Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TARIXINI DAVRLASHTIRISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTON TARIXINI DAVRLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
21933
992
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moddiy / ma’naviy / ibtidoiy jamoa / komunistik / milodiy / davrlar / ibtidoiy to‘da / matriarchy / patriarxat / urug'chilik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Murodova Gulzora Turobovna

Maqolada tarix fanining davlashtirilishi va nima sababdan tarix davrlarga bo‘lib o'rganilishi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TARIXINI DAVRLASHTIRISH MASALALARI»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №15

O'ZBEKISTON TARIXINI DAVRLASHTIRISH MASALALARI

Murodova Gulzora Turobovna

Navoiy viloyati Nurota tumani 6-umumiy o'rta ta'lim maktabining

tarix fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7487316

Annotatsiya: Maqolada tarix fanining davlashtirilishi va nima sababdan tarix davrlarga bo'lib o'rganilishi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Moddiy, ma'naviy, ibtidoiy jamoa,komunistik,milodiy , davrlar, ibtidoiy to'da, matriarchy, patriarxat, urug'chilik.

Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonimiz tarixini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu esa o'sib kelayotgan yosh avlodni tariximizni chuqurroq o'rganish imkonini bermoqda. Tariximizdan faxrlanish va xulosa chiqarish imkoniyatlarini ham taqdim etmoqda. Mirziyoyev Sh.

Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o'tmishga oid har xil voqea hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bo'lishi va uning tadrijiy evolutsion rivojlanish jarayoni va boshqalarni o'rganadi. Shuningdek. O'zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O'zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo'lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o'rganadi.

Har bir davr o'ziga xos iqtisodiy, siyosiy asosga, moddiy, ma'naviy va madaniy turmush tarziga ega. Har bir tarixchi davrlar xususiyatlarini aniq bilishi va talqin qila olishi lozim. Davrlar xususiyatini to'liq anglash tarixiy voqealarni haqqoniy baholashda va o'sha davr ruhiyatini to'liq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Insoniyat tarixida har doim ham bugungi yillar tizimidan foydalanilgan emas. Har bir davrda har bir xalq o'zining yashagan davrini turlicha yil hisobini olib borganlar. Bu yil hisoblarini o'rganish va tadqiq qilish ham tarixchilarning burchlari hisoblanadi. Bu davrlarni aniqlash orqali tarixchilar mazkur voqealar qachon ro'y berganini aniqlaydilar. Lekin bu jarayon tarixchi olimlardan ko'p mehnat va izlanish talab qiladi. Ba'zi yozma manbalardagi yil hisoblarini aniqlash haligacha noma'lumligicha qolmoqda va tarixchilar orasida bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Tarixni davrlarga bo'lib o'rganish masalalarini qadimgi davr mualliflari asarlarida ham uchratamiz. Bu masala keyinchalik XVIII-XIX asrlarda ham keng muhokama mavzusi bo'lib kelgan. Bu ma'lumotlarni talablarga keng taxlil qilingan holda berish lozim. Bu orqali ularda tarixiy taraqqiyot jarayoni taxlil qilish ko'nikmalari shakllanadi

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №15

XIX asr o'rtalaridan tarixni ishlab chiqarish usuli va mulk xarakteriga qarab davrlashtirish g'oyasi ilgari surildi. XX asrda bu g'oyalar kommunistik g'oyaga moslashtirilib rivojlantirildi. Butun insoniyat tarixi 5 ta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsializm kabi taraqqiyot yo'llarini bosib o'tgani va bosib o'tishi lozimligi ta'kidlandi. Bu g'oya barcha ilmiy adabiyotlar va darsliklarda o'z aksini topdi. Lekin jamiyat taraqqiyoti tarixni bunday davrlashtirish noto'g'ri ekanligini ko'rsatdi. Jamiyat taraqqiyotida har bir hududning o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini har tomonlama chuqur o'rganish va ularni obyektiv, aniq, birlamchi manbalar asosida tadqiq qilish va xulosa berish zarurligini davrning o'zi isbotlamoqda.

Tarixga nazar solsak, jahonning ba'zi davlatlarida ibtidoiy jamoa tuzumi uzoq davom qilganining, qadimgi davr ham turli hududlarda turlicha kechgani, o'rta asrlar va yangi davr ham turlicha kechganining guvohi bo'lamiz. Shu sabab bu davr sanalarini barcha mamlakatlar uchun bir xil deb hisoblash va bir sanalarni berish mumkin emas. Bugungi kunda jahon miqyosida tarixni umumiy, ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy o'ziga xosligini inobatga olgan holda quyigacha davrlashtirish ilgari surilmoqda. Bu davrlashtirish uslubidan maktab darsliklarida ham, tarix fanlarini davrlarga bo'lishda ham keng foydalanilmoqda. Bu tarixni tarixiy jihatdan bo'lish deb qarasak, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tarixda eng qadimgi davr 2 davrga ajratilib o'rganiladi. Bu davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: "ibtidoiy to'da" va "urug'chilik jamoasi davri"ga bo'linadi. O'z navbatida urug'chilik jamoasi 2 bosqichga: matriarxat (ona urug'i) va patriarxat (ota urug'i) ga bo'linadi.

Qadimgi davr mil.avv. VI asrdan milodiy IV asrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olib, u 2 bosqichga bo'linadi:

1 - arxaik davr - mil.avv. VI-IV asrlar.

2-antik davr - mil.avv. IVxirlaridan - milodiy IV asr.

O'rta asrlar davri o'z rivojlanishi jihatidan 3 ta bosqichga bo'linadi.

1- ilk o'rta asrlar- milodiy V- IX asrlar

2- rivojlangan o'rta asrlar - milodiy IX- XVI asr boshlari

3- so'nggi o'rta asrlar - milodiy XVI o'rtalaridan -XIX asrlar o'rtalarigacha Yangi davr XIX asr o'rtalaridan XX asrning 90 yillarigacha bo'lgan davrni o'zida qamraydi. Bu davr ikki bosqichga bo'linadi:

1 - Chor Rossiyasi mustamlakasi davri XIX asr o'rtalaridan 1917- yilgacha

2 - Sovet hokimiyati hukumronligi davri 1917 -yildan 1991- yil 31 -avgustgacha O'zbekistonning mustaqillik davri 1991- yil 31 -avgustdan bugungi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tarix fanining davrlashtirib o'rganilishi o'quvchilarning tarix fanini oson o'zlashtirishiga sabab bo'ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.