Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI MUSTAHKAMLANISHI'

О‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI MUSTAHKAMLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xaydarova Larisa Sunnatovna, Muxtaraliyeva Muxarramxon Maxamadjon Qizi

Imkoniyatlar tengligi, avvalo, moddiy farovonlik darajasi, ijtimoiy mavqe, e’tiqodi, jinsi va millatidan qat’i nazar inson huquqlari va asosiy erkinliklari tengligiga asoslanadi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida (1948) qayd etilganidek, inson qadr-qimmati“ ozodlik, adolatlilik va umumiy tinchlik asosidir”. Asosiy huquq va erkinliklarning yо‘qligi inson va jamiyat tanazzuliga olib kelishi, ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklar, zо‘ravonlikning yoyilishi va ixtiloflar tug‘ilishi uchun shart-sharoit yaratishi mumkin. Ayollar huquqlari – inson huquqlari bо‘lganligi sababli, ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI MUSTAHKAMLANISHI»

O'ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI MUSTAHKAMLANISHI 1Xaydarova Larisa Sunnatovna, 2Muxtaraliyeva Muxarramxon Maxamadjon qizi

1ToshdAU Gumanitar fanlar va huquq kafedrasi katta o'qituvchisi

2ToshdAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10885990 Inson qadrini ulug'lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug'lashdan boshlanadi.

SH.MMirziyoyev

Imkoniyatlar tengligi, avvalo, moddiy farovonlik darajasi, ijtimoiy mavqe, e'tiqodi, jinsi va millatidan qat'i nazar inson huquqlari va asosiy erkinliklari tengligiga asoslanadi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida (1948) qayd etilganidek, inson qadr-qimmati" ozodlik, adolatlilik va umumiy tinchlik asosidir". Asosiy huquq va erkinliklarning yo'qligi inson va jamiyat tanazzuliga olib kelishi, ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklar, zo'ravonlikning yoyilishi va ixtiloflar tug'ilishi uchun shart-sharoit yaratishi mumkin. Ayollar huquqlari - inson huquqlari bo'lganligi sababli, ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi.

Radikal feministik yondashuvga ko'ra har qanday jamiyatga xos bo'lgan ijtimoiy stratifikatsiyaning universal modellaridan biri bu jinsiga ko'ra, ya'ni erkaklar va xotin-qizlarga bo'linishdir. Mazkur munozarali fikrga qo'shilish yoki qo'shilmaslik mumkin. Biroq real hayot shuni ko'rsatmoqdaki, jins odamlar o'rtasida sezilarli ijtimoiy tafovutlarni vujudga keltirmoqda, buning natijasida erkaklar ijtimoiy stratifikatsiyaning yuqori pog'onalariga chiqib qolmoqda, xotin-qizlar esa ikkinchi o'ringa surilib qolmoqda. Shu tariqa, qanday ijtimoiy qatlamga nazar tashlamaylik, jins jamiyatning har bir qatlami ichidagi tafovutlar va tengsizlikni belgilovchi omil bo'lib qoladi. Bugungi kunda bu yondoshuv xalqaro darajada ham tan olingan.

BMTning inson rivojlanishi muammolariga oid hujjatlarda ta'kidlanganidek, "hech bir jamiyatda xotin-qizlar erkaklarnikidek imkoniyatlarga ega emas. Bundan tengsiz maqom xotin-qizlarning inson salohiyatini rivojlantirishga qo'shayotgan salmoqli ulushi bilan ushbu jarayon beradigan imtiyozlardagi ulushining kichikligi o'rtasidagi nomutanosiblikning saqlanib qolishiga olib kelmoqda". Shu munosabat bilan inson rivojlanishi va demokratlashtirishga doir ustuvor muammolar muqarrar ravishda erkaklar bilan xotin-qizlar o'rtasidagi tenglikka erishish bilan bog'liq masalalarga borib taqaladi, va, natijada, xotin-qizlar maqomini oshirish va ularning haq-huquqlarini kengaytirish zarurati vujudga keladi.

O'zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida birinchilardan bo'lib xotin-qizlarga erkaklar bilan teng huquqlar berilishi borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1995 yilda O'zbekiston Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida konvensiyani(CEDAW) ratifikatsiya qildi. Uning qator moddalari milliy qonunchilikka kiritildi. Shunday bo'lsa-da, tegishli qonunchilikning qabul qilinishi uning hayotga joriy etilishiga har doim ham mos kelavermaydi. Dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham ushbu sohada jamiyatda xotin-qizlar maqomining pastligi va ularning haq-huquqlariga rioya qilmaslik bilan bog'liq jiddiy muammolar mavjud. Xususan, O'zbekiston aholisining deyarli yarmini (51%) tashkil etgani, holda ma'muriy xodimlar va menejerlar o'rtasida xotin-qizlar 18%ni, parlament deputatlarining18% dan kamini tashkil etadi; xotin-qizlar mamlakat bo'yicha mehnatga haq to'lash o'rtacha ko'rsatkichdan past bo'lgan sohalarda jamlangan, xotin-qizlar mehnatiga erkaklarnikiga qaraganda kam haq to'lanadi(masalan, 1998 yilda xotin-qizlarning o'rtacha maoshi erkaklar ish haqining 80% dan kamini tashkil etgan), ishlovchi xotin-qizlar ish haqi shaklidagi oilaviy daromadlarni tasarruf etish huquqiga har doim ham ega emas, shuningdek,

oilaviy daromadlarni qanday sarflashni belgilash huquqiga ega emas; xotin-qizlar ta'lim olish borasida ham erkaklar bilan teng huquqli emas. Shu munosabat bilan, jinslar tengligiga erishish bo'yicha tegishli dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish eng dolzarb muammoga aylanmoqda. Bu uzoq muddatli maqsad bo'lib, u madaniy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy meyorlarda jiddiy prinsipial o'zgarishlarni va mutlaqo yangi tafakkurning shakllanishini taqozo etadi. Bunday holda xotin-qizlar va erkaklarga oid odatdagi tasavvurlar ularning tanlash imkoniyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi, rivojlanishning o'zi esa har ikki jins vakillari uchun tanlash imkoniyatini kengaytirish jarayoni sifatida ko'rib chiqiladi.

Shuni qayd etish lozimki, xotin-qizlar va erkaklar roli xususidagi qotib qolgan qarashlarni yengib o'tish, jinslar tengligiga erishish, ayollar va qizlarga, erkaklar va o'g'il bolalarga teng imkoniyatlarning yaratilishi inson salohiyati rivojlanishining muhim jihatini tashkil etadi. Boylik va kambag'allik. Mavjud cheklangan resurslardan - tabiiy, ishlab chiqarish va moddiy resurslardan foydalanishdagi tengsizlik daromaddagi tengsizlikni, va tegishli ravishda moddiy va ma'naviy ne'matlardan bahramand bo'lishdagi tengsizlikni keltirib chiqaradi. Eng umumiy ma'noda kambag'allik inson yoki oilaning asosiy ehtiyojlari ularni qondirishga doir mavjud vositalardan ortiq bo'lgan holatni ifodalaydi. Kambag'al aholi ulushini aniqlash asosida kambag'allikni bartaraf etish va aholining alohida guruhlari va umuman jamiyat farovonligini oshirish bo'yicha davlat strategiyalari ishlab chiqiladi.

Aholi kambag'allik darajasini belgilash jarayonidagi kamchiliklarga qaramasdan, nafaqat O'zbekistonda, balki qator boshqa davlatlarda shu narsa oydin bo'lib qolmoqdaki, "xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko'proq darajada kambag'allikka mahkum bo'lmoqda, xotin-qizlar kambag'alligi erkaklarnikiga qaraganda shafqatsizroqdir, xotin-qizlar kambag'alligi dinamikasi erkaklarnikiga qaraganda yuqori". Kambag'allikning feminizatsiyalashuvi, XX asrning oxiri va XXI asrning boshidagi kuchayib borayotgan tendensiyalardan biri sifatida qator tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan. Afsuski, hatto eng bilimli va nufuzli majlis ahliga ham ba'zan jinslararo ijtimoiy tafovutlar bilan bog'liq tengsizlik ko'lamlarini tushuntirish mushkul. Vaholanki, Yer shari aholisining 50 foizidan ortig'i ahvoliga oid raqamlarning o'ziga ortiqcha izoh kerak emas.

- xotin-qizlar dunyo bo'yicha ijrochi direktor lavozimining faqat 1 foizini, milliy hukumatlarda lavozimlarning faqat 6 foizini va parlamentdagi o'rinlarning faqat 10 foizini egallaydi;

- xotin-qizlar hanuzgacha boshlang'ich ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lmagan aholining 60 foizini, hamda qiz bolalar dunyo bo'yicha boshlang'ich maktabga qatnamaydigan 130 million bolaning ko'pchiligi tashkil etadi;

• xotin-qizlar dunyoning 1,3 milliard mutlaq kambag'al aholisining 70 foizini tashkil etadi. Tegishli xulosa chiqarish mumkin: agar tenglik uzoq vaqt davomida xotin-qizlar muammosi hisoblangan bo'lsa, keyingi vaqtlardagi "erkaklar" tadqiqotlari shuni ko'rsatmoqdaki, bu erkaklarga ham tegishli muammodir. "Gap shundaki, erkaklarning aksariyati o'zlarini erkak jinsi vakili deb emas, odamzot vakili deb hisoblaydi. Erkaklar shovinizmi demokratiya va madaniy jamiyat hamda davlat bilan uyg'un bo'la olmaydi". Zero bu inson rivojlanishi konsepsiyasining o'ziga zid keladi.

REFERENCES

1. Иншн Хукуклари Умумжа^н Декларацияси. БМТ Бoш Ассамблеясининг 217 А ^нли 1948 йил10 декабрдаги резoлюцияси.

2. Гендер и культура. Учебное пособие для студентов гуманитарных факультетов. Душанбе. Информационное агентство«Азия-плюс»Л999.-С.-165.

3. Инсон Хукуклари Умумжах,он Декларацияси. БМТ Бош Ассамблеямининг1948 йил10 Декабрдаги 217 А Резолюцияси.

4. Инсон ривожланиши тугрисида маъруза. Узбекистон. 1999. Тошкент.

5. Мех,нат ва ижтимоий мух,офаза вазирлиги маълумотларига кура. 'Тендерные аспекты Макроэкономики". Т., 2005 семинари.

6. Richburg, Robert W., Nelson, Barbara J., Tocherman, Suzanne, Social Studies, 00377996, Jan/Fab2002,Vol. 93, Issue 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.