Barnoyeva Z.O. assistant
Jizzax politexnika institute
O'ZBEKISTON SHAXARLARIDA O'RTA QAVATLI TURAR JOY UYLARNING RIVOJLANISH TARIXI
Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston shaxarlarida o'rta qavatli turar joy uylarning rivojlanish tarixi va arzon uy-joylar barpo etish bo 'yicha matssadli dasturlarni amalga oshirish, axolining uayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muuandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uamda modyernizatsiyassilish ko^rib chiqilgan.
Ka 'lit so 'zlari: modernizatsiyalash, uy-joylar, kommunikatsiya, xalq uylari.
Barnoeva Z. O. assistant
Jizzakh Polytechnic Institute
HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF MEDIUM-STORY
RESIDENTIAL HOUSES IN THE CITIES OF UZBEKISTAN
Annotation. Modernization of road transport, engineering-communication and social infrastructure, which ensures the improvement of the living conditions of the population, is considered in the context of the implementation of large-scale programs for the construction of affordable housing.
Key words: Housing, communication, modernization, public houses.
O'zbekistonning Xalq me'morchiligi uzining tabiiy-iqlimiy sharoitlaridan, madaniyatidan, milliy mayishiy an'alardan va qurilish moddiy texnikaviy bazasidan kelib chiqqan xolda rivojlanib keldi. Ilgari O'zbek oilalarining ijtimoiy sharoitlari uylarda ichkari va tashqari xovlilar bo'lishini taqozo etgan.
Tashqari xovlida barcha xizmatga doir ishlar, uchrashuvlar, xo'jalik ishlab chiqarish va tadbirkorlik ishlari amalga oshirilsa, ichkari xovlida esa oilaviy xayot turmush tarzi kechirilgan. Baxor va kuz faslining yoqimli, yozning jazirama issiq kunlari ochiq xavoda vaqtning ko'prok qismi utqazishiga qulay imkon buladi. An'anaviy Xalq uylarining o'ziga xosligi shundaki, birinchi galda Yuqori radiotsiyali quyosh nurlaridan ximoya kilinsa, ikkinchidan issiq garmisel shamollaridan ximoya qiladi[1].
Xalq me'morlari, binokorlari tmonidan keng kulamli strukturalar va ularning elementlari, yashash xonadonlarining xajmiy keng maydonli bo'lishi, iqlimiy talablari tufayli ishlab chiqilgan. Ochiq keng xovli bo'ylab xonalarning
joylashtirish tartibi xam iqlimiy sharoit va turmush tarzi talablardan kelib chikadi. Tasodifiy o'zgarishlar, uchastkalarning shakliga, qurilishiga uncha ta'sir ko'rsatmagan. Bunga uxshash kichik chekinishlar asosiy loyixalashtirish tamoillardan chetga chiqishga yo'l kuya olmaydi. Bu prinsip shundan iboratki, keng kulamli turar joy kompozitsiyalarining asosini tashqi va ichki xovlilar tashqil etadi. O'zbekistonning issiq va kuruk iqlimida Xalq uylarining keng kulamli strukturalarida tashqil etilishiini taxlil qilish shuni kursadaki, Xalq imorotlarining funksiyaonal va texnlogik boglikligini asoslarini yaxlit sistema tashqil etgan:
Xona+ daxliz+ ayvon + xovli + ishlab chiqarish+darvoza xona+uy
SHunday uslublardan biri - Xorazm uylarining oldida ullu ayvonlar qurilishi, maxsus darvozaxonalarning «Dalon» kulamli keng qismli bo'lishidir; ikki taraflama yorug tushadigan yozgi xonalar, baland ayvonlar galyereyasi (6.m), darvozaxonalar va tagxonalar Buxoracha qurilish uslubidir; Fargonada an'anaviy uylarning markaziy «kashkarcha» yozgi xonalari; Toshkentda soyabon, Jizzaxda mexmonxonaning yonidan aloxida qurilgan xashamatli ochiq ayvon mexmonxona oldida ayvonlar galyereyasi 900 burchak ostida va darvozaxonalar o'ziga xos uslubilarga misol bula oladi[2].
Asosiy xajmiy-rejalashtirish usullar respublika rayonlarida turar-joy va imorat ko'rish muammolarining xal etilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va xar bir voxa uchun o'ziga xos va mos uylar turlari yaratilgan. Xorazm va Quyi Zarafshon mintaqalarining kuruk issiq iqlimi sharoitida bunyod etilgan turarjoy binolari xar xil shakldagi, balandlikdagi, ichki kenglik kompozitsiyalaridagi Xalq uylarining turlari uchraydi. Bu binolar loyixasi imkoni boricha quyosh nurlarining radiatsiyasidan, kuchli garemsellardan, chang tuzonli va kum -tuzonli shamollardan ximoya qilishga. qaratilgan [3-4].
Buxoro va Xorazm qishloq va shaxarlarida xovli - saxni an'anaviy uylarning qulayligi bilan qo'shilib yaxlitlikni tashqil etishni ta'minlagan. Buxoro an'anaviy Xalq uylarning xovlilari ko'pchilik xollarda sugorilmaydi, lekin xovli, ko'kalamzorlashtiriladi, xamda kichik gulzor maydonchalar tashqil etiladi. Bu Xorazm uylari xovlilarida bir tup daraxt bilan kichik gulzorlardan iborat. SHaxarlarda uy qurilishlari ko'lamining loyixalashtirilishi juda sodda va oddiy bulib, shu xududning tabiiy iqlimiy sharoitlariga mos keladi. I va II rayonlarada turt tomondan imorotlar bilan yopiq xoldagi xovlilar kompozitsiyasi asosiy tizilma bulib xisoblanadi. II rayonda shuningdek turar joy ancha keng, yerkin kompozitsiyalari - ikki taraflama binoli xovlilar uning asosi xisoblanadi. Xalq me'morlarining, ustalarining turar-joy qurilish uslublari issiq kunlarda soya-salkin, syershamol bo'lishini, chang tuzonlaradan ximoya qilib turishini, muximi shinam, qulay mikroiqlim yaratilishiga asoslanadi.
I. tip. Xorazm an'anaviy Xalq uylarning xajmiy-rejaviy elementlari quyidagi bloklar gurux va elementlaridan iborot: 1 -bosh mexmonxona «saroy» oldida ullu ayvon va qarama-karshisida tyers-ayvon, bu imorotlarning asosiy uki shimol tomonga aniq yunaltirilgan. Ullu- ayvonning balandligi 6 m buladi,
kolgan barcha xonalar va tyers ayvonlar- bir qavatli. Ko'pincha binolarning ustida galyeriyalar va «Kazana» omborxonasi qurilgan. Xorazmcha xamma uylarning qurilishida shu tamoyil asosida qurilgan. Mexmonxona «Saroy» va Ullu-ayvon balandligi bilan boshqa xonalardan ajralib turadi va u eng asosiy element xisoblanadi.
P.tip. Buxoro an'anaviy uylar tuzilishi quyidagi elementlardan iborat: 6 metr balandlikdagi 4 ustumli ayvon va bosh yozgi mexmonxona «tabiston» ikki tomonida daxliz va yotoqxona, 2-yashash xona «zimiston»,
SS55-Lyonida daxliz va madan 3-ta yashash xonalari va o'rtada daxliz joylashgan. Buxoro an'anaviy Xalq uylarining xajmiy-keng kulamli uy- joy qurilishining o'ziga xosligi shundaki: Xovlining shimoliy-janubiy ukida bir-biriga qarama-karshi tomonida joylashgan yozgi va kishki xonalar guruxi, xovlining shark va garb tomonida kishki yashash xonalari joylashtirilgan. Buxoro an'anaviy uy ko'rish rejasi - ichki xovlilar bo'ylab imorat solish, Xorazm an'anaviy uy-joy ko'rish tizimiga uxshaydi. Lekin farqi shundaki, Buxoraa qurilish tuzilishi keskin farq bulib, yozgi va kishgi xonalar ajralib turadi. SHuning bilan birga yozgi xonalar shimol tomonga aniq yunaltirilgan. Kishgi xonalar janub tomonga aniq yunaltirilgan buladi. Kishgi xonalar tez isitilishi uchun ko'pincha past qilib kurilib, bu xonalar balandligi 2,75 m dan 3 metrgacha buladi. Buxoro an'anaviy uy-joy ko'rishning xaraktyerli tomoni shundaki, qisman yoki butun binolar bo'ylab tagxonalar - yer tulaning qurilishidir. Tagxona bosh mexmon xonanining ostida kurilib, oldida maydon tashqil etilib, tarnovlar xam shu tomonga qaratilgan. YOzgi oshxona xam shu supachada joylashtirilgan, xavo oqimi tagxona orqali utib, xovliga salkinlik baxshida etish uchun qulay bo'lgan. Bundan tashqari tagxonalar poydevor vositasidan tashqari binolar devorlarining namlanish va shurlanishidan asragan. Fargona, CHirchiq- Angren, O'rta Zarafshon vxalarida uy-joy binolari ikki xovlili xovli bulib 2 - 3 - tomonlama kurilib, ko'kalamzorlashtirilgan va suv oqimi kirishi uchun qulay sharoit yaratilgan [5].
SH.tip. Jizzax an'anaviy uy-joy ko'rish tizimining elementlari quyidagicha: yashash xonalari yoki qator xonalar va daxlizi bilan; bu xonalarni birlashtirib turuvchi 90° ostida qurilgan ayvon. lU-qator xonalar va oldida uzunasiga 3-6 ustumli ayvon joylashtirilgan; Jizzax an'anaviy uy-joy qurilishi tizimining tipik belgilari xovlilar bo'ylab 2 yoki 3 tomonida yashash xonalarning joylaytirilishidir. O'rta Zarafshon xududlari uy-joy qurilishiga keskin talablar quyiladi. Eng yaxshi orientatsiya janubiy va janubi- sharkiy yo'nalishi xisoblanadi (rasm 19,20).
IV- tip. Fargona an'anaviy uy-joy ko'rish tizimining xajmiy- rejaviy elementlari quyidagilardan iborat:
1 - markaziy yozgi xona - «kashkarcha», yonidan xonalar; II - markaziy xonaning tashqi tomonida ikki tabakali ochiladigan devor «tabodon» va oldida supa, yonida xonalar qurilgan.
Fargona an'anaviy qurilishning o'ziga xos xaraktyerli tomonlaridan biri
«Kashkarcha» yozgi xonaning old tomonidagi ochilib yopiladigan «tobodon» devoridir. (pyeregorodka). Toshkent, Fargona, O'rta Zarafshon va CHirchiq mintaqalarida an'anaviy uylarda xovlilarni uchun kukamalamzorlashtirish muxim rol o'ynaydi. Ayniqsa, uzining chiroyli barglari bilan, chirmashuvchanligi bilan tut daraxti xisoblanadi. Xar bir ayvon oldiga tok eqilib, ishkomlar tabiiy ayvon vazifasini xam utaydi. Ichki va tashqi kenglik bir tekis va tartib bilan amalga oshiriladi. Xalq uylarida mikroiqlim tabiiy xolda ko'kalamzor va suv chiqarish yo'li bilan tartibga solib turiladi. Xalq tajribasi birqator sistemani yaratadiki, bu xovlilar o'rtasida «xovuz» va xovuz bo'ylab gullar, kukat eqilishi, mevali daraxtlar va uzumning eqilishi shaxar turar - joy imorat qurilishida kullanilmokda. YAxshi soya-salkin qilingan xovlilar tempiraturasi 4°-5° daraja pasayib, xavo namligi 1728% gacha kutariladi. Bunday ko'kalamzorlashtirilgan, daraxtlar eqilgan xovlilar tuni bilan salkinlashib, kunduzi esa atrofdagilarni issiq quyosh taftidan asrab turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. KMK 2.08.01 - 05. «Turar joy binolari» Toshkent, 2005 y.
2. SHNK 2.07.01 - 94 «SHaxarsozlik, shaxa rva qishloq axolii punktlarini rejalashtirish va ko'rish» Toshkent, 1994 y.
3. Архитектурноэ проэктирования жилих зданий.М.,2005
4. Бархин Б.Г. Методика Архитектурного проэктирования-М. Стройиздат, 2003.
5. Воронина Р.Л. Народниетрадитсии Узбекистана. - М.Стройиздат aрхитектури и градостроилства, 1951-167с.