANOATIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA ULARNING NATIJALARI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA ENERGETIKA VA YOQILG‘I SANOATIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA ULARNING NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
160
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoqilg’i – energetika / yashil energiya / ekologik mahsulotlar. / fuel energy / green energy / ecological products.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xudoyqulov, Bekmurod Mamatali O’g’li

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Surxon vohasida energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Elektr energiyasi mamlakatni iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy tarmoqlardan biri bo’lib, sohaning Surxon vohasidagi rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKS IMPLEMENTED IN THE ENERGY AND FUEL INDUSTRY IN SURKHAN OASIS DURING INDEPENDENCE AND THEIR RESULTS

In this article, opinions are presented about the works carried out in the field of energy in the Surkhan oasis during the years of independence and their results. Electric energy is one of the main sectors affecting the economic development of the country, and the stages of development of the industry in the Surkhan oasis have been analyzed.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA ENERGETIKA VA YOQILG‘I SANOATIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA ULARNING NATIJALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA ENERGETIKA VA YOQILG'I SANOATIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA ULARNING

NATIJALARI

Xudoyqulov Bekmurod Mamatali o'g'li

DTPI Tarix (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Surxon vohasida energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Elektr energiyasi mamlakatni iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlanishiga ta'sir ko 'rsatuvchi asosiy tarmoqlardan biri bo 'lib, sohaning Surxon vohasidagi rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: yoqilg 'i - energetika, yashil energiya, ekologik mahsulotlar.

ABSTRACT

In this article, opinions are presented about the works carried out in the field of energy in the Surkhan oasis during the years of independence and their results. Electric energy is one of the main sectors affecting the economic development of the country, and the stages of development of the industry in the Surkhan oasis have been analyzed.

Key words: fuel - energy, green energy, ecological products.

KIRISH

Bugungi kunga kelib dunyoda sodir bo'layotgan yoqilg'i-energetika sohasidagi inqiroz, unga bo'lgan talabning ortib borayotganligi hech birimizga sir emas. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ham ushbu sohani rovojlantirish, modernizatsiya qilish orqali iqtisodiyotni yuksaltirish, sarf-xarajatlar hajmini bir necha baravarga kamaytirish bugungi kundagi davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qancha farmon va qarorlari qabul qilingan bo'lib, ular mamlakatimizda yoqilg'i-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni asosiy maqsad qilib olgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi "O'zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi PQ-4249-son qarori, 2020-yil 10-iyuldagi "Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg'i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi, 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(5), May, 2023

tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2023-yil 13-fevraldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoqilg'i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlarining qabul qilinishi soha rivoji uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi taraqqiyot strategiyasidagi iqtisodiy islohotlar tufayli yoqilg'i sanoatni jahon andozalari asosida modernizasiya qilish, yangi konlarni, shamol, quyosh, suv elektr manbalarni aniqlash, yog'ilg'i sifatini tubdan yaxshilash, tejash, eksport salohiyatini oshirish mamlakat sanoat ishlab chiqarish tizimida tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilib, zamonaviy sanoat taraqqiyoti uchun keng yo'l ochilmoqda.

Jumladan Respublika sharoitida iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash uchun "Yashil iqtisodiyot" texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, O'zbekiston energetika tizimining qo'shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta'minlash, sanoat tarmoqlarida yo'qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, uy-joy-kommunal xo'jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish kabi masalalar amalga oshirilmoqda.

Yangi O'zbekistonning barcha iqtisodiyot sohalarida bo'lgani kabi Surxondaryo energetika sohasi ham istiqlolning dastlabki yillarida og'ir iqtisodiy ahvolni boshidan kechirdi. 1992-yilda elektr iste'molchilarining soni 170 mingni tashkil qildi. 1994-yilning boshlariga kelib esa elektr iste'molchilarining soni 183 mingg a yetdi. 1993-yilda xalq xo'jaligiga 2 mlrd. 196,2 mln. kilovatt soat elektr quvvati yetkazib berildi va topshiriqlar oshirib bajarildi2.

Surxondaryo viloyatida 1994-yilda aholi jon boshiga sarf qilingan elektr energiyasi bir yilda o'rtacha 1600 kvt soatni tashkil qildi. U qadar katta bo'lmagan muddat (1980-1999 yillar) ichida kuchlanish 38-500 kvt bo'lgan podstansiyalarning soni 59 tadan 123 taga ularning quvvati 842,6 ming kvt dan 2 mln 630 ming kvt ga transformator nuqtalari1495 tadan 2270 taga, quvvati 145,6 ming kvt dan 284,4 ming

1 Yashil energetika": O'zbekistonda ushbu yo'nalishdagi ishlar rivojiga nima to'sqinlik qilmoqda? // Xalq so'zi. - 2020-yil, 9-iyun. - № 177 (15. 151).

2 Tursunov S., Kobulov E. va boshq. Surxondaryo tarixi. - B. 506.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(5), May, 2023

kvt ga, kuchlanish 4-500 kvt bo'lgan elektr havo yo'llari 12795 km dan 18261 km ga ko'paydi3.

Bugungi kunga kelib viloyatning asosiy elektr ta'minotchilaridan biriga aylangan "To'palang" GES i 2006-yilda foydalanishga topshirildan. Bu yerda har biri 15 megavatt bo'lgan ikkita agrégat ish boshladi. 2017-yilda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev topshirig'iga asosan, suv ombori to'g'oni 20 metrga ko'tarildi. Natijada uning sig'imi 380 mln. kub metrdan 500 mln. kub metrga yetkazildi. Bu davrda suv omboridan pastda bir-biridan uncha uzoq bo'lmagan "Zarchob-1" va "Zarchob- 2" gidroelektr stansiyalari ishga tushirildi. Bu bilan To'palang daryosida qurilgan GES lar soni uchtaga yetib, ularning umumiy quvvati 105,6 MVt ni tashkil qilmoqda. Bu yiliga 300 mln. kvt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. 2019- yilda birinchi va ikkinchi gidroagregat qurilishi topshirig'i berildi. Bu ish 2022- yil oxirida nihoyasiga yetadi. Har biri 72,5 megavattli ikkita gidroagregat qurilishi natijasida quvvati 175 megavattga yetadi. "To'palang" GES i O'zbekistondagi Chorvoq GES idan keyin ikkinchi o'rindagi stansiyaga aylanadi4.

Istiqlol yillarida viloyat neftchilari ham neft mustaqilligini ta'minlash sohasida o'zlarining mahsulotlari va mehnatlari bilan katta hissa qo'shib kelmoqdalar. Biroq istiqlolning dastlabki yillarida barcha sohalarda bo'lgani singari, neft va gaz sanoati tarmoqlarida kamchiliklar ko'zga tashlanadi.

"Jarqo'rg'on neft" koni ishga tushirilganidan keyingi o'n ikki yil davomida mavjud bo'lgan tashvishlarga chek qo'yildi. Tadbirkorlik tufayli maxsus mashinalar 40-45 kilometr masofa bosib, Qumqo'rg'on estakadasiga qatnaydigan bo'ldi. Bu esa bozor sharoitida samaradorlikni oshirishga xizmat qildi. 1998-yilda "Jarqo'rg'onneft" boshqarmasi neftchilari tomonidan yetti oy ichida 78240 tonna yoki belgilanganidan 320 tonnadan ziyod neft ishlab chiqarildi. 1998- yilda jami 134500,0 tonna neft qazib olindi. Gaz ishlab chiqarish rejasi 102 foizga yoki 3 million 554 ming so'm ziyodi bilan uddalandi. Bundan tashqari, boshqarma bo'yicha 328 ming so'mlik pulli xizmat ko'rsatildi5.

Surxon vohasidagi neft konlaridan chiqayotgan oqova suvlaridan yod olish mumkin degan taklif 1996-yildan boshlandi. 1997-yilga kelib Jarqo'rg'ondagi Xovdak quduqlaridan 8 tonna oqova suv Toshkentdagi ilmiy-tekshirish markaziga olib borildi. Istiqlol yillarida viloyat neft-gaz xodimlari ham mamlakatimiz va voha aholisini gaz bilan ta'minlash ishlarini yaxshi yo'lga qo'yish maqsadida harakatlarini ayamadilar. 1991-yilning dastlabki to'rt oyida qiyinchiliklarga qaramasdan viloyatda 5 million kubometr tabiiy gaz qazib olinib, iste'molchilarga yetkazib berildi. 1993 -

3 Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 12-fond, 1-yozuv, 12-ish, 15-varaq.

4 Yangi Uzbekistan. 2022-yil, 3-iyun soni.

5 Dala ma'lumoti. Daminov Mamasodik bobo. Boysun tumani To'da qishlog'i. 2022- yil, 20-avgust.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

yilda gaz olish bo'yicha yillik reja 101,3 foizga bajarildi, rejadan tashqari 122 ming kubmetr gaz qazib olindi.

"Boysun ko'mir" hissadorlik jamiyati tomonidan 2003-yilda 81908 ming so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2004-yilda 31766 ming so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 290-sonli qaroriga asosan "Boysun ko'mir" hissadorlik jamiyati "Sharg'un ko'mir" hissadorlik jamiyati tarkibiga qo'shildi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, istiqlol yillarida Surxondaryo viloyatida energetika-yoqilg'i sohasini rivojlantirish uchun muhim tadbirlar amalga oshirila boshlandi. O'tgan qisqa fursat ichida suv omborlari ichida gidravlik elektrostansiyalar qurish, To'palang suv ombori platinasida boshlab yuborildi. Bu sohadagi ishlarning eng yiriklaridan biri bo'ldi. "Boysun ko'mir" hissadorlik jamiyati "Sharg'un ko'mir" hissadorlik jamiyatlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ishlab chiqarish sur'atlarini oshirish bo'yicha xorijiy kompaniyalar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. E. Kabulov Surxondaryo sanoatining ilk qadamlari. - Termiz, 1993.

2. Elektr tarmoqlari korxonasi tarixiy muzeyining joriy arxivi.

3. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 12-fond, 1-yozuv, 12-ish, 15-varaq.

4. Surxondaryo viloyati davlat arxivi. F. 503. Op. 1. C. 1.

5. S. Tursunov, E.Kobulov. Surxondaryo tarixi. - B. 506.

6. Yashil energetika": O'zbekistonda ushbu yo'nalishdagi ishlar rivojiga nima to'sqinlik qilmoqda? // Xalk so'zi. - 2020-yil, 9-iyun. - № 177 (15. 151).

7. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis). The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.

8. Норлиев, Р. (2021). Узбекистан миллий тараккиётининг янги боскичида маънавий юксалишнинг ижтимоий-фалсафий асослари. Общество и инновации, 2(2), 99-104.

9. Ibragimovich, N. R. (2020). Social And Philosophical Fundamentals Of National Development. The American Journal of Applied sciences, 2(07), 45-49.

10. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.