Научная статья на тему 'ENERGO TEJAMKOR O‘RTA QAVATLI TURAR JOY UYLARNI LOYXALASH VA QURILISHI TAJRIBALARINI O‘RGANISH'

ENERGO TEJAMKOR O‘RTA QAVATLI TURAR JOY UYLARNI LOYXALASH VA QURILISHI TAJRIBALARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
23
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uy-joylar / kommunikatsiya / modernizatsiyalash / xalq uylari. / Housing / communication / modernization / public houses.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Barnoyeva Z.O.

Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha matssadli dasturlarni amalga oshirish, axolining uayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘ltransport, muuandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uamda modyernizatsiyassilish ko`rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDYING THE EXPERIENCES OF DESIGNING AND CONSTRUCTING ENERGY-EFFICIENT MIDDLE-STORY RESIDENTIAL HOUSES

Modernization of road transport, engineering-communication and social infrastructure, which ensures the improvement of the living conditions of the population, is considered in the context of the implementation of large-scale programs for the construction of affordable housing.

Текст научной работы на тему «ENERGO TEJAMKOR O‘RTA QAVATLI TURAR JOY UYLARNI LOYXALASH VA QURILISHI TAJRIBALARINI O‘RGANISH»

Barnoyeva Z.O. assistant

Jizzax politexnika institute

ENERGO TEJAMKOR O'RTA QAVATLI TURAR JOY UYLARNI

LOYXALASH VA QURILISHI TAJRIBALARINI O'RGANISH

Annotatsiya. Arzon uy-joylar barpo etish bo 'yicha matssadli dasturlarni amalga oshirish, axolining uayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muuandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uamda modyernizatsiyassilish ko^rib chiqilgan.

Ka 'lit so 'zlari: Uy-joylar, kommunikatsiya, modernizatsiyalash, xalq uylari.

Barnoeva Z.O. assistant

Jizzakh Polytechnic Institute

STUDYING THE EXPERIENCES OF DESIGNING AND CONSTRUCTING ENERGY-EFFICIENT MIDDLE-STORY RESIDENTIAL HOUSES

Annotation. Modernization of road transport, engineering-communication and social infrastructure, which ensures the improvement of the living conditions of the population, is considered in the context of the implementation of large-scale programs for the construction of affordable housing.

Key words: Housing, communication, modernization, public houses.

O'zbekiston an'anaviy Xalq uylarining rejalashtirishdagi ko'lami, tizimini xajmiy-fazoviy tuzilishini tekshirish va o'rganish maqsadida Xorazm, Buxoro va Jizzax viloyatlari qishloq va shaxaralari tanladi, chunki aynan shu qishloq va shaxarlarda an'anaviy Xalq uylarning o'ziga xos turlari Xalq tomonidan yaratilgan. Muallif maxalliy tabiiy - iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda kuriladigan qishloq uylari xovlili turar joylarni loyixalash bo'yicha Xalq an'anaviy uylarini o'rganish bo'yicha uslubiyatini ishlab chiqildi. An'anaviy uylarda me'moriy qurilish an'analarini, ma'ishiy va badiiy vositalarini, xayot kechirish tarzini, avlodlar boy tajribalarini uzida mujassam etgan. Ikkinchidan Respublikamiz tabiiy - iqlimiy sharoitida qishloq Turar joy uylarini loyixalash va qurilishini kompleks taxlil qilindi [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga ko'ra 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasining, IV Ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri:

Arzon uy-joylar barpo etish bo'yicha matssadli dasturlarni amalga oshirish, axolining uayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muuandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uamda modyernizatsiyassilish:

-axoli, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muxtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish xamda shaxar va qishloq joylarda arzon uylar ko'rish orqali yanada yaxshilash;

-axolining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta'minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoklarini ko'rish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni boskichma-boskich joriy etish orqali qishloq joylarda axolining toza ichimlik suvi bilan ta'minlashni tubdan yaxshilash;

-odamlarning ekologik xavfsiz muxitda yashashini ta'minlash, maishiy chiqindilarni kayta ishlash komplekslarini ko'rish va modyernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, axolini chiqindini yuk qilish bo'yicha zamonaviy ob'ektlar bilan ta'minlash;

-axoliga transport xizmati ko'rsatishni tubdan yaxshilash, yo'lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muxitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, xar tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni ko'rish xamda rekonstruksiya qilish;

-yo'l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya kilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobilt yo'llarini rivojlantirish, xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, axoli punkti ko'chalarini kapital va joriy ta'mirlash;

-yangi elektr enyergiya ishlab chiqarish kuvvatlarini ko'rish va mavjudlarini modyernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoklari va transformator punktlarini yangilash asosida axolini elektr enyergiyasi xamda boshqa yokilgi-enyergiya resurslari bilan ta'minlashni yaxshilash, shuningdek, kayta tiklanadigan enyergiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma'rifiy tashqilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish xamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash [2].

An'anaviy Xalq uylarining xajmiy - rejaviy tuzilishi ularning tizimida xo'jalik tadbirkorlik va ishlab chiqish.

O'zbekistonning Xalq me'morchiligi uzining tabiiy-iqlimiy sharoitlaridan, madaniyatidan, milliy mayishiy an'alardan va qurilish moddiy texnikaviy bazasidan kelib chiqqan xolda rivojlanib keldi. Ilgari O'zbek oilalarining ijtimoiy sharoitlari uylarda ichkari va tashqari xovlilar bo'lishini taqozo etgan.

Tashqari xovlida barcha xizmatga doir ishlar, uchrashuvlar, xo'jalik ishlab chiqarish va tadbirkorlik ishlari amalga oshirilsa, ichkari xovlida esa oilaviy xayot turmush tarzi kechirilgan. Baxor va kuz faslining yoqimli, yozning

jazirama issiq kunlari ochiq xavoda vaqtning ko'prok qismi utqazishiga qulay imkon buladi. An'anaviy Xalq uylarining o'ziga xosligi shundaki, birinchi galda Yuqori radiotsiyali quyosh nurlaridan ximoya kilinsa, ikkinchidan issiq garmisel shamollaridan ximoya qiladi[3].

Xalq me'morlari, binokorlari tmonidan keng kulamli strukturalar va ularning elementlari, yashash xonadonlarining xajmiy keng maydonli bo'lishi, iqlimiy talablari tufayli ishlab chiqilgan. Ochiq keng xovli bo'ylab xonalarning joylashtirish tartibi xam iqlimiy sharoit va turmush tarzi talablardan kelib chikadi. Tasodifiy o'zgarishlar, uchastkalarning shakliga, qurilishiga uncha ta'sir ko'rsatmagan. Bunga uxshash kichik chekinishlar asosiy loyixalashtirish tamoillardan chetga chiqishga yo'l kuya olmaydi. Bu prinsip shundan iboratki, keng kulamli turar joy kompozitsiyalarining asosini tashqi va ichki xovlilar tashqil etadi. O'zbekistonning issiq va kuruk iqlimida Xalq uylarining keng kulamli strukturalarida tashqil etilishiini taxlil qilish shuni kursadaki, Xalq imorotlarining funksiyaonal va texnlogik bog'likligini asoslarini yaxlit sistema tashqil etgan:

Xona+ daxliz+ ayvon + xovli + ishlab chiqarish+darvoza xona+uy

SHunday uslublardan biri - Xorazm uylarining oldida ullu ayvonlar qurilishi, maxsus darvozaxonalarning «Dalon» kulamli keng qismli bo'lishidir; ikki taraflama yorug tushadigan yozgi xonalar, baland ayvonlar galyereyasi (6.m), darvozaxonalar va tagxonalar Buxoracha qurilish uslubidir; Fargonada an'anaviy uylarning markaziy «kashkarcha» yozgi xonalari; Toshkentda soyabon, Jizzaxda mexmonxonaning yonidan aloxida qurilgan xashamatli ochiq ayvon mexmonxona oldida ayvonlar galyereyasi 900 burchak ostida va darvozaxonalar o'ziga xos uslubilarga misol bula oladi[3].

Asosiy xajmiy-rejalashtirish usullar respublika rayonlarida turar-joy va imorat ko'rish muammolarining xal etilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va xar bir voxa uchun o'ziga xos va mos uylar turlari yaratilgan. Xorazm va Quyi Zarafshon mintaqalarining kuruk issiq iqlimi sharoitida bunyod etilgan turarjoy binolari xar xil shakldagi, balandlikdagi, ichki kenglik kompozitsiyalaridagi Xalq uylarining turlari uchraydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Voronina R.L. Narodnietraditsii O'zbekistana. -M.Stroyizdat Arxitekturi i gradostroilstva, 1951-167s

2. Djabbar O.S. Noviy tip jilia dlya Buxar. Stroitelstvo i arxitektura O'zbekistana, 1980, №7, s24-28

3. Zmeul S.G. Arxitekturnaya tipologiya zdaniy soorujeniy. M. Stroyizdat. 2001-240s.

"Экономика и социум" №7(122) 2024

www.iupr.ru

38

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.