Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURIZM SALOHIYATNI OSHIRISHDA JOYLASHTIRUV VOSITALARINING ROLI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURIZM SALOHIYATNI OSHIRISHDA JOYLASHTIRUV VOSITALARINING ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm tarmog‘i / joylashtirish vositalari / turistik salohiyat / yashash va ovqatlantirish xizmatlari / mehmonxona.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xudayberdiyeva Nargiza Nizomiddin Qizi

Ushbu maqolada turizm tarmog‘ining jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni, O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyati xususan, turistlarni joylashtirish bo‘yicha imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar ichida turkiy davlatlarning ulushi yuqoriligi alohida ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURIZM SALOHIYATNI OSHIRISHDA JOYLASHTIRUV VOSITALARINING ROLI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURIZM SALOHIYATNI OSHIRISHDA JOYLASHTIRUV VOSITALARINING ROLI

Xudayberdiyeva Nargiza Nizomiddin qizi

Namangan davlat universiteti katta o'qituvchisi, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.13919618

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm tarmog'ining jahon iqtisodiyotida tutgan o'rni, O'zbekiston Respublikasining turizm salohiyati xususan, turistlarni joylashtirish bo'yicha imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar ichida turkiy davlatlarning ulushi yuqoriligi alohida ta 'kidlangan.

Kalit so'zlar: turizm tarmog'i, joylashtirish vositalari, turistik salohiyat, yashash va ovqatlantirish xizmatlari, mehmonxona.

Аннотация. В данной статье анализируется роль туристической сети в мировой экономике, туристический потенциал Республики Узбекистан, в частности возможности по размещению туристов. Также была подчеркнута высокая доля тюркских стран среди туристов, посещающих страну.

Ключевые слова: туристская сеть, средства размещения, туристский потенциал, услуги по размещению и питанию, гостиница.

Abstract. This article analyzes the role of the tourism in the world economy, the tourist potential of the Republic of Uzbekistan, in particular the possibilities for accommodating tourists. The high share of Turkic countries among tourists visiting the country was also emphasized.

Keywords: tourist network, accommodation facilities, tourist potential, accommodation and food services, hotel.

Turizm tarmog'i jahon savdosining eng yirik tarmog'iga aylanib bormoqda va hozirgi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo'yicha uchta yirik tarmoqlar neft qazib olish va avtomobil sanoatidan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Turizm sohasi jahon yalpi ichki mahsulotining 9,1foizi da bo'ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 28 foizi turizmga to'g'ri keladi.

Buyuk ipak yo'lida joylashgan, asrlar davomida o'z davlat g'aznasining katta qismini sayohatchilar va xorijiy savdogarlar hisobidan to'ldirib kelgan qadimiy shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o'tmishga ega O'zbekiston Respublikasi turizm tarmog'ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlariga ega. Turizm tarmog'ining kengayib borishi o'z o'rnida keluvchi sayyohlarni joylashtirish va ularga sifatli xizmatlar ko'rsatish tizimini takomillashtirishni talab etadi.

So'nggi yillardagi turizm faoliyati rivojini qisqacha baholaydigan bo'lsak, 2023-yilda mamlakatimizga 6,6mln.dan ortiq sayyoh kelgan, bu 2022-yildagi ko'rsatkichdan 1.4 mln. kishiga ko'p, ular xududlarda faoliyat olib borayotgan 4879 ta joylashtirish obyekti xizmatlaridan foydalangan. So'nggi 4 yil ichida O'zbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar jumladan yirik, o'rta va kichik mehmonxonalar ishga tushirildi. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetdi. Xonalar soni bilan 33,4 ming dona va 71,2 ming o'rinni tashkil etdi.

Joylashtirish (mehmonxona) xizmatlari yashash va ovqatlanish xizmatlari tarkibida bo'lganligini hisobga olgan holda so'nggi yillarda yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida yuz bergan o'zgarish tendensiyalari hamda alohida joylashtirish (mehmonxona) obyektlarining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilamiz (1-jadval).

1-jadval

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

O'zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasining rivojlanish ko'rsatkichlari(mlrd.so'm)

Ko'rsatkichlar Yillar 2023-yilda 2020 yilga nisbatan o'zgarish, %

2020 2021 2022 2023

Yashash va ovqatlanish xizmatlari 5878,5 7479,3 15994,2 18300,2 311,3

Shundan:

Oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta'minlash bo'yicha xizmatlar 5167,2 6357,4 13755,01 15555,2 301,01

Umumiy ko'rsatkichlardagi ulushi, % 87,9 85,0 86,0 85,0 -2.9

Yashash bo'yicha xizmatlar 711,3 1121,9 2239,2 2745,03 385,9

Umumiy ko'rsatkichlardagi ulushi, % 12,1 15,0 14,0 15,0 +2,9

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari (www.stat.uz)

Jadval ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, so'nggi 4 yil davomida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi pandemiya sharoitida ham o'sish tendensiyasini saqlab qolgan. 2020-yilda soha tomonidan yaratilgan xizmatlar hajmi 5878,5 mlrd. so'mdan 2021-yilda 7479,3 mlrd. so'mga ortgan (o'sish 127,2 %) bo'lsada, 2020-yildagi global pandemiya ta'sirida uning tarkibidagi oziq-ovqat bilan ta'minlash bo'yicha xizmatlar yuqori bo'lgan(87,9%), pandemiya sharoitlari yengillashgani sabab, 2021-yilda yashash bo'yicha xizmatlarning ulushida sezilarli o'zgarish yuz bergan, ya'ni yashash bo'yicha xizmatlar 2020-yildagi ko'rsatkichga nisbatan 57,7% ga, umumiy ko'rsatkichdagi ulushi 2,9 %ga oshgan. 2023-yilda mamlakatimizda yashash bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 2745,03 mlrd. so'mga yetdi va o'tgan 4 yil mobaynida qariyb 4martaga ko'paydi.

O'zbekistonda mehmonxona, joylashtirish vositalari fondini tahlil qiladigan bo'lsak, o'tgan yili 2023-yilda 810 ta yangi turoperator va turfirma faoliyati yo'lga qo'yildi. Turizm va unga yondosh sohalarda 70 mingta yangi ish o'rinlari yaratildi. 183 ta ta mehmonxona, 215 ta hostel, 356 ta oilaviy mehmon uyi ishga tushdi.

2023-yil davomida eng ko'p tashrif Tojikiston (2 mln 155,2 ming), Qirg'iziston (1 mln 757,1 ming) va Qozog'iston (1 mln 333,3 ming nafar)dan bo'ldi. Sayyoh sifatida Rossiyadan 714,3 ming kishi kelgan bo'lsa, Turkiyaning ko'rsatkichi 106,5 ming nafarni tashkil etdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM"

OCTOBER 10-11, 2024

Joylashtirish vositalari sonining yillar kesimida

o'zgarishi

6000

5477

2019v 2020 у 2021 у 2022y 2023y

2.2-rasm. 2019-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasida joylashtirish vositalari sonining o'zgarishi

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari (www.stat.uz)

2023-yilda jami joylashtirish fondi 5477 tani tashkil qilgan bo'lib, o'rinlar soni 142720 tani tashkil qildi. Oxirgi 5 yil davomida joylashtirish vositalarining umumiy soni 3314 taga ko'paydi.

2.3-rasm. O'zbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirish vositalarining 2023-yildagi soni

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari (www.stat.uz)

Joylashtirish vositalarini O'zbekiston Respublikasi hududlar kesimida ko'rsak, barcha turdagi joylashtirish vositalari soni bo'yicha Toshkent viloyati (1122ta), Toshkent shahri (865 ta)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE THE SILK ROAD: COOPERATION THROUGH THE PRISM OF TOURISM

OCTOBER 10-11, 2024

va Namangan viloyati (673 ta) yuqori o'rinlarda tursa, Sirdaryo viloyati (45 ta) va Qoraqolpog'iston Respublikasi (107ta) quyi o'rinlarda turadi.

2.4-rasm. O'zbekiston Respublikasi hududlarida

mehmonxonalarning 2023-yildagi soni

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari (www.stat.uz)

Aynan mehmonxona turidagi joylashtirish vositalari soni bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida 2023-yil holatiga 1240 ta mehmonxona mavjud bo'lib, ularning asosiy qismi Toshkent shahrida (300ta), eng kam soni Sirdaryo viloyatida (14 ta) qayd etilgan.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, O'zbekiston Respublikasining turizm tarmog'ini rivojlantirish salohiyati yuqori bo'lib, sohaga berilayotgan e'tibor natijasida so'ngi yillarda mehmondo'stlik sanoati katta sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Bunga sabab dam olish yoki biznes maqsadlarida sayohat qiluvchilarning soni keskin oshib borayotganidadir. Bozorda mehmonxonalar soni ortishi bilan mehmonxona korxonalari raqobatbardosh, samarali va mijozlarga sifatli xizmatlarni taklif etish uchun eng yaxshi amaliyotlarni qo'llashlari talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.